• Ma’naviyatning shakllanish jarayonlari bosqichlari
  • Ma’naviyat va ma’rifatning qadimiyligi




    Download 3,09 Mb.
    bet22/36
    Sana10.04.2017
    Hajmi3,09 Mb.
    #3630
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36

    Ma’naviyat va ma’rifatning qadimiyligi

    Ma’naviyat va ma’rifat sohasida Respublikamizda diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilayotir. Natijada, O’zbekiston aholisi yangi insonparvar, demokratik huquqiy davlatni barpo etishga, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalab voyaga etkazmasdan turib erishish mumkin bo’lmasligini kun-sayin sezib turmoqda.

    Binobarin, «Ko’p asrlik tariximiz shuni ko’rsatadiki, inson dunyoqarashining shakllanishida ma’rifatning.... o’rni beqiyos»1

    Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan Farmonlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ma’naviyat va ma’rifatning o’zaro yaqinligi ko’rsatilib, ularning o’z o’rnidagi ahamiyatlari ta’kidlangan. Jumladan, Respublika Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 9 iyundagi qarorida targ’ibot ishlariga jiddiy ahamiyat qaratilib, «Sotsiologik tadqiqotlar, so’rovlar o’tkazish orqali o’zbek xalqining boy ma’naviy-madaniy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg’or g’oyalarni yuzaga chiqarish hamda hayotga tatbiq etish ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish» nazarda tutilgan.

    Ma’naviyat, ma’rifat bu bir butunning ikki tomonidir. Ma’naviyat muayyan ijtimoiy tuzum zamirida rivojlanadi. Har bir ijtimoiy taraqqiyot bosqichida o’ziga xos ma’naviyat xususiyatlari tarkib topganki, uni tarix zarvaraqlarini ochib tahlil qilganda yaqqol ko’zga tashlanadi. Ma’naviyat va ma’rifat o’sha ijtimoiy hayotda o’z aksini topgan va shu hayotga gohida salbiy, gohida ijobiy ta’sirini ko’rsatgan. Binobarin, ijtimoiy borliq insoniyat hayotida etakchi o’rinni egallasa ham aslida insonlarning ongli faoliyati, ma’naviy xislatlari, shu borliqni o’zgartirishga olib kelgan. Shuni ta’kidlash kerakki, hamma vaqt ham kishilarni moddiy taraqqiyot yuksak ma’naviyatli qilib boravermaydi. Boy bo’lib ketgan insonning hammasi ham birdaniga yuksak ma’naviyatli bo’lgan emas. Inson ma’naviyati ma’lum tarixiy, ijtimoiy zamin asosida, atrof-muhit, shart-sharoitdan kelib chiqib takomillashadi.

    Ma’naviyat manbalari «Avesto», islomiy fikrlar, o’tmishning ilg’or qadriyatlari, udumlar, Qobusnoma, Temurnoma, Zafarnoma, Hotamnoma, Boburnoma, Shayboniynoma, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Ibn Sinoning «Donishnoma», Bahovuddin Naqshband tariqati, Abu Nasr al-Forobiyning falsafiy qarashlari, Amir Temur o’gitlari va boshqa minglab asarlar ma’rifat orqali aholiga singdirilgan. Demak, xalqimiz azaldan ma’rifatga intilgan ekanki, bu bebaho ma’naviyat maskanlarini, madaniy yodgorliklarni, udum va qadriyatlarini ko’z qorachig’iday saqlab kelmoqdalar. Go’zal va nafis obidalarni me’morchilik sirlarini esa avloddan-avlodga o’tkazib, meros sifatida e’zozlaydilar.

    Ma’naviyatning tarkib topishi xalqimizga monand bo’lgan udumlarda ham o’z mazmunini topgan. Udumlarimiz bolalarda beg’uborlik, o’smirlikda barkamollik, insoniylikda kamolot va e’tiqod kabi hayotiy jarayonlarni shakllantiradi. Ma’naviy udumlarimizdan turli o’yinlar, ashulalar, ko’pkari, kurash, dasturxon yozish, hashar, fotiha qilish, yaxshilik qilish, hayitlar, sovchilik, to’ylar, to’yonalar, ont ichish, irimlar, xudoyi, xayr sadaqa, ibodat va boshqa sohalar ma’naviyatni tabiiy shakllantirish sohalaridek tuyilsa ham, ularni insonga singishi ma’rifatga borib taqaladiki, bu sohalar ma’rifatsiz insonga singmaydi. Ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi uzoqlik nisbatandir. Ularni bir-biridan ajratish aslo mumkin emas. Ma’naviyat birlamchi, ma’rifat ikkilamchi deyish ham bu asnoda o’rinsizdek. Organizm yarimta bo’lmagani singari ma’naviyat ma’rifatsiz bir butun bo’la olmaydi. Bozor munosabatlari rivojlanayotgan hozirgi davrda mustaqilligimizni mustahkamlash davrida, ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirish hammaning ishi va burchidir. Allomalarimiz ta’kidlaganlaridek, «Najot ma’rifatdadir». Umuminsoniy ma’naviyat bilan umuminsoniy ma’rifat birikkanda jamiyat taraqqiyoti yanada yuksaladi. Umuminsoniy ma’naviyatlardan uzoqlashmaslik ma’rifatga bog’liq. Umuminsoniy ma’naviyat bilan tanishish esa til bilishga bog’liq. Chet tillarini bilish, har bir ma’rifat egasi bo’laman degan shaxsning asosiy vazifasi bo’lmog’i zarur.

