O’zbekiston Respublikasi




Download 3,09 Mb.
bet25/36
Sana10.04.2017
Hajmi3,09 Mb.
#3630
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
1
Temuriylar sulolasi davrida ma’naviyat va ma’rifat rivoji.

Amir Temur va temuriylar davri, umuman Sharq, xususan O’rta Osiyo ilm-fani, madaniyati, adabiyot va san’ati rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr tub burilishdir. Bu davrdagi ma’naviy-ma’rifiy hayotdagi ko’tarilish va yuksalishining manbai, boshlanishi IX-XII asrlarga borib taqaladi. XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrdagi O’rta Osiyoning madaniy, ma’naviy va ma’rifiy kamoloti IX-XII asr madaniyati, ma’naviyati, ma’rifatining davomidir. O’rta Osiyo xalqlari orasidan etishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi xuddi shu davrda shakllandi va ijod etdi.

Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy, olimlar – Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushni, faylasuf shoirlar-Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, musavvirlar – Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Miriq Naqqosh; hattotlar-Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad xandon, Muxammad bin Nur va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning barchasi o’sha davr va o’zlarigacha bo’lgan insoniyat ma’naviyati, ma’rifati va madaniyati yutug’ining barcha sohalarini mukammal bilib va o’zlashtirib olgan, o’zlari tanlagan sohalarining hali hech kim tomonidan zabt etilmagan cho’qqilarini egallagan ulug’ siymolar, qomusiy ilm, aql egalari bo’lganlar.

Shuning uchun ham ularning boy, serqirra ijodlari tengi yo’q va takrorlanmas ilmiy-falsafiy, badiy,tarixiy asarlari asrlardan asrlarga, davrlardan davrlarga esan-omon o’tib, barcha alg’ov-dalg’ovlarga bardosh berib bizlargacha etib keldi.

Kamoliddin Behzod va uning shogirdlari ijodida yuksak bosqichga ko’tarilgan mussavirlik san’ati Sharq uyg’onish davrining yutuqlaridan biridir. Behzod o’zinig takrorlanmas ijodi, go’zal miniatyura san’ati va ajoyib joy mahorati bilan nafaqat Sharqda, balki, butun dunyoda ham o’chmas iz qoldirgandir. “Ikkinchi Moniy”, “Sharq Rafaeli” deb yuksak darajada e’zozlangan Behzod mashxur so’z san’atkorlari – Jomiy, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon va boshqalarning simolarini yaratgan yuksak ma’naviyat egasidir.

Temuriylar davri ilm-fan, madaniyat, ma’rifat rivoji Mirzo Ulug’bekning nomi bilan chambarchas bog’lanib ketgan. U davlat arbobi, fan, ma’rifat xomiysi, buyuk omil va munajjim. U o’zi bunyod ettirgan rasadxona va ilm ma’rifat markaziga turli sohalarda ish olib boruvchi 100 dan ortiq ilm ahillarini to’plab, keng jabhada ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan. Bular Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Axmad, Muhammad Xavofiy, Abdul Ali Birjondiy, Mirim Chalabiy, Muiniddin Koshiy kabi zamonning zabardast olimlari bo’lgan.

Mirzo Ulug’bek shu asosda Samarqandda “Ulug’bek akademiya”siga asos solgan edi. “Ziji jadidi Kuragoniy” (Kuragoniyning yangi astranomik jadvali”) va “Turt ulus tarixi” nomli asarlarinig muallifidir.

Mirzo Ulug’bek fan xomiysi bo’lishi bilan birga, mamlakatda ma’rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. U Movarounnahrda uchta madrasa qurdirdi. Bulardan biri Samarqandda (1417-1420), ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchunchisi G’ijduvonda (1433)dir. Hatto, Buxorodagi madrasa peshtoqiga hadisdan: “Ilm olish har bir mo’min va muslima uchun farzdir”, -deb yozdirib qo’ydi.

Mirzo Ulug’bek ko’proq buyuk olim, ilm-fan, ma’rifat xomiysi bo’lgani uchun ham yanada qadrlidir. U geometriya, matematika, astranomiya, tarix, adabiyot, mantiq, musiqa ilmlarini bilgan. Qur’on, Hadis va fiq ilmlaridan yaxshi xabardor bo’lgan allomadir. XV asrda aniq fanlarning, xususan astranomiyaning rivojida Mirzo Ulug’bekning xizmatlari beqiyosdir. Uning dahosi bugun ham insoniyatga xizmat qilmoqda.

Temuriylar davri ma’naviyati va ma’rifati rivoji o’zlarininng ongli hayoti va faoliyatini insonning baxt-saodati, xalqlar osoyishtaligi obodonlik ishlari, ilm-fan, adabiyot va san’at rivojiga bag’ishlangan ikki buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va Mir Alisher Navoiy (1441-1501) larning nomi bilan chambarchas bog’liqdir.

