O’rta Osiyo- Sharqning yuksak ma’naviyat va tafakkur markazi




Download 3,09 Mb.
bet23/36
Sana10.04.2017
Hajmi3,09 Mb.
#3630
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36

O’rta Osiyo- Sharqning yuksak ma’naviyat va tafakkur markazi

O’rta Osiyo tarixiy vaqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazidan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahoshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar uning taraqqiyoti va boyishga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas tarkibiy qismidir.



Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totalitar tuzum hukumronligi davrida mamlakatimiz navqiron avlodi, Islom Karimov aytganidek, necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, natijada ular o’z xalqining tarixini, uning boy tabiiy ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madaniyatdan baxramand bo’lish, o’rganishdan maxrum bo’lib keldi1.

Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Vaholanki, Islom Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” kitobida ta’kidlaganidek: “... o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda”2

Mustaqillik tufayli ona zaminimizning ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish, taxlil etish imkoniyatiga ega bo’ldik. O’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi. Ona zaminimizda bundan necha asrlar avval yaratilib, to hanuz yurtimizga ko’rk bag’ishlab turgan qadimiy obidalar, asori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an’analari haqida, Vatanimizning shonli tarixi to’g’risida tasavvur va tushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g’urur-iftixor tuyg’ularini uyg’otadi.1

IX-XII asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida “Renessans” (Uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-yashnaganligi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa, xalifa Ma’mun ibn Xarun ar Rashid (813-833yy) davrida Bog’dodda “Bay tul-hikmat (Donishmandla uyi tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-Ximiya va ilmi Nujumga oid asarlar arab tiliga o’grildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar Abbos ibn Said Javhariy, Axmad ibn Abdulloh Marvaziy, Axmad, al –Farg’oniy, Muxammad al Xorazmiylar ham katta hissa qo’shganlar.

Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-ej’tibori bilan dunyoviy gumanistik dunyoqarashi, antik davr madiniy merosiga murojaat qilish bamisoli uning qayta uyg’onishini anglatadi, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallik (qomusiylik)ni, gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda namoyon bo’ladi.

Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:



  1. madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti;

  2. yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanii;

  3. astranomiya, matematika, minerologiya, jo’g’rofiya, kimyo va boshqa

tabiiy fanlar rivoji;

  1. uslub (metodologiya)da –ratsionalizm, mantiqning ustunligi;

  2. insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib etilishi;

  3. falsafaning keng darajada rivoj topishi;

  4. adabiyot, she’riyat, ritorikaning keng miqyosda rivojlanishi;

  5. bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi.

O’rta Osiyoning ko’hna va hamisha navquron Buxoro, Xiva, Samarqand kabi

shaharlarida qadimdan fan, madaniyat va ma’naviyatning markazi bo’lib kelganligi bilan ajralib turadi. O’rta Osiyo tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar Muso Muhammad al-Xorazmiy, Axmad al-Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning nomi bilan bog’liq.

Axmad al-Fag’oniy (798-861yy.) mashhur falakiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Falakiyot ilmining usullari haqida” kitob, “Axmad al-Farg’oniy jadvali”, “Usturlab bilan amal qilish haqida” kitob, “Usturlab yasash haqida” qitob, “Simoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida” kitob va boshqalar. Axmad al-Farg’oniyning “Astronomiya asoslari” kitobi o’sha davrdagi astronomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo’lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko’p asrlar davomida Evropada astronomiya bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan.

Muxammad al-Xorazmiy (783-850 yy).

Olimga dastlabki buyuk shuhratni “Hisob al-Hind” “Hind hisobi” nomli risolasi olib keldi. Mazkur risolada jahon fani tarixida birinchi marta unlik sistema va uning amaliy ahamiyati haqida so’z boradi.

Axmad al-Farg’oniyning bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari bilan jahon fani va madaniyati taraqiyotiga munosib hissa qo’shdi. Quyosh tutilishini oldindan aytib berdi. Erning sharsimon ekanligini kashf etilishi olimga katta shuxrat keltiradi. 1998 yil YuNESKO tomonidan allomning tavollud topganligini 1200 yilligi keng nishonlandi.

