O‘zgaruvchi xarajatlarning standart miqdorlari xo‘jalik yurituvchi
subyektdagi resurslar sarfi me’yorlarigagina bog‘liq bo‘lsa, doimiy xarajatlar esa
ham resurs sarfi me’yorlariga, shuningdek, amaldagi xarajatlar miqdoriga bog‘liq
bo‘ladi. Ya’ni, doimiy xarajatlardan ayrimlari resurslar sarfi me’yorlari orqali
hisoblansa, qolgan bir qismi faqat amalda qilingan xarajatlar yig‘indisidan iborat
bo‘ladi. Doimiy xarajatlarning shu ikkinchi qismi standartini aniqlashda oldingi
yillarda ishlatilgan shu ko‘rinishdagi xarajatlarning amaldagi qiymatlaridan
foydalaniladi. Bunda me’yorlar 2-ifoda orqali aniqlanadi.