Oddiy, buyurtmali va qiymati e'lon qilingan xatlar




Download 57.73 Kb.
bet8/15
Sana24.03.2017
Hajmi57.73 Kb.
#1440
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Oddiy, buyurtmali va qiymati e'lon qilingan xatlar— massa chegarasi 2 kg, o'lchamlari: 110X220, 114X162, 162X229, 229X324, 250X353 mm.

Pochta varaqchalari (oddiy va buyurtmali) - o'lchamlari 115X148 mm.

Banderollar— massasi ko'pi bilan 2 kg, bitta kitob solinganda — 3 kg, maksimal o'lchovlari: uch tomonining biri (uzunligi, eni, balandligi) 36 sm, uch tomonining o'lchamlari yig'indisi 65 sm dan oshmasligi kerak. Naysimon qilib o'ralgan banderollar uzunligi 70 sm, diametri 15 sm. Ayrim hollarda naysimon qilib o'ralgan banderollar, ichiga solingan jo'natmani bukish mumkin bo'lmasa (xaritalar, chizmalar va h.k. lar), 1,5 metrgacha uzunlikda qabul qilinishi mumkin. Minimal o'lchamlari: bir tomoni 10 sm, ikkinchi tomoni kamida 5 sm (qalinligi har qanday minimal o'lchamda bo'lishi mumkin), naysimon qilib o'ralganda uzunligi 10 sm, diametri 5 sm.

Sekogramma— maksimal massasi 7 kg, chegaraviy o'lchamlari: uzunligi, eni va qalinligining yig'indisi — ko'pi bilan 90 sm, eng katta o'lchami 60 sm. Rulonlar uchun — uzunligi va ikkilangan diametri yig'indisi — 104 sm dan katta bo'lmasligi; eng katta o'lchami 90 sm. Minimal o'lchamlari: 14X9 sm; rulonlar uchun — uzunligi va ikkilangan diametri yig'indisi — 17 sm dan oshmasligi; eng katta o'lchami — ko'pi bilan 10 sm.

Jo'natmalar— eng katta massasi 20 kg, maksimal o'lchamlari 50X50X40 sm. Eng katta ko'ndalang kesimining perimetri (aylanasining uzunligi) 1,5 metrdan oshmagan taqdirda, uzunligi 2 metrgacha bo'lgan buyumlardan iborat alohida jo'natmalar qabul qilinishi mumkin. Minimal o'lchamlari: bir tomonining uzunligi 10 sm va qolgan har bir tomonlarining uzunligi kamida 5 sm dan.



Download 57.73 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 57.73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oddiy, buyurtmali va qiymati e'lon qilingan xatlar

Download 57.73 Kb.