Ya’ni, aynan ana shu buyurtma hajmiga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha
xarajatlarni (ma’muriy-boshqaruv apparati xarajatlari va barcha umumishlab
chiqarish xarajatlari) hisoblash uchun tegishli hisob kitoblarni amalga oshirish
mumkin. Ularni hisobdan chiqarishda har bir bo‘linma yoki faoliyat yuritayotgan
obyekt uchun odatda bir yilga o‘rnatilgan umumishlab chiqarish xarajatlarini
taqsimlashning normativ koeffitsentlaridan foydalaniladi.
Bu koeffitsent uch bosqichda hisoblanadi:
1. Umumishlab chiqarish xarajatlarining yillik byudjeti, ya’ni rejasini tuzish.
Kutilayotgan umumishlab chiqarish xarajatlari hajmini hisoblash xarajatlar
dinamikasi va rejadagi ishlab chiqarish hajmi asosida amalga oshiriladi. Bu
jarayonni kelgusi hisobot davriga har bir ishlab chiqarish bo‘linmasi uchun alohida
bajarish lozim. Aynan mana shu bosqichda amalga oshirilgan hisob-kitoblar
kelgusida samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun asos bo‘ladi.
2. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bazasini tanlash. Buning uchun
ishlab chiqarish faoliyatini o‘lchaydigan ma’lum ko‘rsatkichdan foydalanilib,
umumishlab chiqarish xarajatlari va tayyor mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlik
aniqlanadi. Masalan, bajarilgan ishlarning kishi-soat ko‘rsatkichidagi soni, ishlab
chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi summasi, mashina-soatlar soni.
Tanlangan baza umumishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot ishlab chiqarish
hajmi bilan chambar-chas bog‘lashi lozim. Yuqorida qayd qilingan uchta
ko‘rsatkichdan u yoki bu holatda samarali foydalanish, ya’ni ularni to‘g‘ri qo‘llash
juda muhimdir.
23
3. Kelgusi davr uchun kutilayotgan umumishlab chiqarish xarajatlari hajmini
taqsimlashning tanlangan bazasi ko‘rsatkichida (soatlar, pul birligida) ifodalangan
kutilayotgan ishlab chiqarish hajmiga bo‘linadi. Bu jarayonning natijasida
umumishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffitsenti aniqlanadi.