    Yuksak ma’naviyatli bo’lishni orzu qilgan inson qadimiy umuminsoniy ma’naviy xislatlar bilan ham boyishi zarur. Ma’lumki, jamiyatda yaratuvchilikning ikki turi mavjud. Birinchisi moddiy yaratuvchanlik bo’lsa, ikkinchisi ma’naviy yaratuvchanlikdir. Ma’naviy yaratish ma’rifat orqalidir. Jamiyatning etukligi ma’naviyat darajasiga bog’liq. Iste’dod egalarida ma’naviyatning yuksak darajalari ko’proq o’z aksini topadi. Ular inson iste’dodining turli sohalari: mehnati, harakati, qobiliyati, vatanparvarligi, millat uchun jonkuyarligi, aql idroki orqali namoyon bo’ladi. Boshqalarga ta’sir etib, ularni ham ma’naviy boyitadi. Inson ma’naviyat va ma’rifatdan lazzat oladi.

    Insonlardagi odob, iymon, vijdon, halollik, yaxshilik, mehnasevarlik, baynalmilalchilik, insonparvarlik, do’stlik, axloq kabi ma’naviy mezonlar ona qornida shakllanmaydi, garchi bu xislat va mezonlar inson bolasining qon tomirlari, biologik til bilan ifodalanganda, genlarda mujassam bo’lgan bo’lsa ham, jamiyat umuman ijtimoiy muhit ta’sirida yaqqol shakllanadi.

    Bozor iqtisodiyotiga asoslangan, o’zimizga xos sharqona urf-odat, qadriyatlarga mos insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurar ekanmiz, davr talabiga javob beradigan yuksak ma’naviyat sohiblarini tayyorlash - jamiyat talabidir.

    Ma’naviyat so’zi o’ta keng qamrovli falsafiy tushuncha sifatida, xalqimiz ongiga endilikda chuqur singib borayotir. Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari chiqarilganda ba’zi kishilar va hatto ba’zi bir rahbar xodimlar ham ma’naviyat so’zini ma’nosini tahlil qila olmay esankirab qolgan paytlar bo’ldi. Uning boy serjilo mazmunini tushunib etmadilar. Bu sohada olib boriladigan ishlarni paysalga soldilar. Bunday munosabatlar baralla aytamizki, sobiq sovet davlati olib borgan siyosatning mahsuli edi. Buni sezgan Prezidentimiz Islom Karimov yana tashabbusni qo’lga olib ma’naviyat va ma’rifatni «bosh homiysi» sifatida o’rnak ko’rsatdi. Tadbirlar ishlab chiqish haqida yo’l-yo’riqlarni belgilab berdi. Allomalarning ma’naviyat va ma’rifatga munosabatini istiqlolga erishgan hozirgi davlatimiz aholisi o’rtasida targ’ib qilish zarurligini ta’kidladi. Odoblilik, axloqiylik, vijdonlilik, kamtarinlik, tabiiy-ma’naviy xislatlarni yangicha shakllantiribgina qolmay balki, endilikda, ozodlik qadri, Vatan tuyg’usi, milliylik g’oyalari ham, ma’naviyat qirralari sifatida barchaga singdirilishi o’ta zarur va kechiktirib bo’lmaydigan vazifa bo’lib qoldi. Yangicha milliy, umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarni xalq o’rtasida tiklash osonlikcha bo’layotgani yo’q. Buning uchun jamiyat aholisi o’ta ma’rifatli bo’lishi kerakligi talab qilinayotir. Tariximizdan ma’lumki, ma’rifat, ilm sohasida va uning mazmuni, ta’siri, ahamiyati to’g’risida buyuk allomalar hamisha xalq e’tiborini qaratganlar. Masalan, Abu Nasr Forobiyning «Bilim, ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog’i lozim», Abulqosim Firdavsiyning «Shubha yo’q, ilmdan tirikdir inson, mashaqqat, mehnatni engadi inson», Abu Hamid G’azzoliyning «Ma’rifatning eng yuqori darajasi insonning o’zini va martabasini bilishidadir», Yusuf Xos Hojib «O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lar, bilim kimda bo’lsa buyuklik bo’lar», kabi falsafiy fikrlari bejiz aytilmagan. Bas, shunday ekan, endi ma’rifatparvarlik o’zi nima? Uning ma’naviyatga ta’siri va munosabati qanday?

    Ma’rifatiz ma’naviyatning keng qirralari ochilmaydi, usiz yuksak darajadagi ma’naviyatga erishib bo’lmaydi.

    Ma’rifatda insonning aqliy, axloqiy, madaniy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, diniy, falsafiy va boshqa qarashlari mujassamlashadi. Zero, bu yo’nalishlar, insonlarning ma’naviy qiyofasini turli qirralari bo’lsa ham, bularni ma’rifiy jarayonsiz egallab bo’lmaydi. Ma’naviy yuksaklilik, ma’rifat qirralarisiz go’yoki yaproqsiz daraxtdir. Sababi daraxt tanasi yaproqsiz rivojlanmaydi, qurib qoladi. Ma’rifat ma’naviy qiyofaga sayqal berib uni o’tkirlashtirib boradi. Shu sababli ham insoniyat tarixiga e’tiborni qaratsak, ijtimoiy taraqqiyotning barcha davrlarida boy ma’naviyatga ega bo’lish uchun, o’sha davrning allomalari, davlat rahbarlari o’z xohishlari bilan ma’rifatli bo’lishga intilganlar. Binobarin, tarixdagi inqilobiy o’zgarishlar, yangi bir taraqqiyot bosqichidan ikkinchi bosqichga o’tish davrida dastlab ma’rifatparvarlikdan boshlangan.

