yerda mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni to‘plash maqsadga muvofiqdir. Ko‘p hollarda bu nisbatan mustaqil
bo‘lmagan kichik darajadagi tarkibiy tuzilma bo‘lib, u ishlab chiqarish uchastkasi,
brigada, sex bo‘lishi mumkin.
Rivojlangan bozor iqtisodiga ega bo‘lgan mamlakatlar amaliyotida, xo‘jalik
yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi tannarxini
hisoblashning uchta usulidan foydalanishadi: mahsulot birligi tannarxini
barcha
xarajatlarni
hisobga olib hisoblash usuli; faqat
o‘zgaruvchan xarajatlarni
hisobga olib hisoblash usuli, shuningdek
normativ xarajatlarni
kiritgan holda
tannarxni hisoblash usuli.
19
Xarajatlarni guruhlashning barcha ko‘rinishlari turli xildagi boshqaruv
qarorlariniqabul qilish uchun qo‘llaniladi.
Xarajatlarni hisobga olishning “to‘liq xarajatlar” usuli xo‘jalik yurituvchi
subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining to‘liq tannarxi qanchani
tashkil qilganini ko‘rsatadi. Bu shu xo‘jalik yurituvchi subyektda moliyaviy
hisobni yuritish, soliq munosabatlarini tashkil qilish va hisob-kitoblarini olib
borish, shuningdek moliyaviy hisobotlarni tuzish imkoniyatini yaratadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish
uchun, albatta, ana shu xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan
mahsulot birligining tannarxini “o‘zgaruvchan xarajatlar” usuli orqali hisoblash
ham joriy qilinishi lozim bo‘ladi.
Shu bilan birgalikda, bozor va undagi iste’molchilarning manfaatlari nuqtai-
nazaridan kelib chiqib me’yoriy miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqarilayotgan
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining
tannarxini hisoblashda ana shu ikki usuldan tashqari “normativ xarajatlar” usulidan
ham foydalaniladi. Bu usulning afzalligi shundaki, xarid miqdori yoki sotish hajmi
aniq bo‘lgan vaqtda oldindan qilinadigan barcha xarajatlar miqdorini, belgilangan
xarajatlar normasidan foydalangan holda, imkon qadar aniq belgilash mumkin.