• 6. Pаyvаndlаsh jihоzlarini tanlash………………………………….. 7. Pаyvаnd birikmаlаr sifаt nаzоrаti……………………………….. 8. Buyumni yig‘ish vа pаyvаndlаshning tеxnоlоgik jаrаyoni……...
  • Mundarija Kirish Buyum mаtеriаli vа kоnstruksiyasi hаqidа mа’lumоt(сталь4) Pаyvаndlаsh usulini tаnlаsh




    Download 426,11 Kb.
    bet1/16
    Sana18.05.2024
    Hajmi426,11 Kb.
    #241641
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    2MALIKA W
    5eYaGWED0ODX92EADcCYC7RJG1dkRqTJnC8yoszY (3), Юк кутариш кранлари тузилиши ва уларни хавфсиз ишлатиш коидалари, kurs iwi tez, kran, Boshqarishning intellektual tizimlari va qaror qabul qilish, UMK soha iqtisodiyoti




    Mundarija


    Kirish…………………………………………………………………
    2. Buyum mаtеriаli vа kоnstruksiyasi hаqidа mа’lumоt(сталь4)..
    3. Pаyvаndlаsh usulini tаnlаsh………………………………………
    4. Pаyvаndlаsh mаtеriаllаrini tаnlаsh………………………………
    5. Pаyvаndlаsh rеjimini hisoblash…………………………………...
    6. Pаyvаndlаsh jihоzlarini tanlash…………………………………..
    7. Pаyvаnd birikmаlаr sifаt nаzоrаti………………………………..
    8. Buyumni yig‘ish vа pаyvаndlаshning tеxnоlоgik jаrаyoni……...
    9. Xulоsаlаr……………………………………………………………
    10. Qo‘llаnilgаn аdаbiyotlаrning ro‘yhаti…………………………..


