• «Sudlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»
  • 2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish
  • Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillash-tirish bo’yicha 2018 — 2021 yillarga mo’ljallangan Kontseptsiya
  • «Yarashtiruv jarayonlari (mediatsiya) to’g’risida»
  • «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»
  • Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash




    Download 1.19 Mb.
    bet6/17
    Sana26.03.2019
    Hajmi1.19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

    2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash

    66.

    «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

    Mazkur Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

    murojaatlarni qabul qilish va ko’rib chiqishning interaktiv usullarini kengaytirish;

    murojaatlarni ko’rib chiqish natijalarini nashr etib borish;

    takroriy murojaatlarni ko’rib chiqish va hal etish, fuqarolarni sayyor qabul qilish xususiyatlari;

    videokonferentsaloqa yordamida fuqarolarni masofaviy qabul qilishni tashkil etish;

    «Xalq qabulxonasi» institutining umumiy qoidalarini belgilash;

    «Ishonch telefonlari» orqali murojaatni qabul qilish, ko’rib chiqishning huquqiy asoslari.



    2017 yil II chorak

    Oliy Majlis palatalari
    (kelishilgan holda),

    Adliya vazirligi,

    Bosh prokuratura,

    IIV, Axborot texnologiyalari

    vazirligi


    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Loyiha bilan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi, aholi bilan ochiq muloqotni yo’lga qo’yishning yangi samarali mexanizmlari va usullari joriy etiladi.



    67.

    Barcha huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining virtual qabulxonalarini tashkil etish.

    2017 yil I chorak

    Bosh prokuratura,
    Oliy sud, IIV,
    Oliy xo’jalik sudi,

    Adliya vazirligi,

    Axborot texnologiyalari

    vazirligi,


    vazirlik va idoralar

    Hisob-kitoblarga asosan

    Ijrochilar mablag’lari

    Chora-tadbirlar rejasi.

    Chora-tadbirlarning amalga oshirilishi davlat organlari faoliyatida oshkoralikni ta’minlashga xizmat qiladi.



    68.

    Har bir davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida murojaatlar bilan ishlash bo’yicha alohida bo’lim (bo’linma, guruh) tashkil etish.

    Davlat organlari va muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutadigan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.



    2017 yil II chorak

    Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari
    vazirligi,

    vazirlik va idoralar



    -

    -

    Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

    Loyihada quyidagilar belgilanadi:

    murojaatlar bilan ishlash bo’yicha alohida bo’limlarni tuzish tartibi;

    murojaatlar bilan ishlash bo’yicha alohida bo’limlarning vakolatlari va majburiyatlari;

    murojaatlar bilan ishlash bo’yicha alohida bo’limlar xodimlarining huquqiy holati;

    murojaatlar bilan ishlash bo’yi?a alohida bo’limlarning faoliyati ochiqligini ta’minlash choralari.



    69.

    «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini mas’ul ijrochilar va sohalar bo’yicha taqsimlanishi hamda tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi murojaatlarning yagona klassifikatori»ni ishlab chiqish va tasdiqlash, murojaatlarni ro’yxatga olish tizimi bo’yicha yagona elektron dasturni tatbiq etish.

    2017 yil I chorak

    Bosh prokuratura,
    IIV,
    Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

    -

    -

    Yagona klassifikator.

    Murojaatlarning kelib tushish manzili, quyi tizimlarga yuborilganligi, ularning mazmuni, turi va ko’tarilgan masalalar klassifikatsiyasi hamda takroriy va anonim murojaatlar hisobi, ko’rib chiqish natijasi, belgilangan tartib va muddatlarda rioya qilinishi, intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalalari bo’yicha tahlillar olib boriladi.



    70.

    Davlat organlari va jamoat tashkilotlari veb-saytlari orqali o’z soha faoliyatining yo’nalishlari bo’yicha «Onlayn maslahat» ruknini tashkil etish.

    2017 yil I chorak

    Advokatlar palatasi, vazirlik va idoralar

    -

    -

    Veb-saytlar sahifalari.

