Milliy o’zlikni anglash tushunchasi




Download 3.09 Mb.
bet33/36
Sana10.04.2017
Hajmi3.09 Mb.
#3630
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Milliy o’zlikni anglash tushunchasi

Milliy o’zlikni anglash tushunchasining mohiyati haqida so’z ketganda, kommunistik mafkura milliy ravnaqni targ’ib qilmasdan, uni mavhum qilib umumiy tushunchalar bilan xalq ongini toraytirib qo’ydi. To’g’ri, o’sha mafkuraning dasturlarida ham «Vatan», «davlat», «mamlakat», «madaniyat» tushunchalari bo’lgan, ammo ularning mohiyati va mazmuni mahalliy xalq uchun xizmat qilmagan. Aksincha, mahalliy xalqni inqirozga yo’liqtirgan. O’z vaqtida Munavvar qori Abdurashidxonov «millat, vatan, madaniyat…» shunga o’xshash so’zlarning haqiqiy ma’nosini bolsheviklar boshqacha tushunganlarini, bu so’zlar orqali o’zlarining qabih niyatlarini amalga oshirayotganlarini ochib tashlagan edi. Sababi, milliy o’z-o’zini anglashda ko’pgina to’siqlar hali oktyabr inqilobi davridayoq boshlangan edi. Ma’lumki, xalqning o’z-o’zini anglashida til, madaniyat, din, hudud birligi bo’lishi lozim. Jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri I.G’aspiralining ta’kidicha, millatning o’zligini yo’qotish uchun shulardan bittasining buzilishi kifoya edi. Kommunistik mafkura haqiqatda xalqimizni o’z tilidan, dinidan o’z o’tmishidan, madaniyatidan mahrum qilishga olib keldi. Shu sababli, endilikda shunday payt keldiki, biz o’zimizning o’tmishimiz va ajdodlarimizning faoliyati bilan yaqindan tanishib, kimlarmiz va qaysi yurt vorislari ekanligimizni nafaqat bilishimiz, balki, ularni dunyo miqyosida targ’ib qilishimiz lozim. Bu sohada jadidchilik harakatining yirik namoyondasi I. G’aspirali aytgan mazmunli fikrlar aynan o’zbek xalqiga ham taalluqlidir. U kishi jon kuydirib ushbu fikrlarni o’rtaga tashlagan edi: «Biz, turklar o’z qonunlari va turmush odatlari ila bir kub saltanatlar maydonga keltirgan qavm o’laroq yashab keldik va shunday yashajakmiz…

Biz-turkiy xalqlar qadim-qadimdan Marmar dengizidan Xitoy devorigacha yoyilgan yirik bir tarixiy-etnografik birlik o’laroq yashab keldik va xuddi shunda yashamog’imiz kerak…

Biz o’z tarixining dastlabki davridayoq yozuviga (O’rxun va uyg’ur yozuvlari) ega bo’lgan, keyin ham uni ilm va tafakkurdagi ulkan muvaffaqiyatlari bilan bezagan qabila sifatida yashab keldik va shunday yashayajakmiz…

Agar biz muayyan tarixiy sharoitlar tufayli boshqa xalqlardan orqada qolgan ekanmiz, bu hali milliy-madaniy inqilob huquqidan mahrum etmaydi, aksincha, u tomon yanada kattaroq g’ayrat bilan intilishga majbur etadi… Buni bizdan xalqimizning tarixi, taqdiri talab etadi. Ulug’ vazifalar va ulug’ intilishlardan qo’rqmang! Ular ulug’ voqealarni tayyorlaydi va ulug’ shaxslarni etkazadi…

Shuncha shaharlar bunyod etgan, fan va madaniyatning dohiylarini, xarbu zarbning olamjahon vallomatlarini dunyoga bergan bu millat nahotki suvga tushgan toshdek zim-ziyo ketsa?…».

Bu fikrlar har qanday kishini hayajonga solmay qolmaydi.

Xo’sh, shunday ekan o’z-o’zini anglash, deganda nimani tushunish kerak? degan savol tug’iladi.

O’z-o’zini anglash ˙ bu o’z Vatani va shu Vatanda yashagan xalqning, millatning o’tmishi, uning madaniyati, urf-odati, hamda qadriyatlarini bilishi demakdir.

O’z-o’zini anglash bu ˙ o’z xalqining azaldan jahon hamjamiyati taraqqiyotiga qo’shgan hissasini anglashdir.

