|
O‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiyalar mundarija
|
bet | 1/13 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 214 Kb. | | #124459 |
Bog'liq O‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi
O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH VA SAMARALI BOSHQARISH ASOSIDAGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
MUNDARIJA:
I BOB. TABAQALASHTIRILGAN DARAJADAGI TEXNOLOGIYA: INDIVIDUAL O‘ZIGA HOSLIKLARI, YOSHI, QIZIQISHLARI, AQLIY RIVOJLANISH DARAJASI, SOG‘LOMLIK DARAJASI
Individual ta’lim texnologiyasi: ta’lim har bir o‘quvchining qobilyatlari bilan bo‘liqlikda olib borilishi………………………………………………….
Axborot texnologiyalari: ta’limiy va nazorat qiluvchi dasturlar……………
II BOB. TA’LIMNING JAMOAVIY VA GURUHIY TEXNOLOGIYASI.
2.1. O‘quv-tarbiyaviy vaziyatlarni loyihalashtirish asoslari……………………………
2.2. Tarbiya – o‘quv-tarbiyaviy jarayon sifatida………………………………………..
XULOSA………………………………………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………………
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Kishi har bir faoliyatni shu faoliyatni bajarish metodikasi haqida oldin o‘zlashtirilgan axborotlar asosida bajaradi. Oldin bilib olingan axborotlarga bevosita tayanmay, tusmol va xatoliklar yo‘li bilan bajarish ta’lim-tarbiya ishi uchun xarakterli bo‘lolmaydi. Kishining maxorati qandayligi faoliyat xaqidagi axborotlarni o‘zlashtirish darajasiga bog‘liq, faoliyatga doir axborotlarni ishlata bilish esa ayrim o‘quv elementlari va butun o‘quv predmeti mazmunini o‘zlashtirish sifatiga, ya’ni xarakatning mo‘ljal asosi (XMA)ni o‘zlashtirish sifatiga bog‘liq. Bunda bilib olingan XMA, yoki aynan o‘zlashtirib olinganidek yoki faoliyatning shart-sharoitiga qarab o‘zgartirilgan holda ishlatirilishi ham mumkin. Bilib olingan axborotlardan foydalanishh usuli bo‘yicha o‘quv faoliyati reproduktiv (esda qolganiga ko‘ra va produktiv (maxsuldor) turlarga ajratiladi. Qo‘yilayotgan vazifalarni (masalalarni) echish uchun dastlabki axborotlardan foydalanishh usuli faoliyatni turlarga ajratishning umumiy prntsipi hisoblanadi. Produktiv faoliyat mahmuldordan oldin kelishi shubhasiz, ya’ni mahsuldor faoliyat undan o‘sib chiqadi.
Reproduktiv faoliyatda o‘zlashtirilgan XMA, uning algoritmlari va qoidalari faqat har xil ko‘rinishlarda qayta ishlab chiqiladi /ta’limda aynan qayta gapirib berishdan tortib, o‘xshash vaziyatlarda biroz o‘zgartirib aytishgacha/, o‘quv predmetida dastlab bilib olingan ma’lumotlarga o‘quvchi faoliyat davomida biror yangi axborot qo‘shmaydi. Algoritmik harakatlar, ya’ni yaxshi tanish sharoitlarda va aniq tasvirlangan qoidalarga binoan harakat qilishh reproduktiv faoliyat uchun harakterlidir. Masalan, talaba umumiy ta’lim, ixtisoslik predmetlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalardagi barcha masalalar vazifalar/ni ilgari o‘zlashtirilgan /bilingan/ qoidalar va algoritmlarga binoan echadi, o‘quvchining bunday faoliyati reproduktivlik doirasidagi harakatlaridir.
Mahsuldor faoliyat jarayonida o‘quvchi har doim o‘quv predmetida o‘zlashtirib olingan nisbatan yangi harakatlar-XMA yaratadi, ya’ni o‘quv qo‘llanmasining mazmunidan farq qiladigan yangi axborotni yuzaga keltiradi. Yangi axbortni yaratish doimo izlovchilik tadqiqotchilik faoliyatida oldingi tajribaga suyanadi.
Repreduktiv va mahsuldor faoliyatlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bilim egallashda shu ikki bosqichga mos tuzilma yaratadi. O‘quvchi ham reproduktiv, ham mahsuldor faoliyatga doir har bir harakatni amalni echish jarayonining elementi sifatida bajaradi. Psixologo pedagogik fanlarda masala deganda ma’lum bir vaziyatda harakat yordamida bajarish mumkin bo‘lgan ma’lum bir maqsad tushuniladi.
SHunday qilib maqsad, vaziyat va harakat masalaning komponetlari hisoblanadi. Reproduktiv yoki mahsuldor faoliyatni qo‘llash komponentlari masalalarda ko‘rsatilgan variantlarga bog‘liq bo‘ladi.
Inson faoliyatining mumkin bo‘lgan barcha tuzilmasini turli masalalarni echish qobiliyati sifatida quyidagi to‘rtta izchil o‘zlashtirish darajalari /a/ shaklida taqdim etishh mumkin: a-1-1U-to‘rt darajasi, ular ta’lim jarayonida shu predmetdan o‘quvchi bilim tajribasining o‘sish yuksalish darajalarini aks ettiradi.
Zamonaviy psixologo-pedagogik fanlar erishgan yutuqlarga binoan istalgan o‘quv jarayoni uchta bir-biri bilan bog‘liq qism komponentdan iborat:
1. Motivlar M/5
2. O‘quvchining o‘qish o‘zlashtirish faoliyati UF/6
3. O‘quvchining bilish faoliyatini boshqarish B. Boshqarish vazifasini muallim yoki texnik vositalar bajaradi. Demak, didaktik /o‘quv/ jarayonni /DJ/ quyidagi fomula tarzida ifodalash mumkin:
DJ=M-UF-B
O‘quv jarayoni qismlaridan har birida (M,UF,B) qanday pedagogik maqsad nazarda tutilganiga qarab ta’lim-tarbiya jarayonining turli metodika (texnologiya)lari xosil bo‘ladi. Bunday metodikalar soni juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Ta’lim tarbiya vazifasini echish qulay bo‘lishi uchun mavjud texnologiya (metodika) lardan qay birini tanlash ma’lum mezonlar asosida amalga oshiriladi. Shuni esda tutish lozimki, ta’limning maqsadi va o‘quv jarayonlari o‘zaro bir biriga aynan mos bo‘lishi kerak: har bir diagnostik maqsadga ma’lum bir ta’lim-tarbiya jarayonida erishish mumkin har bir o‘quv jarayonida erishish mumkin bo‘lgan maqsad qo‘yilishi zarur.
|
| |