• 1.4 . BUG’LATGICHLARNI HISOBLASH TENGLAMALARI 30 Oddiy bug’latish jarayonining moddiy balansi ushbu tenglamalar yordamida ifodalanadi: 30
  • 2.2. Ikki korpusli bug’latish qurilmasining texnologik hisobi 40 HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 42 KIRISH
  • Mundareja




    Download 1.48 Mb.
    bet1/19
    Sana11.11.2023
    Hajmi1.48 Mb.
    #97275
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    Ali (3)
    2 Лабораторная, Ilm-fan 0186, Маъруза Аудит, 6- СОХА ИКТваМЕН, Транспорт машиналари тажриба 2023, 18 dekabr, HMI haqida, ЭТТ слайд, 7-маъруза тақдимоти, 2 5375179836123789783, Jumamurodova Gullola, asls mi amalyot1, New73471674236457632t4t2674t`, New Microsoft Word Document

    MUNDAREJA


    KIRISH 2
    I.NAZARIY QISM 6
    1.1. BUG’LATISH JARAYONI 6
    1.1.1 Bug’latish usullari 8
    1.2. BUG’LATKICHLAR TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPLARI 10
    Perspektiv issiqlik almashinish qurilmalari 22
    1.3 Amiyakli silitra haqida ma’lumot 27
    1.4 . BUG’LATGICHLARNI HISOBLASH TENGLAMALARI 30
    Oddiy bug’latish jarayonining moddiy balansi ushbu tenglamalar yordamida ifodalanadi: 30
    Agar, (8) tenglamani (13) ga qo’ysak, ushbu ko’rinishga erishamiz 32
    II. TEXNOLOGIK QISM 39
    2.1 TEXNOLOGIK SXEMANING YOZUVI 39
    2.2. Ikki korpusli bug’latish qurilmasining texnologik hisobi 40
    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 42

    KIRISH


    Oxirgi o’n yil ichida kimyoviy texnologiya,oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda keskin o’zgarishlar ro’y berib, yangi texnologiyalar amalda qo’llanilib rivojlana boshlandi.
    Bunday o’zgarishlar jarayon va qurilmalar fanini yanada yuqori darajaga ko’tarilishiga sabab bo’ldi.
    Ushbu fanning bunday yuqori saviyaga ko’tarilishiga hisoblash texnikasining gurkirab rivojlanishi ham o’z hissasini qo’shdi, chunki u jarayon va qurilmalarni o’rganish, modellashtirish va hisoblash ishlarini misli ko’rilmagan imkoniyatlarni yaratdi.
    Har bir jarayonni o’rganishda uning statistikasi va kinetikasiga, ya’ni o’rganilayotgan sistemaning muvozanat nisbatlari va jarayon mexanizmiga alohida e’tibor berish zarur.
    Ma’lumki kimyo,oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda bug’latish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi qurilmalar keng miqyosda qo’llaniladi.
    Masalan, tuz, ishqor kabi moddalarning suvli eritmalarini, mineral va organik kislotalar, ko‘p atomli spirtlar, shakar va konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasida tomat, sut va sharbatlarni konsentrlashda bu jarayonsiz texnologiyani tasavvur qilib bo‘lmaydi.
    SHu bilan birga, ushbu jarayonni toza erituvchi ishlab chiqarish uchun ham qo‘llasa bo‘ladi.
    Qattiq, uchuvchan bo’lmagan yoki uchuvchanligi yomon bo’lgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil bo’lgan bug’larni chiqarib yuborish jarayoniga bug’latish deyiladi.
    Odatda, sanoat miqyosida bug’latish jarayoni eritmalarni qaynatish yo’li amalga oshiriladi.
    Eritmalarni bug’latishdan maqsad ularning konstentrastiyasini orttirish bo’lib, ya’ni eritmalarni quyuqlashtirishdir. Agarda, quyuqlashtirilgan eritmalardan yana erituvchi chiqarilsa, qattiq moddalar kristallana boshlaydi va kristallar ajralib chiqadi.
    Suyultirilgan eritmalar konsentratsiyasini oshirish yoki ulardan erigan moddalarni kristallash usulida ajratib olish uchun bug’latish jarayoni qo’llaniladi.
    Shuni alohida qayd etish kerakki, agar bug’lanish jarayoni qaynash temperaturasidan past, istalgan temperaturada eritma yuzasida sodir bo’lsa, bug’latish esa - qaynash temperaturasidan yuqori temperaturada, eritmaning butun hajmida yuz beradi.
    Ushbu jarayonlar bug’latish qurilmasi deb nomlanadigan qurilmalarda amalga oshiriladi. Ma’lumki, uzluksiz va uzlukli bug’latish jarayonlarini tashkil etish mumkin. Uzlukli ishlaydigan qurilmalar, odatda kam miqdorda mahsulot ishlab chiqaradigan texnologiyalarda qo’llaniladi.
    Yirik sanoat korxonalarida uzluksiz ishlaydigan bug’latish qurilmalaridan foydalaniladi va ularning issiqlik almashinish yuzalari 600...1000 m2 bo`ladi. Bunday qurilmalarning tejamliligini aniqlovchi asosiy omil bo’lib, undagi bug’ va suv sarfi hisoblanadi.
    Bug’latish vakuum, atmosfera va yuqori bosim ostida olib borilishi mumkin.

    Download 1.48 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 1.48 Mb.