    Inson boshqa sohalarda bo’lgani singari o’zining ma’naviy hayotida ham, amaliy va kundalik faoliyatida ham, bilim, ma’rifatga tayansa, unga intilsa to’xtovsiz kamol topadi, aqliy rivojlanadi.

    Ma’rifat insonni ozod, erkin va ulug’vor qilib tayyorlaydi. Binobarin, tevarak atrofdagi barcha predmet va hodisalarni bilish inson zakovati, aqliga xosdir. Bu bilish ko’pincha tajriba orqali amalga oshadi.

    Amaliyotni bilim bilan takomillashtirish zarur. Takomillashtirish ham ma’rifatni qay darajada kuchli ekanligiga bog’liq bo’ladi. Ilm-ma’rifat bor joyda istiqbol bordir. Shuning uchun ham o’z zamonasi va xalqi uchun jonkuyar kishilar Vatanining farovonligi yo’lida qurbon bo’lganlar. Ma’naviyatli bo’lish bilan birga ma’rifatli ham bo’lganlar. Ma’rifatparvarlik esa hamisha o’z davr taqozosidan kelib chiqib zaruriyatga aylangan, natijada ma’rifatli allomalar muammolarni o’rtaga tashlaganlar va ularni amalga oshirish uchun tinmay kurash olib borganlar, jamiyat uchun qayg’urganlar, qolaversa ertangi kun ravnaqini ma’rifat orqali belgilaganlar.

    Ma’naviyat, ma’rifat to’g’risida fikr yuritganda ma’rifatparvarlik tushunchasiga ham jiddiy e’tiborni qaratmoq lozim. Ma’lumki, bu so’z ham insoniyat hayotida yangicha so’z emas, yuqoridagi insoniylikka xos bo’lgan tushunchalar singari qadimiydir, faqat davr o’tishi bilan uning mazmuni, mavqei yangicha tus olgan xolos. Markaziy Osiyo mutafakkirlari ta’limotlariga nazar tashlaydigan bo’lsak, buning aynan to’g’riligiga iqror bo’lamiz.

    Ko’pgina olimlar ma’rifatparvarlikning Vatani bu ˙ G’arbiy Evropa mamlakatlaridir degan tor fikrni o’rtaga tashlaydilar.

    «Evropatsentrizm» deb ataluvchi oqimning faoliyatiga bir yoqlama baho berib uni qo’llab quvvatlaydilar. Aslini olganda esa, ma’rifatparvarlikning ildizlari (boshqa sohalarda bo’lgani singari), Sharq mamlakatlari, aynan, Markaziy Osiyo mamlakatlari donishmandlari faoliyatiga ham borib taqaladi. Lekin, ba’zilar ma’naviyat va ma’rifat muammolari, ya’ni fan, san’at, adabiyot, filosofiya, madaniyat evropadagina rivojlangan deb targ’ib qiladilar, ularning fikricha, taraqqiyotning markazi ham Evropadir. «Evrotsentrizm» oqimi rim-yunon taraqqiyotidagi ma’naviy, markaziy «papachilik» deb yuritiluvchi katoliklar fikrlariga qarshi chiqish natijasida paydo bo’lgan bo’lib, ko’proq nemis faylasufi Georg Gegel (1770-1831) ta’limotida yaqqol ko’zga tashlanadi. Bunday qarashga o’z vaqtida «vostokotsentrizm» tarafdorlari qarshi chiqib «Evropatsentrizm»ni salbiy tomonlarini ochib tashlaganlar. Hatto, evropalik olimlarning o’zlari jumladan, Monteske, Gotfrid, Volterlar ma’naviy rivojlanish har bir millatga taalluqli va uni har bir millat rivojlantirishga qodir deb, chiqdilar. Umuminsoniy qadriyatlar barchaga taalluqli ekanligini targ’ib qildilar. Haqiqatda esa insoniyat davrini ilk boshlanishidayoq Sharq, umuman, Osiyo mamlakatlarida yirik-yirik kashfiyotlar bo’lganligiga insoniyat guvohidir. Jumladan, birgina Xitoyning o’zida dunyoda birinchi bo’lib yaratilgan ko’plab kashfiyotlar fikrimizni tasdiqlaydi. Masalan, Bishen yozuv shrifti eramizdan oldingi 1045 yildayoq yaratilgan. Ilk qog’oz pulning vatani ham Xitoydir. Chunki, eramizdan 1900 yil oldin undan foydalanilgan. Evropada esa qog’oz pul sakkiz yuz yil keyin paydo bo’lgan. Dunyoda er silkinishi hodisasi ham birinchi Xitoyda aniqlangan. Chinni buyumlar evropaliklardan 1000 yil ilgari yasalgan. 2000 yil avval dunyoda yagona hisoblangan 40 mashqdan iborat yaxlit badantarbiya mashg’ulotlari o’ylab topilgan. Xitoy xalqi Iso Masih tug’ilishidan 300 yil oldin ohangrabo kompasni kashf etgan. Evropada bu qurilma 1400 yil keyin paydo bo’ldi. Xulosa shundan iboratki, Evropatsentrizm oqimining tarafdorlari ko’pgina jihatlardan Sharq mamlakatlari ma’naviyatini, madaniyatini, ma’rifatini tan oladilarmi, yo’qmi, tarix esa haqiqiy o’lchovdir.