    Aholiga huquqiy masalalar bo’yicha tushuntirish ishlari faollashadi, huquqiy maslahatlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida keng targ’ib qilinadi.



    71.

    Har bir davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida murojaatlar bilan ishlash ahvolini har chorakda umumlashtirish.

    Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati bo’yicha aholining fikrini ijtimoiy so’rov o’tkazish, shu jumladan, Internet tarmog’i orqali aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish tartibini kiritish.



    2017 yil I chorak

    Bosh prokuratura,
    Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi,
    «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi,
    vazirlik va idoralar

    100,0

    «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi mablag’lari

    Amaliy chora-tadbirlar dasturi loyihasi.

    Fuqarolarning murojaatlari eng ko’p tushadigan sohalar, ulardagi to’siqlar, fuqarolarni o’ylantiradigan boshqa ehtiyojlar aniqlanib, muammolar bartaraf etiladi.



    72.

    Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarga murojaat qilish jarayonida to’lanadigan davlat boji miqdorini kamaytirish.

    2017 yil II chorak

    Moliya vazirligi, Oliy sud,
    Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi,

    Bosh prokuratura



    -

    -

    Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

    Fuqarolarning o’z huquqlarini himoya qilishni so’rab, sudlarga murojaat qilish imkonini oshiradi.



    73.

    Elektron tartibda sud ishini yuritishning zamonaviy shakl
    va usullarini joriy etishga qaratilgan «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish
    va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

    2017 yil IV chorak

    Bosh prokuratura, Oliy sud,
    Oliy xo’jalik sudi, Adliya vazirligi,
    IIV, MXX, Axborot texnologiyalari vazirligi,
    Moliya vazirligi

    -

    -

    «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonun loyihasi.

    Elektron tartibda sud ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, shu jumladan, protsess ishtirokchilari bilan o’zaro elektron hamkorlikni amalga oshirish, videokonferentsaloqadan foydalanishni, shuningdek, protsessual harakatlarni video, audio qayd etishni, sud-tergov jarayonlarini stenogramma qilishning yangi turlarini kengroq joriy etish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi.



    74.

    Sudlar faoliyatiga oid ma’lumot bilan fuqarolarni ta’minlashni nazarda tutuvchi «Sudlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

    2017 yil IV chorak

    Oliy sud, Oliy xo’jalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy malaka komissiyasi, Adliya vazirligi

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Loyihada sud tizimi va jarayoniga oid ma’lumotlar hamda sud hujjatlari oshkoraligini ta’minlash choralari nazarda tutiladi.



    75.

    Fuqarolarning xususiy mulk huquqi kafolatlarini mustahkamlash. Xususan:

    jinoyat quroli yoki ma’muriy huquqbuzarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanishda mulkdorning aybi bo’lmagan hollarda mulkni olib qo’yish (vaqtinchalik olib qo’yishdan tashqari) va musodara qilishni taqiqlash;

    O’zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqi 2 ming baravaridan kam bo’lmagan, norezidentlar tomonidan qiymati 100 ming dollardan kam bo’lmagan yangi qurilgan ko’chmas mulkni Toshkent shahri va viloyatida sotib olganlik uchun 5-10 foiz miqdorda davlat boji to’lagan holda, ko’chmas mulkni erkin sotib olish va egalik qilish.


    2017 yil II chorak

    Adliya vazirligi,
    Bosh prokuratura,

    Moliya vazirligi,

    Tashqi ishlar vazirligi,

    IIV


    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Loyihaning qabul qilinishi fuqarolarning xususiy mulk huquqini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlashga, Toshkent shahri va viloyatida uy-joy qurish sohasini jadal rivojlanishiga xizmat qiladi.



    76.

