O’zbekiston Respublikasi




Download 3,09 Mb.
bet28/36
Sana10.04.2017
Hajmi3,09 Mb.
#3630
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
1. Jadidchilar g’oyalari ana shu merosimizning o’zviy qismi sifatida milliy ma’naviyatimiz rivojlanishida muhim manba bo’lib xizmat qilmoqda.

8-Mavzu. Ma`naviyatda milliylik va umuminsoniylik.

Reja:

1. Milliy ma`naviyat va uning xuxusiyatlari

2. Umuminsoniy ma`navioy va uning zaminlari

3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida millatlararo madaniy-ma`naviy munosabatlarning

kengayishi va chuqurlashuvi
Adabiyotlar:


  1. Karimov I.A.. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.

  2. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq millatini-millat qilishga xizmat etsin.

Asarlar, 7-tom, T.: O’zbekiston, 1999.

  1. Aliev A. Ma’naviyat, qadriyat, badiiyat. T.: Akademiya, 2000.

  2. Sharifxo’jaev M., Davronov Z. Ma’naviyat asoslari. T.: 2005.

  3. Otamurodov va boshqalar. “Ma`naviyat asoslari” T.: “Meros”, 2002.

  4. N.Xo`jamurodov. Ma`naviy qadryatlar va milliy o`zlikni anglash, T., “Fan”, 1991

Milliy ma’naviyat va uning xususiyatlari


Jamiyat rivojlanib borgan sari insonlar, halqlar, millatlar o’rtasidagi ma’naviy munosabat, aloqalar rivojlanib boraveradi. Ma’naviyatni to’rt guruhga bo’lish mumkin:

Birinchisi- shaxs ma’naviyati.

Ikkinchisi- milliy ma’naviyat.

Uchinchisi – mintaqaviy ma’naviyat.

To’rtinchisi – umuminsoniy ma’naviyat.

Shaxs ma’naviyati – har bir shaxsga tegishli bo’lib, uning ichki ruhiy holati, hatti-harakatlari, munosabatlari va boshqa qirralarini o’z ichiga oladi.

Milliy ma’naviyat - muayyan elat, millatga, uning ajdodlariga xos bo’lgan g’oyat qimmatli ma’naviy boyliklardir.

Mintaqaviy ma’naviyat – muayyan jug’rofiy mintaqa millatlariga xos, ular uchun umumiy bo’lgan ma’naviy boyliklardir. Masalan, O’rta Osiyo halqlarining yoki slavyan halqlarining ma’naviyatidagi yoki yanada kengroq doirada oladigan bo’lsak, Sharq va G’arb ma’naviyatidagi mushtaraklik, o’xshashlikni olishimiz mumkin.

Mintaqaviy ma’naviyatda turli elatlarning umumiy birligi, bir-biriga yaqinligi, turmush tarzi va moddiy hayot sharoitlariga xos mushtarak jihatlari namoyon bo’ladi.



Umuminsoniy ma’naviyat- butun insoniyatga , jahon halqlariga tegishli bo’lgan ma’naviy-ahloqiy boyliklardir.

Shaxs ma’naviyati – har bir kishining o’zini insoniyat farzandi, millat vakili, davlat fuqarosi deb bilgani holda o’z Vatani tuprog’i, suvi, havosi- jamiki boyliklarni asrash, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, izzatini joyga qo’yish, yo’lida chin dilidan, iymon, e’tiqod, sadoqat, ishonch, halollik, dovyuraklik, beg’arazlik, hurmat, fidoiylik va aqliy teranlik bilan faoliyat olib borishga qaratilgan ichki ruhiy va aqliy olamning majmuini anglatuvchi tushuncha.

Shaxs ma’naviyati jamiyatda ijtimoy hayotda shaxsning baxtli yashashi uchun to’g’ri fikrlash, so’z va amalning birligi, rost so’zlash, halol mehnat qilish, xush ahloqqa ega bo’lishdan iboratdir.

Shaxs ma’naviyati darajasi uning kishilik jamiyatining yuksak ahloqiy qadriyatlariga qay darajada rioya qilib yashashi bilan belgilanadi. Ahloq inson ma’naviyatining muhim mezonlaridan biri bo’lgani bois shaxs ma’naviyati deganda, avvalambor, uning ahloqan barkamolligi, o’z faoliyatida ma’naviy qadriyatlarga, chunonchi, adolat, go’zallik va ezgulik g’oyalariga tayanib ish ko’rishni nazarda tutiladi. U insonni bunyodkorlik faoliyatiga, ezgu amallarga etaklaydi, jamiyat hayotidagi g’oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va ahloqiy qarashlarini o’zida to’liq mujassam etadigan kuch sifatida namoyon bo’ladi.

Shaxs ma’naviyati deganda xalqimiz uzoq tarixi davomida turli sinovlardan o’tgan, sayqal topib kelayotgan va faqat ijobiy fazilatlar tarzida e’zozlanadigan ma’naiy-ahloqiy qadriyatlar tushuniladi. Shaxs ma’naviyati halqimizning turmush tarzi, urf-odatlari hamda an’analariga, uning boy og’zaki va yozma ijodi, mumtoz adabiyoti va san’atiga singib ketgan bo’lib, inson ma’naviy takomilida beqiyos ahamiyat kasb etadi.

“Olim bo’lish oson, odam bo’lish qiyin”;

”Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l”;

“O’zingga ravo ko’rmaganni boshqaga ham ravo ko’rma”, “Yomon o’z g’amida, yaxshi – el g’amida” singari hikmatlarda ham ajdodlarimiz ardoqlab kelgan yuksak ma’naviy fazilatlar ifodalangan.

Milliy ma’naviyat tarixi millatning ma’naviy takomil jarayoni bilan bog’liq, unda ba’zan asrlar kunlarga, kunlar asrlarga teng bo’lishi mumkin. Milliy ma’naviy kamoloti zamonda, ya’ni millatning butun tarixi davomida yuz beradi. Insoniyat tarixiy jarayoni uchun bir narsa ayonki, tarix hodisalari, shaxslar, voqealar o’tib ketadi, moddiy madaniyat unsurlari emiriladi, ammo, ma’naviyati yuksalib, boyib, tobora kengroq ko’lam va teranroq mazmun kasb etib boraveradi. Millatning aksriyat qismi ma’naviy tanazzulga yuz tutgan fojiaviy sharoitlarda ham milliy ma’naviyat yo’qolmaydi, ko’lami va mazmuni jihatdan o’zi etishgan kamolot bosqichini to’qtatmaydi yo’qotish uchun (shu jumladan, umuman milliy ma’naviyatni ham) ajdodlar yaratgan barcha ma’naviy merosni mavh etish, insonlar xotirasini tamomila o’chirib tashlash, ulardan hatto irsiy xotirani ham barbod qilib-manqurd aylantirish kerak bo’ladi.

Millat mavjud ekan, milliy ma’naviyat bo’ladi. Milliy ma’naviyatni yo’qotish mumkin emas. Milliy ma’naviyatni yo’qotish uchun qanchalik harakat qilinsa, shunchalik milliylikni, millat ma’naviyatni saqlash uchun kurash kuchayadi.

Ko’rinadiki, milliy ma’naviyat hodisasi ham tarixiy, ham bugungi kunda mavjudligini saqlab turgan ko’p o’lchamli voqeikdir. Inson ma’naviy olami o’lchamlari cheksiz bo’lib, uni hech bir narsa bilan o’lchash, qiyoslash mumkin emas. Milliy ma’naviyat avvalo, milliy ongda rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham mustaqillikka erishganimizdan buyon milliy ongni rivojlantirishni tarbiyaviy ishning muhim bo’g’ini sifatda olib qaramoqdamiz. Milliy ongning rivojlanishi pirovard o’zlikni anglash sari etaklaydi.

Milliy ma’naviyatimizning asosiy belgisi va o’zagi milliy ahloq sanaladi. Bizning milliy ahloqimizdagi belgilar boshqa halqlar ahloqiy qarashlarida muayyan tarzda namoyon bo’ladi.

Milliy ma’naviyatimizda – milliy his, tuyg’u, ruhiyat ham muhim o’rin egallaydi. Chunonchi, zamona taqozosi bilan boshqa yurtga safarga bergudek bo’lsak va usha erda milliy kuy, qo’shiqni etishgudek bo’lsak, bizning vujudimizni ajib bir his, tuyg’u qamrab oladi va undan ruhiy huzur olamiz, qanoat hosil etamiz, ya’ni ma’naviy ozuqlanamiz.