    Kirish
    Payvandlash (texnikada) — qattiq materiallar (metall, keramika, shisha va boshqalar)ni ajralmas qilib biriktirish usuli. Payvandlashning 60 dan ortiq usuli bor.Metallarni Payvandlash qadimdan maʼlum.1882 yilgacha bosim ostida payvandlashning temirchilik usulidan foydalanilgan. Rus ixtirochisi N. N. Benardos birinchi marta metallarni koʻmir elektroddan foydalanib P. (elektr yoy) usulini topgan, rus muhandisi N. G. Slavyanov buni takomillashtirib, koʻmir elektrod oʻrniga metall elektrod ishlatgan. Atsetilen topilganidan keyin fransuz metallurgi E. Fushe gaz payvandni, amerikalik olim J. Tomson qarshilikli uchma-uch P. (1837), keyinchalik N. N. Benardos nuqtaviy kontakt P. usulini ixtiro qildi, akad. Ye. O. Paton (1940) rahbarligida elektr shlakli payvandlash usuli ishlab chiqildi.
    Yoyli-dastakli payvandlash - voyli payvandlashda yoy yonishi, elektrod uzatilishi va siljitishi qolda hajariiadi. Yoyli-dastakli payvandlashda yoy yonishi, payvandlash davrida uni ushlab turish, payvandlanayotgan yuza bo‘yicha siijitishni payvandchi qoida bajaradi. Normal yoy uzunligi elektrod diametridan 0,5-1, lga oshmaydi. Elektrod diametri 3-6 mm ni tashkil etadi. Payvandlash ishlarining asosiy hajmi 90- 350 A va 18-30 V kuchlanishda bajariladi. Yoyli-dastakli payvandlash postining jihozlanishi Bajariladigan ishlarning turiga, buyiimning o‘lchamlariga va ishlab chiqarish turiga qarab, payvandchining ish o ‘rni turlicha tashkil etilishi mumkin. Bu ish o ‘rinlari katta oMchamli buyumlarni, inshootlarni montaj qiiish (o‘rnatish) yoki tayyorlash uchun muqim payvandlash kabinasidan yoki vaqtinchalik payvandlash postidan iborat bo‘lishi mumkin. Agar payvandlanadigan buyum katta bo‘lmasa va katta seriyalarda tayyorlansa, u holda ish o ‘rni muqim payvandlash kabinalarida tashkil etiladi, bu kabinalarning o‘lchamlari bitta payvandchi uchun kamida 2,0x2,5 m, balandligi kamida 2,0 m bo‘ladi. Kabina havoning tabiiy harakati hisobiga yaxshi sharnollatib turilishi kerak.IJning uchun devorlari polgacha 200-250 mm yetmasligi lozim.Eshik o‘rniga halqalarda brezent parda osib qo‘yiladi.Kabinaning devorlari o‘tga chidamli materialdan, ko‘pincha metaldan yasaladi. Ichkari tomondan devorlarga o‘tga chidamli qoplama yoki ochiq rangli bo‘yoq surtiiadi. Bu ranglar yaltiramaydi va xira sirt hosil qiladi. Havoni umumiy va mahalliy usulda shamollatish majburiy. Kabinada payvandlash yoyini ta’minlash manbayi, unga ta’minlash elektr tarmog‘ini ulash uchun biriktirgichajratgich yoki magnitli yurgizib yuborgich o'matiladi. Agar payvandlash o‘zgartkichdan foydalaniladigan bo‘lsa, uni kabinadan tashqarida, ovoz o'tkazmaydigan xonada o’rnatiladi. Payvandlash postlariga o'zgaruvchan tok maxsus transformator-lardan, o‘zgarmas tok esa o‘zgartirgich va to‘g‘rilagichIardan beriladi Bu holda tok 220 yoki 380 V kuchianishli tarmoqdan o‘zgartirgichga ke!adi. Kabinada chilangarlik asboblari(bolg'acha, zubilo, qisqich va shu kabilar) qo'yiigan tokchali dasigoh, elektrodiar uchun zich yopiladigan quti ovrnatiladi, chunki ba’zan elektrodiar o‘rami olinganidan keyin ikki soatdan ko‘proq ishiatilmaydi. Elektrodlarni qizdirish uchun quritish shkafi yoki quritish o'chog4! zarur bo'ladi, o‘chogni payvandchilar-ning ish hajmiga va payvandlash sharoitiga qarab bir necha post uchun bitta o‘rnatish mumkin. Agar payvandchi yig'ish-payvandlash moslamasidan yoki pnevmoyuritmali asbobdan foydalanadigan bo'lsa, kabinaga siqilgan havo o‘tkaziladi. Kabinada payvandchi uchun metali stol va balandligi bo‘yicha rostlanadigan o‘rirtdiqli stul turishi kerak.
    Payvandlashning bosim ostida va eritib payvandlash usullari bor. Bosim ostida payvandlash da metall plastik holatga keltirib biriktiriladi; biriktiriladigan joyga tashki kuch taʼsir ettiriladi. Bunday mexanik, kimyoviy-mexanik va elektr-mexanik usullarga boʻlinadi. Kontakt payvand, nuqtaviy payvandlash usullari ham bor. Eritib payvandlashda biror issiqlik manbai taʼsirida buyumning payvandlanadigan joylari va payvand chiviq (agar u ishlatilsa) suyuqlanish holatiga keltiriladi. Bu usulning kimyoviy, elektrkimyovii va elektr yoy usullari bor. Kimyoviy usul gaz va termit xillarga boʻlinadi. Payvandlash vaqtida sodir boʻladigan oksidlanish reaksiyasi chok metallarning tarkibiy elementlarini kuydiradi, natijada metallning kimyoviy tarkibi oʻzgaradi va payvand birikmaning mexanik xossalari pasayadi. Shuning uchun payvandlash texnikasida eritib yopishtiriladigan metalldagi foydali aralashmalarni kuyishdan, unga azot va kislorod kirishidan saqlaydigan payvand birikmalardan foydalaniladi. Mis, gaz payvandda buyumlarning payvandlanish xususiyatini yaxshilaydigan va ularni atrofdagi muhit taʼsiridan saqlaydigan flyus yoki maxsus qoplamalardan foydalaniladi va gaz himoya usullari qoʻllaniladi. Termit usulda detallarning biriktiriladigan sirtini suyuqlantirib, termit metall bilan yaxlit quyma chok hosil qilinadi.
    Elektrkimyoviy usulda payvandlash zonasi (buyum bilan elektrod orasida yonadigan yey) vodorod bilan, baʼzan, vodorod va uglerod oksidi aralashmasi bilan yoki azot va vodorod aralashmasi bilan oʻraladi, natijada eritib yopishtiriladigan metall atrofdagi muhitning kimyoviy taʼsiridan saqlanadi. payvandlash zonasini argon, geliy yoki karbonat angidrid gazi bilan himoya qilish usuli keng qoʻllaniladi. Elektr yoy bilan payvandlashda buyumlarning payvandlanadigan joylari elektr yoyi bilan eritib biriktiriladi. Bu usul eruvchan elektrodli va erimaydigan elektrodli xillarga boʻlinadi.
    Bunday payvandlash qoʻlda va avtomatik tarzda bajariladi. Yuqori chastotali tok va elektron nur yordamida payvandlash usullari ham bor. Suv ostida payvandlash (kemalarning tagini tuzatish), kosmosda payvandlash (kosmik styalarni kosmosda montaj qilish) usullari rivojlangan, yuqori vakuum va vaznsizlik sharoitida turli metallarni payvandlash usullari ham keng qoʻllanilmoqda. Lazer nurlari yordamida payvandlash usullari takomillashtirilmoqda.



    Download 426,11 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 426,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija Kirish Buyum mаtеriаli vа kоnstruksiyasi hаqidа mа’lumоt(сталь4) Pаyvаndlаsh usulini tаnlаsh

    Download 426,11 Kb.