• O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • I.Taskiliy qism: salomlashish,davomat,tozalik
  • Topshiriq: Har bir o`quvchi o`zi orzu qilgan kasb haqida ma’lumot beradilar. IV. O’quvchilarni rag’batlantirish. V. O’quvchilarni baholash.
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar
  • O’z maqsadlarimizga yetishish uchun birinchi galda kuchli iroda kerak
  • IV. O’quvchilarni rag’batlantirish. V. O’quvchilarni baholash. VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
  • Kun shiori: Intilganga tole yor




    Download 3 Mb.
    bet8/8
    Sana23.12.2019
    Hajmi3 Mb.
    #4636
    1   2   3   4   5   6   7   8

    Kun shiori: Intilganga tole yor


    Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, ularga bir harf bo`lsa ham o`rgatgan tarbiyachi, o`qituvchi, o`zlari turli xil to`garaklarga borayotgan murabbiylarga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

    I.Taskiliy qism: salomlashish,davomat,tozalik

    Doskada: “Intilganga tole yor, o`z orzularingiz, tanlagan kasbingiz yo`lida hech tolmang!”



    II.Asosiy qism:

    O`qituvchi: Kasbning eng yaxshisi kishining , o`z qo`li bilan bajarilgan ishi va halol savodidir. Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o'tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o'rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo'lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o'z o'rinlarini topa oladilar.

          Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o'tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o'rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo'lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o'z o'rinlarini topa oladilar. Bunday natijaga erishish uchun ta'limning ilk bosqichlaridayoq mustahkam bilim olish talab etiladi. Bu esa o'z o'rnida pedagog xodimlar zimmasiga bir qancha vazifalarni yuklaydi. Kasb-hunarga yo'naltiruvchi o'qituvchilar va psixologlar o'z vazifalarini sidqidildan ado etib, o'quvchilarga mavjud kasblar, hunarlar haqida to'liq va aniq ma'lumotlar berib borishlari zarur.

    Kasbiy axborot berish o'quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarish turlari va kasblar, mehnat bozorining holati, xo'jalik majmuasining malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojlari, kasblar bozori rivojlanishining mazmuni va kelajagi, kasblarning shakllari, kasb egasiga qo'yiladigan talablardan iboratdir.

    Hademay siz uchun qadrdon bo`lgan maktabingizni bitirib, har biringiz o`zingiz tanlagan akademik-litseylar va kasb-hunar kollejlariga hujjatlaringizni topshirib, o`n ikki yillik majburiy ta’limni davom ettirasiz. Va kelajakda o`zingiz sevgan kasb egasi bo`lasiz. Darhaqiqat,bu dunyoda kasblar juda xilma-xil. Kasblar orqali hamma o`zining yo`lini topib oladi va jamiyatda o`z o`rniga ega bo`ladi. Siz mustaqillik sharofati bilan, juda katta imkoniyatlar yurtida ta’lim olasiz. Bugun yurtimizda faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari, akademik-litseylar jahon andozalariga javob beradigan darajada ta’mirlangan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim beriladi. Siz bitiruvchilar esa yaratilgan shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib olishingiz kerak. Siz tanlagan kasb-hunar kolleji, o`zingizga qulay hududda joylashgan bo`lsa, yana ham yaxshi. kitoblarni o’qib chiqib, munosib farzand bo’lishga o’zimga so’z beraman. Chunki, men buyuk allomalarni dunyoga keltirgan zaminda yashamoqdaman. Bu zamin faqat va faqat ziyolilarni dunyoga keltiradi.