Abdurahmon Jomiy O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy olamida, badiii tafakkur osmonida yorqin nur sochib, o’lmas iz qoldirgan.mutafakkirlardan biridir. Abdurahmon Jomiy temuriylar davri dunyoqarashi, mafkurasi bo’lmish naqshbandiychilikka ixlos qo’ygan, uni qabul qilgan, o’zi shu yo’ldan borgan va uning g’oyalarini targ’ib etgan. Naqshbandtlik adolatni, o’z mehnati asosida bunyod etilgan halol luqmani ma’qullagan, dabdabali hayotni rad etgan, g’irrom yo’llar bilan mol-mulk topishni qoralagan. Bu ta’limot insonparvarlik, rostgo’ylik, halollik, mehnatsevarlik, ma’naviy poklik, kamtarlik, samimiylik kabi chin insonniy fazilatlarni ulug’laygan. Uning “Dil ba yoru dast ba kor” – “Ko’ngil Ollohdayu, qo’l mehnatda” shiori Jomiy va Navoiy kabi mutafakkirlarni o’ziga jalb etgan. Shu sababli bu ikki siymo, so’z san’atkorlari naqshbandiylik yo’lini qabul qilganlar va o’z ijodlarida uning g’oyalarini tarannum etganlar.

Abdurahmon Jomiy “Xirandnomi Iskandar” (Iskandar aqlnomasi) asarida el-ulus dardi bilan yashovchi, uning arzu dodiga quloq tutuvchi hukmdor siymosini yaratadi. Hukmdor adolatli va odil bo’lishi lozim deb, odillik va adolatni nurga o’xshatadi.

Agar chiqsa adolatning quyoshi,

Taralgay har tomon nuri ziyosi.

Agar zulm etsa zolim, bu sitamdan,

Jahon bo’lgay qaro, yo’q intihosi-deb xitob qiladi.

Jomiy el-ulusga, insonga yaxshilik qilish, ularga nisbatan muruvvat qo’rsatish inson jonini ulug’laydi, deb shohlarni, hukmdorlarni shunga chaqiradi:

Ey toju muhrga ko’ngil bog’lagan,

Qachongacha tojumuhr qoladi?

Mulku boylik bari ketadi bir kun

Na zamon, na zamin na Nahr qoladi.

Qo’yilgan kelgancha yaxshilik qilg’il,

Jahonda senga shul mehr qoladi., -

deb yozgan Jomiy nechog’liq xaq ekanligini anglab yotmog’imiz darkor.

O’zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, o’zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy O’rta Osiyoning ma’naviy va ma’rifiy fikr taraqqiyotida alohida o’rin tutadi. U adabiyot san’atning turli sohalariga oid qirqdan ortiq asar yaratdi. “Chor devon”, “Hamsa”, “Mahbubul qulub”, “Muhoqamat u-lug’atayn”, “Majolis un-nafois”, “Lison ut-tayr” va boshqalar shular jumlasidandir.

Alisher Navoiy o’z asarlarida zolim, mustabid, nodon maishatparast shoh va hukmdorlarni qoralab, ularga qarshi insonparvar, xalqparvar,odil, adolatli hukmdor obrazini qo’yadi.

Odami ersang demagil odami,

Oniki yo’q xalq g’anidin g’ami.

Mazkur bayt Alisher Navoiy ma’naviyati va insonparvarligining nuqtasi desak, hech yanglishmaymiz. Alisher Navoiy butun umri davomida insonparvarlikni, odamiylikni o’ylab, uni ulug’lab o’tgan. Kishilar g’amida bo’lish, yaxshilik qilish, muruvvat ko’rsatish bu buyuk zot hayotining mazmuni bo’lgan. Uning qabrida mana bu so’zlar bitib qo’yilgan: “Shohi g’aribon”, ya’ni g’ariblar, yolg’izlar, faqirlar shohi.

Alisher Navoiy saxovat va muruvvatda benazir inson bo’lgan. O’zining joylardagi er-suvlari, mol-mulklaridan kelgan daromadlarini to’laligicha xayriya ishlariga sarflagan.

Birgina Hirot shahrida o’zining jamg’armasi hisobidan qanchadan-qancha binolar, inshootlar barpo etgan. Injil kanalining janub tomonida katta tibbiyot o’quv yurti va shifoxona barpo ettirgan, ularga taniqli tabib va dorishunoslarni jalb etgan. Ixlosiya madrasasi yonida katta saroy qurdirib, undagi mexmonxonada kambag’al beva-bechoralarni tekin ovqat bilan ta’minlagan. Muhtoj kishilarga har yili ikki ming po’stin va kiyim-kechak tarqatgan.

Alisher Navoiyning bundan qariyb 550 yil avval ilgari surgan g’oyalari asrlar osha ahamiyatini, hayotiyligini yo’qotmagan. Prezidentimiz Islom Karimovning insonparvarlik, xalqlar tinchligi uchun olib borayotgan kurashi bilan hamohang bo’lib yangiramoqda.

Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davri ilm-fan, ma’rifat, ma’naviyat va madaniyati jahon tsivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa bo’lib qo’shildi. Bunda ulug’ bobomiz, davlat arbobi, sarkarda sohibqiron Amir Temurning xizmatlari beqiyos va benazirdir. Buni hammamiz to’g’ri anglamog’imiz lozim, ul ulug’ zod ila faxirlanishmiz barchamizning barchimiz.


