|
Mavzy: Avtomatik lokomotiv signalizatsiya reja: Avtomatik lokomotiv signalizatsiya va avtostoplar
|
bet | 1/14 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #103623 |
Bog'liq Reja Avtomatik lokomotiv signalizatsiya va avtostoplar-fayllar.org
REJA: 1. Avtomatik lokomotiv signalizatsiya va avtostoplar. 2. Strelka va signallarning o‘zaro kalitli bog‘liqligi. Stansiya blokirovkasi. 3. Saralash tepaliklarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari. 4. Pereezd avtomatik signalizatsiyasi va avtomatik shlagbaumlar.
ALSda lokomotiv svetoforlari poyezd yaqinlashib kelayotgan yo‘l svetoforlari ko‘rsatkichlariga mos keladigan ko‘rsatkichlarni uzatishi kerak.
ALS qurilmasi ishlashining sxematik ko‘rinishi
Lokomotiv svetoforlari lokomotiv (motorvagon poyezd)larning boshqaruv kabinasida o‘rnatilib, signal ko‘rsatkichlarini bevosita mashinist va mashinist yordamchisiga yetkazadilar.
Lokomotivlar, motorvagon poyezdlari va o‘ziyurar harakat tarkibidagi lokomotiv signalizatsiyasi: harakatning belgilangan tezliklarini, poyezdning o‘z-o‘zidan ketib qolishi va mashinist hushyorligini vaqti-vaqti bilan tekshirish nazoratlarini ta’minlovchi xavfsizlik qurilmalari bilan to‘ldirilishi kerak. Lokomotiv, motorvagon poyezdi, maxsus o‘ziyurar harakat tarkibini boshqarish qobiliyatini mashinist, drezinada esa – drezina haydovchisi yo‘qotgan hollarda ko‘rsatib o‘tilgan qurilmalar poyezdni taqiqlovchi ko‘rsatmali svetofor qarshisida avtomat tarzda to‘xtashini ta’minlashlari kerak.
Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo‘llaniladigan avtomatik yoki yarim avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan uchastkalarda joylashgan stansiyalarda asosiy yo‘llar, yo‘lovchi poyezdlarni qabul qilish-jo‘natish yo‘llari, shuningdek, poyezdlarning to‘xtovsiz o‘tib ketishi uchun qabul qilish-jo‘natish yo‘llari avtomatik signalizatsiyaning yo‘l qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Ayrim stansiyalarda ALS qurilmalarining mavjud emasligiga faqat “O‘TY” AJ boshgaruvi raisi ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Yarim avtomatik blokirovkada ALS qurilmalari bilan stansiyalarning yaqinlashish uchastkalari va asosiy yo‘llari jihozlanadi.
|
| |