O’zbek xalqining hozirgi milliy ma’naviyati va qadriyatlari o’tmish milliy ma’naviyatimizning davomi bo’lib ularga do’stlik, mehmondo’stlik, odamgarchilik, insonparvarlik, ahloqiy teranlik, tadbirkorlik, fazilatlilik, sahiylik, xushmuomalalilik, jamoa ichida o’zini tuta bilishlik, hayotlilik, sizlab muomala qilish, ozodalik, xushchaqchaqlik, mardlik, samimiylik, lutfi karamlilik, shirinso’zlik, tashabbuskorlik, ona-yurt va halqiga muhabbatlilik, insoflilik, diyonatlilik, rostgo’ylik, halollik, oru-nomuslilik, to’g’rilik, poklik, vazminlik, hojatbarorlik, ota-ona va kattalarni xurmat qilish, mehnatsevarlik, o’tmishga hurmat, insoflilik, milliy g’urur, mustaqillikni qadrlash, vatanparvarlik, millatparvarlik va boshqa milliy-ma’naviy –ahloqiy fazilatlar kiradi.

Millat, xalq bor ekan uning ma’naviy dunyosida milliy jihatlar doim saqlanib keladi. O’zbeklarning milliy ma’naviyati, erkak va ayollarning o’ziga xos sharqona ahloqiy fazilatlar u, ota-ona, farzandlar, qo’ni-qo’shnilar, mahalla-kuy aloqalari, halolik, vijdon bilan bog’liq ma’naviyati faqat o’tmish sadosi emas, balki hozirgi kun uchun ham xosdir.

O’zga millatlarning ma’naviy qadriyatlari qanchalik ta’sir ko’rsatmasin kattalarga, ota-onaga hurmat, kamtarlik, xalollik, iymon, mehnatsevarlik, mehmondo’stlik singari milliy-ma’naviy fazilatlarimiz barqaror. Chunki bu ma’naviy xislatlar avloddan-avlodga o’tib, qon-qonimizga singib ketgan. “Ayollarimiz qanchalik zamonaviylashmasinlar, ular hayo, ibo, nomus bobida, oila, qarindosh-urug’larga nisbatan munosabat bobida sharqona, o’zbekona fazilatlarini tark etmaydilar. Millat bor ekan, uning ma’naviyati saqlanib qoladi va rivojlanaveradi.

Odatda kishilar ko’pincha ikki ishda katta xatoga yo’l qo’yadilar. Birinchisi – yoshlarni hali yosh deb, ularga ishonmaganida, ikkinchisi – keksalarni qariya deb chetga surib qo’yganida. Yoshlarda kelajakka intilish bilan bog’liq bo’lgan katta tashabbus, kuch va g’ayrat bo’ladi. Keksalar esa hayot yo’lida ko’p issiq va sovuq kunlarni boshidan kechirib, boy tajriba ortttirgani uchun ularda uzoqni o’ylab, bosiqlik bilan ish qilish, etti o’lchab bir kesish singari ma’naviy boylik va etuk tafakkur salohiyati bor. O’zbeklarning “qari bilganni pari bilmas” degan hikmatida ko’p ma’no bor. Yoshlarning tashabbusi, kuchi g’ayrati keksalarning boy-hayotiy tajribasi bilan bog’langandagina yaxshi ijobiy samara beradi. Keksa avlodning bilimi, hayot tajribasi yoshlar uchun ma’naviy kamolot va ibrat maktabidir.

Sovet-totalitar tuzumi sharoitida ma’naviy-axloqiy fazilatlarning milliy jihatlari, an’nanalarini inkor etish yoki kamsitish kuchaydi. Ularni ma’naviy qoloqlik ifodasi sifatida talqin etildi. Sharq xalqlarining, jumladan, o’zbek xalqining ming yillik ma’naviy boyliklarini o’zida mujassamlashtirgan hadislar, shariat xukmlari diniy xurofot sifatida qoralandi.

Xalqimizning axloq, andisha, sharmu-hayo, halollik va pokizalik, inson qadr-qimmati to’g’risidagi ma’naviy qadriyatlarga zid bo’lgan evropacha an’analar yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi. Shu tufayli ma’naviy tubanlik yuzaga keldi. Yoshlarda asriy, milliy ma’naviyatimizga zid bo’lgan bag’ritoshlik, qotillik, xudbinlik, maishiy buzuqlik, giyohvandlik kabi ma’naviy qiyofa yuzaga kelib, ildiz ota boshladi.

Abdulla Avloniy va boshqa ma’rifatparvar fidoiylar XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Turkistonda xukmron bo’lgan ma’naviy inqiroz haqida gapirib, bu og’ir vaziyatdan ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash, axloqiy yuksaltirish orqaligina chiqish mumkinligini qayd qilgan edilar. “Tarbiya – degan edi Abdulla Avloniy, - bizlar uchun yo hayot - yo momot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”.

Sovet totalitar tuzumi barbod bo’lishi, O’zbekistonning o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi jamiyatimiz ma’naviyatida chuqurlashib borayotgan inqirozning oldini olish uchun tangrining inoyati, xalqimizning baxti bo’ldi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyatimizda, milliy-ma’naviyatni poklanish, o’nglanish, tiklanish jarayoni yuz berdi.

Yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy g’urur tuyg’usini kuchaytirish, iymon, vijdon, halollik, poklik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik singari xislatlarni shakllantirish, mustaqillikning ongli fidoyisiga aylantirish hozirgi kundagi milliy-ma’naviy tarbiya ishining asosiy maqsadidir.

Milliy tarbiya – u yoki bu millatni elatni tashkil qiluvchi kishilarning milliy madaniyati, merosni, qadriyatlarni, urf-odatlarni, an’analarni o’zlashtirishdagi faoliyatini rivojlantirish bo’lib, u milliy ong va milliy o’zlikni anglashning subektidir.

Milliy tarbiyaning asosiy yo’nalishlarini millatparvarlikni, halqparvarlikni, vatanparvarlikni, mehnatsevarlikni, yuksak insoniylikni rivojlantirish, merosni, urf-odatni, qadriyatlarni, fan-texnika, texnologiyalarni o’zlashtirishga intilishni rivojlantirish, mehr-oqibat, iymon-e’tiqod, or-nomus, insof-diyonat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mohiyatini tushunib etish va unga amal qilish ruhiyatini shakllantirish kabilarni tashkil etadi.


Umuminsoniy ma’naviy va uning zaminlari
Umuminsoniy ma’naviyat - har bir inson, jamiyat va barcha toifadagi kishilar uchun eng oliy qadriyat sifatida e’zozlanadigan va umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan ma’naviy hodisalar, madaniy boyliklar, adabiyot, fan, san’at yutuqlari, din, siyosat, huquq sohasidagi natijalarni anglashdagi tushuncha. Umuminsoniy ma’naviyatning mazmun-mohiyati Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida misol va dalillar bilan atroflicha tushntirib berilgan.

Mutaxasislar bu tushunchaga, xos bo’lgan kundalik tasavvur bilan uning ma’naviy mazmun-mohiyati o’rtasidagi farqqa e’tibor berish lozim, deb hisoblaydilar. Kundalik hayotda kishilar umumbashariy ahamiyatga molik ma’naviy boyliklar, kashfiyotlar, qadriyatlar, din, fan, adabiyot bilan bog’liq xususiyatlar, jihatlar jarayonlarning o’zini umuminsoniy ma’naviyat sifatida tushunadi. Ma’naviy mazmun kasb etadigan narsa va hodisalarga nisbatan ishlatiladigan umuminsoniy ma’naviyat har qanday halq, jamiyat va davlat hayot tarzining asosiy mezoni bo’lib hisoblanadi. “Umuminsoniy ma’naviyat” tushunchasida ma’naviyatni tirik tabiatning bir qismi bo’lgan odamzotining hayoti va kamoloti hamda tarixiy, siyosiy va boshqa birliklar (ijtimoiy subektlar) uchun ahamiyati ham o’z aksini topadi. Umuminsoniy ma’naviyatningnamoyon bo’lish shakllari orasida o’z ahamiyatini ijobiylik hamda foydalilik hususiyatlarini doimo saqlab keladiganlar ham bor, ularga inson vujudining tirikligi, uning ijtimoiyligi, inson umri vahayoti, sihat – salomatligi, ijtimoiy faoliyati va munosabatlar, mehnati, bilimi, muomalasi va shu kabilar kiradi. Ular inson va jamiyat bor ekan, o’zining ijtimoiy ahamiyatini saqlab qoladi, ularning qarama-qarshi bo’lgan o’lim, kasallik, ma’nosiz hayot kechirish, bilimsizlik va boshqalar ham tarixiy jarayonlarning doimiy hamrohidir.



