• Qiymati elon qilingan pochta jonatmalari
  • qayd qilingan
  • Referat Mavzu: Pochta jo’natmalariga ishlov berish jarayonining asosiy bosqichlaril. Yozma korrespondensiyalarni saralash




    Download 57.73 Kb.
    bet7/15
    Sana24.03.2017
    Hajmi57.73 Kb.
    #1440
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
    Oddiy pochta jo'natmasi— jo'natuvchi patta bermay jo'natish uchun qabul qilib olish va oluvchiga qo'l qo'ydirmay topshirish bilan xarakterlanadigan pochta jo'natmalarining toifasi.

    Buyurtmali pochta jo'natmasini tavsiflovchi belgi topshiruvchiga patta yozib berib, qabul qilib olish va oluvchiga imzo qo'ydirib topshirishdir.

    Qiymati e'lon qilingan pochta jo'natmalari— qayd etiladigan pochta jo'natmasi bo'lib, ushbu jo'natma yo'qolib qolsa yoki unga shikast yetsa, jo'natuvchiga yoki oluvchiga to'lanadigan tovonning eng yuqori miqdorining qiymati ko'rsatiladi.

    Qiymati e'lon qilingan pochta jo'natmalari, shuningdek, patta yozib berib qabul qiladigan va qo'l qo'ydirib topshiriladigan pul o'tkazmalari, oddiy jo'natmalar qayd qilingan pochta jo'natmalari deyiladi.

    Pochta aloqasi xizmatlari naqd pul orqali yoki davlat belgilari bilan to'lanadi. Davlat belgilari sifatida pochta to'lovlarida pochta konvertlari va pochta varaqchalariga bosma usulida tushirilgan yoki yopishtirilgan pochta markalari, markalovchi mashinada tushirilgan belgilar, shuningdek, pochta aloqasini boshqaruvchi davlat organlari tomonidan ruxsat etilgan, pochta xizmatlari to'lovini tasdiqlovchi boshqa belgilar qabul qilinadi.

    Markalovchi mashina klishesi qo'ygan belgida pochta to'lovining davlat belgisi, sana shtempeli va jo'natuvchi manzili bo'lishi kerak.

    Pochta to'lovining davlat belgisida o'zbek tilida davlatning nomi ("O'zbekiston"), arab raqamlari yoki lotin harflari bilan to'lov summa- si, chiqarilgan sana yoki qayd qilingan raqam ko'rsatiladi.

    Bundan tashqari unda "Pochta" so'zi lotin harflarida ifodalanishi mumkin. To'lov summasi o'rnida to'lov to'la amalga oshirilganligini ko'rsatuvchi belgi qo'yilishi mumkin.

    Agar pochta jo'natmasining o'lchamlari markalovchi mashina pochta jo'natmasining o'ziga belgi qo'yishiga imkon bermasa, unda alohida qog'ozga belgi qo'yilib, keyin u pochta jo'natmasiga yopishtiriladi.

    Pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish qoidalarida pochta jo'natmalarining o'lchami va og'irligi bo'yicha quyidagi chegaralar belgilangan.



    Download 57.73 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Download 57.73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat Mavzu: Pochta jo’natmalariga ishlov berish jarayonining asosiy bosqichlaril. Yozma korrespondensiyalarni saralash

    Download 57.73 Kb.