    Xitoydagi fan, madaniyat, ma’rifat sohasidagi o’zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham jiddiy ta’sir qilmay qolmagan. Natijada Markaziy Osiyoda buyuk allomalar etishib chiqdiki, ular ma’rifat sohasida, diniy e’tiqod hamda ma’naviy sohalarda dunyoda etakchi o’rinlarni oldilar. Masalan, Vatandoshimiz Zamaxshariy «Jorulloh» degan (Alloh qo’shnisi) mo’’tabar nomga sazovor bo’lgan. Undan avvalroq alloma Abu Nasr Forobiy esa Aristoteldan so’ng, «ikkinchi Muallim» degan faxriy nomni oldilar. Endilikda ma’lum bo’layotirki, O’rta asrlarda ma’naviyat va ma’rifatni targ’ib qiluvchilar aynan Markaziy Osiyoda ko’p minglikni tashkil qiladi. Yaqin yillargacha, ming afsuslar bo’lsinki, biz ulardan xabardor bo’lmay keldik. Bularga misol: Yusuf Hamadoniy, Zamaxshariy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Imom al-Buxoriy, Hakim at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Xo’ja Ahror Vali, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Abu Mansur Moturudiy, Burxoniddin Marg’inoniy va boshqalar. Bu ulug’ zotlarning har biri bitmas-tuganmas bilim jarayonlarini egallabgina qolmadilar, balki ilg’or g’oyalarni o’rtaga tashlab yuksak ma’naviyat va ma’rifatparvarlikni oldingi saflarida bordilar.

    Sobiq sovet davlatining ba’zi bir «o’tkir» ideologlari esa mazkur buyuk shaxslarni, ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi ishlarini faqat dinga taqab tanqid qildilar va ular faoliyatini (asl nusxada) o’rganishga yo’l qo’ymadilar. Sovet davridagi lug’atlarda, entsiklopediyalarda faqat frantsuz, ingliz, rus ma’rifatparvarlari to’g’risida fikr yuritildi, xolos. To’g’ri, jahon ma’naviyati, madaniyati, ilm fanning rivojida Evropalik allomalarning hissasi beqiyosdir. Ammo, har bir zamon va makonning o’z xususiyati, mavqei bor.

    Ma’rifatparvarlikni ba’zi adabiyotlarda, jumladan, sovet entsiklopediyasida feodalizmdan kapitalizmga o’tish davrida rivojlangan deb ko’rsatiladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, aslida hali quldorlik, feodalizm jamiyatlarida ham ma’rifatchilik, iqtisodiyot, siyosat, san’at bilan shug’ullanilgan. Ma’lum bo’ldiki, o’sha davrlarda ham ma’naviyat ma’rifatchilikdan ajralmagan holda ular bir butun aqliy va jismoniy ishlab chiqarishni tashkil qilgan. Binobarin, ularning tarixi uzoq-uzoqlarga borib taqaladi. Ma’rifatchilikning ildizlari uzoq bo’lmaganda edi, Sharq mamlakatlaridagi (Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo mamlakatlari) hozirgi, bizgacha etib kelgan arxitektura yodgorliklari, inshootlari, qadimiy qo’lyozmalar, adabiyot, san’at asarlari bo’lmagan bo’lardi. Ma’naviyat va ma’rifatning mavjudligini uning o’rnini jiddiy baholash nisbatan o’sha vaqtlarda ham nazardan chetda qolgan xolos.

    To’g’ri, bizga ma’lum bo’lgan adabiyotlar va manbalarning ko’pchiligi ma’rifatparvarlik faqat XVII-XVIII asrlarda G’arbiy Evropada jiddiy tus olgan degan fikrni beradi. Aslida unday emas.

    Ma’naviyatning shakllanish jarayonlari bosqichlari

    Mustaqillik sharofati bilan boshqa sohalarda bo’lgani singari, oila va unda tarbiyalanadigan barkamol farzand haqida tez-tez fikr almashiniladigan bo’ldi. Ayniqsa, bu muammoni davlat siyosati darajasigacha ko’tarilishi muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi chiqiriq IX sessiyasida I.A.Karimov tomonidan qilingan ma’ruzasi barkamol, sog’lom avlodlarning o’tgan vaqtdagi va bugungi hamda kelajakdagi holatini tahlil qilib berdiki, endilikda bu esa tarbiya va ta’limni asosiy dasturini tashkil qiladi, desak xato bo’lmaydi. Chunki yurtboshimiz bola tug’ilganidan boshlab to uning yuqori malakali kadr bo’lishiga qadar hamda uning mehnat faoliyatidagi yuksak ma’rifat va ma’naviyatliligi haqida so’z yuritadi: «Kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir.

    Bu mukaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o’z farzandining baxtu saodati, fazlu kamolini ko’rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi, o’zini ayamaydi.

    Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi.

    Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi».

    O’zbek xalqi urf-odatlari, qadriyatlari o’ziga xos noziklik bilan shakllanganki, ularda insoniy xislatlari ustuvor. Bu insoniylik xislatlari asrlar osha silsilalarga bardosh berib, o’z mohiyatini yo’qotgani yo’q. U o’zining falsafiy teranligini hamisha namoyon qiladi. Shu sababli ham ota-ona bilan farzandlar o’rtasida iliq munosabatlar, o’zaro hurmat-izzat, mehr-oqibatlar markaziy o’rinni oladi. Ular o’rtasidagi bu holatlar zaruriy davrda bir-birini to’ldiradi ham. To’g’ri, ota-ona faoliyati farzand uchun tengi yo’q mehr-oqibat bilan yo’g’rilgan asosli his-tuyg’ular yig’indisidir. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari, o’zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Dinu-diyonatli xonadon oqsoqollaridan so’rasangiz, ularni lo’nda qilib sanab beradi: yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasbli-hunarli qilish,boshini ikki, uyli - joyli qilish.

