• Ma`ruzaning maqsadi
  • Kalit so‘zlar
  • Reaktorlarning turi va konstruktsiyasi




    Download 290.31 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana22.01.2024
    Hajmi290.31 Kb.
    #142856
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5-MA`RUZA
    17. Muvozanatlangan binar daraxtlar-fayllar.org, Katalitik riforming, O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


    5-MA`RUZA 
    REAKTORLARNING TURI VA KONSTRUKTSIYASI
     
    Reja: 
    1. Reaktorlarni sinflash 
    2. Reaktorlarning tuzilishi 
    3. Harakatchan nasadkali katalitik riforming reaktori 
    4. Kreking qurilmasining regeneratori. 
    Ma`ruzaning maqsadi: Organik sintez jarayonlarini olib borish kimyoviy 
    reaktorlar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu ma’ruza matnida kimyoviy 
    reaktorlarning konstruktiv tuzilishi, o‘lchamlari, tashqi ko‘rinishlari, ular orasidagi 
    farqlar xaqida tushuncha, shuningdek, reaktorlarni sinflash, reaktorlarning tuzilishi, 
    xarakatchan nasadkali katalitik riforming reaktori, Kreking qurilmasining 
    regenerator qurilmalari xaqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. 
    Kalit so‘zlar: reaktor, nasadka, krekinglash, alkillash, regenerator, riforming, 
    ideal aralashish, ideal surib chiqarish, uzluksiz, davriy, adiabatik, izotermik
    avtotermik. 
    Turli neftkimyoviy jarayonlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan kimyoviy 
    reaktorlar bir-biridan konstruktiv tuzilishi, o'lchamlari, tashqi ko'rinishlari jihatidan 
    farq qiladi. Biroq ular o'rtasidagi mavjud bo'lgan farqlarni hisobga olmagan holda, 
    reaktorlarni umumiy sinflash uchun kerak bo'lgan belgilarni ajratish mumkin. 
    Bunday holat reaktorlar haqidagi ma'lumotlarni tartibga solish, ularning ish 
    rejimlarini matematik yo'l bilan ifoda etish va hisoblash uslubini tanlashni 
    osonlashtiradi. 
    Kimyoviy reaktorlarni sinflash va ularning ish rejimlarini aniqlash uchun 
    quyidagi printsiplar eng ko'p ishlatiladi: 1) reaktsion muhitning harakat rejimi 
    (reaktordagi gidrodinamik sharoit); 2) reaktordagi issiqlik almashinish shart-
    sharoitlari; 3) reaktsion aralashmaning fazaviy tarkibi; 4) jarayonni tashkil etish 
    usuli; 5) jarayon ko'rsatgichlarining vaqt davomidagi o'zgarish xususiyati; 6) 
    konstruktiv alomatlar. 

    Download 290.31 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 290.31 Kb.
    Pdf ko'rish