    Topshiriq: Har bir o`quvchi o`zi orzu qilgan kasb haqida ma’lumot beradilar.
    IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

    V. O’quvchilarni baholash.

    VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

    Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

    34- Mavzu: Men kecha ,bugun va ertaga‖ psixologik trening mashg’uloti

    Kun shiori: «lola tuxmicha g‘ayrat, pilla qurticha himmat»



    Maqsad: O’quvchilar o’z oldiga qanaqa maqsadlar qo’yganliklari, mehnat qilish, kasb tanlash, buning uchun ular nimalar qilayotganligi hamda, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, ularga bir harf bo`lsa ham o`rgatgan tarbiyachi, o`qituvchi, o`zlari turli xil to`garaklarga borayotgan murabbiylarga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.

    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

    I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik

    II.Asosiy qism:

    Aziz o‘quvchi, agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o‘zingiz, kelgusi hayotingiz uchun ibrat bo‘ladigan ko‘p narsalarga guvoh bo‘lasiz. Oyog‘ingiz ostiga qarang: yuzlab, minglab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotgani – uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini ko‘rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelyapti, birortasi chetga chiqib, «qo‘l qovushtirib» turgani yo‘q. Ular uchun yer ostidagi mana shu kichkinagina joy vatan hisobiga o‘tadi. Shu yerda tinch, osoyishta, xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa turg‘izgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq-qo‘llariga g‘ayrat baxsh etgan. Holbuki, bular – biz «ongsiz», «aqlsiz» sanaganimiz qumursqalar, xolos. Siz bilan biz esa INSON degan nomni ardoqlamog‘imiz lozim.

    Bu o‘rinda ham ulug‘ bobomiz hazrat Navoiyga murojaat etamiz. Ul zot jamiki inson bolalariga xitob qilib aytadiki:

    Tuxum yerga kirib chechak bo‘ldi,

    Qurt jondin kechib ipak bo‘ldi.

    Lola tuxmicha g‘ayrating yo‘qmu,

    Pilla qurticha himmating yo‘qmu?

    Lolaqizg‘aldoqning tuxumi – urug‘ini siz yo ko‘rgansiz yoki yo‘q: u nihoyatda mayda narsa. Qishloq joyda yashaydigan o‘quvchilar esa bahorda olib kelib, tut bargi bilan boqiladigan ipak qurtining qo‘lga yuq bo‘lmaydigan darajada nozik, ojiz bo‘lishini yaxshi bilishadi. Qarangki, lolaqizg‘aldoqning urug‘i qora yerga kirib, bir kun qarasangiz, tabiatni, inson ko‘zi va ko‘nglini behad yayratadigan chechakka – gulga aylanadi. Pilla qurti bo‘lsa, o‘z jonidan kechish evaziga atrofiga nafis ipak o‘raydi, undan dunyo ahli o‘ziga libos tikib, insoniy qiyofasini bezaydi...



    Polaponlarini boqish, parvarishlash, turfa hujumlardan asrash yo‘lida jon chekayotgan qushni, naslini saqlab qolish uchun jonini garovga qo‘yib harakat qilayotgan boshqa parranda-yu darrandalarni aytmay qo‘ya qolaylik. Buyuk mutafakkirimiz inson bolasini bu narsalardan ibrat olmoqqa da’vat etadi. Ayrim tekinxo‘r, «bersang – yeyman, ursang – o‘laman» qabilida kun o‘tkazadigan kimsalarga esa hech bo‘lmaganda «lola tuxmicha g‘ayrat, pilla qurticha himmat» tilaydi!

    Darhaqiqat, ongli, oqilona uyushtirilgan mehnatgina kishilik jamiyatining gullab-yashnashiga, fuqarolarning insondek hayot kechirishiga asos bo‘la oladi. Zero, mehnat tufayli inson o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. Mehnat orqali odamning iste’dodi, uquvi, layoqati yuzaga chiqadi, ko‘rinadi. Mehnat bilan mashg‘ul bo‘lish jarayonida insonning dunyoqarashi kengayadi, bilimi ortadi, jismoniy hamda ma’naviy jihatdan shakllanishi va yuksalishi tezlashadi.