Umuminsoniy ma’naviyatning eng oliy shakllari ma’naviy ideal sifatida qaraldi. Jamiyat tarixining hamma davrlarida odamlar ana shu ideallarga intilib, ularga erishishni orzu qilib yashaydilar, kundalik hayotda va ilmiy adabiyotda eng oliy ideallar bir qator ibora va tushunchalar orqali ifodalanadi:

  • Ma’naviy va ahloqiy poklikning umumiy belgisi – yaxshilik;

  • Nafosat belgisi –go’zallik;

  • Bilimlarimiz va fan yutuqlarining amaliyotga mosligi –haqiqat;

  • Inson huquqlarining oliy ifodasi – erkinlik va tenglik;

  • Siyosatning to’g’riligi – adolat;

  • Odamlar o’rtasidagi ijobiy munosabatlar – do’stlik;

  • Eng hokisor va beg’araz tuyg’ular asosidagi qalblarning mushtarakligi – muhabbat;

  • Orzu – umidlarga erishish – baxt-saodat;

  • O’z yurtini sevish va ardoqlash-vatanparvarlik va shu kabilardir.

Voqelikda ushbu ideallar bilan birga, ularning ziddi – yovuzlik, yomonlik, xunuklik, yolg’on, erksizlik, tengsizlik, adolatsizlik, dushmanlik, nafrat, hiyonat kabilar ham muayyan tarzda namoyon bo’ladi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida umuminsoniy ma’naviyatni barqarorlashtirish yo’llari va usullarining bu boradagi maqsadlar bilan uyg’unlashtirishi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarni amalga oshirish davrida nihoyatda qatiy ahamiyat kasb etadi. Bu o’rinda uch asosiy jihatga e’tibor berish lozim.

  1. Kishilarning umuminsoniy ma’naviy va ularga erishish yo’llari haqidagi qarashlarida o’tmish avlodlardan meros qolgan orzu-umidlar, tasavvurlarning ham ahamiyati beqiyosdir. Zero, har bir avlod umuminsoniy ma’naviyatni barqarorlashtirish va oliy maqsadlarga erishish borasida o’tmish avlodlarning tasavvur va xulosalarini meros qilib oladi, o’z faoliyati, zamonasidagi o’zgarish va jarayonlarga ham ana shunday nuqtai nazardan adashadi.

  2. Har bir avlodning o’tmishdoshlaridan meros bo’lib kelgan umuminsoniy ma’naviyat to’g’risidagi tasavvur va orzu – umidlardan tashqari, o’zi to’plagan tajriba, ana shu tajriba asosida vujudga kelgan qarashlar ham bor. Demak, har qanday davrda ma’naviy idealga erishish yo’lida harakatlar boshlanganda, ularni amalga oshirishning reja va dasturlari tuzilayotganda, kishilarning ruhiy-ma’naviy tayyorgarligi bu boradagi maqsad, qiziqish, ehtiyoj va talablarni hisobga olish zarur.

  3. Umuminsoniy ma’naviyat to’g’risidagi tasavvurlar ehtiyojlar, intilishlar asosida vujudga kelgan turli reja va dasturlarda ko’proq bu boradagi faoliyatning nazariy, umumiy jihatlariga e’tibor beriladi. Bu hol ayniqsa, jamiyat taraqqiyotida tub burilish va chuqur o’zgarishlar yuz berayotgan davrda yaqqol namoyon bo’ladi.

Ammo bu boradagi rejalardan amaliyotga o’tilganda, tajribada maqsadlarga erishish uchun bevosita harakat boshlanganda kutilmagan holatlar yuzaga chiqa boshlaydi. Bular esa o’z navbatida, bosh maqsadga erishish borasidagi kundalik faoliyatda turli hil yo’llar, usullardan foydalanishni talab qiladi. Umuminsoniy ma’naviyatning ba’zi shakllari bilan bog’liq yana bir masala bor; ularning hayotda qaror topishi muayyan to’siq va qiyinchiliklar orqali kechadi. Natijada, ideal mutloq to’la-to’kis amalga oshmaydi, uning ba’zi bir jihatlari hayotga tatbiq etiladi, boshqalari esa kelajak avlodlarga meros bo’lib qoladi. Odamzod esa idealsiz, unga intilmasdan, kelajakka umid ko’zlarini tikmasdan yashay olmaydi.

Inson hayotda faqat ideallar, ularga erishish to’g’risidagi orzular bilan qanoatlanib qolmaydi. U o’z ideallarga erishish, ularni barqaror qilish yo’lida boshqa ehtiyoj, talab va qiziqishlarni qondirishi, o’zga kishilar bilan munosabatda bo’lishi, jamiyat talablarini bajarilishi, o’z burchini ado etish va boshqa sohalarda faoliyat yuritishi lozim. Shu ma’noda, kishilar doimo idealga intilib, real hayotdagi vazifalarni bajarib, orzu-umidlar bilan real voqelik orasida umr o’tkazadilar. Ideallarga intilish orzusi bilan real hayotda yashash zarurati o’rtasidagi muayyan ziddiyat odamzodni yashashga undaydigan, umrining eng qiyin, murakkab davrlarda ham umid uchqunlari saqlanib qolishi uchun asos bo’ladigan umrguzaronlikning asosiy tamal toshi, inson hayotining mazmuni, ma’nosi va qadrini belgilaydigan obektiv jarayondir.

Umuminsoniy ma’naviyat omilkor faoliyatga chorlovchi optimistik g’oyalar, shiorlar rolini o’ynashi ham mumkin. Bunday holda ular kishini amaliy ishlar qilishga undaydigan, uning faoliyatiga ma’no va mazmun bag’ishlaydigan, maqsadini aniqlash imkonini beradigan, biror jarayonga, jamiyatda amalga oshirilayotgan vazifalarga nisbatan shaxs yoki ijtimoiy- subektlarning qanday munosabatda bo’layotganini oydinlashtirish imkonini beradigan ma’naviy mezonganga aylanadi.

Insonning yashash joyi, o’tmish avlodlarining xoki yashiringan zamin, o’zi tug’ilgan yurt bilan bog’liq umuminsoniyatga hos bokira tuyg’ulari bor. Bu tuyg’ular tug’ilgan uydan, mahalla, qishloq, shahar ko’chasidan tarbiyalana boshlaydi, kishi mansub bo’lgan tarixiy birlik, uning o’tmishi bilan bog’langan ijtimoiy hududga nisbatan munosabatda namoyon bo’ladi. Har bir kishi Er sayyorasining farzandi ekanligini, o’zi uchun suyukli hudud, sayyoraning tarkibiy qismi bo’lgan Vatanning talabiga mos keladigan inson darajasiga ko’taradi. Sayyoramiz kishilariga xos umuminsoniy ma’naviyatning shakllanishi va takomillashuvi uchun Er yuzida tiriklikning vujudga kelishi, rivojlanishi, odam zotining ongli faoliyati, mehnati, madaniyat va ma’naviy kamolotga erishish bosqichlari, tabiat va jamiyatda amalga oshirilgan ishlari bilan bog’liq jarayonlarni ifodalaydigan tarix ham o’z ahamiyatiga ega.

Tarix – odam zotining vujudga kelgan ilk davridan bizning kunimizgacha yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni, insoniyat hayotida ro’y bergan o’zgarishlarni hozirgi avlod va kelajakka etkazib borishga xizmat qiladi. U avlodlar ruhi oldidagi qarzdorlik tuyg’usini qo’zg’agan, o’tmish voqealarini o’rganish zarurati tug’ilgan va kelajak rejalarni tuzish jarayonida rivojlanishning aniq yo’l va usullarni tanlab olinayotgan davrlarda yuksak ma’naviyat mezoniga aylanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda tarihiy xotirani tiklash, mustaqillikni mustahkamlash, aholi qalbi va ongida milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhini singdirishga katta ahamiyat berilayotgani bejiz emas. Bu esa, o’z navbatida halqimizga xos milliy ma’naviyatning umuminsoniy ma’naviyat xazinasiga munosib xissi bo’lib qo’shilishi, yurtimizga yuksak ma’naviyat tamoyillarining ustuvorligini ta’minlash, sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida millatlararo madaniy-ma’naviy

munosabatlarning kengayishi va chuqurlashuvi


Iqtisodning ma’naviy qirralari – iqtisodiy munosabatlar jarayonida shaxslar o’rtasidagi o’zaro manfaatlarni hisobga olish, halollik, poklik, bag’rikenglik, ishonchlilik kabi fazilatlarning amal qilishini anglatadigan tushuncha. Iqtisodiyotning o’ziga xos obektiv qonun-qoidalari, sir-asrorlari borki, ular bilan hisoblashmaslik mumkin emas. Ularni mensimaslik nafaqat iqtisodiy salohiyatning etishmasligi, balki ma’naviy qashshoqlik belgisi hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlarda ma’naviy masalalari, xususan, insoniylik talablari va me’yorlari etarlicha, hisobga olinmasa, texnokratik qarashlar ustunlik qilsa, ishlab chiqarishning o’sishi, iqtisodiy rivojlanish bo’lishiga qaramay, Jamiyatda ahloqiy munosabatlar tanazzulga uchraydi, o’zaro ishonchsizlik kuchayadi.