Amir Temur va temuriylar davrida yaratilgan ma’naviy merosini

ma’naviy tiklanishida tutgan o’rni

Milliy mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sohasida o’z o’rinlariga ega bo’lgan piru-komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o’rganish va ulug’lash imkoniyati yuzaga keldi. Buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va uning avlodlari qoldirgan, abadiylikka daxldor merosi bugungi kunda xalqimiz ruhiy-ma’naviy poklanishi va milliy o’zligini anglashning bitmas-tuganmas chashmasidir.

Biz bugun yashayotgan Mustaqil O’zbekiston davlatidagi tarixiy go’zal maqonlarning ko’pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga kelgan. temuriylar davri har sohada chinakam uyg’onish davri bo’ldi. 150 yillik mustamlakachilik, 70 yilik qaramlik yillarida shunday buyuk zot, dunyoga mashhur davlat arbobi, ulug’ bunyodkor Amir Temur shaxsiyatining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkonidan mahrum bo’lib yashadik. Sho’ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan yashirib keldi. Bobokalonimiz to’g’risida ikki og’iz iliq so’z aytilgan barcha manbalar ko’zdan yashirildi, taqiqlandi yoki soxtalashtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek. “Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora buyoq bilan o’chirildi, unitishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan, milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi”. Yoki Prezidentimizning yana quyidagi so’zlarini eslaylik. “Shuro davrida bizga Amir Temurni bosqinchi, zolim, qonxur jallod, borib turgan johil, deb o’qtirib kelishdi.. Amir Temur haqidagi bu uydirma-sof siyosiy maqsadlarni ko’zlagan tuhmatdan iborat. Bilasizmi, bu ishlarning tagidagi maqsad bitta bo’lgan, ya’ni bizning o’zligimizni, tariximizni unuttirish bizni manqurtga aylantirish. Shuning uchun ham biz Amir Temurning hurmatini joyiga quyar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali xalqimizning, millatimizning izzat-xurmatini joyiga qo’ygan bo’lamiz. Buni hech qachon unutmaslik zarur. O’zligimizni anglashimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz”.

O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Prezidentimiz Islom Karimov boy ma’naviy merosimiz, danu-imonimiz, qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug’ bobomiz sohibqiron Amir Temur nomini, u haqidagi tarixiy haqiqatni tiklashga shaxsan rahnamolik qilib kelmoqda. O’zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni ham qaytarib bergani bilan alohida qadrlidir. Xorijda siymosi yillar davomida teatr sahnalaridan tushmay kelgan, Evropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tilarida esa 900 ga yaqin kitoblar yozilgan, ko’pdan-ko’p suvratlari ishlangan, qisqasi, dunyoga mashhur bo’lgan ulug’ zot Amir Temur yana xalqimiz qalbidan munosib o’rin oldi.

Istiqlolimiz endi ko’rtaq otayotgan davrda Toshkentning markazidagi xiyobonda sohibqironga o’rnatilgan muhtasham haykal mustaqillik poydevoriga qo’yilgan oltin g’isht bo’ldi.

1994 yilda Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi 1996 yilda esa sohibqiron tavalludining yilligi munosabati bilan dunyo miqyosida ulkan tadbirlar o’tkazildi. Parijdagi YuNESKO qarorgohida o’tkazilgan yubiley tantanalari muhim ahamiyat kasb etdi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra “Amir Temur” sayriya jamg’armasi tashkil etildi. Dunyoning taniqli siyosat arboblari, olimlari, yozuvchilari, tarixchilari ishtirokida ilmiy – amaliy anjumanlar o’tkazildi. Prezident farmoni bilan yuksak mukofot Amir Temur ordeni ta’sis etildi. Temuriylar tarixi davlat muzeyining barpo etilishi respublikamiz, xalqimiz hayotida muhim voqea bo’ldi. Yubiley munosabati bilan kuylab tarixiy-ilmiy asarlar, risolalar, albomlar va boshqalar. Shu o’rinda Amir Temurning o’zi yaratgan “Temur tuzuklari” risolasini akademik Buriboy Axmedovning “Amir Temur” tarixiy romanini, Erkin Azimovning “Amir Temur saltanati” risolasini, Abdulla Oripovning “Sohibqiron” she’riy dramasini, Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiylarning “Zafarnoma” asarlarini F.Ashrlfiyning “Temuriylar davri miniatyurasi” kabi nashrlarni alohida qayd etish mumkin.

Yuqorida aytganimizdek, o’zoq yillar davomida mustamlaka va qaramlik iskanjasi ostida kun kechirgan xalqimiz Amir Temur kabi o’z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeyini munosib o’rniga ko’yish imkonidan maxrum edi. Bunga intilgan, harakat qilgan olim, faylasuf, tadqiqotchiga millatchi, o’tmishni ideallashtiruvchi degan tamg’a bosilar edi. Mustaqillik tufayli bularning hammasiga barham berildi. Mustaqillikning manashu nurafshon kunlarida yurtimiz uzra Amir Temurning ruhi bizdan rozi bo’lib kezib yurgan bo’lsa ne ajab!

... davlatchiligimiz asoslarini yaratib ketgan Temur bobomiz g’ayrat- shijoati, yuksak aql-zakovati, tadbirkorligi, elparvarligi bilan bizga hamisha ibrat namunasi bo’lib qolg’usidir. Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz”1.

