Kurs ishi mavzu: Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar hisobi




Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana14.05.2024
Hajmi3,09 Mb.
#232203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Norqobilov Shahriddin KURS ISHI(1)

2-chizma. O’zgaruvchan xarajatlar
6
Ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi bilan xarajat elementlarining o‘zgarishi orasidagi
bog‘liqlik xarajatlarni nazorat qilishda asosiy o‘rinda turadi. Buning uchun o‘z
navbatida o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarni bir-biridan ajrata olish lozim.
6
Pardayev Abdunabi/Pardayeva Zulfizar/Boshqaruv hisobi/ Toshkent-2014


Shu bilan birga, «o‘rtacha xarajatlar miqdori» tushunchasi ham mavjud.
Aksariyat hollarda o‘rtacha xarajatlar «keltirilgan xarajatlar» ham deb yuritiladi.
Shuni ta’kidlash joizki, xarajatlar ustidan nazorat olib borganda yoki umuman
tannarxni hisobga olishda keltirilgan doimiy xarajatlarni alohida-alohida inobatga
olgan ma’qul. Chunki faoliyat natijasida erishish mumkin bo‘lgan ish hajmining
o‘zgarishi faqat o‘zgaruvchan xarajatlar miqdoriga bevosita ta’sir etadi.
Xarajat moddalari orasida mohiyati jihatidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ish
birliklarining oshishiga to‘g‘ri proporsional ravishda o‘zgaruvchi xarajatlarni
o‘zgaruvchi xarajatlar guruhiga kiritamiz. Bu guruhga taalluqli bo‘lgan
ko‘rsatkichlar nima sababdan o‘zgaruvchan xarajatlar hisoblanishi asoslangan. Bu
guruhga kiruvchi xarajatlar u yoki bu jihatdan xo‘jalik yurituvchi subyekt ish
natijalariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektdagi doimiy xarajatlar guruhiga kiruvchi
xarajatlarning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, ularning miqdori xo‘jalik
yurituvchi subyekt faoliyati natijasi bo‘lgan ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq emas,
ya’ni unga (ishlab chiqarish hajmiga) nisbatan doimiy xarajatlar o‘zgarmasdir.
Doimiy xarajatlar mutlaq miqdorining ishlab chiqarish hajmiga nisbati keltirilgan
doimiy xarajat miqdorini ifodalaydi va bu ko‘rsatkichning umumiy xarajatdagi
ulushi ishlab chiqarish hajmi oshgan sari kamayib boradi.
Qayd qilish joizki, ayrim xarajat turlarini shartli-doimiy xarajatlar turlariga
ham, shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar turlariga ham kiritib bo‘lmaydi. Aniqrog‘i,
ayrim tur xarajatlar bir vaqtning o‘zida ham o‘zgaruvchan, ham doimiy xarajat
komponentiga ega bo‘ladigan xarajatlar hisoblanadi. Shuning uchun bunday
xarajatlarni yarim o‘zgaruvchan xarajatlar deb hisobga olgan ma’qul.
Masalan, telefon xizmati xarajatlari:

bir oylik belgilangan ta’rif to‘lanishi lozim bo‘lgan summa – doimiy xarajat
guruhiga kiritiladi;

shaharlararo va xalqaro so‘zlashuv xarajatlari bo‘lsa, o‘zgaruvchan xarajat
guruhiga kiritiladi.


Ijara to‘lovlari xarajatlarida ham shunday holatni kuzatish mumkin. Do‘kon
ijarasi qayd qilinadigan summa sifatidagi bir to‘lov va tovar aylanmasidan foiz
sifatida ikkinchi to‘lovdan ham iborat bo‘lishi mumkin.

Download 3,09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs ishi mavzu: Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar hisobi

Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish