6-chizma.Relevant darajasi usuli
10
10
Pardayev Abdunabi/Pardayeva Zulfizar/Boshqaruv hisobi/ Toshkent-2014/60-b
Ishlab chiqarish hajmining relevant darajasi oralig‘ida doimiy xarajatlar
o‘zgarishsiz qoladi.
Lekin, nisbatan uzoqroq muddat olinadigan bo‘lsa, doimiy xarajatlar ham
o‘zgaradi (jihozlar, mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarish omillarining
o‘zgarishi).
Boshqarish maqsadlari uchun odatda ma’lum vaqt oralig‘i olinadi. Faraz qilinadiki,
mana shu vaqt oralig‘ida doimiy xarajatlar o‘zgarishsiz qoladi. Doimiy xarajatlar
o‘zgaradigan bo‘lsa relevant darajasining yangi chizig‘i paydo bo‘ladi (7-chizmaga
qarang).
7-chizma. Doimiy xarajatlar o‘zgaradigan bo‘lganda relevant darajasining yangi
chizig‘i paydo bo‘lishi
11
11
Pardayev Abdunabi/Pardayeva Zulfizar/Boshqaruv hisobi/ Toshkent-2014/60-b
8-chizma “Xarajatlar – ishlab chiqarish hajmi - foyda”tahlili
12
Amaliyotda «xarajatlar – ishlab chiqarish hajmi - foyda» ko‘rsatkichlarining o‘zaro
bog‘liqligini grafik, turli formulalar yoki jadvallar ko‘rinishida ham izohlash
mumkin. Bozorni shakllantirish va uni tartibga solish usullarini ishlab chiqish talab,
taklif va baho kabi o‘zaro aloqador va o‘zaro bog‘liq bozor elementlarini to‘g‘ri
belgilab olish orqali amalga oshiriladi.
Tizimdagi bu elementlar doimo o‘zgaruvchan bo‘lib, ishlab chiqarish omillari,
xarajatlar va daromadlilik kabi omillar ta’sirida bo‘ladi.Mahsulot ishlab chiqarish
hajmi va yalpi daromad o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganish, ishlab
chiqarishning «zararsizlik» darajasini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Bunda
har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati oldida ishlab chiqarish
hajmining «kritik nuqtasini», ya’ni daromad va xarajatlar tenglashgan nuqtani
aniqlash muhimdir. Halkaro amaliyotda «kritik nuqtani» aniqlashning tenglik,
marjinal daromad va grafik usullari qo‘llaniladi.
12
Pardayev Abdunabi/Pardayeva Zulfizar/Boshqaruv hisobi/ Toshkent-2014/61-b
|