Bularning hammasi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik tufayli o’zbek xalqining ma’naviy tiklanishi borasida olib borilayotgan keng jabhadagi xayrli ishlardan bir nishona xolos.


Takrorlash uchun savollar:

  1. Nima uchun Amir Temurni buyuk davlat arbobi va sarkarda deymiz?

  2. Amir Temurning yuksak ma’naviyat egasi ekanligini izohlang.

  3. “Temur tuzuklari” qanday asar?

  4. “Temur tuzuklari” asaridagi adolat, to’g’rilik, halollik dustlarga sadoqat, vatanparvarlik to’g’risidagi fikrlardan misollar keltiring.

  5. Mirzo Ulug’bekning ilm-fan va ma’rifat rivojiga qo’shgan hissasi nimalardan iborat?

  6. Ulug’bek akademiyasida faoliyat ko’rsatgan olimlardan kimlarni bilasiz?

  7. Nima uchun Alisher Navoiyni “So’z mulkining sulatoni” deb ataymiz?

  8. Alisher Navoiy ma’naviyatini ifodalovchi qanday xislatlarini bilasiz?

  9. Alisher Navoiyning qanday asarlarini bilasiz?

  10. Mustaqillik va Amir Temur, Temuriylar davriga munosabatdagi o’zgarishini tushuntirib bering.

7-Mavzu. Jadidchilarning ma`rifatparvarlik harakatlari va ularning xalq ma`naviyatini ko`tarishda tutgan o`rni.


Reja:

  1. Jadidchilik harakatining mazmuni va unig umumxalq ma`naviyatini ko`tarishdagi ro`li

  2. Jadidchilarning amaliy harakatlari va tarixiy taqdiri

Adabiyotlar:



  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch T. “Ma’naviyat”, 2008.

  2. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. T.: O’zbekiston 1994.

  3. Milliy istiqlol g’oyasi: Asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: Yangi asr avlodi, 2001

  4. Sharifxo’jaev M., Davronov Z. Ma’naviyat asoslari. T.: 2005.

  5. Otamurodov va boshqalar. “Ma`naviyat asoslari” T.: “Meros”, 2002.

  6. Aliev A. Ma’naviyat,qadriyat,badiyat. T.: Akademiya, 2000. 2-bob.

  7. Ma’naviyat yulduzlari. T.: Meros, 2001.

  8. A.Abdulayev. Ma`naviyat va iqtisodiy tafakkur: T: “Ma`naviyat”, 1999

  9. “Ma`naviyat yulduzlari” T.: “Meros”, 2002.

Jadidchilik harakatining mazmuni va unig umumxalq ma`naviyatini ko`tarishdagi ro`li


Ma’rifatning lug’oviy ma’nosi bilishi, tanish bilim demakdir. Boshqacha aytganda ma’rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatni oshirishga qaratilgan ta’lim tarbiya jarayonlaridir. Ma’rifat so’zining ko’plikdagi ma’nosi maorifdir. Ma’rifat atama sifatida-tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi. Ma’rifatli degani-bilimni, muayyan sohada ma’lumoti bor demakdir.

Ma’rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi.

Demak ma’rifat –bilim va madaniyatning qo’shma mazmuni bo’lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish quroli, vositasidir. Ma’rifat asosan umumiy va o’rta maxsus bilim beruvchi maktab va kasb-hunar kollejlarida tarqatiladi. Ma’rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo’lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari, shakllari va sohalarini o’z ichiga oladi.

Jamiyatda ma’rifat, ya’ni bilim ma’rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma’rifatparvar-ma’rifat uchun kurashuvchi ilm, blim chirog’ini yoquvchi, ma’rifat xomiysi va tarafdori demakdir.

Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga, bir tarixiy davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga o’tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonning eng-etuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoiy, elim, yurtim deb yashavchi, uzoqni ko’zlovchi ma’naviyatli kishilari ma’rifatparvarlik bilin shug’ullanadilar.

Ma’rifatparvarlar odamda davr uchun, jamiyatning, mamlakatning, xalqning buguni va kelajagi uchun muhim g’oyalarni ilgari suradilar, shu g’oyalarni amalga oshirish uchun kurash olib boradilar.

Ma’rifat ma’naviy qaramlik, qo’rquv bartaraf etadi. Insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat baxsh etadi. Shuning uchun ozodlik uchun kurashchilar mamlakat, millat ozodligini xalqning ma’rifiy uyg’oqligida deb biladilar va ma’rifat uchun kurashadilar.

Turkiston ma’rifatchiligi maktabi boy o’tmish va ulkan merosga ega. Maxmudxo’ja Behbudiy, Mutavvarqori Abdurashidxonov, Abdulqodir Shakuriy, Ashulli Zoxidiy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat va Axmad Danishlar XIX asr oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qoloqlikdan xolos etishning yagona yo’li ma’rifatda deb bildilar. Bu fidoiy zodlar mustabid tuzum va jaholatga, ma’naviy qullik va zulm-zo’ravonlikka qarshi bor kuchlari bilan kurash olib bordilar. Bu ma’rifatparvar bobolarimiz dunyo kezib, jahon xalqlarining ilmu-ma’rifati, madaniyati bilan tanishib, mustamlaka o’lkan, uning kishanlarini ilm chirog’i bilangina parchalamoq, ozodlik sari boshlamoq mumkin ekanligini chuqur his etdilar. Shu sababli ham eng avvalo yurtimizda maktab-maorif ishlarini rivojlanishida ham nazariy ham amaliy jihatdan azmu shijoat namunasini ko’rsatdilar.