Al-Xorazmiy tomonidan “O” (Nul Tsifr)ning kashf qilinishi insoniyat ilmiy tafakkurining beqiyos ulkan yutug’idir. al-Xorazmiy tomonidan yozilgan “Hisob al –Hind” kitobida eng muhim oltita arifmetik amallar – qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish, darajaga ko’tarish va kvadrat ildiz chiqarish kabilar ishlab chiqilgan va uning uslub va qonunlari kashf etilgan edi.

al-Xorazmiyning yana bir buyuk xizmati algebra fanining kashf etganidir. Algebraning mustaqil fan sifatida vujudga kelishi va rivojlanishi al-Xorazmiy faoliyati bilan bog’liq. “Algebra” atamasining o’zi al-Xorazmiy tomonidan yozilgan (“Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) nomli risoladagi “al-jabr” so’zining lotincha talaffuz ifodasidan kelib chiqqan.

Algoritmlar azariyasini ham al-Xorazmiy nomi bilan bog’langanligi, hatto “Algoritm” atamasi ham lotincha ifoda etilgan “Dixi Algoritmik” (dediki al-Xorazmiy) so’zidan kelib chiqqanligini hech kim inkor etolmaydi.

“Algoritm” tushunchasi hozirgi zamon kibenetika EHM (elektron hisoblash mashinasi) va hozirgi zamon informatsion texnologiya hamda jarayonlarning asosiy kategoriyasiga aylandi.

Muxammad al-Xorazmiy “Hisob al-Qind”, “Ziji Xorazmiy”, “Astrolyabiya bo’yicha risola”, “Quyosh soati haqida risola”, “Erning shakli haqida” kitob, “Trigonomitrik jadvallar”, “musiqa bo’yicha risola”, “Tarix haqida” va boshqa asrlarning muallifi.

Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiy (873-950 y) siz tasavvur etish qiyin. U “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi mualim” degan unvonga sazovor bo’lgan mashhur mutafakkirdar. Sharqda qadam Yunonistonning eng mashhur faylasufi. Aristotel “Birinchi muallim” deb yuritilgan. Farobiy 70 dan ortiq til bilgan qomusiy omil. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 dan ortiq bo’lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin.

1. Qadimiy Yunon faylasuflari va tabiatshunoslari-Aristotel, Platon, Evklid, Galen va boshqalarning ilmiy merosini tarjima qilish, sharxlash, targ’ib qilish va o’rganishga bag’ishlangan asarlar:

2. O’rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid risolalar.

Jumladan “Aristotelning” “Metafizika” kitobining maqsadi to’g’risida”, Aristotelning “Osmon sistemasi” kitobiga izoh”, Aristotelning Etika “kitobiga sharx”, “Qonunlar haqida kitob”, “Bushliq haqida kitob”, “Musiqa haqida so’z”, “Falsafani bo’lishdan oldin nimalarni bilish kerakligi to’g’risida”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Inson a’zolari haqida risola”, “Donolik asoslari”, “Mantiq ilmiga kirish”, “Aql to’g’risida”, “Fozil odamlar shahri” va boshqa asarlarni ko’rsatish mumkin. Farobiyning fikricha insonning va jamiyatning g’alabaga erishuvi yaxshilikni qo’lga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka ko’tarilishi inson va jamoatining o’z qo’lidadir.

U davlatni fozil va johil davlatlarga bo’ladi. Fazilatli shaharlarda ilm falsafa, axloq-ma’rifat birinchi o’rinda bo’lmog’i lozim, deb biladi. Shunda jamiyat etuklikka erishadi, deydi. Fozil shahar boshlig’i bilimli, haqiqatni sevuvchi, yolg’on va yolg’onchilarga nafrat bilan qarovchi, adolatni yaxshi ko’ruvchi va adolat uchun kurashuvchi bo’lishi kerak deb aytadi. Farobiy insonning kamoloti uchun xizmat qilgan, xayr – ehsonli ishlar, go’zal insoniy fazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga to’sqinlik qiluvchi dangasalar, bekorchilar kabi yomon odatlar bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega bo’lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik va, kishilarni undan ogohlantiradi.

Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, kishilar bunga olamni o’rganish, kasb-hunar va ilmlarni o’zlashtirish-ma’rifatli bo’lish orqali erishadi deb qaraydi.

Abu Nasr Farobiy o’zining “Fozil odamlar shahri” kitobida inson takomilini to’rt bosqichga bo’ladi.



  1. Ilk bosqichda inson qalbi guyoki o’rmon bo’lib, unda g’azab, yolg’on va

Shaholat hukmron bo’ladi.

  1. Komillik yo’liga kirishga ahd qilgan insonda o’zini-o’zi anglashga

qat’iy urinish ehtiyoji to’g’iladi.

Tinimsiz mehnat natijasida inson takomilligining ikkinchi bosqichiga ko’tariladi. Bu davrda o’zini tiya bilish va adolat kabi xususiyatlarni asosiy mezonga aylantiradi.