Ayrim kishilar, erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy qadriyatlarning qiymati tushib ketadi, madaniyat va ma’naviyat ikkinchi darajaga aylanadi, ma’naviy qashshoqllik avj oladi deb da’vo qilishadi. Erkin bozor iqtisodiyoti bilan ma’naviyatni bunday qarama-qarshi qo’yish mutlaqo o’rinsizdir. Aslida, yuqorida aytganimizdek, ular bir-birini to’ldiradi, chunki faqat ma’naviy sog’lom, kuchli jamiyatgina islohotlarni amalga oshirishi mumkin.

Mustaqillik yillari mamlakatimizda iqtisodiyot va ma’naviyatning o’zaro dialektik bog’liqligi hamda bir-biriga ta’siri qonuniyatlardan kelib chiqqan holda, iqtisodiy va ma’naviy hayotning uyg’un holda rivojlantirib borishiga alohida ahamiyat berilmoqda. “Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda”- deb ta’kidlaydi Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida, - biz iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un ravishda rivojlanib borishni doimo davlatimz va jamiyatimizning e’tibor markaziga qo’yib kelmoqdamiz”.

Istiqlol yillarida iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotlarning o’zaro mutanosib uyg’un tarzda rivojlanib kelayotgani mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bo’lib xizmat qilmoqda. Demak, ma’naviyat va iqtisod bir-birini inkor qilmaydi, balki bir-birini quvvatlab, o’zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi.

Hozirgi kunda yurtimizda iqtisodiy islohotlarning yangi, yuqori bosqichiga o’tayotgan ekanmiz, bu fan, madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ularning amalga oshirish borasidagi ishlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Iqtisod, ma’naviyat va ma’rifatning o’zaro chambarchas bog’liq ekanligini ota-bobolarimiz to’g’ri tushunib etganlar. Shunga tayangan holda ular ma’naviyati yuksak komil inson haqida butun bir ma’naviy talablar majmuasini, boshqacha aytganda sharqona ahloq Kodeksini ishlab chiqqanlar.

Ma’naviyati yuksak kishi birovning xaqiga, davlat, jamoa mulkiga hiyonat qilmaydi, sadoqatli bo’ladi, Vatani, elu yurti, halqi uchun jonini fido etishga tayyor turadi. Buning aksi o’laroq, ma’naviyati qashshoq kishilar nopok, firibgar, o’g’ri, qaollob bo’lib, Vatan va millat manfaatlariga befarq qaraydi.

O’zbekiston kelgusida yuksak darajada rivojlangan iqtisodiyoti bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviyati etuk farzandlari bilan ham jahonni hayratga solishi mamlakatimizdagi islohotlarning asosiy maqsadididr. Bunga esa iqtisod va ma’naviyat, ma’rifatni birga, o’zaro mutanosib, mushtarak rivojlanishga ahamiyat berilgandagina to’la erishish mumkin. Tsivilizatsiyalashgan bozor munosabatlari faqat yuksak ma’naviyat va ma’rifat, ahloqiylik va vatanparvarlik negizida bunyod etilishi mumkin. Bu borada hammamiz mas’ul ekanimizni chuqur anglashimiz lozim. Negaki, ma’naviyatli va ma’rifatli, iymonli kishilarning halol mexnati bilan boylik yaratadi, izlanuvchi, insofli, mehnatsevar, tadbirkor, el-yurt dardiga malham bo’ladigan haqiqiy vatanparvarga aylanadi. Shunday fuqarolarga ega bo’lgan mamlakat va jamiyat iqtisodiy tarqqiyot pog’onalaridan yuqoriga uzluksiz ko’tarilib boraveradi.

Bozor munosabatlariga o’tish davrida ko’p millatli davlatlar uchun milliy siyosatni to’g’ri, aniq ko’zlangan maqsad asosida olib borish juda muhim. Bu esa taraqqiyotning jadallashuviga yordam beradi. Millatlarning va ular madaniyatlarining bir-biriga ta’sir ko’rsatish ko’p millatli davlatlarda yashayotgan halqlarning ma’naviy-ahloqiy boyishi uchun yaxshi manba bo’lib xizmat qilib kelgan.

Millatlararo totuvlik – millatlararo ahillik, halqaro do’stlik; milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri; muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining bahamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha. Er yuzidagi 1600 dan ortiq millatdan bor-yo’g’i 200 ga yaqini o’z davlatchiligiga ega, xolos. Bunday sharoitda butun dunyoda millatlararo totuvlikni ta’minlash uchun ularning manfaatlari, ruhiyati, intilishlarini muntazam o’rganib borish, siyosiy-ijtimoiy hayotda buni doimo e’tiborga olish zarur. Jahon tajribasi millatlararo totuvlikni ta’minlashga biryoqlama, yuzaki yondashuv jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkinligini ko’rsatadi. Xususan, davlatga o’z nomini bergan millat bilan o’sha joyda yashaydigan boshqa millatlar o’rtasidagi munosabatlar jiddiy e’tiborni talab qiladi. Aks holda, jamiyat hayotidagi tinchlik va barqarorlik izdan chiqishi mumkin.

Bu masala bizning mamlakatimiz uchun ham juda muhim. O’zbekiston hududidan qadimdan ko’plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib kelgan. Ular o’rtasida asrlar davomida millat nizolar bo’lmagani halqimizning azaldan bag’rikengligini ko’rsatadi. Millatlararo munosabatlarda uyg’unlik vujudga kelgan mamlakatlarda ko’p millatlilik jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga samarali ta’sir etadi. Millatlararo totuvlik g’oyasi umumbashariy qadriyat bo’lib, turli halqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda Er yuzida 7 mlyardga yaqin aholi mavjud. O’zbekiston hududida esa 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashamoqda. Har bir millat yaratgannning mo’jizasi bo’lib, o’z tili, dini, maslagi, qadriyatlari, an’analariga ega. Shu bois mazkur ma’naviy omillarning amal qilishi millatlararo totuvlikning shartlaridan sanaladi.

Davlatlar bu borada ko’p millatlar (polietnik) va bir millatli (monoetnik) tarkibga ega bo’lib, har biri o’ziga xosligi bilan bir-biridan farq qiladi. Har bir mamlakatda turli millat vakillarining mavjudligi azal-azaldan unga o’ziga xos tabiiy rang-baranglik baxsh etib kelgan. Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o’ziga xos qadriyatlari ham bor. Umumiy qadriyat va xususiy manfaatlar bir-biriga zid kelib qolishi yoki uyg’un bo’lishi mumkin. Bunda muayyan mamlakatdagi milliy siyosat muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston kabi polietnik mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg’unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash taraqqiyotining hal qiluvchi omillariddan biri hisoblanadi.

Zero, millatning istiqboli boshqa halqlar va mamlakatlarning taraqqiyoti, butun jahondagi vaziyat va imkoniyatlar bilan ham bog’liqdir. Butun dunyoda, birinchi navbatda, qo’shni mamlakatlarda yonma-yon yashayotgan etnoslar o’rtasida tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik, hamkorlik, hamjihatlik, teng huquli munosabat o’lmasa, ulardan hech biri o’zining porloq istiqbolini ta’minlay olmaydi.

Shu bilan birga bir mamlakat doirasida milliy manfaatlarni teng qondirish, ular rivojini ta’minlash juda murakkab masala ekanini ham anglamog’imiz darkor. Millatlararo totuvlik g’oyasi ana shu masalani to’g’ri hal qilishga yordam beradi. Bu g’oya-bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo’lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o’rtasidagi o’zaro hurmat, do’stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosidir. Bu g’oya – har bir millat vakilining iste’dodi va salohiyatini to’la ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi. Mamlakatimizda ushbu g’oyani amalga oshirishga katta e’tibor berilmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistonning bu boradagi o’ziga xos siyosatini bayon etib, ta’kidlaganidek: “Respublika aholisi o’rtasida ko’pchilikni tashkil qiladigan o’zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o’z milliy madaniyati va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kam sonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o’ziga xos madaniyat – ma’naviy xususiyatlarini saqlab qolishi uchun, kamol topishi va o’zligini namoyon etishi uchun, ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas’ul bo’lishdan ham iboratdir”. Bunday muhit millatlararo munosabatlarda turli muammolar tug’ilishiga aslo yo’l qo’ymaydi va Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy g’oyalarni hamkor va hamjihat bo’lib amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, oliyjanoblik va insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi an’analar avloddan avlodga o’tib kelmoqda. “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida “O’zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi”, deb aniq belgilab qo’yilgan. “O’zbekiston xalqi” tushunchasi mamlakatimizda yashab, yagona maqsad yo’lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o’rtasidagi o’zaro hurmat, do’stlik va hamjihatlik uchun ma’naviy asos bo’lib xizmat qiladi. Yurtimizda bugungi kunda 130 dan ortiq milliy-madaniy markazlar ishlab turibdi. Ularning turli yo’nalishdagi faoliyati, birinchidan, o’z vakillarini milliy tarix, urf-odat va an’analardan habardor qilishga, ikkinchidan, halqning o’z-o’zini anglashga ta’sir etib, millatlararo totuvlikning mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Takrorlash uchun savollar:


    1. Ma’naviyat qanday guruhlarga bo’linadi?

    2. Milliy ma’naviyat nima?

    3. mintaqaviy ma’naviyatga nimalar kiradi?