Ko’rinadiki, jadidchilik, ma’rifatchilik ham millatni ma’rifatli qilish, ma’naviyatni yuksaltirish maqsadlarida yuzaga kelgan buyuk tarixiy harakatdir.

Jadidchilikning asosida “Jadid” so’z yotadi. Jadidning ma’nosi “yangi demadir, u shunchaki “yangi” yo bo’lmasa “yangilik tarafdori” degani emas. Balki “yangi tafakkur” , “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma’nolarni o’zida mujassam etgan.

Jadidchilik g’oyasi Millat va Vatanning hayot–momot masalasi kun tartibiga qo’yilgan haqida bong uradi. Chaqmoqdek charaqlab uning bag’ridagi jarohatlarni yoritadi. Obirahmat bo’lib, ona-Turkiston ko’ksidagi maorif, matbuot, teatr nihollariga hayot baxsh etadi. Bu g’oyaning asosida milliy uyg’onish, milliy mustaqillik uchun kurash yotadi.

Jadidchilikning mohiyatini Millat va Vatanni anglashdan ular manfaati uchun ko’rashgacha bo’lgan qizg’in va hayojonli jarayon tashkil qiladi. Bu harakat millatni ham tarbiyalab bordi. Jadidlarimiz millatning yashamog’i, taraqqiy topmog’i uchun birinchi navbatda, ozod, mustaqil bo’lmog’i lozimligini anglab etadilar va tinch xalqni uyg’otishiga alohida e’tibor beradilar.

Xalq esa, Po’latxon va Dukchi eshon voqealaridan “Turkiston” muxtoriyat” mohiyatini anglash va qo’llashgacha bo’lgan masofani bosib o’tdi. Jadidlarimiz siyosiy ishlar-haq-huquq, milliy davlat, hokmiyat masalalari bilan muntazam shug’ullandilar. Ayni paytda, maktab - maorif isloh qilina boshlandi. Milliy matbuot yo’lga qo’yildi. Teatr paydo bo’ldi. Yangi adabiyot shakllandi. Bir so’z bilan aytganda, yangi tafakkur maydonga keldi. Bu milliy o’zlikni anglash va mustaqillik mafkurasi edi.

“Jadid” atamasi Turkiya turklarida ilk marta Sulton “Salim hukmronligi (1739-1802) davrida paydo bo’ldi. Avstriyaga elchi qilib yuborilgan Abubakr Ratib afandi shohga yozgan bildiruvlarida u erda ko’rgan idora tizimini “nizomi jadid” deb tushintiradi. 1789 yilgi Frantsuz inqilobidan keyin qurilgan yangi tizimni esa “Fransiya nizomi jadidi” deyila boshlandi. Shu yillari “nizomi jadid”-tor ma’noda askariy tizimni ovrupalashtirishni, keng ma’noda ilm-fan, maorif, sanoat va qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirishni ko’zda tutadi. Jadid va qadim iborasi keyingi qarrorda maydonga kelgan bo’lsada, u mohiyatdan eskilik va yangilik, asrlarda va turg’unlik o’rtasidagi, eski kurashdir. “Yunon qadimchilari miloddan avvalgi IV asrda Suqroatni Jadidchilik qabohati bilan ayblab, qatl ettirdilar”, -deb yozadi. Ismoil Gaspiriskiy “Qadimchilik-Jadidchilik” (“tarjimon”, 1909 yil 19-son) maqolasida. Shundan hozirgacha, masalan, hatto zamonamizning eng madaniy, eng mutaraqkiy insonlari o’lan inglizlar orasida ham qadimchilar g’oyat ko’pdir”, -deb davom etadi muallif va bularning tepasida hatto olamga mashhur olimlar, siyosatchilar, iqtisodiyotchilar turganini aytadi.

Abdulla Avloniy “Bu kunda madaniy millatlar urushlarini sanoat va tijoratga aylantirdilar va bu sohada bir-birlariga g’alaba va raqobat qila boshladilar”, -deb yozadi. Fitrat va Cho’lpon bo’larni “madaniyat vahshiylari” deb ataydilar. Mohiyat o’sha-o’sha, o’zgargan emas. Faqat shakllar har xil. Samovarni suvining ichida o’t yonati, bu erda sehr bor, binobarin noshar’iy, tome’larining shamlarini elektr bilan almashtirishga tish-tirnoqlari bilan qarshi chiqishi “usuli jadid” maktabini, zamonaviy fan-texnikasini rad et ish, gazeta, teatrga “shaytoniy ish”, “shakkohlik” deb qarash va ularning hammasidan kofirlik izlash jadid-qadim kurashining bir ko’rinishi sifatida namoyon bo’lgan edi. Jadidlik oqim emas, harakat. Ijtimoiy, siyosiy ma’rifiy harakat yaqingacha ham u faqat ma’rifatchilik harakati deb kelishdi. Bu ataylabdan qilingan edi. Maqsad- jadidchilikni doirasini toraytirish, sotsialistik-kommunistik mafkuradan boshqasi keng xalq ongini qamrab olishi, egallash mumkin emas, degan soxta tushunchaning asorati edi. Aslida esa:


  1. Jamiyat barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uyg’onish mafkuraksi

bo’lib xizmat qildi:

  1. Mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning g’ayrat va tashabbusi

bilan dunyo qurgan Turkiston muxtoriyati bu yo’ldagi amaliy harakatlarning dastlabki natijasi edi;

  1. Maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga

moslab chiqardi.