3. Inson takomilining uchinchi davri ijodiy davr hisoblanib, unda mustahkam bilim, e’tiqod, o’zgalarni tushunish ustuvor mavqe kasb etadi.

4. Inson komillik sari intillar ekan, o’z takomilining turtinchi davrida donolik, faylasuflik maqomiga erishadi. Bu davrda uning adolati va muxabbati ham mukammal darajaga etadi. Muhimi, u nafaqat o’zini, balki boshqalarni ham baxt-saodat sari etaklay oladi.

Abu Nasr Farobiyning fikricha inson o’z-o’zidan baxtli bo’la olmaydi, u baxtli bo’lishi uchun jamiyat unga ma’naviy unsurlarni taqdim qilib berishi kerak. Buning uchun avvalo odamlarni axloqiy jihatdan fozillashtirish darkor. Demak odamlarni fozillashtirish uchun quyidagilarni bilish lozim.


  1. Kishini tuyg’u quvvati oziqlantiradi va tuyg’u hayol surishiga

turki beradi.

  1. Xayol tafakkurini hosil qiladi.

Kishilardagi eng birlamchi quvvat-to’yg’udir. Tuyg’usi ulgan kishi

axloqiy-ruhiy jihatdan rivojlanmaydi. Shu sababli Farobiy tuyg’u hayolning, hayol tafakkurining manbai bo’lishini o’qtiradi. Odamlar o’z tuyg’ularini avaylashi kerak, bu bilan xayol surishga yo’l ochiladi, xayol tufayli fikrlash va anglash kelib chiqadi. Farobiy bu uch tuyg’uni tarbiyalashni o’qtirgach, endi qalb va miyani tushuntiradi. Qalb badanning hech bir a’zosiga bo’ysunmaydi, miya xam shunday, lekin u faqat qalbga bo’ysunadi. Chunki qalb tuyg’ular, hislar va sezgilar makoni bo’lishi bilan insonning butun vujudini boshqaradi va miya ham undan quvvat oladi. Farobiy miyaning qalbga bo’ysunishini ta’kidlash bilan ma’naviy manba aqilda emas, ruhiy tuyg’ularda ekanligiga ishora qiladi. Demak tuyg’ularni tarbiyalash bilan ma’naviyat hosil qilish mumkin va bu xol axloqiy fazilatlarni o’zlikda tarkib topishiga olib keladi.

Abu Rayxon Beruniy (973-1048y.) -buyuk qomusiy olim va mashhur mutafakkir. Beruniy ilm-fanning deyarli barcha sohalari bilan shug’ullangan allomadir. U o’z umri davomida 160 dan ziyod asarlar yaratgan. Shulardan mashhurlari “Qadiimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “Menerologiya”, “Saydana” va boshqa asarlarida tarix, falsafa, ta’lim-tarbiyadan tashqari geologiya, astronomiya fanlarining dolzarb muammolariga doir tadqiqotlar olib borgan.

Beruniyning tabiiy-ilmiy yutuqlaridan biri shundanki, u Erning markaz emasligini, uning quyosh atrofida harakat qilishi haqidagi geliotsentrik g’oyani ilgari surdi. Beruniyning bu ilmiy xulosasi o’sha davrdan 500 yil o’tgandan keyin astronom Kopernik tomonidan ilmiy asosda tasdiqlandi.

Beruniyning mashhur “Hindiston” (Hindistonning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi) asari 1030 yilda yozilgan. Bu asar G’arb va Sharq olimlari tomonidan yuksak baholangan. Hindistonda sanskrit tilini puxta o’rganish uning hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o’sha davr olimlari bilan yaqinlashishi bu mamlakat haqida o’lmas asar yaratishga imkon berdi.

“Hindiston” hajmi jihatdan juda katta asar. Hozirgi zamon xindiston olimlari Beruniyning bu asarini hind madaniyati tarixini yoritish nuqtai nazaridan juda yuqori baholaydilar va muhim manba deb biladilar. Tarixda Amerika qit’asini 1492 yilda dengiz sayyohi Xristafor Kalumb kashf qilganligi qayd qilingan. Ammo bu borada Beruniyning ilmiy farazi mavjudligi ham ma’lum. Olim o’zining “Hindiston” asarida er yuzining tuzilishi, dengiz va quruqlik to’g’risida gapirib, Erning choragi ma’muraidir. Ma’murani G’arb va Sharq tomondan muhit urab turadi. Beruniy Evropalik olimlardan 450 yilcha oldin. Amerika qit’asi haqida o’z asarlarida yozgan.

