• I bosqich — 2021-2025 yillarda 290 ming tonna mis katodi, 38 tonna oltin va 203 tonna kumush;
  • Tog’-kon sanoati va geologiya vaziri Islamov Bobir Farxadovich
  • Kirish “Olmaliq kmk” ajda “Yoshlik ” konini оʼzlashtirish” investitsiya loyihasi bоʼyicha olib borilayotgan ishlar: Loyiha qiymati mlrd. 122 mln dollarni, kon hududi 11 ming gektarni tashkil etadi




    Download 2.66 Mb.
    bet1/21
    Sana31.10.2023
    Hajmi2.66 Mb.
    #91895
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Madadjon BMI.doc55555
    2 5373000144516026973, o.f ishchi dastur МОМ 2021 7 сем (3), 571 DASTURLASH 0025, RANJEET KUMAR GUPTA-1




    KIRISH
    Olmaliq KMK” AJda “Yoshlik 1” konini оʼzlashtirish” investitsiya loyihasi bоʼyicha olib borilayotgan ishlar:
    Loyiha qiymati 5 mlrd . 122 mln. dollarni, kon hududi 11 ming gektarni tashkil etadi.
    Loyiha quyidagi 2 bosqichda rejalashtirilmoqda:
    I bosqich — 2021-2025 yillarda 290 ming tonna mis katodi, 38 tonna oltin va 203 tonna kumush;
    II bosqich — 2024-2028 yillarda 400 ming tonna mis katodi, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush metallari ishlab chiqarishga erishiladi.
    Оʼzbekiston Respublikasi
    Tog’-kon sanoati va geologiya vaziri
    Islamov Bobir Farxadovich

    Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bоʼgʼin sifatida foydali qazilma konlarini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga oshiradi. Konchilik sanoati mamlakat xalq xо‘jaligiga yoqilg‘i (kо‘mir, yonuvchi slanetslar, torf, neft, tabiiy gaz), qora, rangli va radioaktiv metallar rudalari, kon-kimyo xom ashyolari, qurilish materiallari va boshqa xom- ashyolarini yetkazib beradi.