“Rusiya jadidchitligi”, “Buxoro jadidchiligi”, “Turkmaniston jadidchiligi” degan atamalarni uchratamiz. Bizningcha, harakat umumiy, ko’rinishlar konkret bo’lganligi uchun farqli, mohiyat bitta yangilanish. Bu turli joyda turlicha namoyon bo’ldi. Masalan, Turkiyada 1839 yildagi mashhur Mustafo Rashiy Posho tomonidan yozilgan, Gulxoni xatti Humoyun” nomi bilan qirib, “Tanzimotni” boshlab bergan davr ham, bizcha, yangilanishdir - jadidchilikdir. To’g’ri, u asosan, g’arblashishni tamal qilib olgan edi.

Shuning uchun ham ko’p o’tmay, bunga qarama-qarshi ravishda “turkchilik”, “usmonchilik”, “islomchilik”, “turonchilik” kabi milliy g’oyalar o’rtaga tashlaydi. Ovrupalashish bizda ham jadidchilikning muhim hususiyatlaridan biri bo’lgan. Chor hukumati bundan mahalliy halqni ruslashtirish yo’lida foydalandi ham. Lekin mezon-mahalliy halqning o’z dini va e’tiqodini dahlsiz qoldirish. Ovropa ilm-fanini shularning muhofazasiga xizmat qildirish uchun kurash ketdi. Turkchilik, islomchilik, mahalliy o’zbekchilik kabilarning bu erda ham maydonga kelishi bejiz emas. Aslida bizning jadidlarda fikr va g’oya qorishiqligi juda kuchli. Mana, masalan, yangi o’zbek adabiyotining shakllanishi boshida turgan Muqimiy, Furqatlarni oling. Ular 30-yillarda jadid adabiyoti vakillari sifatida to’g’ri talqin qilingan. Muqimiy o’z hajviy asarlarida savdo va sanoatning, ya’ni kapitalistik turmush tarzining milliy ahloqimizni buzayotganini tanqid qiladi. Furqat esa, uning hayotimizga kirib kelayotganini madh etadi. Biri tasdiq, ikkinchisi inkor yo’lidan boradi. Yoki Dukchi Eshonni oling. U kuch, zo’rlik bilan mustaqillikka erishish tarafdori, u ham jadid: din islohotchisi, siyosiy kurashchi, juda ko’p jadidlarimiz uni rad etdilar. Bir qator jadidlarimiz ongli suratda sovetlar bilan hamkorlik qildilar, kommunist bo’ldilar. Bu bilan ham hisoblashmoq kerak. Bu hol, ayniqsa, mustaqillik uchun olib borilgan kurashda yaqqol ko’rindi. Bu borada 3 yo’lni kuzatish mumkin:

1.Rusiyaga tobelikdan zo’rlik bilan qutulish, kuch bilan istiqlol olish (Dukchi Eshon qo’zg’oloni, 1916 yil mardikorlik harakati, bosmachilik).

2. Murosa yo’li. Ruslar yordamida ma’rifatga erishish. Ma’rifat masalasida haq-huquq olish, milliy xususiyatlarni tiklash (I.Gasriali, M.Behbudiy).

3. Hamkorlik yo’li. Chor ma’murlari, so’ng esa Sho’ro hukumati bilan birga ularning dasturlarida qatnashish va imkon bo’lishi bilan mustaqillikni qo’lga kiritish. Buning uchun ma’lum tayyorgarlik ko’rib borish (Munavvarqori, Hamza, Avloniy).

Jadidlarning poydevori, tamal toshi usuli jadid maktabi edi. Bu tabiiy, hamonki maqsad jamiyatni yangilamoq ekan, uni yangi avlodgina qilishi mumkin edi. Yangi avlodni esa etishtirmoq lozim. Eski an’anaviy usulda bu ishni amalga oshirish qiyin. Chunki zamon o’zgargan. U tezkorlikni talab qiladi. Ikkinchidan, bugungi o’quvchi tarix, jug’rofiya, iqtisod, fizika, kimyo, matematika kabi zamoniviy fanlarni bilishi kerak. Sungi uch-to’rt asr dunyo taqdirini boshqa o’zanga solib yubordi. Ovrupani oldinga olib chiqdi. Endi Ovrupo ilm-fanini egallamasdan dunyo bilan barobar yashab bo’lmaydi.

