O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va inovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universiteti




Download 1,87 Mb.
bet1/6
Sana20.12.2023
Hajmi1,87 Mb.
#125384
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi Elbek. T.
8-МАВЗУ. ҲОСИЛАГА НИСБАТАН ЕЧИЛМАГАН, tabiiy-birikmalar-asosidagi-dori-vositalari-mavzusida-xalqaro-konferensiya-bolib-otdi

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va inovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universiteti


Botanika va dorivor o’simliklar kafedrasi
Dorivor o'simlik xom-ashyosini tayyorlash saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi fanidan
KURS ISHI

Mavzu:_____________________________________________


Bajardi:_______________________

Tekishirdi:_____________________

Guliston 2023y


Mundarija
Kirish------------------------------------------------------------------------------3
I.BOB. Adabiyotlar tahlili------------------------------------------------------5
1.1. Tabiiy dori vositalariga bo’lgan talab va paydo bo’lish tarixi
II.BOB. Asosiy qism-----------------------------------------------------------10
2.1. Dorivor o’simlik xom ashyosini farmasevtik zavodga qabul qilish.
2.2.Dorivor o’simlik mahsulotini ishlab chiqarish istiqboli--------------13
2.3.Sohaning dolzarbligi va oldidagi muammolari.------------------------20
Xulosa----------------------------------------------------------------------------22
Foydalanilgan adabiyotlar.----------------------------------------------------23


Kirish
Kasallikni davolash va uni oldini olish maqsadida dorivor o‘simliklardan dori turlari tayyorlanadi yoki ulardan dorivor preparatlar va sof holdagi dorivor moddalar olinadi. Buning uchun shu o‘simliklarning kasalliklarni davolash xususiyatiga ega biologik faol moddalarga boy bo‘lgan qismlaridan, ya’ni ba’- zi o‘simliklarni yerosti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tugunak yoki piyoz), ba’zilarini esa yerustki organlaridan (barg, gul, meva, urug‘, po‘stloq yoki o‘t o‘simliklarning butunlay yerustki qismi — o‘ti) foydalaniladi. Ba’zan dori turlari, dorivor preparat va toza moddalar o‘simlik hamda hayvonlarni birlamchi ishlash yo‘li bilan olingan efir moylar, smolalar, moy va yog‘lar, daraxt yelimlari, zaharlar (ilon va asalari zaharlari), lanolin, propolis va boshqalardan ham tayyorlanadi va olinadi. Farmatsevtikada dori turlari tayyorlash, dorivor preparatlar hamda toza moddalar olish uchun ishlatiladigan dorivor o‘simliklar va hayvonlar organlari yoki ulardan birlamchi ishlash yo‘li bilan olingan mahsulotlar dorivor mahsulotlar deb ataladi. Davlat farmakopeyasida (DF) tasvirlangan dorivor mahsulotlar ofitsinal mahsulot, farmakopeyaga kiritilmaganlari esa noofitsinal mahsulot hisoblanadi. Noofitsinal dorivor mahsulotlar Davlat standartlari (GOST) yoki boshqa me’yoriy texnik hujjatlarda (MTH) bayon etiladi. Chunki kimyo fanining, ayniqsa, sintetik kimyoning rivojlangan ko‘plab dorivor moddalar sintez yo‘li bilan olinishiga qaramay, tibbiyotda qo‘llaniladigan dorivor preparatlarning 40 % ga yaqini o‘simliklardan olinadi. Bu raqam ayrim kasalliklarni, masalan, yurak-qon tomirlari kasalliklarini davolash sohasida ishlatiladigan dorivor preparatlarda 80% ga yetadi. Kelajakda tibbiyotda o‘simliklardan olinadigan dorivor preparatlar va dorivor o‘simliklar ko‘proq ishlatilishi kutilmoqda. Tibbiyotda dorivor o‘simliklarga va ulardan olinadigan preparatlarga bo‘lgan talabning oshishiga sabab sintez yo‘li bilan olingan har bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste’mol qilish inson va hayvonlar organizmida turli ko‘ngilsiz o‘zgarishlarga olib kelishidir. Shu sababdan hozirda dunyo bo‘yicha o‘simlik dorivor preparatlariga — fitopreparatlarga va dorivor o‘simliklarga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda. Yunonlar o‘zlarida yetishtiriladigan dorivor o‘simlikdan tashqari Misr, Eron va Osiyodagi boshqa mamlakatlardan keltirilgan dorivor mahsulotlardan ham foydalanishgan. Mashhur shifokor Buqrot (Giðpokrat), Arastu (Aristotel) hamda ularning shogirdi Teofrast, farmakognoziya fanining „asoschisi“ Dioskorid va boshqa olimlarning shuhrati dunyoga yoyilgan. Ko‘hna Rimda Galen va Pliniy Starshiy farmakognoziya bilan chuqur shug‘ullangan. Shifokor Galen (eramizning 130-yillarida tug‘ilgan) farmatsiya va tibbiyot sohasida bir qancha kitoblar yozgan. U o‘z kitoblarida 304 ta dorivor o‘simlik, 80 ta hayvon va 60 ta mineral moddadan olinadigan dorilarni to‘liq tavsiflaydi. Galen o‘simlik va hayvon organlaridan tayyorlangan (tarkibida ta’sir etuvchi modda bo‘lgan) dori turlari bilan bemorlarni davolashni birinchi bo‘lib taklif etdi. Bu dorilar hozirgi kunda ham „Galen preparatlari“ nomi bilan yuritiladi. Galenning tibbiyot va farmatsiya sohasida yozgan asarlari hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlatlarda qadim zamonlardan bemorlar, asosan, dorivor o‘simliklar bilan davolab kelinadi. Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab tabobatchiligida ishlatiladigan dorivor o‘simliklar, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Dorivor o'simlik materiallari yovvoyi va madaniy dorivor o'simliklardan olinadi. Xom ashyo sifati tashqi belgilar va raqamli ko'rsatkichlar bilan belgilanadi, ulardan asosiysi faol moddalar tarkibidir. Sabzavot xom ashyosi yangi va quritilgan holda ishlatiladi. O'simliklardan olingan dorivor preparatlar (HMP) - faol / faol komponent / komponentlar sifatida o'simlik kelib chiqishi farmatsevtika moddalari va / yoki ular asosidagi mahsulotlarni o'z ichiga olgan dorilar. Kimyo-farmatsevtika sanoati, Galen laboratoriyalari va dorixonalar ehtiyojini qondirish maqsadida har yili katta miqdorda dorivor o‘simliklar mahsuloti tayyorlanadi. Mahsulotlar, asosan, yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklardan yig‘iladi. Yil sayin dorivor o‘simliklar mahsulotiga bo‘lgan talab oshmoqda. Shuning uchun tayyorlanadigan mahsulotning miqdori ham ko‘paymoqda. Yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklarning zaxirasi har qancha ko‘p bo‘lmasin, yildan yilga o‘sib borayotgan talabni qondirish hamda tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simliklarni saqlab qolish uchun ularni yig‘ish to‘g‘ri uyushtirilishi kerak hamda mahsulotlarni tayyorlashni ilmiy asoslangan qat’iy rejaga rioya qilingan holda olib borish zarurdir. Dorivor o‘simliklar mahsulotining 48 % i yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan, 30 % i jamoa va davlat xo‘jaliklarining dorivor o‘simliklar o‘stiriladigan dalalar plantatsiyalarda tayyorlanadi.

Download 1,87 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 1,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va inovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universiteti

Download 1,87 Mb.