• 24-Chizma Tayyor mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning jarayonli usuli 3 ta tahliliy (analitik) jadval orqali amalga oshirilishi
  • 4. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishda normativ usulni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
  • -Chizma FIFO usuli bo‘yicha mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishda ikki usul




    Download 3,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/14
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,09 Mb.
    #232203
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Norqobilov Shahriddin KURS ISHI(1)

    23-Chizma
    FIFO usuli bo‘yicha mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishda ikki usul
    27
    27
    Pardayev Abdunabi/Pardayeva Zulfizar/Boshqaruv hisobi/ Toshkent-2014 99-hb


    24-Chizma
    Tayyor mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning jarayonli usuli 3 ta
    tahliliy (analitik) jadval orqali amalga oshirilishi
    28
    Ana shu tahliliy jadvallardagi ma’lumotlardan foydalanib, tayyor
    mahsulotga olib boriladigan xarajatlar miqdori va tugallanmagan ishlab chiqarish
    qoldig‘i sifatida qoldiriladigan qismini aniqlash mumkin.
    Quyidagi misol yordamida hisoblashning jarayonli usuli mohiyati va jadvallar
    tahlilini ko‘rib chiqamiz.
    Plastmassa o‘yinchoqlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xo‘jalik
    yurituvchi subyekt ikkita jarayon orqali mahsulotni tayyor holatga keltiradi:
    shaklga keltirish (A sexida) va qayta ishlash (V sexida). A sexida ishlab chiqarish
    jarayonining boshlanishi bilan asosiy materiallar ishlatiladi. Qo‘shilgan xarajatlar
    har ikki sexda ham ishlab chiqarish jarayonida teng taqsimlanadi. A sexida shaklga
    keltirilgan tugallangan yarim fabrikatlar V sexiga o‘tkaziladi. V sexida qayta
    ishlangan o‘yinchoqlar omborga topshiriladi.
    28
    Pardayev Abdunabi/Pardayeva Zulfizar/Boshqaruv hisobi/ Toshkent-2014 101-b


    4. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishda normativ usulni qoʻllashning
    oʻziga xos xususiyatlari
    Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari, nafaqat rahbar, balkim shu xo‘jalik
    yurituvchi subyekt bilan u yoki bu darajada bog‘langan xodim, ishchi, xizmatchi
    albatta uning moliyaviy holati, istiqboldagi rejalari bilan qiziqadi va umuman
    kelajakda bu xo‘jalik yurituvchi subyektni nimalar kutayapti degan savollar ustida
    doimo bosh qotiradi. Boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish ana shu kabi
    savollarga aniq va istalgan paytda javob berishga xizmat qilishi lozim. Buni qay
    tarzda amalga oshirish imkoniyati borligini quyida, amaliyotga yaqin bo‘lgan
    oddiy misolda ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Buning uchun albatta, xo‘jalik
    yurituvchi subyektda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator ko‘rsatkichlar
    miqdori haqidagi ma’lumotlar talab qilinadi.
    Ishlab chiqarilishi belgilanayotgan mahsulot birligi uchun uning tannarxi
    ma’lum bo‘lsa - mahsulot bahosini belgilash uchun asosiy boshqarish qarorlarini
    qabul qilish, xarajat va foydalarni rejalashtirish va xarajatlar ko‘rsatkichlarining
    asosiy moddalari o‘zgarishini kuzatib turish hamda ishlab chiqarish zahirasini
    xohlagan vaqtda aniqlash mumkin bo‘ladi.
    Misol.
    Xo‘jalik yurituvchi subyekt ruchkalar ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlar
    me’yorini aniqlayapti: to‘g‘ri materiallar xarajati har bir ruchka uchun - bitta
    (0,040 kv. metr) plastmass korpusdan va ruchkani harakantlantiruvchi qismdan
    iborat bo‘ladi.
    Shundan, to‘g‘ri materiallar xarajati bir metr kvadrat uchun - 90 so‘mni va bitta
    harakatlantiruvchi mexanizm uchun 2,50 so‘mni tashkil qiladi.
    To‘g‘ri mehnat xarajatlari - shtampalash sexida, bitta ruchka uchun - 0,01
    soatni va yig‘ish sexida - 0,05 soatni tashkil qiladi. To‘g‘ri mehnat xarajatlarining
    bir soatlik me’yorlashtirilgan pul miqdori, shtamplash sexida – 80 so‘mga va
    yig‘ish sexida 100 so‘mga teng.


    Umumishlab chiqarish xarajatlarining me’yoriy koeffitsientlari quyidagicha:
    o‘zgaruvchan xarajatlari qismi uchun, bir soatlik mehnat xarajatlari miqdoridan
    135 so‘mga va doimiy xarajatlari qismi uchun – 90 so‘mga.
    Shu misol shartlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, bir dona ruchkaning
    me’yorlashtirilgan ishlab chiqarish tannarxi quyidagicha bo‘ladi:

    Download 3,09 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 3,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Chizma FIFO usuli bo‘yicha mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishda ikki usul

    Download 3,09 Mb.
    Pdf ko'rish