    Ana shu istaklar zaminida ota-ona o’z farzandlarini kelajagini mustahkamlash uchun hali ularni turmush qurishidan oldinroq, hayotga tayyorlashni unutmaydi. Avvalo oila qurishga undalayotgan farzandlarni o’zaro mosligi, sog’lig’i, ruhiy tayyorligi, iqtisodiy jihatdan mustahkamligi, kasb-hunariga egaliklari tahlil qilinadi. Bu o’rinda bobokolonlarimizdan Amir Temur faoliyatiga nazar tashlasak, u kishi farzandlarining uylanishini nafaqat bir oila uchun kerakligi balki, jamiyat miqyosidagi vazifa ekanligini sezgan holda:

    «O’g’illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko’rdim. Kelin bo’lmishning nasli-nasabini, etti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog’liq-salomatligini, jismonan kamolatini aniqladim. Kelin bo’lmish nasli-nasibasi, odob-ahloqi, sog’lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan holi bo’lsagina el-yurtga katta to’y-tomosha berib, kelin tushirdim», - deydi.

    Amir Temur yashagan davrda hozirgi zamon meditsinasining yangi yutuqlari hali tushunib etilmagan bo’lsada, uzoqni ko’ra bilgan Sohibqiron hayot tajribasidan kelib chiqib mazkur fikrlarni bildirganki, ularga hozirgi kunda ham amal qilinish bo’lajak oilaning mustahkamligini ta’minlash uchun shunday faoliyatlar qo’l keladi.

    Farzandalarni tarbiyalash homiladorlik davridan boshlab muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bo’lajak inson, shaxs o’zini shaklanishini asosini shu davrlarda poydevorini qo’yadi. Ba’zi xalqlarda insonga yosh berganda ona qornidagi 9 oyni ham e’tirof etib aytishlari bejiz emas. Albatta, ota-ona farzandi to’g’risida sog’lom fikr yuritib uni ardoqlashi, sevishi, qayg’urishi darkor. Bolaga ta’sir qiladigan har qanday nojo’ya harakatdan himoya qiladi. Mutaxassislar fikricha, homiladorlikning ikkinchi oyidan to’rtinchi oyigacha ko’p onalarning o’ziga nisbatan loqaydligi natijasida bola tushirish hodisalari bo’lib turadi. Og’ir yumushlar bilan mashg’ul bo’lishi, qo’rquv bosishi, kamquvvatlilik, iztirob chekish, qayg’urish kabilar noxush holatni paydo qiladi. Bunday jarayonning oldini olish ko’proq ayolning turmush o’rtog’i bo’lmish erkakka bog’liq. Ya’ni o’z turmush o’rtog’iga g’amxo’rlik qilish, uni uzoq muddatda yolg’iz qoldirmaslik, og’ir ishlarni buyurmaslik, ayolning istagan oziq-ovqatlaridan o’z vaqtida iste’mol qildirish, sayrlarga olib chiqish, yoqimsiz holatlardan asrash bo’lajak «ota» ismini oluvchiga bog’liq. Aks holda hayot yuzini ko’radigan farzand hayotiga zomin bo’lishi ehtimoldan holi emas. Mazkur vazifalarni o’z bo’yniga olmagan erkak farzand tarbiyasidan uzoqligini bildiradi. Farzandlari joniga qasd qiladilar. Ayniqsa bu paytlarda er va xotinning birga yotib turishi ham ehtiyotkorlikni talab etadi. Bunday paytlarda qiziqqonlik bilan ish tutish, temperamentni jilovlash ayniqsa muhimdir. Sabr va ehtiyotkorlik rivojlanishini ta’minlashga yordam beradi. Homilador ayol ana shu paytlarda turli jihatdan noziklashgan bo’ladi. Har xil vaziyatni tushunishda injiqlik holatlari ro’y beradi. Natijada qayg’urishga molik bo’ladi. Bu holatlarning ta’siri paydo bo’layotgan bolaga ham o’tadi va uni rivojlanishini qiyinlashtiradi. Shu sababli erkak kishi o’z turmush o’rtog’ini asrab-avaylashi, ardoqlashi yaxshi natijalar beradi. Ayollar o’zini parvarishiga e’tiborini qaratganda birinchi galda parhezni ham unutmasligi lozim. Qiyin hazm bo’luvchi ovqatlardan iste’mol qilishdan ogoh bo’lishlari talab etiladi. Mabodo kasal bo’lganlarida do’xtirlar qarmog’ida vaqti- vaqti bilan maslahatlar olib turishlari sog’lom bola ko’rishning asosiy sabablaridandir.

    Bolaning ona qornida rivojlanishi juda tez va murakkab taraqqiyot davrini bosib o’tadi. Uning rivojlanishi ona qornidagi fiziologik harakatga ham bog’liq. Bola ona qornida rivojlansada u ma’lum darajada tashqi muhit ta’sirida ham bo’ladi. Shuning uchun bu tashqi ta’sirni ijobiy bo’lishini ta’minlash zarur. Mutaxassislarni ko’rsatishicha, sog’lom tug’ilgan bolaning o’rtacha og’irlik vazni 2,8-3,5 kg, bo’yi esa 45-52 sm. bo’ladi. U olti oyga etganda esa uch barobar ortadi. Bir yoshli sog’lom bolani og’irligi 9 kg etadi. Bir yosh atrofida bolaning vazni va bo’yi tez o’sadi. Agar bola bir yoshgacha 25 sm.ga o’ssa, keyingi ikki yil davomida 18 smga o’sadi. Bu holatda rivojlanish bolada ma’naviy xislatlarni yaxshi shakllanishiga yordam beradi.