    Pasport-viza, xorijga chiqish va kirish tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

    ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, chegara nazorati organlariga yo’lovchilar haqida dastlabki ma’lumotlarni taqdim etish amaliyotini, avtomatlashtirilgan pasport nazorati kabinasini, chegarani kesib o’tayotganlarni qidiruvda bo’lgan shaxslar fotobazasi bilan solishtirish tizimini joriy etgan holda, aeroport va temir yo’l vokzallarida pasport nazorati tizimini soddalashtirish;

    pasport tizimini takomillashtirish orqali xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker) rasmiylashtirish tartibini bekor qilish;

    alohida asoslar bo’yicha xorijga chiqish huquqini sud tomonidan cheklash tartibini kiritish;

    jismoniy shaxslar uchun bojxona hududiga kirib kelish va uni tark etish bo’yicha «yashil» va «qizil» yo’lak tizimini amaliyotga tatbiq etish.


    2017 yil III chorak

    IIV, TIV, MXX, DBQ, Bosh prokuratura,
    Oliy sud, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi,
    Turizmni rivojlantirish
    davlat qo’mitasi

    -

    -

    Mazkur choralarni amalga oshirish xorijga chiquvchi fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning huquq va erkinliklari kafolatlarini mustahkamlash, chegara nazorati organlari faoliyatini takomillashtir�sh va samarasini oshirish, shuningdek, turizm sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

    2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish

    77.

    Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning shaffofligi hamda samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning rivojlanishi holati, zamonaviy talablardan, xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etishni nazarda tutgan holda Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillash-tirish bo’yicha 2018 — 2021 yillarga mo’ljallangan Kontseptsiya loyihasini ishlab chiqish.

    2017 yil IV chorak

    Bosh prokuratura, Adliya vazirligi,
    Oliy sud, AQHMI,
    IIV, MXX, TDYuU,
    Advokatlar palatasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

    -

    -

    Kontseptsiya loyihasi.

    Alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish va jinoiy jazolarni insonparvarlashtirish bo’yicha jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberalizatsiya qilish, ularning ijrosini ta’minlashga olib keladi.



    78.

    Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish:







    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Loyihada ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan, bozor munosabatlari asoslariga mos kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy o’sishiga to’siq bo’ladigan ayrim iqtisodiy jinoyatlarni dekriminallashtirish nazarda tutiladi.



    ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan muqobil jazo turlarini qo’llashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazoni tugatish;

    2017 yil I chorak

    Bosh prokuratura, IIV, MXX,Oliy sud, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi

    voyaga etmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual harakatlarni o’tkazishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish;

    2017 yil II chorak

    Oliy sud, Bosh prokuratura,
    Adliya vazirligi, IIV, MXX, Advokatlar palatasi

    qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni engillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo’llash tartibini belgilash;

    2017 yil II chorak

    Oliy sud, Bosh prokuratura,
    Adliya vazirligi, IIV, MXX, Advokatlar palatasi

    sudlanganlik holatining tugallanishi va olib tashlanishining amaldagi muddatlarini qisqartirish;

    2017 yil II chorak

    Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Advokatlar palatasi

    yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini kengaytirish;

    2017 yil II chorak

    Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Advokatlar palatasi

    ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan «majburiy jamoat ishlari» jinoiy jazosini kiritish;

    2017 yil IV chorak

    Bosh prokuratura,

    Oliy sud,


    Adliya vazirligi, IIV, MXX, Advokatlar palatasi

    ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan, bozor munosabatlari asoslariga muvofiq kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy aylanmani to’xtatib turuvchi ayrim iqtisodiy jinoyatlarni dekriminallashtirish.

    2017 yil IV chorak

    Bosh prokuratura,

    Oliy sud,


    Adliya vazirligi, IIV, MXX, Advokatlar palatasi

    79.

    Sudgacha fuqarolik va xo’jalik nizolarini hal etishning asosiy tushunchalari, maqsadlari, vazifalari, mexanizmlarini belgilovchi «Yarashtiruv jarayonlari (mediatsiya) to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

    2017 yil III chorak

    Adliya vazirligi, Oliy sud,
    Oliy xo’jalik sud, Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi,
    Advokatlar palatasi

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Loyihaning qabul qilinishi ma’muriy, jinoiy, fuqarolik va xo’jalik protsessida odil sudlovni ta’minlashning samaradorligi va sifatini oshirishga olib keladi.



    80.

    Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish:

    tergovning to’liq emasligini sud muhokamasi jarayonida to’ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo’shimcha tergov yuritishga qaytarish institutini bekor qilish;

    jinoyat protsessiga ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlar to’g’risidagi ishlar bo’yicha sudgacha va sudda ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish;

    xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi nizolar bo’yicha sudga murojaat qilishdan avval e’tirozni majburiy taqdim etish tartibini o’rnatish;

    fuqarolik va xo’jalik, shu jumladan, shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini qo’llashni kengaytirish;

    da’vogar tomonidan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan bo’lsa, agar qonun yoki shartnomada mazkur toifadagi nizolar uchun bunday tartib nazarda tutilgan bo’lsa, da’voni qabul qilishni rad etish tartibini kiritish;

    hakamlik sudlari faoliyatini tashkil qilishning qonuniy asoslarini va ular tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirish, hakamlik sudlariga qo’yiladigan talablarni aniqlashtirish.


    2017 yil I chorak

    Oliy sud,
    Oliy xo’jalik sud,
    Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, MXX, IIV,
    Savdo-sanoat palatasi,
    Advokatlar palatasi

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Loyihaning qabul qilinishi tergovning to’liq emasligini sud muhokamasi jarayonida to’ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo’shimcha tergov yuritishga qaytarish institutini bekor qilishga, ushbu sohaga oid boshqa masalalarda kelib chiqayotgan muammolarni hal etishga, nizolarni sudgacha hal etish mexanizmlarini va advokatura instituti faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.



    81.

    Quyidagilarni nazarda tutuvchi «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish:

    fuqarolik ishi bo’yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko’rib chiqish muddatini


    3 yildan 1 yilga qisqartirish;

    viloyat miqyosidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko’rib chiqish institutini tugatib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish bo’yicha vakolatlarini bekor qilish;

    O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida ko’rib chiqish bo’yicha biri-birini takrorlovchi vakolatlarini bekor qilish;

    ishni nazorat tartibida ko’rib chiqadigan sudning ishni birinchi instantsiya sudiga yoxud apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudiga yangidan ko’rib chiqish uchun yuborishga oid vakolatlarini aniqlashtirish;

    moddiy va protsessual qonun normalarini buzganlik holatlarni aniqlash holatlaridan tashqari, quyi instantsiya sudlari tomonidan tayinlangan jazolarni qayta ko’rib chiqish bo’yicha kassatsiya
    va nazorat sud instantsiyalari vakolatlarini cheklash;

    xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, shuningdek, yangi ochilgan holatlar bo’yicha ishlarni ko’rib chiqish asoslari tartibini takomillashtirish, shu jumladan, fuqarolik, ma’muriy va xo’jalik ishlari bo’yicha yangi ochilgan holatlar yuzasidan qayta ko’rib chiqish to’g’risidagi ariza berish mumkin bo’lgan eng ko’p muddatni aniqlashtirish va qisqartirish.



    2017 yil I chorak

    Oliy sud,

    Oliy xo’jalik sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi



    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Loyihaning qabul qilinishi fuqarolik va xo’jalik ishlarini ko’rib chiqishni takomillashtirish, biri-birini takrorlovchi majburiyat va instantsiyalarni qisqartishga, fuqarolik, ma’muriy va xo’jalik ishlari bo’yicha yangi ochilgan holatlar yuzasidan qayta ko’rib chiqish mexanizmlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi.



    82.

    Elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, shu jumladan, protsess ishtirokchilari bilan o’zaro elektron hamkorlikni amalga oshirish, videokonferentsaloqadan foydalanish, shuningdek, protsessual harakatlarni video, audio qayd etishni, sud-tergov jarayonlarini stenogramma qilishning yangi turlarini kengroq joriy etish.

    2017 yil IV chorak

    Bosh prokuratura,

    Oliy sud,

    Oliy xo’jalik sud, Adliya vazirligi, IIV, MXX,
    Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi


    25 000,0, shundan,

    9 000,0 davlat byudjeti mablag’lari



    Davlat byudjeti
    va byudjetdan tashqari mablag’lar

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

    Loyiha bilan elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullari joriy etiladi.




    Download 1.19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash

    Download 1.19 Mb.