    4. Umuminsoniy ma’naviyatni qanday tushunasiz?

    5. Milliy va umuminsoniy ma’naviyatning o’zaro bohliqligi?

    6. O’zbek halqi milliy ma’naviyatning o’ziga xos jihatlarini izohlang?

    7. Iqtisodning ma’naviy qirralari deganda nimalarni tushunasiz?

    8. Iqtisodiyot va ma’naviyatning o’zaro dealektik bohliqligi?

    9. O’zbekistondagi milliy-ma’naviy siyosatning mohiyati?

    10. Qanday milliy-madaniy markazlarni bilasiz?

9-Mavzu. Ma`naviyat, iqtisod va ularning o`zaro bog`liqligi

Reja:


  1. Iqtisodiyot va ma`naviyat birligi. O`zbekistonning bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yoi`li

  2. Ma`naviyat va ma`rifat jamiyatning yuksak iqtisodiy taraqqiyotga erishish sharti.

  3. O`zbekiston milliy mustaqillikning iqtisodiy va ma`naviy-ma`rifiy asoslari

Adabiyotlar:



  1. I.Karimov, O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. T., ”O`zbekiston”, 1992.

  2. I.Karimov O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: ”O`zbekiston”,

1996

3. I.Karimov. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xafsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Asarlar 6-jild. T. O`zbekiston 1998.

4. Sharifxo’jaev M., Davronov Z. Ma’naviyat asoslari. T.: 2005.

5. A.Abdulayev. Ma`naviyat va iqtisodiy tafakkur: T: “Ma`naviyat”, 1999.

6. M.Imomnazarov. Milliy ma`naviyatimiz nazariyasiga chizgilar. T.: “Sharq”, 1998

7. A.Qodirov. Ma`naviyatning iqtisodiy tamoyillari. T.: “O`qituvchi”, 1999

8. S.Otamurodov va boshqalar. “Ma`naviyat asoslari” T.: “Meros”, 2002.
Iqtisodiyot va ma’naviyat birligi.
Iqtisodyot tushunchasiga turlicha ta’riflar berilib kelinmoqda. Ular qanchalik turli-tuman bo’lmasin, bu ta’riflarni birlashtiruvchi, umumlashtiruvchi tomonlar mavjud. Berilayotgan ta’riflarning turli-tumanligi mualliflarning fan o’rganayotgan masalaning u yoki bu tomonga ko’proq e’tiborni berganligi bilan uyg’un holda qarash to’g’ri bo’ladi. “Iqtisodiyot deganda kishilar hayotini ta’minlaydigan moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va uning is’temoli bilan bog’liq barcha sohalarning yig’indisi va ayni jarayonda ishtirok etayotgan odamlarning faoliyati ular o’rtasidagi aloqa va bog’lanishlar, munosabatlarning yaxlit birligini tushunmoq kerak”1.

Insonlarning moddiy ishlab chiqarish jarayonlari va bu boradi yuzaga keladigan munosabatlarni iqtisodiyot fani o’rganandi. Abu Ali Ibn Sino fanlarni tasnif qilar ekan, iqtisodiyotni xo’jalik yuritish sohasidagi amaliy fanlar qatoriga kiritadi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy ham iqtisodiyotni xo’jalik yuritish sohosidagi amaliy falsafiy fan doirasiga kiritgan.

Ishlab chiqarishning o’sishi kishilar va mamlakatlar o’rtasidagi aloqalar bozor munosabatlarini keltirib chiqargan. O’rta Osiyoda bozor munosabatlari qadim zamonlardan boshlab shakllangan. Tarixiy hujjatlarning guvohlik berishicha, bundan ming yillar muqaddam Buxoro va Xiva savdogarlari omadlar ko’zini quvontirib, hayron qoldirgan tovarlar va buyumlarni Hindiston va Xitoyga, Rossiya va G’arbiy Ovro’pa mamlakatlariga etkazib borganlar. O’rta Osiyoda bozor munosabatlarining qadimdan rivoj topganiga “Buyuk ipak yo’li” yaqqol misol bo’la oldi. Shunday ekan, hozirgi zamon tilida ishlatiladigan bozor iqtisodi va uning mohiyati nima? Uni qisqacha ifodalaydigan bo’lsak, u quyidagilarni anglatadi. Bozor iqtisodi degan so’z birinchi navbatda muloqot, gaplashish, kelishish, savdolashish, ikki tomonga to’g’ri keladigan umumiy narxni, raqamni, xulosani topish demakdir.

Bozor iqtisodiyotining asosiy sharti va talabi mumkin qadar ko’proq va mumkin qadar sifatliroq raqobatbardosh maxsulot ishlab chiqarishdir. Xuddi shu talablarni amalga oshirishning eng qulay sharoitlarini kapitalizm davri yuzaga keltirdi. Natijada insoniyat keyingi brsh asr ichida undan oldingi hamma tarixdagidan ko’p moddiy va ma’naviyay qadriyatlar yarata oldi. Bozor iqtisodi hukmron mamlakatlar moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning haqiqiy qaynar bulog’iga aylandi. Bu davrda insoniyatning haqiqiy ahloqiy salohiyati, yaratuvchilik imkoniyatlari namoyon bo’ldi.

Jahon tajribasi, shu jumladan, o’zimizning mamlakatimiz tajribasi ham iqtisodiyot faqat uning o’zigagina xos bo’lgan qonunlar asosida rivojlantirib borganligini ko’rsatadi. Bozor munosabatlarining qonunlarini nazar-pisand qilmaslik, buzish iqtisodiyotini og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunonchi, sobiq ittifoqda 70 yildan ortiqroq davr maboynida bozor iqtisodiyotiga aloqasi bo’lmagan iqtisodiyotni yaratishga urinib ko’rildi. Bu sobiq mustabid tuzumga va uning xalqiga juda qimmatga tushdi.

Iqtisodiyotning ham o’z ob’ektiv qonun-qoidalari, sir-asrorlari borki, ular bilan hisoblashmaslikning hech bir iloji yo’q. Har doim iqtisod o’z yo’lidan boraveradi, uni to’xtatish mumkin emas. Kimki iqtisod qonunlarini nazar-pisand qilmasa, boshi berk ko’chaga kirib qolish muqarrardir.

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng u qaysi yo’ldan borishi kerak degan masala oldimizga ko’ndalang bo’lib turadi. Yurtboshimiz Islom Karimov mustaqillikka erishishimizning birinchi kunlaridanoq jahondagi turli mamlakatlarning tajribalarini chuqur va har tomonlama o’rganib, mustaqil O’zbekistonimiz bundan buyongi taraqqiyot yo’li bozor iqtisodiyoti munosabatlari yo’lidan borish ekanligiga qat’iy ishonch hosil etdi.

Ammo, bozor munosabatlarining qaysi yo’li, qaysi shakli biz uchun maqbul, qaysi birini o’zimizning bundan buyongi taraqqiyotimiz uchun tanlab olishimiz kerakligi masalasi oldimizda turgan muammo edi. Bozor munosabatlariga o’tish Angliyada 200 yil, boshqa mamlakatlarda 100-150 yil mobaynida, Yaponiya va Kuriya mamlakatlarida 20-30 yil davomida shakllangan.

Yuqorida aytganimizdek, bozor munosabatlariga o’tish davr talabi. Biz uchun bundan boshqa yo’l yo’q. Buni Respublikamiz ahli to’g’ri anglab etdi.

Ammo kutib o’tirishga vaqt yo’q. Vaqt, davr nihoyatda tig’iz. Tezkorlik bilan mustaqil Respublikamizning bozor munosabatlariga qanday qilib, qaysi usulda o’tishini tanlab olish, bunda jahonning barcha ilg’or tajribalarini umumlashtirish va foydalanishni hal etish lozim edi. Buning uddasidan chiqdik. Bunda Prezidentimiz Islom Karimov katta shijoat ko’rsatdi. Bozor munosabatlariga o’tishning jahonda ortirilgan barcha ijobiy tajribalarni o’rganib, xalqimizning tarixiy traqqiyotiga, ruhiyatiga, mentalitetiga, milliy xususiyatiga, iqlim sharoitiga, mamlakatimizning jo’g’rofiy mavqeiga asoslangan o’zimizga xos va mos yo’lini belgilab oldik.

