Referat Mavzu: Pochta jo’natmalariga ishlov berish jarayonining asosiy bosqichlaril. Yozma korrespondensiyalarni saralash




Download 57.73 Kb.
bet9/15
Sana24.03.2017
Hajmi57.73 Kb.
#1440
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Tezkor pochta jo'natmasi— massaning yuqori chegarasi 31,5 kg. Barcha o'lchamlar 150 sm dan oshmasligi kerak. Uzunligi va perimetri (eng katta aylana bo'ylab uzunligi)ning summasi ko'pi bilan 300 sm.

O'lchamlari 114X162X5 mm, 110X220X5 mm bo'lgan pochta konvertlariga solingan va massasi 20 g dan oshmagan xatlar standart yozma korrespondensiyalariga kiradi.

Banderolning belgilangan maksimal massasidan 100 g oshib ketishiga ruxsat etiladi.

Jo'natmaning biror tomoni o'lchami 50X50X40 sm dan oshib ketsa, u katta o'lchamli (katta gabaritli) deyiladi.

Jo'natmaning massasi 10 kg dan oshiq bo'lsa, u og'ir vaznli deyiladi. 20 kg gacha og'ir vaznli jo'natmalarni qabul qilish va berish pochta aloqasi tashkilotlari tomonidan shu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan pochta aloqasi obyektlarida amalga oshiriladi.

Massasi 3 kg, katta tomonining uzunligi 35 sm dan oshmaydigan, uch tomonining uzunliklari yig'indisi 65 sm dan oshmaydigan jo'natmalar kichik jo'natmalar deyiladi.

Pochtani tashish uchun maxsus tara (idish) ishlatiladi: yozma kor- respondensiya va banderollar uchun zig'ir tolasidan tikilgan qoplar; qiymati e'lon qilingan pochta jo'natmalari va kichik jo'natmalar uchun charm va brizent xaltalar, qutilar; nashr mahsulotlari uchun — qog'oz yoki zig'ir tolali qoplar.

O'zbekiston Respublikasi ichida jo'natilayotgan jo'natmalar solingan xalta va qutilarning massasi 40 kg dan oshmasligi, korrespondensiya va gazetalar solingan qoplarning chegaraviy massasi — 15 kg, jo'natmalar va boshqa xil pochta joylangan konteynerlar — 1000 kg dan oshmasligi kerak.

Xorijga jo'natilayotgan korrespondensiya solingan qoplarning maksimal massasi 30 kg, jo'natmalar solingan qoplarniki esa 40 kg bo'lishi kerak.

Davlat standarti pochta varaqchalarining ko'rinishi va o'lchamlarini belgilab beradi. Texnik talablarga ko'ra, varaqchalar to'g'ri burchakli bo'lishi, tomonlarining perpendikularlikdan chetlanishi ±1 mm dan oshmasligi, varaqchalar cheti tekis qilib qirqilgan bo'lishi lozim. Pochta varaqchalari tayyorlash uchun №0 tipografik silliq qog'oz, №1 ofset silliq qog'oz, fotograflk, qalin qog'oz qo'Ilaniladi.



Konvertlar va pochta varaqchalarining old tomoni yagona namuna bo'yicha to'ldirilishi kerak (1.1-rasm). Konvertlar va pochta varaqcha-,

Konvertlar va pochta varaqchalariga pochta markalarini va kod kiritish hamda solishtirib o'qish maxsus belgilarni joylashtirish uchun nisbatan qat'iy talablar qo'yiladi. Bunga sabab avtomatlashtirilgan shtamp bosuvchi va saralovchi mashinalarning tanlab olish qurilmasi uchun bu belgilar mo'ljal bo'lib xizmat qilishidir.

Hozirgi paytda, pochtada yozma korrespondensiyalarga ishlov berish hajmi sezilarli darajada kamaygan bir sharoitda, uning tuzilishi o'zgarib bormoqda. Xalqaro va xizmat xatlarining hissasi oshib bormoqda. O'lchami 110X220 mm bo'lgan konvertlarga va derazachali konvertlarga talab paydo bo'lmoqda. Mashinada yozish usulida rasmiylashtirilgan va kodli shtampi to'ldirilgan korrespondensiyalar hissasi oshib bormoqda.

Bunday vaziyatni hisobga olib, yozma korrespondensiyalarni rasmiy- lashtirish, manzil yozish va kodlash qoidalarini, shuningdek, konvertlarning o'lchamlarini Xalqaro pochta aloqasi (XPA) hujjatlarida ko'rsatilgan talablarga moslashtirish bo'yicha qaror qabul qilingan. Yangi standartlarni joriy qilish bilan bir vaqtda konvertlar va pochta varaqachalari ustiga manzil yozish, kodlash va rasmiylashtirish bo'yicha qo'llanma texnik materiallar chiqarilgan.

XPA hujjatlarida ko'rsatilgan talablar bo'yicha manzil va texnologik ma'lumotlar yoziladigan joyni o'zgartirish ko'zda tutilgan. O'lchamlari 110X220 mm, 169X220 mm va 229X324 mm bo'lgan, oluvchining manzili uchun mo'ljallangan bir derazachali, shuningdek, ikki derazachali konvertlarni joriy qilishning maqsadga muvofiqligi ko'rib chiqilgan.

Bunday konvertlarni joriy etish katta miqdorda korrespondensiyalarni xizmat qog'ozlarda (banderollarda) jo'natuvchi tashkilot va jismoniy shaxslar uchun yozma korrespondensiyalarni rasmiylashtirishni yengillashtiradi.



Download 57.73 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Download 57.73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Referat Mavzu: Pochta jo’natmalariga ishlov berish jarayonining asosiy bosqichlaril. Yozma korrespondensiyalarni saralash

Download 57.73 Kb.