Beruniy birinchidan bo’lib Aristotelnign fan sohasidagi xizmatlariga yuksak baho berishi bilan tanqidiy fikrlarni ham bildiradi. Beruniy Aristotelning “Tabiiy joy”, “Dunyoning yagonaligi”, “Og’irlik va engillik” kabi tushunchalarini tanqid qiladi. Aristotelning “og’ir va engil” degan tushunchasidan farqli ravishda Beruniy Ibn Sinoga yozgan e’tirozlarida hamma narsaning er markazi tomon tortilishi haqidagi fikrini olg’a surdi. Bu tortilish kuchi haqidagi nazariyaning ishlab chiqish yo’lida qo’yilgan muhim qadam edi. Beruniyning bu nazariy xulosalari XVII asr boshida ingliz olimi I.N’yueton kashf etgan “Butun dunyo tortilish” qonuni bilan ilmiy jihatdan asoslandi.

Beruniy yoshlarni ilmga o’rgatish jarayonida aqlga va tajribadan o’tgan bilimga tayanish lozimligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan holda, bolalar bilishi va o’rganishi lozim bo’lgan fanlarni haqiqiy fanlar (til, adabiyot, falsafa, tarix, etnografiya, she’riyat, psixologiya, matematika, fizika, jug’rofiya, geodeziya, falakiyot, minerologiya, tibbiyot)ga bo’ladi. Bu fanlarning har biriga o’z davrigacha bo’lgan bilimlarni umumlashtirib, o’zining yangi xulosalari bilan katta hissa qo’shdi. Jumladan, Beruniy umuman til, til ilmi haqida gapirib, til kishilar o’rtasidagi aloqa va fikr almashuvi vositasigina emas, balki til ilmi barcha fanlarning asosini o’rganishi kaliti deyiladi.

Buni men o’zim uchun katta baxt deb hisoblayman.

Insonning eng oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, yoshlar haqida g’amxurlik qilishdan iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do’stligini, inoq, ittifoq bo’lib yashashi uchun kurashib keldi. U insoniyatga, u yaratgan madaniyatga qirg’in keltiruvchi urushlarni qoraladi. Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma’rifatning keng tarqalishiga katta e’tibolr bergan allomadir.

Markaziy Osiyoda uyg’onish davrining eng mashhur mutafakkiri Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh Ibn Sino (980-1037yy.) falsafa, tabobat, tabiatshunoslik, falakiyot, tilshunoslik, mantiq, adabiyot, pedagogika, psixologiya, fizologiya, fiqh, musiqa kabi fan sohilariga bag’ishlab 450 dan ziyod yozgan asarlari bilan jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo’shgan va o’z davrida “Shayx-ar-rais” (Olimlar raisi) unvoni bilan taqdirlandi.

Olimning falsafaga oid asarlarining eng yirigi “Kitob ash-shifo” bo’lib, mantiq, fizika, matematika, metofizika va ilohiyot qismlarini o’z ichiga oladi. Mantiqning o’zi 9 kitob, fizika 8 kitob, matematika 4 kitob, ilohiyot 1 kitob, jami 22 ta kitobdan ibrat. “Kitob an-nojat”, “Ash-shifo”ning qisqartirilgan turi bo’lib, tabiat, ilohiyot, riyoziyot qismlardan iboratdir. “Danishnoma” ham mantiq, ilohiyot, tabiat, geometriya, astranomiya, arifmetika, musiqa kabi qismlardan iborat. Salomon va Isbol” falsafiy asar. Ibn Sino bilan Beruniyning yozishlari-fizikaga va falsafaga oid 18 ta maktub. Ibn Sinoning maktublariga Beruniyning e’tirozlari nomli risola chop etilgan.

Ibn Sino falsafada Aristotel ta’limoti izdan borib, Farobiy

g’oyalarini yanada kamolotga erishtirdi. Faylasuf Sharq allomalariga xos bo’lgan xususiyat, ya’ni axloq, odob, inson psixologiyasining kamolotiga alohida ahamiyat beradi.

Ayniqsa, Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida talqin etilgan

ta’lim-tarbiya xususidagi fikrlar g’oyat muhimdir. U bola tarbiyasini tug’ilmasdan ona qornidaligidanoq boshlash masalasiga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha, bola tug’ilganidan boshlab esa ayoqqa turguncha ma’lum tartibda tarbiyalanib borishi lozim. Bu tartib o’z vaqtida ovqatlantirish, cho’miltirish, yo’rgaklash, uxlatish kabi muayyan tartib va qoidalardan iborat. Bola tabiatini mustahkamlashdagi muhim vositalar asta-sekin tebratish, musiqa eshittirish, ashula aytishdan iborat bo’lib, yaxshi uxlaydi.