Ushbu yo’lning, kontseptsiyaning qoidalari Prezidentimiz kitoblarida, maqolalarida va nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul qilgan qonunlarda, xususan, Islom Karimovning “O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” asarida har tomonlama asoslanib, bayon qilib berilgan.

Bu “O’zbekiston yo’li” – “Islom Karimov yo’li” sifatida jahon bo’yicha yuksak baholanib kelinmoqda. Ushbu tanlagan yo’lning mohiyati Islom Karimov ishlab chiqqan va ilgari surilgan besh tamoyilda o’z ifodasini topgan. Bu tamoyillar faqat bizning mamlakatimizda emas, endilikda boshqa mamlakatlarda ham tan olinmoqda.

Bu tamoyillar quyidagicha:

Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish, ishlab chiqarish va xo’jalik yuritishda mafkuraviy manfaatlar nuqtai nazaridan emas, balki taraqqyot manfaatlaridan qaralmog’i zarur:

Ikkinchidan mamlakatda o’tkaziladigan islohotlarda davlat bosh islohotchi bo’lmog’i zarur. Islohotlarning boshida davlat turmasa paroqandalik vujudga keladi. Davlat islohotlar vazifalarini bir tizimga solib, ularni amalga oshirishda etakchilik qilib turadi:

Uchunchidan, islohotlarni amalga oshirishda qonun ustuvorligiga, qat’iyan amal qilinishi lozim. Mamlakat hayotida va islohotlarni amalga oshirishda qonun ustuvorligiga amal qilinishi turli to’siqlarning yuzaga kelishining oldini olish imkonini beradi va taraqqiyot uchun keng yo’l ochib beradi.

To’rtinchidan, bozor munosabatlari bir kun yoki bir yilda shakllanadigan narsa emas, u ma’lum bir davr ichida vujudga keldi. Mana shu davr ichida aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish zarur bo’ldi. Ijtimoiy himoya-aholini iqtisodiy qiyinchilikka tushib qomisligining muhim sharti hisoblanadi. Shuning bilan birga ijtimoiy himoya ijtimoiy qiyinchilik sharoitida turli ziddiyatlar kelib chiqishining ham oldini oladi;

Beshinchidan, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishdir. Bu tamoyilga binoan islohotlarni bir “zarb” bilan emas, asta-sekin evoliyutsion yo’l bilan amalga oshirish nazarda tutiladi. Bu bozor munosabatlarining barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yuqoridagi besh tamoyilni qisqa izohlaydigan bo’lsak, ular quyidagilarni anglatadi:

Birinchidan iqtisodiyot siyosiy manfaatlarga bo’ysundirilganda, u barbod bo’ladi. Bunga sho’rolar misolida ko’rishimiz mumkin, na siyosat na mafkura iqtisodiyotni nazorat qilishi, unga tazyiq o’tkazish darajasiga ko’tarilmasligi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlar har qanday mafkuradan holi bo’lishi lozim. Bozorning qoidasi shunday: kimning mahsuloti yaxshiroq va arzon bo’lsa, o’sha mahsulotga talab hammadan ko’ra ko’proq bo’ladi. Bu erda hech qanday siyosat yoki mafkura o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi.



Ikkinchidan, Islom Karimovning “Davlat asosiy islohotchi bo’lishi zarur. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchil amalga oshirishi, hiholatparastlar va konservatorlarning qarshiligini bartaraf etishi shart”1 degan fikri o’ta ahamiyatlidir.

Mustaqil O’zbekiston boshqariladigan ma’rifatli bozor iqtisodiyotiga utayotir. Unga faqat davlatning boshqaruvchilik kuchiga tayanib o’tish mumkin.

Uchunchidan, Islom Karimov o’zining “Yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang” risolasida hammaning qonunga itoatkor bo’lishi, qonunning hamma narsadan ustun turishini ta’kidlab o’tgan. Biz demokratik jamiyat sari borar ekanmiz, u erda qonun ustuvorligini unutmasligimiz, qonun oldida hamma teng, uni buzishga hech kim haqli emasligini bilishimiz lozim. Qonunning ustuvorligi huquqiy davlat barpo etish zaruriyatidan ham kelib chiqadi. Ma’rifiy dunyodagi bozor-bu eng avvalo, qonunga hurmat demakdir.

To’rtinchidan, respublikamizda ko’p sonli kishilar turmush darajasining pastligi totalitar iqtisodiy tuzumdan qolgan meros. Biz tanlagan yo’lning o’ziga xosligi shundaki, faqat aholi nochor qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish orqali bozor munosabatlariga o’tilishidir.

Birinchi chaqriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida Prezidentimiz Islom Karimovning “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” ma’ruzasida ham aholini ijtimoiy himoyasini ta’minlash islohotlarning barcha bosqichlarida asosiy yo’nalish bo’lib xizmat qilishi alohida ta’kidlanganligi diqqatga loyiqdir. Unda kelgusida ham davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash hajmi va miqdorini ko’paytirish bilan bir vaqtda haqiqatda yordamga muqtoj bo’lgan kishilar va oilalar ijtimoiy yordam olishlari lozimligi ko’rsatib o’tilgan.

Beshinchidan, davlatimiz rahbari Islom Karimov doimo islohot o’tkazishda shoshqaloqlikka yo’l qo’yib bo’lmasligi, uni ehtiyot bilan sekin-asta o’tkazish zarurligini ta’kidlab kelmoqdalar.

Shuni aytish kerakki, islohot biz uchun mutloqo yangi iqtisodiy tizimni, bozor tizimini yaratishi kerak. Yangilik hech qachon birdaniga yuzaga kelmaydi, har doim iqtisodga bosqichma-bosqich borilgan. O’zbekistondagi bozor iqtisodiga o’tish ham shunday.

Prezidentimiz ishlab chiqqan ana shunday tamoyillar zaminida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ma’naviy barkamollik zururligi o’z ifodasini topgan. Ya’ni islohotlar shunchaki islohotlar uchun emas, balki inson uchun, uning farovonligini ta’minlashga xizmat qilishi belgilangan. Insonlar va jamiyatda ma’naviyat taraqqiy qilsagina, islohotlarni amalga oshirish ham enlillashib boraveradi. Shuning uchun Prezidentimiz ma’naviyatni ko’tarish masalasini islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshishining muhim sharti sifatida belgilab bergan. U “Bozor munosabatlariga o’tish-hayotiy etuklik va sabr- matonatni sinovdan o’tkazuvchi o’ziga xos imtihondir. Bunda ma’naviy bo’shliqqa yoki ko’ngilga kelgan ishni qilaverishga berilishga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Shu sababli biz ma’naviy-ruhiy tiklanish va yuksalish muammolariga alohida ahamiyat beramiz”1 deb ko’rsatgan edi.

Ma’naviy-ruhiy inqiroz mavjud bo’lgan joyda iqtisodiy taraqqiyotga erishib bo’lmaydi. Ma’naviyati yuksak inson, vaqtinchalik mavjud bo’lgan iqtisodiy qiyinchiliklar oldida davdirab qolmaydi, u istiqbol bilan harakat qiladi, farzandlari, millati va mamlakatining porloq kelajagi yo’lida samarali mehnat qilishni o’zining turmush tarzining asosiy tamoyiliga aylantira oladi.

Bu O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishining ma’naviy omilining iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri borasida olib borayotgan yo’lining mazmunini tashkil qiladi.
Ma’naviyat va ma’rifat jamiyatning yuksak iqtisodiy taraqiyotga

erishish sharti.

Iqtisod va ma’naviyat o’zaro chanbarchas bog’liq. Ma’naviyatsiz iqtisod va iqtisodiyotsiz ma’naviyat yuksak bosqichga ko’tarila olmaydi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligini yurtboshimiz Islom Karimov bozor munosabatlariga o’tishning asosiy tamoyillaridan biri ekinligini qayta-qayta o’qtirib kelmoqdalar. Bundan ayrim kishilar bizga mafkura, siyosat kerak emas degan noto’g’ri xulosaga kelib, ijtimoiy fanlarga nisbatan noto’g’ri munosabat bildira boshlagan davrlar ham bo’ldi. Bu nunoq, uzoqni ko’ra bilmaydigan odamlar fikri.

