• Umumishlab chiqarish xarajatlari
  • Yechimi: Xarajatlar turlari va markazi Bahosi, so‘mda 1 To‘g‘ri material xarajatlar




    Download 3,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/14
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,09 Mb.
    #232203
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Norqobilov Shahriddin KURS ISHI(1)

    Yechimi:
    Xarajatlar turlari va markazi
    Bahosi,
    so‘mda
    1
    To‘g‘ri material xarajatlar:
    a) Plastmassa (90 so‘m x 0,040 metr kvadrat)
    b) Bir dona xarakatlantiruvchi mexanizm
    3,60
    2,50
    2
    To‘g‘ri ish haqi xarajatlari:
    a) shtamplash sexida
    (0,01 soat/qalam x 80 so‘m)
    b) yig‘ish sexida
    (0,05 soat/qalam x 100 so‘m)
    0,80
    5,00
    3
    Umumishlab chiqarish xarajatlari:
    a) o‘zgaruvchani (0,01 + 0,05) = 0,06 x 135 so‘m
    b) doimiysi (0,01 + 0,05) = 0,06 x 90 so‘m
    8,10
    5,40
    Bir dona ruchkaning me’yorlashtirilgan ishlab chiqarish
    tannarxi
    (1+2+3)
    25,40
    Jadval
    ma’lumotlaridan
    ko‘rinib
    turibdiki,
    ishlab
    chiqarilishi
    rejalashtirilayotgan bir dona mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 25 so‘m 40
    tiyinga teng bo‘lmoqda. Navbatdagi masala, uning sotish bahosini belgilab olish.
    Agar shu ko‘rsatkich belgilab olinsa, yuqorida qayd qilganidek, mahsulotni
    sotishdan olinadigan daromadni, xarajatlarni hisoblash va olinadigan daromaddan
    to‘lanadigan soliq miqdorlarini hisoblash va nihoyat sof foydani ham hisoblab
    topish mumkin. E’tibor qilingan bo‘lsa, ushbu misolni yechish jarayonida ishlab
    chiqarilishi rejalashtirilayotgan bir dona mahsulotning nafaqat ishlab chiqarish
    tannarxini, shuningdek boshqa bir qator muhim amallarni ham bajarilgan va
    me’yorlar hisoblangan, ko‘rsatkichlar topilgan. Xususan, bir qator me’yorlarning
    ishlash mexanizmini kuzatilgan, xarajatlarni alohida turlari bo‘yicha hisobga olish
    hamda ishlab chiqarish tannarxini hisoblash tartibi keltirilgan


    Xulosa
    Xarajatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlar sotish, ishlar bajarish va
    xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan sarflarning puldagi ifodasidir.
    Bevosita xarajatlar korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan
    to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan xomashyo va materiallar, mehnatga haq
    to’lash (ajratmalari bilan birga), ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy
    vositalar amortizatsiyasi kabi xarajatlar kiradi.
    Ishlab chiqarish yo’nalishidagi hamma xarajatlar mahsulot tannarxiga
    kiritiladi. Bu esa ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni to’liq va o’z vaqtida
    hisobga olish, shuningdek, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tejash
    hamda ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat qilishga imkon beradi.
    Bilvosita xarajatlar esa mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan
    xarajatlar hisoblanib, ularga ma’muriy-boshqaruv xarajatlari, boshqaruv asbob-
    uskunalarini saqlash va foydalanish xarajatlari kiradi.
    Rejalashtirilishiga qarab xarajatlarni qisqa va uzoq muddatli xarajatlarga
    ajratish mumkin. Qisqa muddatli xarajatlar korxonaning taktik maqsadlarini
    amalga oshirishga imkon beradi.
    Xarajatlarni taqsimlash
    – bu ishlab chiqarish xarajatlarini aniq xarajatlar
    obyektiga olib borish jarayonidir. Masalan, bitta ishlab chiqarish joyida bitta
    mahsulot emas, balkim bir necha turdosh mahsulotlar ishlab chiqarilayapti, stollar,
    stullar, kreslolar. Shu joyda xarajatlarni aynan ana shu obyektlar bo‘yicha to‘g‘ri
    hisoblash va taqsimlash juda muhim.
    Xarajatlar obyekti
    – bu tashkiliy tuzilma, shartnoma yoki boshqa hisob
    birligi hisoblanib, undan xarajatlar to‘g‘risida ma’lumot olinadi va u orqali
    jarayonlar, mahsulotlar, ishlar va kapital qo‘yilmalar loyihalarining tannarxi
    (qiymatlari) o‘lchanadi.
    Xarajatlarni taqsimlashning jarayoni uchun zarur bo‘lgan yana bir tushuncha -
    xarajatlar markazi tushunchasi hisoblanadi.
    Xarajatlar markazi
    – bu tashkiliy birlik yokifaoliyat doirasi bo‘lib, aynan shu


    yerda mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar to‘g‘risidagi
    ma’lumotlarni to‘plash maqsadga muvofiqdir. Ko‘p hollarda bu nisbatan mustaqil
    bo‘lmagan kichik darajadagi tarkibiy tuzilma bo‘lib, u ishlab chiqarish uchastkasi,
    brigada, sex bo‘lishi mumkin.
    Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini jarayonli usul orqali
    hisobga olishda, doimiy ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan asosiy ishlab chiqarish
    hisobot davrining boshi va oxiri uchun shartli tugallangan mahsulot ko‘rinishini
    oladi.
    Shartli mahsulot birligi yoki shartli ishlab chiqarish hajmi tushunchasi ma’lum
    muddat davomida tayyorlangan mahsulot sonini o‘lchash uchun ishlatiladi. U
    to‘liq tugallanmagan mahsulotlarni shartli tayyor mahsulot sifatida hisobga olishga
    imkon beradi. Bu ko‘rsatkich quyidagiga teng bo‘ladi, ya’ni:

    hisobot davri mobaynida ishlab chiqarila boshlangan hamda to‘liq tugallangan
    ko‘rinish olgan mahsulotlarning umumiy soni;

    ana shu hisobot davri boshi va oxiriga mavjud bo‘lgan tugallanmagan ishlab
    chiqarish uchun qilingan xarajatlarni ifoda etadi.
    Mahsulot tannarxini hisoblashning jarayonli usulida to‘g‘ri moddiy xarajatlar
    mahsulotni ishlab chiqarish xarajatiga ishlab chiqarish jarayoni boshlanishi bilan
    kiritilishini nazarda tutadi. Qayta ishlash xarajatlari yoki qo‘shilgan xarajatlar
    nomini olgan to‘g‘ri mehnat xarajatlari va umumishlab chiqarish xarajatlari esa
    ishlab chiqarish sikli davomida teng miqdorda taqsimlanadi va ishlab
    chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritilib boriladi. Shuning uchun materiallar
    bo‘yicha shartli mahsulot birligi soni qo‘shilgan xarajatlar bo‘yicha shartli
    mahsulot birligidan farq qiladi.



    Download 3,09 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 3,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yechimi: Xarajatlar turlari va markazi Bahosi, so‘mda 1 To‘g‘ri material xarajatlar

    Download 3,09 Mb.
    Pdf ko'rish