    Ma’lumki, bola tug’ilgandan so’ng bir necha kun o’tishi bilan ona ovozini taniy boshlaydi. Turli harakatlarni amalga oshira boshlaydi. Onaning o’ziga xos hidini ham aniqlaydi. Hatto 15 kunlik bola ona kayfiyati, his-tuyg’usini ham seza boshlaydi. 20-25 kunligida esa o’ziga ko’rsatilayotgan mehr-oqibatni sezib yig’lashi yoki kulishi mumkin. O’zining bezovtaligini his-tuyg’usi bilan bildira boshlaydi. Bu aytilgan fikrlar quruq bir gap, so’z emas, balki ilmiy izlanishlar, hayotiy tajribalarga asoslangan fikrlardir. Demak, bola his-tuyg’usi juda nozik bo’lib ana shu davrlardayoq uning egiluvchanligi yoki o’jarligi shakllandi. Binobarin, bola hulqining shakllanishi ham ko’proq shu davrning mahsulidir. Shu sababli ota-ona go’dakning xulq- atvoriga qarab nima istayotganini ham sezishi darkor. Buning uchun ota-ona ziyrak va o’ta xushyor bo’lishi kerak. Bola xulqini sezadigan va shakllanayotgan xulqqa qarab tarbiya ustida bosh qotirishi lozim. Zero, tug’ilgan farzandlarning ba’zilari faol bo’lsa faollikka qarab yuvosh bo’lsa yuvoshlikka qarab xulosalar chiqarish ayni muddao bo’ladi. Bolaning his-tuyg’ulariga javob qaytarishi tarbiya qayoqqa ketayotganidan dalolat beradi. Chunki bolaning ta’sirchanligi noziklik davrini boshdan o’tkazayotganligini bildiradi. Mabodo shu davrlarda bolani ko’p kuldiradigan bo’lsangiz katta bo’lganida ham ko’p kuladigan, yig’lash jarayoni bolada ko’p kechgan bo’lsa, yig’laydigan bo’lib qolishi hech gap emas.

    Farzandda shakllanayotgan his-tuyg’uda sevilish va ardoqlanish ustuvordir. Shu bilan birga bolada ham boshqalarni, ayniqsa ota- onani sevish tuyg’usi shakllana boshlaydi. Demak, boladagi bu jarayonlarni me’yorida bilmaslik tarbiyada ham kech qolishlik demakdir. Boladagi bu davr va holatlar ma’naviyat shakllanishining birinchi bosqichlaridan biridir. Shu munosabat bilan aytish kerakki, bu davrlarda farzandga yoqadigan ishlarni bajarish unda ma’lum bir malakani shakllantirishga olib keladi. 1-3 yoshdagi bolani hatto sanoqli vaqtlarda ham nazardan chetda qoldirib bo’lmaydi. Ulardagi sezgirlik o’ta shiddat bilan shakllanadi. Shu paytlardan bola bilan muloqot umr davomidagi (ijobiymi yoki salbiymi undan qat’i nazar) muloqotni belgilab beradi. Chunki bola aynan ana shu davrlarda ulkan e’tiborni talab qiladi va shundan xulosa qila boshlaydi. Alla aytadigan bo’lsa, allani bola tomondan his qilishini sezildimi, demak tarbiyani ham qabul qilishi shu davrdan boshlangan. Ana shu paytlarda bolani faqat ardoqlash sevish yoki yaxshi to’yintirish, kiyintirish bilan mashg’ul bo’lib qolish kelajakda ko’p xatolarga olib keladi. To’g’ri, bolani ona suti bilan to’ydirish, bu bebaho jarayondir. Ona suti go’dak organizmini nafaqat chiniqtiradi, balki bolaga bir umrli mehr, oqibatni ta’minlaydi, ma’naviy ozuqani ham beradi. Shu sababli, ham bolani 2 yoshga to’lganiga qadar emizish talabi o’ta muhimdir.

    Bolani etuk, yuksak ma’naviyatli bo’lishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri onalik-otalik qobiliyatini ijobiy holda namoyon qilishga bog’liq. Masalan, onalar «Alla bolam»ni aytish bilan birga bolani beshikka belash paytida «egalari kirsin, yomonlari chiqsin», «bolam vaqtida yotsin, vaqtida tursin» degan iliq so’zlarni ko’plab aytishi boladagi intilishlarga sabab bo’ladi. Ona o’z bolasini turli erkalashlar bilan ma’naviy yuksaltirsa, ota esa turli o’yinchoqlar orqali zaruriy xarakterni shakllantiradi.

    1-3 yoshli bolalarda nutqni o’stirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish, ularda turli harakat va ko’nikmalarni hosil qilish, tasviriy jarayonlarga e’tiborini qaratish, musiqa mashg’ulotlarini sirlari bilan tanishtirish yo’lga qo’yiladi. Ana shu jarayonlarda bolani ma’naviy yuksalishiga ta’sir etuvchi omillardan to’g’ri foydalanilmas ekan tarbiya etarli beriladi, deb bo’lmaydi.

    Mazkur yoshlarda turli ko’nikmalarni shakllantirishda bolani ovutishda qo’llaniladigan o’gitlarning o’rni juda ahamiyatlidir. Jumladan, chapak chalish «Barmoqqa barmoq», «G’oz-g’oz», «Toy-toy», «Achom-achom», «esonmisiz-omonmisiz», «Qaysi qo’limdagini top», «Ko’zingni yum, og’zingni och» kabi sohalar orqali ham bolani xatti- harakatlariga ta’sir etiladi. Ushbu o’yinlar bilan birinchidan bolani sog’lomlashtirishga harakat qilinsa, ikkinchidan o’ylashga, tafakkur ellementlarini paydo qilishga ko’maklashiladi. O’z navbatida tafakkur ellementlari bolada paydo bo’lar ekan, demak ma’naviyat shakllanishi uchun ham shart-sharoit yaratila boshlanadi. Bu yoshlarda ayniqsa, nutq o’stirishga ko’proq e’tibor berish zarur. Nutq bo’lajak inson, shaxs faoliyatini negizidir.