Oldingi mavzularda qayd etilganidek, ma’naviyatisiz jamiyat bo’lishi mumkin emas. Har qanday iqtisodiy masalalarni ma’lum ma’naviyat va ma’rifat sohiblari hal etadilar. Mamlakat qanchalik iqtisodiy rivojlangan bo’lsa, bu mamlakatda ma’naviyat va ma’rifat shuncha yuksak bo’ladi. Yuksak ma’navit va ma’rifatga ega bo’lgan mamlakatning iqtisodiy kuch-qudrati ham yuqori bo’ladi. Demakki, ma’naviyati va ma’rifati yuksak inson yurt, mamlakat, xalqi oldida o’ziga yuklatilgan mas’uliyatni chuqur his etadi. Shu yurt, mamlakat, xalq uchun halol, fidokarona yaratuvchilik, bunyodkorlik mehnati bilan uning yuksaklikka parvozi uchun o’z hissasini qo’shishi kerakligini teran his etadi. Shunday qilib, ma’naviyat va ma’rifat yuksak iqtisod, yuksak iqtisod esa yuksak ma’naviyat va ma’rifat bilan bog’lanib ketadi.

Ayrim kishilar erkin bozor iqtisodi sharoitida ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy qadriyatlarning qiymati tushunib ketadi, madaniyat ikkinchi darajali narsaga aylanadi. Ma’naviy qashshoqlik avj oladi, deb davo qiladilar. Erkin bozor iqtisodiyoti bilan ma’naviyatni bunday qarama-qarshi qo’yish mutlaqo o’rinsiz, aksincha, yuqorida aytganimizdek, ular bir-birini to’ldiradi, chunki faqat ma’naviy sog’lom, kuchli jamiyatgina islohotlarga tayyor bo’lishi mumkin.

Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish ma’naviy o’nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un holda boradi.



Mana shuning uchun ham jamiyat ma’naviyatni yanada yuksaltirish XXIasr arafasi va uning dastlabki yillaridagi ustuvoor yo’nalishlardan biri ekanligi ikkinchi chaqriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida belgilab qo’yildi. Yurtboshimiz I.A.Karimov “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz” kitobida ta’kidlaganidek, har qaysi ijtimoiy toifa va qatlamning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, umumiy gaplar bilan emas amaliy ishlar bilan ma’naviyatni yuksaltirish diqqatimiz markazida bo’lishi shart1

Demak, ma’naviyat va iqtisod bir-birini inkor etmaydi, balki bir-birini quvvatlab, o’zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi. Hozirgi iqtisodiy islohotlarning yangi, yuqori bosqichiga o’tayotgan ekanimiz, demak, ishlab chiqarish tarmoqlari ishga tushib iqtisodiy yuksalish yuz beradi. Bu esa fan, madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qiladi. Xususan, bunga kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uni amalga oshirish jarayondagi ishlar yaqqol misol bo’la oladi.

Keyingi yillarda Prezidentimiz ma’naviyat-iqtisodiy rivojlanishning ham asosidir, degan yangi fikrni o’rtaga tashladi. Shurolar zamonida ma’naviyatning roliga bunchalar katta e’tibor berilmagan edi. Umuman biz uzoq yillar davomida ma’naviyat, madaniyatni iqtisoddan keyingi o’rinlarga qo’yishga odatlanib qolgan edik. Endilikda ma’naviyat oldingi o’rinlardan biriga chiqdi.

Ma’naviyatning oldingi o’ringa qo’yilishiga ikkita sabab bor: Birinchidan, rivojlangan mamlakatlarning taraqqiyot tajribalari ko’rsatadiki, faqat yuksak manaviyatgina yuksak iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashi mumkin. Ma’naviyat yaratuvchanlik va faollikning asosiy manbasi hisoblanadi. Ikkinchidan, Respublikamizda iqtisodiy rivojlanishni orqaga surayotgan, unga to’siq bo’layotgan sabablardan biri-ma’naviyatsizlik ekanligini anglab etdik. Bu haqaqat achchiq bo’lsa ham, ammo, uni tan olmasdan ilojimiz yo’q.

Iqtisod, ma’naviyat va ma’rifatning o’zaro chambarchas bog’liq ekanligini bizning ota-bobolarimiz to’g’ri tushunib etganlar. Shunga tayangan holda ular komil, ma’naviyati yuksak inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, boshqacha aytganda axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Undagi asosiy o’zak, jihat kishi qalbida haromdan xazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo’lishi, bozor munosabatlarida insof va diyonat, xaridorga munosabatda samimiylik, yumshoq muomala, xaridor kunglini topishga intilish asos qilib olingan.

“Ma’naviyat va malakaga qarab ishlab chiqarish holati belgilanadi. Yuqori malaka faqat yuqori ma’naviyat bor joyda bo’ladi. Bu esa ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot sifati, tannarxi va bahosi malakaga bog’liq bo’lganda, ma’naviyat uning asosida bo’ladi”1

Ma’naviyati yuksak kishi birovning haqqiga, davlat, jamoa mulkiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo’ladi. Vatani, eli, yurti, xalqi uchun jonini fido etishga o’zini ayamaydi. Buning aksi ularoq, ma’naviyati qashshoq kishilar nopok, firbgar, poraxur, o’g’ri, qalloblik yo’lidan borib Vatan va millat manfaatlariga befarq qaraydi.

Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada rivojlangan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviyati etuk farzandlari bilan ham jihonni hayratga solishi va unga yuz tutishi lozim.

Bunga esa iqtisod va ma’naviyat, ma’rifvtni birga, o’zaro mutanosib, mushtarak rivojlanishiga ahamiyat berganimizdagina erishishimiz mumkin.

Biz maqsad qilib olgan tsivilizatsiyalashgan bozor munosabatlari faqat yuksak ma’naviyat va ma’rifat negizida, yuksak axloqiylik va vatanparvarlik negizlarida bunyod etilishi mumkin. Buni hammamiz teran anglab olishimiz kerak.

Ma’naviyatli va ma’rifatli, imonli kishilargina o’zining halol-pok mehnati bilan boylik yaratuvchi, izlanuvchi, insofli, mehnatsevar, tadbirkor el-yurt dardiga malham bo’luvchi haqiqiy vatanparvar bo’ladi. Shunday fuqarolarga ega bo’lgan mamlakat, jamiyat iqtisodiy taraqqiyot pog’analaridan uzluksiz yuqoriga ko’tarilib boradi.

Ma’naviyatli va ma’rifatli kishilarda yaxshilikka moyillik va yomonlikdan, tiyilish hissi kuchli bo’ladi. Demakki, turli yomonliklardan tiyilish hissi jamiyatda osoyishtalik va farovonlikka olib keladi.

Kelajak yoshlarniki bo’lganligi uchun mamlakatimizda ularni ma’rifatli, tadbirkor, zukko va o’z kasbining ustasi, imon-e’tiqodli, zamon talablari darajasida etuk, ma’naviy barkamol bo’lishlari uchun Prezidentimiz boshliq hukumatimiz va keng jamoatchilik barcha imokniyatlarni yaratib bermoqda. Ilm-fan, ta’lim-tarbiya, hunar egallashni izchillik bilan amalga oshirish iqtidorli yoshlarga ochilgan keng imkoniyatdir. Bu boradagi olib borilgan ish Oliy Majlisning IX sessiyasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinganligida hamda bu masala ikkinchi chaqriq Oliy Majlis birinchi sisseyasida ustuvor yo’nalishlardan biri qilib belgilanganligida o’z ifodasini topgan. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi o’rnimizga kim kelishiga bog’liq.

Shunday qilib, ma’naviy barkamol ma’rifatli, madaniyatli, tadbirkor, fozil inson eng oliy faoliyat - mexnat, yaratuvchanlik, bunyodkorlik bilan mashg’ul bo’lishi uchun uning yashashi va sharoitini tubdan yaxshilash taraqqiyotimizning ob’ektiv qonuniyati bo’lib qolmoqda.

Bozor munosabatlariga o’tish va uning rivoji tadbirkorlik bilan chambarchas bog’liq. Zotan, bozor iqtisodiyotining talabi tadbirkorlik va ishbilarmonlikdir. Tadbirkor ham ma’naviy pok, ma’rifatli bo’lish kerak:



  • tadbirkor halol va haromni ajrata bilishi, haromdan hazar qilishi

lozim;

  • tadbirkor ma’rifatli, dunyoqarashi keng qamrovli, biryoqlamalikdan

holi bo’lishi lozim;

  • tadbirkor o’zi boshlagan ishga qa’tiy ishongan bo’lishi, aniq

maqsadni o’z oldiga qo’ygan va uning natijalarini aniq tasavvur eta bilgan bo’lishi lozim;

  • tadbirkor o’z xatolarini tan ola bilishi va uni o’z vaqtida

to’g’rilashga intilishi kerak;

  • tadbirkor tavakkalchasiga ham ish yuritishi, unga borishi kerak;

  • tadbirkor farosatli, insofli, mexnatsevar bo’lishi kerak;

Xullas, mustaqil O’zbekiston tanlab olgan bozor iqtisodiyoti yo’li

shuning uchun ham istiqbolliki, u har bir kishidan o’ta tadbirkorlikni, hozirjavoblikni, tejamkorlikni, uddaburonlikni, vaqti soati kelganda sabr-toqatlilikni, sovuqqanlikni, har bir vaziyatda ishning ko’zini bilishini, muomalada nihoyatda ehtiyotkorlikni, har bir so’zning shakli va mazmunini ajratish va farq qilishni talib etadi.