O’z-o’zini anglash bu-o’tgan ajdodlar tarixini mukammal bilish, ularning ruhlari hurmatini o’rniga qo’yish demakdir. Shu bilan birga o’z-o’zini anglash Vatan hududidagi boy madaniy va moddiy merosni aniqlab, porloq kelajak uchun xizmat qilishga intilish, avlodlar farovonligi uchun o’z hissasini qo’shish hamdir. O’z-o’zini anglash faqat o’z tarixini bilish bilan cheklanib qolish degan so’z emas. O’zining zamonaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda o’z millati va Vatanining shuhratini oshirish hamdir.

Ma’lumki, xalqimiz uzoq o’tmishga ega. U o’z tarixida ko’pgina qiyinchiliklar, bosqinchiliklarga duchor bo’lgani bilan, shunday boy tarixiy meros qoldirganki, ularni anglash beixtiyor milliy g’ururni shakllantiradi.

O’rta Osiyoning markazi bo’lmish O’zbekiston dunyo tarixida o’chmas iz qoldirib kelayotir. Buni jahon xalqlari e’tirof etadi. Masalan, O’zbekiston qadim zamonlardayoq «Buyuk Ipak yo’li» orqali G’arb va Sharqni bog’lash uchun xizmat qilgan. U dunyo davlatchiligini rivojlantirishga, jahon madaniyatini ko’tarishga o’z hissasini qo’shgan. Shu sababli ham, bu yurtdan mag’rurlansak arziydi. O’zbekiston hududida qadimdan ko’p elat va millatlar yashagan bo’lsa-da, ular o’rtasidagi do’stlik, totuvlik, barqarorlik insonlarni hayratda qoldirib kelgan. Demak, tarixan birlikni, etnoslar mavjudligi, ularni qon-qarindoshligi bilan, ulardagi til, ona zaminning ma’naviy jihatlari yaqinligini, ulardagi muqaddas tuproq, Vatanga bo’lgan mehr-muhabbatni anglash hozirgi avlod uchun ayniqsa dolzarbdir.

Gohida onda-sonda dunyoda bo’lib turgan kelishmovchiliklar, ziddiyatlarning oldini olishga bizning yurtimiz ma’naviy qurol bo’lib xizmat qiladi.

Hozirgi zamonda o’z-o’zini anglash bu ˙ shaxsiy va mahalliychilik, urug’-aymoqchilik illatlarini yo’qotishga yordam beradi. Azaldan bir tan, bir jon bo’lib yashab, shu mamlakat ravnaqini ta’minlagan ajdodlarimizning turmush tarzi hozir ham yorqin misol bo’lib, hamkorlik qilishning manbai bo’lib xizmat qiladi.

Milliy o’z-o’zlikni anglash natijasida o’z mamlakati taraqqiyotini belgilash, uning mustaqilligi uchun kurashning namunasini beradi. O’z-o’zini anglash kelajakda o’z taqdirini o’zi belgilash uchun foydalaniladi, u mas’uliyatni oshiradi. Ajdodlar fidoiyligi, jonkuyarligidan xulosalar qilinadi.

O’z-o’zini anglash shunday bir noyob jarayonki, uning mohiyatiga etish insonda bitmas-tuganmas mehr-muhabbat, shafqat, umumiy insonparvarlikni shakllantiradi. Insonlarda milliy anglash bo’lmasa, milliy manfaatlarni tushunish qiyin. Qachonki, milliy anglash yuksak bo’lgandagina kerakli vaqtda, ya’ni o’z millatining qadr-qimmatini pasaytirayotgan hodisa va harakatlar bo’lsa, uning ma’naviy va moddiy boyligiga zarar keltirsa, g’ururi poymol etilaversa, o’shanda birlashish, himoya qilish namoyon bo’ladi. Shunday paytlarda mamlakat ichkarisidagi muxolifatlar ham yagona maqsad yo’lida birlashadilar.

Millatning o’z-o’zini anglashi, uning his-tuyg’ulari, irodalari, ruhlari, kayfiyatlarini o’zgartiradi. Turmush tarziga ta’sir qiladi. Ta’kidlab o’tish kerakki, o’z-o’zini anglash faqat o’z millatining manfaatini himoya qilish bilan chegaralanmaydi. Balki, millat va mamlakat taraqqiyoti uning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir etadi, mamlakatga, Vatanga oid turli voqealarni, ichki va tashqi jarayonlarni to’g’ri baholaydi, uning muammolarini hal etadi, ichki ma’naviy va moddiy zahiralarni ishga soladi, jamiyatning olg’a qarab siljishiga yordam beradi. Ana shu ma’noda, millatning o’z-o’zini anglashi millat uchun muhim belgi bo’lib, u milliy g’ururda kengroq o’z ifodasini topadi.




Katalog: umk

Download 3.09 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 3.09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy o’zlikni anglash tushunchasi

Download 3.09 Mb.