• qabul qilib olish
  • Yozma korrespondensiyalarni saralash




    Download 57.73 Kb.
    bet10/15
    Sana24.03.2017
    Hajmi57.73 Kb.
    #1440
    TuriReferat
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Yozma korrespondensiyalarni saralash.

    Pochta aloqasi tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar davlat va jamiyat uchun ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lib juda ham ommabop bo'lib hisoblanadi. Chunki u jamiyatning ham ma qatlami davlat hokimiyati va boshqaruvining hamma bo'g'in va tartibini qamrab olgan. Pochta aloqasi korxonasi pochta xizmati, ya'ni pochta jo'natmalarini (xatlar, banderollar, posilkalar) qabul qilish, qayta ishlash va manzilga yetkazib berish bilan bir qatorda davriy nashrlami tarqatadi. Kommunal xizmatlar, elektr energiya, gaz ta'minoti uchun to'lovlarni amalga oshirisih va shu kabilar bilan shug'ullanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish xalqaro aloqalaning rivojlanishi o'z navbatida pochta aloqalarining rivojlanishi yo'nalishini chuqur tahlil etishni taqozo etadi.

    Нагbir pochta jo'natmasi jo'natuvchidan oluvchiga yetib borguncha yagona ishlab chiqarish jarayonining bir qancha majburiy bosqichlaridan o'tadi, buning natijasida pochta aloqasi xizmatiga berilgan buyurtma pochta aloqasi mahsulotiga aylanadi. Yagona ishlab chiqarish jarayonini har bir pochta korxonasi uchun o'ziga xos bo'lgan va ularda to'la bajariladigan alohida jarayonlarga ajratish mumkin. Ularda chiqayotgan, kirayotgan va tranzit pochta jo'natmalariga ishlov berish jarayonlari kiradi.

    Pochta jo'natmalariga ishlov berish, mijozlardan qabul qilib olin- gan yoki boshqa aloqa korxonalaridan kelib tushgan pochta jo'natmalarini belgilangan manzil bo'yicha jo'natishga va topshirishga tayyorlashni ta'minlovchi ishlab chiqarish jarayonlari majmuasi o'z ichiga oladi.

    Jo'natilayotgan yozma korrespondensiyalar, yuborilayotgan jo'natmalarga ishlov berish va matbuotni tashishdagi asosiy jarayonlarni ko'rib chiqamiz.

    Jo'natilayotgan yozma korrespondensiyalarga ishlov berishda quyidagi asosiy ishlar amalga oshiriladi: qabul qilib olish va pochta korxonasiga yetkazish, ajratish, o'nglash-tamg'alash, saralash, postpaketlarni taxlab qoplarga joylash va ularni berkitish, almashish sexiga yetkazib berish.

    Pochta jo'natmalarini qabul qilib olish— ishlab chiqarish jarayonining dastlabki bosqichi bo'lib, bevosita jo'natuvchidan yoki pochta qutisi orqali pochta aloqasi korxonasiga kelib tushgan pochta jo'natmalarini rasmiylashtirishdan iborat.

    Ajratish— yozma korrespondensiyalarni xillari, toifalari, turlari va o'lchamlari bo'yicha guruhlarga ajratishdan iborat dastlabki ishlov berish.

    O'nglash— yozma korrespondensiyalarni tamg'alash va manzilini o'qish uchun qulay holatda qilib, manzil yozilgan tomoni bo'yicha taxlashdan iborat bo'lgan dastlabki ishlov berish.



    Download 57.73 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 57.73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yozma korrespondensiyalarni saralash

    Download 57.73 Kb.