Bu ilm-fanni o’zlashtirmoq uchun Ovrupo tillarini bilmoq kerak. Ayni paytda o’zlikni ham saqlamoq lozim. Din-diyonat ham zarur. Xullas, yashamoq uchun uchala jihatni ham ushlamoq kerak bo’ladi. Ushlaganda ham hech birini suiste’mol qilmasdan. Aks holda muvozanat buziladi. Muvozanat buzilishi esa, yomon oqibatlarga olib keladi. Masalan, yolg’izgina din ushlansa, dunyo qo’ldan ketadi. Faqat o’zlik, millat desak, yana dunyodan ajralib qolamiz. Birovning biz bilan ishi bo’lmaydi. Ovrupa talashsak, o’zlik yo’qoladi. Bu ham fojia.

Bugun biz yuzma-yuz bo’lib turgan milliy g’oya, milliy mafkura masalalari bundan yuz yil oldin jadidlarimiz tomonidan ham kun tartibiga qo’yilgan va qizg’in muhokama qilingan edi.

Avvalo, “Milliy” va “milliylik” haqida. Ma’lum bo’lishicha, millat tushunchasi ilk bor qadim yunon faylasufi bundan salkam ikki yarim ming yil muqaddam yashagan, Demokrit tomonidan qo’llanilgan ekan. U bu tushunchani “har bir mamlakaning yagona sohibi” deb tushuntiradi. Din va irq masalasi, millat va mazhab masalasi turkiy xalqlarda hech bir zamonda chetga surib qo’yilgan emas. Aksincha, hamisha diqqat-e’tiborda kelgan. Buyuk Navoiy zamondoshlarini ta’riflar ekan, -“shams ul-millat”, “zayn-ul-millat”, “nur ul-millat” sifatlarini qo’llaydi.

Endi g’oya haqida. Xalqlar hayotidagi barcha voqealarning tog-zaminida u yoki bu g’oya yotadi. Eng ulug’ kashfiyotlar, avvalo ular haqidagi orzu-niyatlardan boshlangan. Islom g’oyalari yarim dunyoni bir hovuch arablar atrofiga birlashtirdi. Moskva atrofiga birlashuv g’oyasi qudratli Rusiyani maydonga keltirdi. Tenglik va ozodlik g’oyasi fantsuzlar mavqeini Ovrupada sarband qildi.

G’oyasizlikchi! Tarix necha martalab aqlu iste’dodiga guvoh bo’lgan sharq xalqlari nega bunday zalolatga botdi? Necha yuz milion xitoylar, hindlar so’ngi ming yil davomida o’zlarini ko’rsata olmay, nega boshqalar etoviga tushib qoldilar. Sababi-g’oyasizlik

Bir millatning – quvvat va matonati uning saodati va farog’ati ahlining oz-ko’pligi bilan emas, a’zolaridagi madaniyat va taraqqiyotga omil hayotiy xususiyatlarining darajasi bilan o’lchanadi. Ilmu-hunar g’ayrat va mehnat bilan ko’lga kiradi. G’ayrat va mehnat esa ilmu hunar tufayli samara beradi. Bular o’zaro bog’liq tushunchalardir. Qavmining ko’pchiligi jisman sog’ bo’lib, ilmu hunardan bebaxra qolishi va hayoti parishon bo’lib, o’zini himoya qilmoqdan ojiz holda tushishi mumkin. Ilm-ma’rifatda quvvatli Ovrupo millatlarining sog’lom Afrikani asoratga olishlari bejiz emas.

Xo’sh, buning oldini olish uchun nima qilish kerak?

Ma’rifatga ehtiyot, ilm-fanni egallash g’oyasi millatning ko’pchiligi tomonidan anglanish kerak. Darhaqiqat, jadidlarimiz olib borgan barcha ishlar matbuotning yo’lga- qo’yilishi, “usuli jadid” maktabi nazariyasi va amaliyoti, teatrchilik, hamma-hammasi shunga xizmat qildirildi. Shu tariqa har bir g’oyaning milliy g’oyaga aylanishi, jadidlarimiz fikricha ikki shartni taqozo etadi.

1. G’oya millatning tub, asl ehtiyojlaridan, turish-turmushidan,

asriy an’analaridan, o’zligidan va tabiiki, imkoniyatidan kelib chiqmog’i lozim.


  1. Mazkur g’oya millat tomonidan anglanishi, his qilinishi,

boshqacha aytganda, ongiga joylashib, yuragidagi o’tga aylanmog’i, so’ngsiz ishtiyoq hosil qilmog’i kerak.

Tabiiyki, har bir millat taraqqiy topmog’i uchun jahon ilm-fani

yangiliklaridan, umuminsoniy g’oyalardan foydalanmog’i shart. Lekin muhim bir shart bilan. Bu fikr-g’oyalar millatning qalbi va ongidan o’tmog’i, “Milliylashmog’i” kerak. Shundagina u millat yo’lida xizmat qila oladi.

Millat tushunchasi birlikni talab qiladi. Birlik deyilganda, asosan

lisoniy, irqiy, diniy mushtaraklik ko’zda tutiladi. Shular asosida millatning uyg’onishi, o’z-o’zini anglashida muhim rol uynagan, lekin so’ngroq asossiz ravishda ayblov vosiqasiga aylantirilgan panislomizm, panturkizm, panturonizm, mahalliy millatchilik kabi tushuncha va atamalar paydo bo’ldi. Ularning ayrimlari o’z davrida milliy g’oya darajasiga ko’tarildi lekin siyosiy jihatdan amalga oshirish imkoniyati bo’lmagan uchun zamon qatlarida qolib ketdi.