Tebratish uning tanasiga, musiqa uning ruhiyatiga orom bahsh etadi.

“Bolaga do’q qilma, yomon bo’lma qo’pol, uyqu qochar, qurqar, oxir bulur battol, yumshoq o’rni o’xlaganda, qarong’uluq tushub tursin misli tunday... Uyg’oq chog’i yorug’likdan ayirmagil, yulduz – samo ko’rsun bola shodlinur dil. Rang- tuslarni ko’rsat unga turli-tuman, kunduz kuni, etmoq ersang kuzni ravshan. Gar istasang, o’rgatmoqqa so’zi kalom, erkalatib ovoz chiqar har xil muqom”.

Zero, bolaning o’spirinlikka o’tish davri tarbiyasi o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, bu davrda ularda xulq-atvor shakllanadi. Ibn Sino nazarida, “Bola xulqini mo’’tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak. Bundan ikki manfaat bor. Biri bolaning ruhi uchun bo’lib, u yoshlikdan boshlab yaxshi xulqli bo’lib o’sadi va keyinchilik bu unga ayrilmas malaka bo’lib qoladi.

Ikkinchidan –uning badani uchundir, chunki yomon xalq turli mijoz buzilishidan bo’ladi. Shuningdek, agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, g’azab kuchli qizdiradi, qayg’u kuchli quritadi..”.

Ibn Sino bolani kamolotga erishishining birinchi mezoni hisoblangan ilmu ma’rifatni egallashga da’vat etar ekan, ilmu ma’rafat insonni ma’naviy yuksaklikka ko’taradi va jamiyat ravnaqining asosiy omili bo’lib xizmat qiladi, deydi.

5-Mavzu. Islom dinida ma`naviyat va shaxs ma`naviy qiyofasining talqini

Reja:


  1. Islom dinida inson ma`naviyati va ma`rifati masalalari

  2. Tasavvuf va uning ma`naviy jihatlari

  3. Islom dini va islomiy qadriyatlarning tiklanishi

Adabiyotlar:



  1. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. T.: “O’zbekiston” 1994.

  2. Milliy istiqlol g’oyasi: Asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: Yangi asr avlodi, 2001

  3. Aliev A. Ma’naviyat,qadriyat,badiyat. T.: Akademiya, 2000. 2-bob.

  4. Ma’naviyat yulduzlari. T.: Meros, 2000 . 372-384, 388-399 betlar.

  5. Sharifxo’jaev M., Davronov Z. Ma’naviyat asoslari. T.: 2005. 133-152 betlar

  6. A.Bobomurodov. Islom Odobi va madaniyati. T. : “Chulpon” 1995

  7. Sh. Zunnun.Donishmandlar odob-axloq to`g`risida. T.: “O`qituvchi”, 1996

Islom dinida inson ma’naviyati va ma’rifati masalalari


Mazkur mavzu bir jihatdan qaraganda hamma uchun tushunarlidek ko’rinadi, bunga sabab kundalik turmushda, turli yig’inlarda, marakalarda diniy suhbatlarning tinglanishidir. Ikkinchidan, mustaqillik tufayli din va diniy urf-odatlar, an’analar, marosimlarga oid bo’lgan kitoblarni erkin chop etila boshlaganligi, sotuvda bo’lishidan keng kitobxonlar ommosining baxramand bo’lishidir. Uchinchidan, radio, televidenie eshittirishlarida muntazam suratda diniy - axloqiy mavzularda turli suhbatlarning berib borilishi.

Islom dini ko’p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar - musulmonlar jahonda 2 milliardga yaqin kishini tashkil etadi.

Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. Uning asoschisi payg’ambar Muhammad alayhissalom (570-632) Makkada quraysh qabilasiga mansub Xoshimiylar xonadonida tug’ilgan. U 609-610 yillarida Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to’g’risida targ’ibot boshlagan. Ammo zadogonchilarning qarg’ishiga uchragan 622 yilda o’z tarofdorlari bilan Madinaga qo’yadi. Shu yildan musulmonlarning xijriy yil xisobi boshlanadi.

630 yilga kelib, Makka ham musulmonlar ko’liga o’tadi va musulmon davlati shakillanadi. Muxammad alayhissalom vafotidan keyin, bu davlatni uning o’rinbosarlari, ya’ni noinblari (xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda “Arab xalifaligi” deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta xududlarni egallagan edi. O’rta Osiyo erlari –Movorunnahr VIII asr boshlaridan VIII asr o’rtalarigacha arablar tomonidan istiloa qilib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. Ana shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati o’ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshidan kechirdi.

