• Aloqa korxonasi
  • ixtisoslashtirilgan aloqa korxonasi
  • Referat Mavzu: Pochta jo’natmalariga ishlov berish jarayonining asosiy bosqichlaril. Yozma korrespondensiyalarni saralash




    Download 57.73 Kb.
    bet4/15
    Sana24.03.2017
    Hajmi57.73 Kb.
    #1440
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Kirayotgan pochta almashinuvi oluvchilarga topshirish uchun pochta aloqasi korxonasiga kelib tushgan pochta jo'natmalaridan iborat.

    Tranzit pochta almashinuvi korxonaga boshqa pochta aloqasi kor- xonalaridan ishlov berish va belgilangan manzil bo'yicha yana jo'natish uchun kelib tushgan pochta jo'natmalaridan tashkil topgan.

    Aloqa korxonasi umumdavlat aloqa tarmog'i tizimidagi alohida ishlab chiqarish birligi hisoblanib, ma'lumotlarni uzatish jarayonini tashkillashtiradi. Aloqa xizmatlarining barchasini yoki bir necha turini taqdim etuvchi aloqa korxonasiga birlashgan aloqa korxonasi deyiladi. Agar bunday korxona o'ziga bo'ysunuvchi aloqa bo'limlariga ma'muriy (tuman, okrug, shahar aloqa tugunlari farqlanadi).

    Faqat ma'lum bir tipdagi xizmatni ko'rsatishga moslashtirilgan aloqa korxonasi ixtisoslashtirilgan aloqa korxonasi deb ataladi. Bunday korxonalarga pochtamtlar, pochta tashish bo'limlari (PTB), temir yo'l qoshidagi pochtamtlar (TYQP) kiradi.

    Pochtamt barcha tipdagi pochta jo'natmalarini qabul qilish, ishlov berish, egalariga topshirish ishlarini, o'ziga bo'ysunuvchi aloqa korxonalariga rahbarlikni amalga oshiradi, shuningdek, telegraf va telefon aloqasi xizmatlarini ko'rsatadi. Belgilangan pochta yo'nalishlari bo'yicha pochta tashish, tranzit pochta jo'natmalariga, ayrim hollarda esa chiqayotgan pochta jo'natmalariga ishlov berishni PTB amalga oshiradi. Chiqayotgan, kirayotgan va tranzit pochta jo'natmalariga ishlov berish bo'yicha PTB va shahar aloqa tuguni vazifalarini, shuningdek, pochta jo'natmalari to'plamini qabul qilish va berish ishlarini TYQP o'zida mujassamlantiradi.

    Pochta jo'natmalari qanday joylanganligiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: xatlar, pochta varaqchalari (kartochkalari), banderollar, sekogrammalar, jo'natmalar, pul o'tkazmalari va tezkor pochta jo'natmalari.

    Xat — konvertda (xatjildda) jo'natiladigan yozma xabar. Xatda shuningdek, hujjatlar, otkritkalar, fotosuratlar, chizmalar va boshqalar jo'natilishi mumkin.



    Download 57.73 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 57.73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat Mavzu: Pochta jo’natmalariga ishlov berish jarayonining asosiy bosqichlaril. Yozma korrespondensiyalarni saralash

    Download 57.73 Kb.