• KURS ISHI MAVZU : BIR NOMALUM TAQQOSLAMALAR VA DIOFARANT TENGLAMALAR Ilmiy rahbari: Ermatov. Sh Mundarija
  • Kurs ishi mavzu : bir nomalum taqqoslamalar va diofarant tenglamalar ilmiy rahbari: Ermatov. Sh Mundarija




    Download 41.74 Kb.
    bet1/9
    Sana23.12.2023
    Hajmi41.74 Kb.
    #127539
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Mavzu bir nomalum taqqoslamalar va diofarant tenglamalar-fayllar.org (1)
    Kurs ishi ilmiy rahbar Phd habibjon Boltayev mundarija-hozir.org

    Mavzu : bir nomalum taqqoslamalar va diofarant tenglamalar

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMLI ANDIJON DAVLAT UNVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI IV-BOSQICH _M_-GURUX TALABASI TOJIDDINOV ELYORBEKNING


    ANALITIK GEOMETRIYA FANIDAN


    KURS ISHI
    MAVZU : BIR NOMALUM TAQQOSLAMALAR VA DIOFARANT TENGLAMALAR

    Ilmiy rahbari: Ermatov. Sh



    Mundarija
    KIRISH…………………………………….…………………………..................3

    1. Taqqoslamalar va ularning xossalari ……………....……………………..7


    2. Bir noma’lumli taqqoslamalar……….……………………………………12
    3. Diofant tenglamalari ………………………………………….…………….15
    4. Diofant tenglamalari haqida umumiy ma’lumot………………….…………18
    5. Diofant tenglamalari va ularni o’rgatish metodikasi………………..…………22
    6. Ko’p o’zgaruvchili diofant tenglamalari……………………………………..25
    Xulosa……………………….…………………………………….…………..…26
    Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….…....27

    KIRISH
    “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviy va intellektual salohiyatga ega bo‘lib dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib, kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatini safarbar etamiz”
    SH.M.Mirziyoyev.
    Bu gaplardan ko‘rinib turibdiki, bizga berilayotgan bu e’tibor va ishonchdan unumli foydalanish har birimizning davlatimiz va jamiyatimiz oldidagi burchimiz hisoblanadi. Jumladan, yoshlarga berilayotgan e’tiborni ta’lim sohasiga , talim sohasidagi o‘zgarishlarga va albatta, ta’limdagi innovatsiyalarga berilayotgan e’tibor zamirida ko‘rishimiz mumkin.
    Prezidentimizning bunday nutqalardan ruhlanib O‘zbekistonning yoshlari o‘z oldilariga ulkan maqsadlarni qo‘ymoqda desak adashmagan bo‘lamiz. Bu bilan bizni ruhlantirayotgan Prezidentimizga bemalol shuni ayta olamizki: O‘zbekiston yoshlari har narsaga qodir. Albatta ishonchingizni oqlaymiz.”
    Albatta, Prezidentimizning bunday e’tibori faqat gaplarda qolib ketmayotganini, amalda bo‘layotganini yosh-u qari birday bilib turibdi. Masalan, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlar strartegiyasi, “ 5 muhim tashabbus” va bir qancha qaror-u farmonlarda bu o‘z aksini topmoqda.
    Shuningdek, shuni o‘z navbatida ta’kidlash joizki, yurtboshimiz tomonidan berilgan qarorlarda Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining onlayn tarzda olib borilayotganligi barcha yoshlarning bilimi, o‘z kuchini oshirib borishga undamoqda.
    Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy- ma’rifiy sohalardgi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdi. Bunda:
    Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishni oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
    Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobilyatini namoyon etishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan. Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga yo‘naltirilgan. To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ’ib etish borasida tizimli ishlarini tashkil qilish uchun. Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash nazarda tutiladi.
    Shunday, ekan biz prezidentimiz bergan imkoniyatlardan oqilona foydalanib yurtimizga kerakli insonlar bo‘lib yetishmog’imiz darkor. Har bir sohada bugungi kunda chuqur ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, aniq fanlar yo‘nalishida ham ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Matematika fani nazarida qaralganda ham juda salmoqli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
    Matematika juda qadimgi fanlardan bin bo'lib dastlabki bosqichlarda o'zaro muomala va mehnat faoliyatlari asosida shakllana boshladi. U asta-sekin rivojlana boshladi, ya'ni faktlar yig'a boshladi. Matematika mustaqil fan sifatida vujudga kela boshlaganda uning bundan keyingi rivojlanishiga matematik bilimlarning o'zi ham ta'sir eta boshladi Shulardan ba'zilarini qayd etib o'taylik.
    Ta’lim saviyasini va samaradorligini oshirish shu kunning dolzarb muammolari va masalalaridan biri hisoblanadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimli, intiluvchan, mustaqil fikrlaydigan va zamona ruhiga mos shaxs sifatida tarbiyalash masalasi ustuvor masala qilib qo‘yilgan. Ushbu masalani hal etish ko‘p jihatdan ta’lim sohasiga yangi, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga ham bog’liq. Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash ehtiyojini tug’diradi. Demak, galdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi oliyjanob tuyg’ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g’oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga yetkazish, jahon andozalariga mos, kuchli, bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir.
    Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g’risida”gi farmonining to‘rtinchi ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘limida ta’lim va fan sohasini rivojlantirish yo‘nalishida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv va labaratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o‘quv metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish, ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalarini faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy eksprimental labaratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari taxnoparklarni tashkil etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan.

    Download 41.74 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 41.74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi mavzu : bir nomalum taqqoslamalar va diofarant tenglamalar ilmiy rahbari: Ermatov. Sh Mundarija

    Download 41.74 Kb.