• Mavzu: Pochta jo’natmalariga ishlov berish jarayonining asosiy bosqichlaril. Yozma korrespondensiyalarni saralash
  • Pochta jo”natmalariga ishlov berish jarayonining asosiy bosqichlari.
  • Referat Mavzu: Pochta jo’natmalariga ishlov berish jarayonining asosiy bosqichlaril. Yozma korrespondensiyalarni saralash




    Download 57.73 Kb.
    bet1/15
    Sana24.03.2017
    Hajmi57.73 Kb.
    #1440
    TuriReferat
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

    O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo’mitasi

    Toshkent Axborot Texnologiyalari

    Universiteti

    PAТ kafedrasi

    Referat

    Mavzu: Pochta jo’natmalariga ishlov berish jarayonining asosiy bosqichlaril. Yozma korrespondensiyalarni saralash

    131-11 guruh

    Bajardi: Shoymardanov N.

    Tekshirdi: Achilov E.

    Toshkent 2014

    . Reja:

    1.Pochta jo”natmalariga ishlov berish jarayonining asosiy bosqichlaril.

    2.Yozma korrespondensiyalarni saralash.

    3.Kalit so’zlar

    4.Foydalanilgan adabiyotlar

    Pochta jo”natmalariga ishlov berish jarayonining asosiy bosqichlari.

    Mamlakatimizdagi yirik pochta korxonalarida hozirgi paytda ishlab chiqarish jarayonlarini to'la mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar mehnat unumdorligini oshirishga, mahsulotlar tannarxini pasaytirishga, ishlab chiqarish sifati va samarador- ligini ko'tarishga yordam beradi.

    Zamonaviy pochtamtlar yuqori darajada mexanizatsiyalashgan sanoat tipidagi korxona bo'lib, ularda pochta jo'natmalariga ishlov berish uchun avtomatlashtirilgan texnika vositalari (maxsus mashinalar va uskunalar) keng qo'Ilaniladi.

    Pochta jo'natmalariga ishlov berish borasidagi asosiy va qo'shimcha ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan maxsus pochtaga ishlov beruvchi mashinalar, mexanizmlar va qurilmalarga yozma korrespondensiyalarga ishlov berish uchun mo'ljallangan avtomatik ajratuvchi, ustiga shtamp bosuvchi va saralovchi mashinalar, jo'natmalarni va nashr o'ramalarini saralovchi yarim avtomat mashinalar, qop tikuvchi, o'rovchi, manzil yozuvchi va boshqa mashinalar kiradi.

    Pochta korxonasi sexlarida tashish va yuklash-tushirish ishlarini bajarishda turli xil ko'tarish-tashish asbob-uskunalari qo'Ilaniladi. Bularga quyidagilar kiradi:

    • jo'natmalar, nashr o'ramlari, yozma korrespondensiyalar solingan qoplarni gorizontal, biror burchak ostida yoki vertikal tekislikda tashish imkonini harakatlanuvchi va statsionar tasmali, zanjirli konveyerlar va ko'targichlar;

    • avtomashinalar va pochta vagonlariga pochtani yuklash va tushirish uchun ishlatiladigan bo'limlari suriluvchi, qiyalik burchagi o'zgaradigan harakatlanuvchi va statsionar tasmali konveyerlar;

    • korxona ichida, pochta vagonlariga yoki vagonlardan orqaga pochta solingan qoplarni, jo'natmalarni va elektr shataklagichlar, tirkama va qo'lda boshqariladigan pochta arxivlari;

    • vokzal va aeroportlar qoshidagi pochta tashish bo'limlari, shahar aloqa korxonalari va nashriyotlar orasidagi pochta almashish hamda shahar ichida tashish uchun g'ildirakli va g'ildiraksiz konveyerlar;

    • bino qavatlari orasida pochta tashish uchun yuk liftlar.

    Katta hajmda yozma korrespondensiyalar jo'natuvchi tashkilotlarda, muassasalarda, korxonalarda markalovchi mashinalar o'rnatiladi. Natijada bu tashkilotlar markalar sotib olish va yopishtirishdan ozod bo'ladi, bu esa markalar sarfini kamaytirishga, konvertlarni (xatjildlarni) markalash jarayonini mexanizatsiyalashga va pul hisob-kitoblari tizimini ancha soddalashtirishga olib keladi. Bundan tashqari, markalovchi mashinalar qo'llanganda pochta korxonasiga kelib tushgan korrespondensiyaga shtamp bosish zarurati yo'qoladi, ajratish ishlaridan so'ng u bevosita saralashga o'tkaziladi, natijada ishlov berish jarayoni ancha tezlashadi.

    Pochta jo'natmalari — xatlar, jo'natmalar, nashrlar va banderollarga ishlov berish bo'yicha uzluksiz liniyalar maxsus pochtaga ishlov beruvchi mashinalar majmuasidan iborat bo'lib, ular bir-biri bilan turli xil ko'taruvchi-tashuvchi mashinalar va uskunalar orqali bog'lanadi.

    Pochta jo'natmalariga ishlov beruvchi uzluksiz liniyalar ishlab chiqarishni tashkillashtirishning nisbatan mukammal usuli bo'lib, bunda barcha amaliyotlar butun ishlab chiqarish jarayonida oldindan belgilangan grafik bo'yicha, minimal vaqt oralig'ida, yuqori darajada tashkilIashtirilgan va o'zaro moslashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.

    Pochta jo'natmalariga ishlov beruvchi uzluksiz liniyalami tashkil etishda ularning tarkibiga yarim avtomatlashtirilgan maxsus mashinalarni ham, to'la avtomatlashtirilgan maxsus mashinalarni ham kiritish mumkin. Ular bajaruvchi vositalar yordamida amalga oshiriladi.

    Hozirgi vaqtda, xatlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish uchun mo'ljallangan mashinalar tizimi ishlab chiqilgan va joriy etilgan bo'lib, ular xatlami o'lchamlari va qattiqligi bo'yicha ajratuvchi, ustiga shtamp bosuvchi, manzil raqam kodi bo'yicha saralovchi avtomatlashtirilgan mashinalarni o'z ichiga oladi. Bunday mashinalar tizimini yaratishda texnikaviy masalalarni hal qilish bilan bir qatorda, pochta korxonalarini raqamli indeksatsiyalash tizimini ishlab chiqish va joriy etish bilan bog'liq bo'lgan ko'plab tashkiliy tadbirlar o'tkazildi.

    Pochta aloqasi korxonasining ishlab chiqarish faoliyati pochta jo'natmalarini jo'natuvchilardan qabul qilib olish, ishlov berish, belgi- langan manzilga jo'natish va oluvchiga topshirishdan iborat.



    Download 57.73 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 57.73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat Mavzu: Pochta jo’natmalariga ishlov berish jarayonining asosiy bosqichlaril. Yozma korrespondensiyalarni saralash

    Download 57.73 Kb.