6-cинфлар учун




Download 13.29 Mb.
bet8/64
Sana25.03.2017
Hajmi13.29 Mb.
#2250
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
Engil metall qotishmalari.

Engil metall ruda koni alyuminiy konlaridan iborat temir alyuminiy rudalari asosan boksitdan olinadi. Paleozoy erasida hosil bo’lgan boksit konlari Uralda va Sharqiy Evropa platformasida topilgan. Mis-porfir rudalari misning yirik manbalaridan biridir (masalan Qozog’istondagi Qo’ng’irot, O’zbekistondagi Olmaliq, Armanistondagi Kajaran konlari, Vulkanogen kolchedan va gidrotermal tomirli konlardan ham mis qazib olinadi. Bu metall, Norilsk ruda r-ni va Pechenga, Kanadada Sadberi magmatik sulfidli misni konlaridan ham ajratib olinadi.

Tabiatda qo’rg’oshin va rux, odatda, poli­metall rudalar tarkibida uchraydi. Ular ora­sida karbonatli jinslar orasida joylashgan stratiformli qatlamsimon konlar katta rol o’ynaydi. Qozog’istondagi Jayrem, Achisoy va Mirg’alimsoy, Qirg’izistondagi Jirg’alan, O’zbekistondagi Qalqon-ota, Uchquloch konlari va boshqa shunday konlar jumlasidandir. Bundan tashqari, vulkanogen polimetall-kol­chedan, karbonat jinslar orasidagi gidroter­mal metasomatik, gidrotermal tomirli kon­lardan ham qo’rg’oshin-rux rudasi olinadi. Kobalt va nikeliing asosiy miqdori magmatik sulfidli mis-nikel konlari, shuningdek silikat tarkibli nurash konlarndan qazib olinadi. Gurma rudalari konlarining hammasi gidrotermal qatlamli va tomirli kon­larga mansubdir.

Berilliyli qotishmalar (berillievie splavi) — berilliy asosidagi qotishmalar. Asosiy afzalliklari — 600—800°S t-ragacha solishtirma mustahkamligi va solishtirma bikrligining yuqoriligi hamda neytronlarni qamrash kundalang kesimining kichikligi; asosiy kamchiliklari — xona va kriogen (120°K dan past) t-ralarda plastikligining pastligi, zadarliligi. Berilliyli qotishmalaridan tayyorlanadigan buyumlar va yarim fabrikatlar, asosan, kukun metallurgiyasi metodlari bilan, kamdan-kam hollarda quyish usuli bilan olinadi. Berilliyli qotishmalardan yadro energetikasi, kosmonavtika, aviasiya, kemasozlik va boshqa sohalarda foydalaniladi.



Download 13.29 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Download 13.29 Mb.