Islom diniy ta’limotining asoslari – Qur’on va Hadis to’plamlarida, shuningdek,VIII-XII asarlar davomida vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o’z ifodasini topgan.

Qur’oni Karim ilohiy kitob bo’lib, u farishta Jabroil alayhissalom tomonidan Muhammad alayhissalomga nozil etilgan. Bu muqaddas kitob er yuzi musulmonlarining dasturulamali, diniy ahqomlar manbaidir. Qur’oni Karim sahifalarini bir kitobga jamlash xalifa Abu Bakr davrida boshlanib, xalifa hazrati Usmon davrida yakunlangan va keyinchaplik besh nusxada kuchirilgan. Ana shu ko’chirilgan dastlabki nusxasi Movaronnaxr musulmonlari diniy idorasida saqlanmoqda. Bunday muqadas kitobning yuritimizda bo’linsh Ollohning bizning yurtimizga bo’lgan inoyati deb bilmoq lozim.

Ilohiyotda Islom dini uch elementdan – imon, Islom, ehsondan ibodat deb e’tirof etiladi. Imon talablari 7 ta aqidani – Ollohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg’ambarlarga, oxirat kuniga, taqdirning Ollohdan ekanligiga va o’lgandan keyin qayta tirilishga ishonish talablarini o’z ichiga oladi.

Islom talablariga, ya’ni din asoslari - arqon ad-din deb nom olgan 5 ta amaliy marosimchilik talablari kiradi. Bular – kalima keltirish, nomoz o’qish, ro’za tutish, zakot berish va imkoniyati topilsa haj qilish talablari. Ehson aqidalariga sidqidildan ishonish va marosimlarni ado etishdir.

Hadislar Islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba. Hadislar to’plami sunnat deb ataladi. Hadisi shariflarda Muxammad alayhissalomning so’zlari, qilgan ish faoliyatlari va sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari bayon ettirilgan.

Hadisi sharaflarni yig’ib, kitob shakliga keltirish, asosan payg’ambarimiz Muxammad alayhissalomning vafotidan keyin amalga oshirilgan.

Bu sharifli ish hijratning III asriga kelib keng quloch yozdi va u hadisshunoslikning oltin davri deb ataladi. Islom olamining o’sha davridagi madaniy markazlardan sanalgan Bag’dod, Kufa, Basra, Damashq, Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz kabi shaharlarda hadis ilmi bilan shug’ullanuvchi muhaddislar ko’p bo’lgan. Ular ichida eng ishonchli manba sanalganlari oltita Abu Davud, imom bo’lib bularning imom Buxoriy imom Abu Muslim, imom At-Termiziy, imom An-Nasaviy va imom ibn Mojjo tuzishgan. Bu buyuk muhaddaslarning to’rt nafari turonizaminlik bo’lgani bizning faxrimizdir. 1998 yilda Imom al –Buxoriy tavalludining 1225 yilligi butun musulmon dunyosi, shu jumladan yurtimizda keng nishonlandi.

Mustaqil O’zbekistonda shu munosabat bilan xalqaro anjuman o’tkazildi. Muqaddislik shu qadar sharafli va sermashaqqat ish bo’lganki, u muqaddisdan aql-zakovatni, kuch-quvvat, fidoiylik, yuksak iqtidor va hofizani talab qiladi. Masalan, imom Buxoriy jami 600 ming hadis tuiylab, shulardan 100 ming “Sahih” va 200 ming “G’ayri sahih” hadislarni yod bilganliklari aytiladi.

Islomda axloqiy – hukuqiy qonun-qoidalar majmui shariat XI-XII asrlarda tula shakillangan. Shariat qonun-qoidalari qur’on va sunnat asosida ishlab chiqilgan. Unda musulmonlarning ijtimoiy-iqtisodiy, diniy, huquqiy va axloqiy hayotini tartibga soluvchi qonun-qoidalar belgilab berilgan. Bunday tartib qoidalar “Hidoyat”, “Viqoya”, “Muxtasari hadoya”, “Muxtasari viqoya” nomli kitoblarda jamlangan. Shariatda qonunlar muqaddas hisoblanib, unga har bir mumin-musulmon ijtimoiy holatidan qat’iy nazar Ollohning bandasi sifatida birdaya omil qilishi talab etiladi.

Yuqorida Islom, uning muqaddas ilohiy kitobi Qur’oni Karim, hadislar va shariat haqida ba’zi ma’lumotlarni keltirdik. Endi umuman Islom dinida, xususan Qur’oni Karim, hadislar va shariatda inson ma’naviyati, axloq-odob, ma’rifati haqidagi qarashlarning ba’zi jihatlari to’g’risida fakr yuritamiz.

