Otlardagi modal shakllarning uslubiy xususiyatlari




Download 0.59 Mb.
bet3/25
Sana29.03.2017
Hajmi0.59 Mb.
#2630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Xulosalar.

Foydalanilgan ababiyotlarro‘yxati.

Kirish

Inson, Umar Xayyom aytganidek, olamning gavhari hisoblanadi.1 Bunday deyishimizga yetarlicha asoslar bor, albatta. Birinchidan, insonlar jamiki mavjudotlar ichida ongga ega bo`lgan yagona mavjudotdir. Uning bu jihati bir qancha ijtimoiy hodisalar orqali boshqa jonzodlardan farq qilishini ta`minlab beradi.Shu ijtimoiy hodisalarning biri shaksiz til hisoblanadi. Til – bu muomala vositasi bo`lib, jamiyatdagi insonlarni bir-biri bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishishida muhim qurol hisoblanadi.

Har bir jamiyat o`zining muomala vositasi – tiliga ega. Ma`lumotlarga ko`ra dunyoda 3000 dan ortiq til mavjud bo`lib, mos ravishda ushbu tillarda tegishli hududlarda gaplashiladi. Hattoki Markaziy Amerikadagi ayrim hududlarda bor-yo`g`i mingta yoki ikki mingta kishi uchun muomala vositasi bo`lib kelayotgan tillarni ham uchratish mumkin.2 Ko`lami jihatdan tor bo`lgan bu til nafaqat ushbu tilda so`zlashuvchilar uchun, balki boshqa tilli insonlar uchun ham insoniyatning ma`naviy me`rosi sifatida qaralishi zarur. “Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat`iy nazar, o`z ona tilini hurmat qiladi”3. Konsatitutsiyamizning 4-moddasida ham o`zbek tili davlat tili ekanligi va O`zbekistonda istiqomat qilayotgan millatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilib berilishi belgilab qo`yilgan. Yaqinda Prezidentimizning ingliz tilini o`rganish to`g`risida chiqargan farmoni yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Shunday ekan, biz ham o`z ona tilimiz – o`zbek tilini ma`naviy merosimiz sifatida hurmat qilishimiz, uning rivoji uchun qo`ldan kelgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz zarur. Zero, prezidentimiz I.A.Karimov o`zbek tili haqida: “Biz ajdodlardan avlodlarga o`tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitishimiz, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”4 – deb fikr bildirib o`tgan.

Hozirgi axborot globolizatsiyasi natijasida erishilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bevosita o`zbek tiliga ham ta`sir o`tkazmay qolmaydi. Ana shunday sharoitda bizning vazifamiz prezidentimiz aytganlaridek: “Ayniqsa fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o`ta muhim sohalarda ona tilimizning qo`llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug`atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushunch va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so`z balan aytganda, o`zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish...”5 bo`lmog`i lozim. Faqat shundagina biz oldimizga qo`ygan maqsadga – o`zbek tilini o`rganishga, rivojlantirishga, uni kelajak avlod uchun bekami ko`st tarzda yetkazib berishga erishishimiz mumkin. Bu vazifa o`zbek xalqining har bir farzandiga xos insoniylik burchi sifatida anglab yetilishi kerak. “Binobarin, o`z ona tilini bilmagan odam o`zining shajarasini, o`zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo`q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to`g`ri aytishadi”6.Bu g`oya bayroqdorlari sifatida esa tilshunoslar tashabbus ko`rsatishlari talab qilinadi.



Ushbu bitiruv malakaviy ishini ham shunday tashabbuslardan biri deb hisoblasak xato bo`lmaydi. Zero, unda o`zbek tilidagi ot turkumiga xos so`zlarning uslubiy xususiyatlari haqida so`z yuritilib, ushbu mavzu doirasida mavjud muammolar tahlil qilinadi.



Download 0.59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Download 0.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Otlardagi modal shakllarning uslubiy xususiyatlari

Download 0.59 Mb.