    Buning uchun qo’g’irchoqlar, koptok, mashinalar, turli tasvirlar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Bular orqali bolaga turli savollarni berilishi, o’rtoqlarini faolliyatini misol qilinishi, tabiatdagi narsalarni so’ralishi rasmlar bilan mashg’ulot o’tkazilishi bolada fikrlash qobilliyatini o’stiribgina qolmasdan, uning nutqiga ham ta’sir qiladi.

    Bola tarbiyasi uzlkusizlikni talab etadi. 1-3 yoshdagi bolalar tarbiyasi 3-7 yoshdagi bolalarda yuqoriroq bosqichda davom etadi. Ayniqsa, bolaning ko’p so’rash va ko’p gapirish davri shu yoshlarga to’g’ri keladi. Shu sababli bu davrda salomlashish odobidan boshlab bola nutqidagi grammatik tuzilishini shakllantirish tevarak-atrof bilan tanishtirish, ona Vatan haqida, Buyuk siymolar va bayramlar, kattalar mehnati, buyumlar haqida suhbat she’rlaridan yod oldirish, hikoya aytish, ifodali o’qish, miqdor va sifat haqida tushuncha berish, fazo haqida tasavvurlashga intiltirish, rasmlar chizdirish, turli ob’ektlar qurish, yasash, jismoniy tarbiyaga o’rgatish kabilar orqali amalga oshirilishi lozim.

    Zero, Vatan tuyg’usi vatanparvarlik xislari milliy g’urur, milliy istiqlol g’oyasi hamda Vatan hududi, o’lkasi, xalqiga mehr va sadoqati bolaning yoshiga mos ravishda shakllantirilishi ma’naviy vazifalarning negizini tashkil qiladi.

    5-7 yoshdagi bolalar tarbiyasi, 3-4 yoshdagi tarbiyaning murakkabroq bosqichlarini qamrab oladi. Bu davrda ham bolalarda lug’at yoki so’z boyligini oshirish maqsadida «O’zbekiston mustaqil davlat» mavzusida suhbat uyushtirish bola ma’naviyati yuksalishiga ham ta’sir etadi. Ma’lum malakaga ega qiladi.

    Bolada ma’naviyat yuksalish maktabga borganda yanada yuqoriroq bosqichga ko’tariladi. endi bola, oila va bog’chada olgan tarbiyaviy malaka maktabda o’z samarasini bera boshlaydi. Bu samarani to’g’ri baholash, ijobiylarini bolada mustahkamlash va rivojlantirish maktab o’qituvchisiga bog’liq. Maktab o’qituvchisi berayotgan ma’naviy tarbiya oldingi olingan tarbiya bilan uzviy aloqada bo’lishi lozim. Maktab yoshidagi bolani tarbiya qilishda, bolani harakatini o’ta chegaralamaslik, jahl va zulm qilmaslik lozim. Yosh bolani o’ta qattiq qo’llik va zulm, badjahllik bilan tarbiyalasa bolani xotirasiga, shodligiga, mavqeiga putur etkaziladi. Bunday tarbiya natijasida uning ma’naviy yuksalishi ham ko’ngildagidek natija bermaydi. Bolada qo’rquvlik alomatlari paydo bo’ladi. Parishonxotirlik, g’amginlik, xafsalasizlik elementlari paydo bo’ladi. Bu esa o’z navbatida tarbiya va bilim olishga o’ta salbiy ta’sir etadi. Unda sustkashlik xislatlari mujassamlasha boshlaydi. O’z ustidan nafratlangan o’quvchi yolg’onlik, riyokor, hiylagar, ruhiyati pas, nojo’ya ishlarga egiluvchan bo’lib qoladi. Yuksak ma’naviylikka eltadigan xislatlar ikkinchi o’ringa tushib qoladi.

    7-12 yoshlarda bolalarga jismoniy tarbiyani ahamiyatini yo’qotmagan holda ko’proq aqliy va ahloqiy tarbiyani shakllantirish o’ta muhimdir.



