• SINXRON TARJIMA MASALALARI fanidan MA’RUZA MATNLARI Tuzuvchi
  • “Sinxron tarjima masalalari” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Sinxron tarjima haqida umumiy tushuncha.
  • sinxron tarjima
  • Sinxron tarjima




    Download 390.84 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/23
    Sana23.07.2023
    Hajmi390.84 Kb.
    #77169
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    133 sinxron tarjima masalalari
    Qosimov Baxtiyor



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS 
    TA’LIM VAZIRLIGI 
    TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
    SHARQ FILOLOGIYASI VA FALSAFA FAKULTETI 
    TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI 
    SINXRON TARJIMA 
    MASALALARI 
    fanidan 
    MA’RUZA MATNLARI 
    Tuzuvchi: Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
    o`qituvchisi Ismatullayeva Nargiza Rasuljanovna 
     
    TOSHKENT – 2013 



     
    1-MA’RUZA 
    “Sinxron tarjima masalalari” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 
    Sinxron tarjima haqida umumiy tushuncha. 
    Rivojlangan mamlakatlar qatorida ona tilimizning ham xalqaro tillar safiga 
    qo’shishga katta umid bog’lab, boshqa chet tillardan o’z ona o’zbek tilimizga va 
    aksincha o’zbek tilidan chet tiliga bevosita, ya’ni hech bir o’zga til vosichaligisiz 
    tarjima qilish faoliyati jadal suratlar bilan taraqqiy topmoqda. Xususan, uzoq 
    davrlardan buyon mamlakatimizda asosan yozma tarjima sohasi keng ish olib borar 
    edi. Lekin so’nggi yillarda davr talabi bilan og’zaki tarjimaning, jumladan aynan 
    sinxron tarjimaning salmog’i ortib bormoqda. “Sinxron tarjima masalalari” 
    fanining maqsadi ham talabada o’zbek tilidan chet tiliga, chet tilidan o’zbek 
    tiliga tezkor, bexato, adekvat, mantiqiy tarjima qila olish mahoratini 
    shakllantirishdir. Bu yo’lda fanning vazifalari, avvalo og’zaki tarjimonlik 
    qobiliyati yuqori bo’lgan talabalarni sinxron tarjima faoliyati, uning prinsiplari, 
    strategiyalari, nazariy konsepsiyalari bilan tanishtirish, amaliy ko’rsatmalar 
    berishdan iborat. Fanning predmeti sinxron tarjima va u bilan bog’liq nazariy, 
    amaliy masalalarda o’z ifodasini topadi. 
    Avvalambor fanning predmeti bo’lmish “sinxron tarjima” tushunchasiga 
    kelsak, sinxron tarjima – bu og’zaki tarjima turlari orasida eng murakkabi bo’lib, 
    mazkur turdagi tarjimada maxsus jihozdan foydalanib tarjima amalga oshiriladi. 
    Bu notiq nutq so’zlayotgan chog’ida tarjimonning uni bo’lmasdan uzluksiz nutq 
    mazmunini tinglovchilarga yetkazib berishning og’zaki tarjima usulidir. 

    Download 390.84 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 390.84 Kb.
    Pdf ko'rish