Qur’oni Karim, hadislar va shariat ko’rsatmalari inson ma’naviy-ma’rifiy kamolotining asosi bo’lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o’z ichiga olgan. Sirasini aytganda, hadislar ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo’lgan fikrlarning mukammal to’plamidir. Qur’oni Karim, hadislarni, shariat ko’rsatmalarini o’rganar ekanmiz, ularda axloqiy kamolot, halollik va poklik, imon va vijdon bilan bog’liq bo’lgan birorta ham muhim masala e’tibordan chetda qolmaganini ko’ramiz.

Ayniqsa, Islom harom va halol masalalariga musulmonlar e’tiborini qaratadi. Shariatda Olloh tomonidan qilinishiga ruhsat etilgan atallar, ishlar halol deyiladi. Harom esa aksincha qilinishiga ruxsat etilmagan ishlar va amallardir. Olloh xarom etilgan ishlarni qiluvchilarga bu dunyoda yoki qiyomat kunida jazozini berishi aytilgan. Halol qilingan narsalar va ishlar ko’pchilikkka ma’lum, u haqda ko’p eshitganimiz. Harom qilingan ishlarni eslatib o’tish va eslab turish joizdir.

Bulardan ayrimlari quyidagilar: sog’ bo’la turib ishsiz yurish, zinokorlik, ota-onaga oq bo’lish, savdo-sotiqda g’irromlik qilish, birovning haqqiga, omonatiga xiyonat qilish, qasamxo’rlik, sudxo’rlik, o’g’rilik, qaroqchilik, aroqxurlik, g’iybat, tuxmat, buxton, josuslik, qotillik, poraxurlik va boshqalar kiradi. Xullas, harom inson va jamiyatga zarur keltiradigan ish va amallardan iborat. Islomda ota-onaga mehr-muhabbat, g’amxo’rlik farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan Qishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qo’l urish, insofli –dinyonatli, vijdonli bo’lish, mehr-shavqatlilik, to’g’rilik rostguylik, sofdil bo’lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g’oyalari ilgari suriladi.

Hadislarda axloqiy kamolot masalalarida etilgan ba’zi faqrardan namuna keltiramiz. Munofiqning belgisi uchtadir: yolg’on so’zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilishdir;

-omonat quygan kishining omonatini o’z vaqtida ado eting,

-haqqingizga xiyonat qilgan kishiga siz xiyonat qimang,

-qachonki, bir gunoh qilib qo’ysangiz, uni yuvish uchun orqasidan bir savobli ish qiling.

O’zimdan keyin qoladigan ummatlarim uchun uch narsadan qo’rqaman:


1. Nafsu havosga berilib, yo’ldan ozishdan;

2. Nafsoniy va shahvoniy hissiyotga berilib ketishdan.

3. Ilmu ma’rifatga ega bo’la turib, g’ofillarning ishini tutishdan.

Beshta narsadan oldin beshta narsani g’animat biling:

Ulimdan avval tirikligini, bemorlikdan avval salomatlikni, bandlikdan avval bo’sh vaqtni, keksalikdan avval yoshlikni, fiqirlikdan oldin boylikni.

Islomda ilm-fanni egallash, ma’rifatni bo’lish juda katta savobli ish ekanligi qayta-qayta ta’kidlanadi. Beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligini qayd qilinishining o’zi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Hodislardagi “Sadaqaning boshqa mo’minlarga ham o’rgatishdir”.

Ilm ibodatdan afzaldir” kabi fikrlar ham tahlilga muhtoj emas.

Qur’oni Karimda “Ilm so’zi asosida “Alima”-bilmoq fe’l negiziga tayangan kalimalar 750 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga ilk nozil bo’lgan oyat ham “Iqra..” o’qi” so’zidan boshlanadi. Ushbu oyat shunday: “O’qi” sening o’ta karamli Parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni o’rgatadi” deb nozil qilingan. Ko’rinadiki, Islom e’tiqodi avalgi boshdanoq insonni o’qib- o’rganishga, ilm vositasi bilan dunyoni anglab etishga targ’ib etadi.

Islom ma’naviyatida insonning er yuzida xalifa qilib belgilanishi uning yana bir muhim jihati hisoblanadi. Qur’oni Karimning juda ko’p oyatlarida insonning aziz va mukarram qilib yaratilgani, unga eru-osmondagi barcha narsalar bo’ysindirilib qo’yilganligi alohida uqtirib o’tildi.