    Yuqorida sanab о‘tilgan xom ashyo va minerallarning dunyo miqiyosida qazib chiqarish, ekspertlar hisobi bоʼyicha 160-180 mlrd. tonna kon massasini tashkil qiladi.
    Hozirgi vaqtda har yili yer ostidan 8 mlrd. tonna yoqilgi, 570 mln.t qora metall rudasi, 170 mln.t rangli metall rudasi, 620 mln.t industrial mineral xom ashyo qazib olinmoqda. Biroq zamonaviy texnika va texnologiya qazib olingan kon massasining atigi 3-5% dangina foydalanishni ta’minlamoqda holos. Qolgan 95-97 qismi sanoat chiqindisi hisoblanadi.
    Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti va mudofaa quvvati hamda mustaqilligining mustahkamlashda katta ahamiyatga egadir. Оʼzbekiston Respublikasi konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatorida yetakchi о‘rinlarda turadi.
    Hozirgi vaqtda respublikada konchilik sanoatining quyidagi tarmoqlari mavjud bо‘lib, ular yuqori suratlarda rivojlanib bormoqda:
    yoqilg‘i qazib chiqarish (kо‘mir, yonuvchi slanetslar, neft, tabiiy gaz, uran);
    rangli metallurgiya (oltin, kumush, miss, rux, qо‘rg‘oshin, volfram va boshqalar);
    kon-kimyo xom ashyosi qazib chiqarish (appatit, fosforit va turli mineral tuzlar);
    tabiiy qurilish materiallari qazib chiqarish (granit, marmar, tuf, ohaktosh, shag’al, qum, soz tuproq va boshqalar).
    Hozirgi vaqtda Оʼzbekiston Respublikasi hududida 2800 ga yaqin turli foydali qazilma konlari topilgan. Ulardan 850 dan kо’prog’i tо’la razvedka qilingan va 400 ga yaqini ishlatilmoqda. Biroq shuni aytish kerakki, ishlatilayotgan konlarning qariyb 80-85% tabiiy qurilish materiallari konlariga tо’g’ri keladi. Bu konlarni qazib olayotgan korxonalarining ishlab chiqarish quvvati juda kichik bо’lib, kon massasi bоʼyicha unumdorligi 25-50 ming tonna (yoki kub metr) ni tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda оʼrta va katta ishlab chiqarish quvvatiga ega bо’lgan konchilik korxonalari ham respublika iqtisodiyotida muhim оʼrin tutadi. Ularga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon metallurgiya kombinati, Оʼzbekiston «Kоʼmir» aksionerlik jamiyati, shuningdek, kо‘plab neft va tabiiy gazni qazib chiqaruvchi korxonalar misol bо‘la oladi.
    Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining о’ziga xos xususiyatlari mavjud, ularning asosiylari quyidagilar:
    foydali qazilma konlarini оʼzlashtirish atrof muhitga bevosita tasir kо‘rsatib qator ekologik muammolar kelib chiqishiga sabab bо‘ladi;
    ish joylarini doimo surilib turishi kon qazish ishlarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va tashkil qilishga alohida talablar qо‘yadi;
    qazish ishlarini tobora chuqurlashib borishi natijasida kon-geologik sharoitlarni murakkablashib borishi, gazodinamik hodisalarning sodir bо‘lish ehtimolligi, shaxta (rudnik) atmosferasi haroratini kо‘tarilishi kabi omillarning mavjudligi. Bularning hammasi kon ishlarining murakkab va xavfli bо‘lishiga olib keladi.
    Odamlar tomonidan ishlatilganda yetarli darajada samara beradigan, organik yoki anorganik kelib chiqishga ega bо‘lgan tabiiy minerallarni foydali qazilma deyiladi. Foydali qazilmalarni qazib olish deganda ularni yer qobig‘idan chiqarib olish tushuniladi. Tabiatda foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon kо‘rinishlarda uchraydi.
    Foydali qazilmalarning qazib olishning quyidagi usullari mavjud: yer osti, ochiq, geotexnologik, skvajina va aralash usullar. Foydali qazilmalarni qazib olishni konchilik korxonalari amalga oshiradi.
    Konchilik korxonasi — konlarni razvedka qilish, qazib chiqarish va boyitish ishlarini bajaruvchi mustaqil ishlab chiqarish birligi. Foydali qazilmalarni qazib olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqaruvchi korxonalar deyiladi. Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karyer (razrez) kabi korxonalar kiradi.
    Shaxta — foydali qazilmalarni (asosan, kо’mirni) yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
    Rudnik — asosan metall rudalari, kon-kimyo xom ashyo va qurilish materiallarini yer osti usulida qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
    Karyer — foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi. Razrez — kо’mir qazuvchi karyer.
    Priysk — qimmatbaho metallrga ega bо’lgan sochma konlarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi.
    Promisel — suyuq va gazsimon foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi konchilik korxonasi (neft promiseli).
    Konni ochish, qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish bilan bogʼliq bо’lgan barcha ishlar majmuini konni qazib chiqarish deyiladi.
    Bu ishlar konni qazib chiqarishning bо’g’inlari hisoblanadi. Masalan, dastlabki konni ochish ishlari, sоʼng konni bir qismini qazishga tayyorlash ishlari va bevosita foydali qazilmani qazish ishlari birin-ketin bajariladi.
    О‘zbekiston dunyodagi juda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaho hamda yer bag‘rida kam uchraydigan metallar zaxiralariga ega bо‘lgan davlatlar jumlasiga kiradi.
    Kо‘p yillar foydalanish natijasida Muruntov konining chetida katta hajmda minerallashgan uyumlar ajratilgan va tо‘plab qоʼyilgan edi. Uning tarkibidagi oltin miqdorini olish imkoni yо’q edi . Bugungi kunda ana shu minerallashgan uyumlar Amerikaning «Nyumont Mayning Korporeyshn» kompaniyasi ishtirokida eng yangi texnologiyalar jalb etilib, qayta ishlanmoqda .
    Dunyoning eng yirik oltin rudali viloyati bо‘lgan Qizilqumda Muruntovdan tashqari Ajbugut , Bulutkon , Balpantov , Aristontov , Tоrboy va boshqa yangi konlar aniqlanib, о‘rganilmoqda.
    Qizilqum mintaqasidagi barcha oltin konlarining muhim xususiyati shundan iboratki, rudaning tarkibida oltin kо‘p miqdorda bоʼlib, u ochiq usulda qazib olinadi. Muhandislik tarmoqlari, kommunikatsiyalar ( suv, gaz, elektr energiyasi, temir yо‘l va avtomobil yо‘llari ) ham mavjud.
    Respublikada kumush konlari ham bor. Bular Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoye, Оqjetpes, Kosmonachi konlari va Namangan viloyatidagi oqtepa konidir. Tasdiqlangan zaxiralarning katta miqdori oltin va mis — porfir konlaridir.
    Oqtepa koni kumush qazib chiqarish bоyicha eng istiqbolli bо‘lib, chet el investitsiyalarini о‘ziga jalb etadigan kondir.
    Mis rudalari bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi, chunonchi, oltin, kumush, molibden, kadmiy, indiy, tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy va boshqalar ham qazib olinadi.
    Muhimi shundaki, ruda asosan ochiq usulda qazib olinadi.Bu esa konlarning rentabelli ishlashini taminlaydi. Ishlab turgan konlar mis va unga yо‘ldosh metallarni 40 — 50 yil, rux va qо‘rg‘oshinni 100 yildan kо‘proq vaqt qazib olishni ta’minlaydi.
    Rangli metallar rudalarining zaxiralari asosan Olmaliq ruda maydonida joylashgan. Qalmaqir koni noyob konlardan bо‘lib, u mis — molibden rudalarini qazib chiqarish bо‘yicha chet ellardan ancha ustun turadi. Bu konning rudasini Olmaliq kon — metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Kombinat О’zbekistondagi eng yirik koxonalardan biridir.
    Qо‘rg‘oshin — rux asosan Jizzax viloyatining Uchquloch va Surxandaryo viloyatining Xondiza konlarida jamlangan.
    Xondizadagi konda qо‘rg‘oshin va rux bilan birga mis, kumush, kadmiy, seoyen, oltin va indiy bor. Xalqaro bozorda bu metallning mavqei oshgan sari О‘zbekistonda ularni qazib chiqarishni kengaytirish mumkin.
    О‘zbekiston Respublikasi bir qator nodir va tarqoq holda uchraydigan metallarni ajiratib olish hamda ishlab chiqarish uchun ishonchli xom ashyo bazasiga ega. Ularning bir qismi, masalan, litiy, mustaqil konlarda jamlangan, boshqalarini mis, polimetallar, uran va boshqa foydali qazilmalar konlaridan yо’ldosh moddalar sifatida ajiratib olish mumkin.

    Download 2.66 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 2.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish “Olmaliq kmk” ajda “Yoshlik ” konini оʼzlashtirish” investitsiya loyihasi bоʼyicha olib borilayotgan ishlar: Loyiha qiymati mlrd. 122 mln dollarni, kon hududi 11 ming gektarni tashkil etadi

    Download 2.66 Mb.