    Yuqorida biz bolalarning 3–7 yoshlaridagi tarbiyasiga taaluqli omillar ustida to’xtalgan edik. Endi aytmoqchimizki, yuqoriroq yoshdagi bolalarga beriladigan aqliy tarbiya bolaning keyingi, ya’ni etuklik davrini ko’proq belgilab berishga asos bo’la oladi. Insonning aqli farosatini yuksaklik darajasi nimada, deb savol qo’yilganda, insonning yaxshi bilimga ega bo’lishi, bilimni chuqur o’rganishi va o’rgangan bilimni to’g’ri fikrlashidir, desak xato bo’lmas. Buning uchun maktabda o’qitilayotgan fanlar ayniqsa katta rol o’ynaydi. Mazkur fanlardagi tarbiyaviy jihatlar ustuvor bo’lsa yuksak ma’naviyatni shakllanishi ham oson kechadi. Ayniqsa, birinchi va ikkinchi sinflar dasturlarida ko’rsatilgan mavzular o’ta ehtiyotkorlik bilan bolalarga singdirilsa, uning kelajakdagi natijasi yomon bo’lmaydi. Bu sinflarda o’qiyotgan bolalarga savodxonlikni o’rgatish, hikoyalar aytish buyuk siymolar faoliyati bilan tanishtirish, bayramlar haqida, xalq ijodidan so’zlab, mehnat qilish haqidagi badiiy adabiyotdan misollar olish, she’rlar o’qib berib, ulardan namunalar yodlatish, ifodali o’qishlariga intiltirish yuksak ma’naviyat shakllantirishning asosiy omillaridandir. Jumladan: savodxonlikka o’rgatish uchun gap haqida tushuncha berish, gapning so’z tarkibi haqida suhbat uyushtirish uchun xalq ertaklarida «Egri va to’g’ri», «Zumrad va Qimmat», A. Navoiyning «Sher bilan Durroj», A. Avloniyning «Xo’roz va bo’ri», tevarak atrof bilan tanishtirganda «Ona yurtim Toshkentim», «Samarqand qadimiy shahar», «O’lkamizda oltin kuz» kabilar yuksak ma’naviylik shakllantirishni ilk bosqichlaridir, yoki buyuk siymolar haqida gapirganda Mirzo Ulug’bek, Abu Ali Ibn Sino fikrlari, Behzod rasmlari, Amir Temur, Jalollidin Manguberdi faoliyatlari ma’naviylikni singdirishda yorqin misollardir. Tarbiya va bilim berish jarayonida yaqindan yordam beradigan sohalar: mehnat va ona tili haqida suhbat va she’rlar borki bolalarni zavq va shavqini oshirishga yordam beradi. Binobarin, dehqonchilik va chorvachilik, tadbirkorlik, o’ymakorlik va bo’yoqchilik, kiyim-kechak va tikishlar, she’rlardan A. Oripovning «Ona tilimga», Barot Isroilning «Shunday o’lka bor», Safo Ochilning «Ota-ona duosi», «O’z tilim», Nurbekning «Mening Vatanim» kabi she’rlari shular jumlasidandir. Nomlari zikr qilingan ushbu asarlar orqali bolani ichki dunyosiga ta’sir etish mumkin. Bu davrda bolalar xarakteri o’ta egiluvchan bo’lganligi uchun asarlarni mazmuni va mohiyati ham tanlanishi zarur. Mazkur yoshlarda aqliy tarbiya singdirilar ekan salbiy xislatlarni eslatadigan (ishqiy yoki chekishlik) asar va hikoyalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. Sababi bunday xolatlarni izohlaydigan sohalar umumiy tarbiyani salbiy tomonga etaklab ketishi ehtimoldan uzoq emas. Maktabda mazkur sohaga oid bo’lgan ko’rgazmali ashyolar-ta’sirchan videofilmlardan fodalanish lozim. Maktab o’quvchisini ruhiy holatini sinchiklab o’rganishning samarali vositalari haqida boshqotirish ulardan unumli foydalanishda kech qolmaslik tarbiyada muhimdir. Ijobiy ruhni 3-12 yoshli bolalarda shakllantirish yuksak ma’naviyatni shakllantirish uchun asosiy zamin bo’ladi. 7-13 yoshlardagi bolalar faoliyatiga ko’proq maktab o’qituvchisi, jamoasi mas’ul bo’lsada, bu paytlarda ota-onalarning mas’uliyati yanada oshadi. Bolani bu yoshlarda quruq so’zlar, do’q-po’pisalar bilan emas, haqiqiy dalillar, to’g’ri so’zlik, jonkuyarlik bilan qo’lga olish mumkin.

    Yuksak ma’naviyatni shakllanishida ahloqiy tarbiya asosiy negizni tashkil etadi. Ahloqiy tarbiya ham ko’proq bolaning 3-12 yoshlarda izchil holda berilishi uning keyingi butun umri bilan bog’langan. Insonning baxtli yoki baxtiz bo’lishi ko’p jihatlardan o’ziga bog’liqdir. Avvalo ta’kidlash lozimki, yoshlikdan boshlab hamma ham baxtli bo’lishga intiladi. To’g’ri, 7-12 yoshli bolalarga eng muhimi o’sha baxt haqida fikrlarni sodda qilib singdirilishi yutuqlarga olib kelishi mumkin. Bolada ana shu baxt haqidagi tasavvur ahloqiy normalar bilan birga tushuntirilsa, u samarali bo’ladi. Mazkur yoshdagi bolalar orzular qilishga juda moyildirlar. Ana shu moyillikning o’z vaqtida anglab uni boshqarish imkoniyatiga ega bo’linsa, boladagi axloqiy xususiyatlarni ijobiy tomonga borishi uchun qulaylik yaratiladi. yomon ishlarning oqibatini bolaga hayotiy voqealardan kelib chiqib anglatish kerak. Baxt izlovchi bola, ba’zida, «shu baxt ehtiyoji» jirkanch holatlarga olib kelishini o’qituvchi tomonidan mohirlik bilan tushuntira olsagina maqsadga erisha oladi. Ayniqsa, bu yoshlardagi bolalarga qimor o’ynash, sharob ichish, ahloqsiz o’yinlarni qilish, vaqtni bekorga ketkazish xatti-holatlarga duchor bo’lish natijasida, vaqtincha baxtga erishishi, ammo oxiri «voy bo’lishi» haqidagi ta’sirchan fikrlar berilganda har bir bolaning umr bo’yi esida qoladi. Bu yoshdagi bolalarni turli nojo’ya so’zlar yoki qo’rqitish yo’llari bilan tarbiyalash natija bermaydi. Urushish, so’kishish natijasida qalbi lat egan boladan yaxshilik chiqmaydi. Yuksak ma’naviyat qirralaridan uzoqlashadi. Shu sababli, bu yoshdagi bolalar tarbiyasi o’ta nozik lekin sharaflidir.


    Download 3,09 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




    Download 3,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’naviyat va ma’rifatning qadimiyligi

    Download 3,09 Mb.