Dunyoda yashab turgan har bir millatning o’z fe’li-tabiatidan, hayot

sharoiti va turmush tarzidan, maslak –e’tiqotidan kelib chiqqan, asosiy tarixiy tajribalari bilan mustahkamlanib, takomillashib borgan va boradigan fikr-qarashlari tizimi bor. Bu tizim millatning borliq va tabiatga munosabatidan tortib, jamiyat, axloq, siyosatigacha bo’lgan qarashlarini qamrab oladi. Davlatchiligi, uning kamoli va zavoli, idora tuzumi, askar tutumi. Zehniyati, zavqi –didi, imon-e’tiqodi kabi millatning tarixi, turmushi bilan bog’liq unlab masalalarni oydinlashtirmasdan u haqda aniq fikr bildirish qiyin. Lekin shunisi aniqki, milliy mafkura jamiyat hayotining jon tomiri. U qurisa, millat o’sishdan to’xtaydi, jamiyat buziladi.

Uning asoslari tarixda, urf-udum, an’analarimizda. Uni tiklashning zarurligini birinchi bo’lib jadidlarimiz sezdilar.

“Mafkura”–“fikr”dan olingan. Fikr-g’oya, demakdir. Fikr-g’oya ko’proq “hikmatli so’zlar”da maqollarda saqlanib qolgan. Mirza Bobur 1527 yilda bir ko’ngilsiz voqea munosabati bilan Humoyun va Kamronga hat yozadi.

Jumladan, Kamronga maktubida “Sevarlarning itini ham sevarlar” degan otalar so’zini keltiradi.

1505 yilda Husayn Boyqaroning temuriylar qo’shinini Shayboniyga qarshi birlashtirish muhokama qilinadigan yig’inga taklifiga javoban esa, “El ayoq bila borsa, biz bosh bila borgaymiz. El tayoq bila borsa, biz tosh bilan borgaymiz”, -deb yozadi. Bu millatning muhabbatiga, sadoqatiga timsol. Muhabbat va sadoqatning bu millatda hech qachon chala-chulpa bo’lmaganligiga, hamisha butun kelganiga dalil.

Mahmudxo’ja Behbudiy millatimizning ruslar tomonidan “Sart” atalishiga isyon qilib chiqqan bir maqolasida yozadi: “Qabilasining ismini va etti otasining otini bilmayturganlarni qul-marquq (man qurt shundan olingan) derlar”. Demak, bu millatnig tarixini tanishi, nomus-iftixor tuyg’usi banalnd bo’lgan.

Mafkura tuqilmaydi, yaratilmaydi. Asriy an’analardan shakllanadi. Bu erda tarix muhim. Tarixning ham adabiyot, falsafa etnografiya, psixologiya bilan tutash nuqtalari ayricha ahamiyatga ega.
Jadidlarning amaliy harakatlari va tarixiy taqdiri.

Jadidchilik g’oyalarini unig yorqin vakillaridan Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Fitrat, Fayzulla Xo’jaev, Sufizoda, Tavllo, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon Ishoqjon Ibrat kabilar g’oyat og’ir sharoitlarda targ’ib qilishga harakat qilganlar. Ular millatining kamolatini yuksaltirish, unig qadr-qimmatini erga urishga yo’l qo’ymaslik borasida katta ishlar qildilar.

Ma’rifatchi jadidlar moddiy qiyinchiliklar, g’oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay millatning ma’naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishiga harakat qildilar. Tarixning murakkab, mas’uliyatli burilish davrlarida millatning ongini yuksaltirish, milliy iftixor tuyg’usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab etganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o’z zimmalariga oldilar.

Behbudiy, Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvarqori va boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar maktablar ochar, ular o’zlari dars berar, o’quv qo’llanmalari yozar, nashr etar va bu yo’lda jonbozlik ko’rsatar edilar. Bu yo’lda hatto o’z mablag’larini ayamaganlar. Bunday saxovotpeshalik, savobtalablik kabi ezgu ishlar bizning hozirgi mustaqil ravojlanishimiz uchun ham nihoyatda zarur. Biz erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish sari intilmoqdimiz. Bu ulug’vor vazifalarni hal etish, Prezidentimiz Islom Karimovning “Turkiston gazetasi muxbirini savollariga bergan javoblari, ya’ni “O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan ko’rmoqdamiz”da: “Bugun jamiyatimiz oldida turgan bu ulug’vor va murakkab vazifalarni hal qilish, eng avvalo, ta’lim-tarbiya, ma’rifat masalasiga borib taqaladi. Bu masala keng jamoatchilik diqqatini jalb etish kerak. Matbuot orqali, televidenie orqali odamlarda ma’rifatparvarlik g’oyalarini tarbiyalash. Maktab-maorif tarmoqlariga xomiylik, saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu xususiyatlarni kuchaytirish zarur”


Download 3,09 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Download 3,09 Mb.