    Inson mehnati aqliy va jismoniy mehnat turlariga bo‘lim Ular orasiga sun’iy to‘siq tiklab, bir-biriga zid qo‘yish esa mutlaqo yaramaydi. Aksincha, o‘z hayotida har ikki mehnat turining uyg‘unligiga erisha olgan shaxs har tomonlama yetuklikka ko‘tariladi. Aqliy mehnat inson aqlini charxlab, tafakkurini rivojlantirsa, jis­moniy mehnat uning jism-u joni barkamol, sog‘lom o‘sishi uchun zamindir. Bunday kamolotga erishganlar mehnatda toblangan, el-yurt va oilasida hurmat ila obro‘ topgan, o‘z mehnati bilan bir qatorda o‘zgalar mehnatidan rohatlanadigan, uni qadrlaydigan insonlar hisoblanadi.



    O’z maqsadlarimizga yetishish uchun birinchi galda kuchli iroda kerak

    Iroda — odamning ichki va tashqi intilishlari, imkoniyat va salohiyatini maqsad yo‘lida safarbar etish, qat’iyat bilan harakat qilish, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishga, har qanday sharoitda ham ruhiy muvozanatni saqlashga asos bo‘ladigan ma’naviy fazilat. Inson mustahkam iroda tufayli keraksiz hoyu havaslardan voz kechadi, turli ma’naviy va moddiy qiyinchiliklarga bardosh beradi, o‘z hayot yo‘lini belgilab oladi. Insonning ma’naviyati yuksalishi bilan uning irodasi ham kuchayib boradi. Iroda — bu aslida mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat odam o‘ziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani ham o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmaydi. Har qanday sharoitda bunday insonga suyanish mumkin. U boshingizga biror-bir tashvish yoki muammo tushgudek bo‘lsa, hech ikkilan masdan, yoningizda turib, qo‘lidan kelgancha yordam berishga, qiyinchiliklarni siz bilan birgalikda yengishga harakat qiladi.Irodasi mustahkam, imon-e’tiqodli insonni har qanday yengil-yelpi xatti-harakatlar va buzg‘unchi g‘oyalar bilan yo‘ldan ozdirib bo‘lmaydi. Mustahkam iroda mafkuraviy immunitetning asosidir.Mafkuraviy immunitetni shakllantirish uchun insonda kuchli, mustahkam iroda bo‘lishi lozim. Mafkuraviy immunitet esa ilmga tayanadi. Ilmli inson o‘z faoliyatini ko‘r-ko‘rona emas, balki chuqur o‘ylab, mushohada bilan boshqaradi.Irodali inson muqaddas an’analarimiz, milliy qadriyatlarimiz, moddiy va ma’naviy merosni asrab-avaylashni oliy maqsadiga aylantiradi. Shuning barobarida tarixni, Vatanining tarixini bilgan yoshlarni chalg‘itib bo‘lmaydi, ular irodali yoshlardir. Mustahkam iroda orqaligina ma’naviyatni anglash mumkin. Ma’naviyatning asosiy mezonlari ham kuchli, mustahkam irodaga tayanadi.Qayerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi tayin. Milliy g‘oya, milliy mafkuraga ega bo‘lmagan inson o‘ziga va yon-atrofdagilarga nisbatan befarq bo‘ladi.Bizning zaminimizda yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimiz, xususan, Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa allomalarimizning o‘lmas bebaho asarlari, ilmiy merosida insonlarning irodali va kengfe’llik bo‘lishi, faqat o‘qib-o‘rganish orqaligina yuksak ma’naviyat egasi bo‘lish mumkin degan fikrlar qayd etib o‘tiladi.Yuksak ma’naviyat qaror topgan jamiyatda fuqarolarning faolligi ham, vatanparvarligi ham yuksak bo‘ladi. Haqiqiy iroda shunda ko‘rinadi.


    Ta’tilingiz maroqli o’tsin

    IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

    V. O’quvchilarni baholash.

    VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

    Download 3 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 3 Mb.