Yuqorida tadbirkorlik xislatlari qanday bo’lishi haqida fikr yuritdik. Bu xislat va xususiyatlar o’zbek xalqida azaldan mavjud. Afsuski ularning ko’pchiligi turli sabablar ta’sirida kishilarimizning yodidan chiqib, xayolidan ko’tarilgan, yoki mustabid tuzum va uning mafkurasiga yod narsalar sifatida ularning ongidan siqib chiqarilgan. Endi ularning tiklanishi va hayotimizda o’zlariga xos o’rin egallashi kerak.

Bozor iqtisodi-demakkim, zamon talabi, mustaqillik qonuni. Mamlakatimizda kishilarning, ayniqsa, yoshlarning tadbirkorlik ishi bilan shug’ullanishlariga barcha imkoniyatlar yaratilgan va u qonun bilan mustahkamlangan. Vazifa ana shu qonun doirasida tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirib, O’zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan o’rin olishiga olib chiqishidir. Shuning uchun ham yoshlar bizning, mamlakatimizning kelajagi deymiz. Zotan, buyuk kelajak ma’nan yuksak, ma’rifatli yoshlarimiz qo’lidadir.

9.3. O’zbekiston milliy musttaqillikning iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy asoslari.

Mamlakatimiz o’zining ko’pasrlik davlatchilikni shakllantirish, rivojlantirish tarixiga ega. Uning davlatchilikni vujudga keltirish tajribalari mustaqillikni mustahkamlashimizga o’zining ijobiy ta’sirini o’tkazib kelmoqda.

Ayniqsa o’zbek davlatchiligi tajribalarida ma’naviyatni rivojlantirishga qaratilgan siyosatning ahamiyati nihoyatda kattadir.

Bundan tashqari, O’zbekistonda iqtisodiyot va ma’naviyatni rivojlantirishga ham, mavjud bo’lgan imkoniyatlar resurslarni ishga tushurishga ham katta e’tibor berilmoqda. Ulardan qanchalik unumli foydalana olsak, iqtisodiyot va ma’naviyatni rivojlantirish borasida ham belgilangan maqsadga erishish mumkin bo’ldi.

O’zbekiston milliy mustaqilligining iqtisoiy asoslari to’g’risida so’z ketganda uning noyob tabiiy xom ashyo imkoniyatlari haqida alohida aytib o’tish lozim. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat deyilganda xuddi shu imkoniyatlar ham nazarda tutilganini yoddan chiqarmasligimiz kerak.

Yurtboshimiz haqli ravishda aytganidek, O’zbekiston o’z er osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi. Bu erda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2700 dan ziyod turli foydali qazilma konlari aniqlangan. Ularning birgalikdagi qiymati mamlakatimiz va xorijiy mutaxassislar bahosiga ko’ra 3.3 trillion AQSh dollaridan ortiqroq baholanayotir. Har yili respublika konlaridan taxminan 5.5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda.

Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, vol’from, kaliy tuzlari, fasforitlar, qaolinlar bo’yicha O’zbekiston dunyoda etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Masalan oltin zaxiralari bo’yicha O’zbekiston dunyoda 4-o’rinda, qazib olish bo’yicha 7-o’rinda, mis zaxiralari bo’ycha 10-11 o’rinda, uran zaxirasi bo’yicha 7-8 o’rinda turadi.

O’zbekiston noyob yoqilg’i-energetika resurslariga ega ekanligi bilan ham ajralib turadi. Qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trillion kub metrga yaqin, ko’mir 2 milliard tonnadan ortiq, 350 million tonnaga yaqin neft zaxiralari mavjud.

O’zbekiston qudratli ilmiy-ma’naviy potentsialga ham egadir. Respublika xududida fan ishlar akademiyasi, 120 dan ziyod ilmiy tadqiqot institutlari, 60 dan ortiq Oliy o’quv yurtlari mavjud.

Ilmiy xodimlar soni 100 mingdan ortiq bo’lib, ular orasida 200dan ortiq akademik, 2200 ga yaqin fan doktorlari va professorlar, 14600 dan ziyod fan nomzodlari va dotsentlar bor.

O’zbekiston rivojlangan, ko’p tarmoqli qishloq ho’jaligiga egadir. Paxta O’zbekiston qimmatbaho xom ashyo etishtiradigan jahondagi eng yirik o’lkalardan biri hisoblanadi. O’zbekiston bu ekinni etishtiradigan mamlakatlar orasida jahonda to’rtinchi o’rinni va paxta mahsulotini eksport qiladigan mamlakatlar ichida ikkinchi o’rinni egallaydi. Har yili mamlakat dalalarida, bog’larida 5 million tonnagacha meva va sabzavotlar etishtiriladi.

O’zbekistonning mexnatsevar, iste’dodli va mexmondo’st xalqi Respublikaning chinakkam boyligidir. O’rta Osiyodagi barcha mehnat resurslarining 40% ga yaqini O’zbekiston hissasiga to’g’ri keladi.

Mustaqillik yillari O’zbekistonda barqarorlik va tinchlik, fuqarolar osoyishtaligi va millatlararo totuvlik saqlanib turibdi. Yaxshi qo’shnichilik va insonparvarlik o’zbeklar tabiatidagi tug’ma milliy va diniy fazilat hisoblanadi. Barcha zamonlarda O’zbekiston ko’p millatli davlat bo’lib kelgan va kelajakda ham shunday davlat bo’lib qoladi. O’zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari bo’lgan 27 milliondan ortiq kishi yashaydi. Tinchlik, ijtimoiy totuvlik va adolat g’oyalari bizning ajdodlarimiz qoldirib ketgan ma’naviy meros hisoblanadi.

Bu merosni qanchalik chuqur o’zlashtirsak, shunchalik darajada mavjud imkoniyatlardan foydalanish, vazminlik, bunyodkorlik, hamkorlik, millat va mamlakat manfaatlari yo’lida fidoiylik kabi fazilatlarimiz rivojlanib boradi. Bu fazilatlar murakkab o’tish davri uchun katta amaliy ahamiyatga molik bo’lgan omil hisoblanadi.

Xullas yuqorida ko’rganimizdek, juda katta boyliklar mavjudligi, qudratli sanoat bazasi, ilmiy va intelektual salohiyat, ma’naviy fazilatlar, davlat suvereniteti yangi jamiyat barpo etish, O’zbekistonni rivojlangan, gullab-yashnagan davlatga aylantirish uchun zarur bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, ma’rifiy asos bo’lib qoladi.

Takrorlash uchun savollar



  1. Iqtisodiyot fani nimani o’rgatadi?

  2. Bozor iqtisodiyoti deganda nimani tushunasiz?

  3. Mustaqil O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos

yo’lini qanday tushunasiz?

  1. Nima uchun ma’naviyat va iqtisod o’zaro bog’liq?

  2. Tadbirkorning ma’naviy xislatlariga nimalar kiradi?

  3. O’zbekiston mustaqilligining iqtisodiy va ma’naviy –ma’rifiy

zaminlari nimalarda deb bilasiz?

10-Mavzu. Milliy o`zlikni anglash, uni mustahkamlash va millatlararo totuvligini ta`minlashda shaxs ma`naviyatining ahamiyati.


Reja:

  1. Milliy o`zligni anglash, uning mohiyati.

  2. Huquqiy savodxonlik-ma`naviy etuklik mezoni

  3. Demokratiyaning ma`naviy-ma`rifiy jihatlari

Adabiyotlar



    1. I.Karimov, O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. T., ”O`zbekiston”, 1992.

    2. I.Karimov O`zbekiston – bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. T., ”O`zbekiston” 1993.

    3. I.Karimov. ”Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasidagi so`z bo`shi. Asarlar 9-jild. T., ”O`zbekiston” 2001

    4. I.Karimov. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xafsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Asarlar 6-jild. T. O`zbekiston 1998.

    5. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin: (I.Karimovning “Tafakkur” jurnali Bosh muxarrirning savollariga javoblari). Asarlar 7-jild, -T.: “O`zbekiston” 1999.

    6. Sharifxo’jaev M., Davronov Z. Ma’naviyat asoslari. T.: 2005.

    7. S.Otamurodov va boshqalar. Ma`naviyat asoslari T.: Meros, 2002.


Download 3,09 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Download 3,09 Mb.