Inson Ollohning xalifasi sifatida bilim egasi, yorug’ dunyoning barcha bilimlariga uning idroki etadi. Faqat kibrga berilib ketmasa, o’zini hammadan ortiq ko’ya boshlamasa bas. Parvardigor bizni inson qilib yaratgan ekan, aql-xush, ilmu-amal bergan ekan, demak, biz inson sifatida tafakkur qilib, dunyoviy ilmlarni-dunyoni o’rganib, dunyo orqali Ollohning ilm-fanlarini kashf etib yashashimiz kerak. Din-ruhiyatimiz tarbiyachisi, ilm-dunyoni va oxiratni bilish quroli, inson unisini ham, bunisini ham egallamog’i kerak. Bizning bobolarimizning yo’li ana shunday bo’lgan.

Rivoyat qilishlaricha, Abu Ali Ibn Sino bilan mashhur shayx Abusaid Abdulxayr uchrashibdilar. Ular bir kecha bir-birlariga hech narsa demay “suhbatlashib” chiqibdilar. Ertalab shayxning shogirdlari undan Ibn Sino haqida nima deysiz, deb so’raganlarida, Abusaid Abdulxayr: “Men nimani vajd (intuitsiya) bilan bilgan bo’lsam, u aql bilan bilib olgan” debdi. Ibn Sino esa o’z shogirdlariga: “Men nimaniki aql bilan yuilgan bo’lsam, u ko’ngil bilan idrok etadi”, deb aytgan ekan. Ko’rinadiki, Ibn Sino dunyoviy ilmlar olimi, Abusaid Abdulxayr esa tasavvuf shayxi, iloxiyyoti ammo ular bir-birini tushungan va har ikki ilm ham kerakligini anglaganlar.

Al–Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Al-Beruniy, Al-Buxoriy, G’azzoliy, Qamadoniy, G’ijduvoniy va boshqa ulug’ zotlarning hayot tarzi, ilm uchun fidoiyligi, e’tiqod - imonining pokligi bilan bizlarga ibratdir.

Bularning hammasi ko’rsatadiki, dindorlarni ham ma’rifatni, yuksak ma’naviyatni t jalb qiladi. Kishi qancha chuqur ilm egasi bo’lsa, olam va odam mohiyatini anglasa, uning Ollohni anglashi, imoni ham shuncha mustahkam bo’ladi.

Gap hoh diniy, hoh dunyoviy ma’rifatni to’g’ri va chuqur anglashda, har ikkoqini ham egallamay nodon johil bo’lib qolmaslikdadir. Har ikki ilmni egallagan kishi ikki dunyosini obod qiladi.

Islom bu faqat aqida emas, avalo, ma’rifat, ilmdir. Islom tarixiga nazar tashlasak, Muxammad payg’ambarimizgacha bo’lgan davr arablarda, “johiliya” davri deb ataladi. “johiliya” nodonlik davri degani. Islom ana shu nodonlik davri o’rniga keng ma’noda ma’rifat, madaniyat vujudga keltirdi ilm-fan, falsafa, adabiyot va san’atni rivojlantiradi, o’ziga xos ma’naviyat va ma’rifatni yaratdi. Bizning ulug’ bobolarimiz Islom ma’naviyati va ma’rifati taraqqiyotimizga ulkan hissa qo’shib, kalom ilmi, fiqh, tasavvur ta’limotini rivojlantirdilar.

Yaqin o’tmishning yomon asoratlaridan biri shuki, sobiq shuro tuzumida dunyoviy ilm va diniy-falsafiy ta’limot bir-biriga qarama-qarshi qo’yildi. Ular bir-birini inkor etadigan hodisalar tarzida talqin etildi. Diniy tafakkur dunyoviy ilm rivojiga monelik ko’rsatadigan chirkin bid’at sifatida qoralandi.

Biz bugun bunday qarashlarning tubdan zararli va tarixan-asossiz ekanligini ochiq aytishimiz mumkin. Dunyoviy va diniy ilm yuqorida ko’rsatganimizdek, o’tmish asrlarda doimo hamkor va hamnafas bo’lib kelganligini tarixni o’zi tasdiqlaydi.

“Dunyoviy va diniy g’oyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko’tariladi. Bunga bashariyat tarixida uchmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso al-Xorazmiy, imom Moturdiy va Imom Termiziy va Abu Nosir Farobiy singari buyuk zakovat sohiblari yashab faoliyat ko’rsatgan davrlar yorqin misol bo’la oladi”


Download 3,09 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Download 3,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rta Osiyo- Sharqning yuksak ma’naviyat va tafakkur markazi

Download 3,09 Mb.