Milliy istiqlol g’oyasini takomillashtirish




Download 3.09 Mb.
bet35/36
Sana10.04.2017
Hajmi3.09 Mb.
#3630
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Milliy istiqlol g’oyasini takomillashtirish

va demokratik jarayon
Davlatimizning ezgu muddaosi va vazifalaridan biri bu ˙ bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishdir. Demak, milliy istiqlol g’oyasi bilan bu vazifa mushtarak bo’lsa jamiyatimiz rivojlanishi, taraqqiy etishi tezlashadi. Ayniqsa, tinglovchilar va talabalar bilan ish olib borish mobaynida milliy istiqlol g’oyasining demokratik jarayonlar bilan chambarchas bog’langan jiddiy tushuntirish ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, shaxs faoliyati ko’p qirralidir. Bu qirralar rivojlanishi uning etuk xodim sifatida shakllanishiga yordam beradi. Shu qirralardan biri shaxsning demokratiya to’g’risidagi bilimidir.

«Demokratiya» so’zi va uning jamiyatda tutgan o’rni qadimiy bo’lsa ham, shaxs uchun “yangi”dir. Inson alohida muhitda shaxs bo’lib shakllanmaydi, balki ota-ona tarbiyasi, bolalar bog’chasi, maktab, o’quv yurti va jamoada tarbiyalanadi. Shu sababli u demokratik jarayonlarga har xil holatda duch keladi va undan o’ziga xulosa qila boshlaydi.

Demokratiya va milliy istiqlol g’oyasining shaxsda shakllanishi juda murakkab kechadi. Chunki, u o’zining qadr-qimmatini yuqorida ko’rsatilgan atrof-muhitdan kelib chiqib anglay boshlaydi. O’z qarashlarini, his-tuyg’ularini shakllantiradi. Burch va mas’uliyatini sezadi. Demak, shaxsiy manfaatni milliy istiqlol g’oyasi bilan aloqada ekanligini jonli qilib tushuntirish esa murabbiy o’qituvchining asosiy vazifasi bo’lishi lozim. Buning uchun u huquqiy jihatlarni chuqur o’rgangan bo’lishi kerak.

“… Aholiga chuqur huquqiy bilim berishni yo’lga qo’yish, bu orqali huquqiy madaniyatning yuksalishiga erishish, boshqacha aytganda, tom ma’nodagi huquqiy ongni shakllantirish talab etiladi. Bu jamiyatning to’g’ri, demokratik yo’ldan rivojlanishi uchun zarurdir. Chunki, huquqiy tafakkur shakllanmasa, turli xil nomutanosibliklar kelib chiqadi”1 yoki Ta’kidlash lozimki, ko’pgina kishilar hozirgi kunda ham demokratik jarayonlar, huquqiy qonunlar asosida shakllanishini yaxshi tushunib etmayotirlar. Natijada, ba’zida jamoada ishlaydigan rahbariyat bilan shaxslar o’rtasida kelishmovchiliklar ham ro’y berib turibdi. Shu sababli, “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari” dan dars beruvchi barcha o’qituvchilarning o’zlari ham huquqiy qonunlarni mukammal bilishlari, “men huquqshunos emasman”, deb turmasdan, har bir darsdayoq imkoniyat va zaruriyat bo’lganda tinglovchilarga huquqiy bilimlarni ham qisman bo’lsa-da etkazishlari lozim. Bu vazifani bajarish fidokorlikni, ijodiy yondashishni talab etadi. O’qituvchining o’zi milliy istiqlol g’oyasi uchun jonkuyar bo’lmasa maqsadga erishib bo’lmaydi. Aks holda davr talabi-demokratik jarayon ham amalga oshmaydi. Binobarin, shaxs hayotda, ishlab chiqarishda qatnashishi natijasida ko’p narsa va hodisalarni hal eta oladi.

Zero, milliy istiqlol g’oyasining hayotga tatbiq etilishi va demokratik tamoyillarni amal qilishi, davlat, jamiyat, fuqarolarning o’zaro munosabatlaridagi qonuniylikka asoslanadi. Bu uch sub’ektning manfaatlari o’zaro mos tushgandagina osoyishtalik va barqarorlik, farovonlik amalga oshadi. O’quv jarayonida yoshlarga ana shu xususiyatlar turli yo’llar bilan singdirila borilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda milliy istiqlol g’oyasi tamoyillaridan foydalanib, demokratiyaning turli jarayonlari singdirilishi yaxshi samara beradi. U Konstitutsiya bilan ham bog’lanishi zarur. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy xususiyati ham shundaki, unda yuqoridagi sub’ektlar ham ustuvor yo’nalishlar qilib belgilangan. Shunday ekan, bu sub’ektlarning burch va mas’uliyatlari ham mavjud. Har bir fuqaro o’zining burchini yaqqol anglashi lozim. Masalan, ijtimoiy guruh sifatida talabalarning faoliyatini oladigan bo’lsak, talabalar ham o’z huquqlariga, ya’ni bepul va pulli o’qishi, erkinligi, yotoqxonalardan foydalanishi, saylovlarda qatnashishi, boshqaruvda ishtirok etishi, uyushma, partiya va boshqa tashkilotlarga kirishi, dam olishi, xohlagan diniga e’tiqod qilishi, mehnat qilishi, taklif va shikoyat qilishi, kutubxonalardan, jamoat joylaridan foydalanishi, tazyiqlardan muhofaza qilinishi va boshqalarga ega. Ularning burchlari esa ko’proq vijdon amri bilan bog’liqdir. Binobarin, milliy istiqlol g’oyasini tushunib etish ham talabaning burchidir. Ammo, burch elementlarini, mas’uliyat jarayonlarining shakllanishini talabaning shaxsiy ishidir, deb qo’yish ham o’rinsizdir. Kundalik faoliyatda har bir o’qituvchi tomonidan bu burch va mas’uliyatlar ma’lum imkoniyatlar topib “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” darsining muammolarini o’tayotganda talabaga ko’proq tushuntirilishi, ongiga singdirilishi lozim.

Har bir oliy o’quv yurti talabasining burchi ˙ bilim maskani nufuzi uchun kurashish, bilim maskanidagi nojo’ya bo’ladigan harakatlarga loqayd bo’lmasligi, bilim yurtining asbob-uskunalari, laboratoriya jihozlarini ko’z qorachig’idek saqlashi, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishi, jamoat joylarida tartibni saqlashga ko’maklashishi kabilardir. O’z navbatida bular ham milliy istiqlol g’oyasini hayotga tatbiq etishning elementlaridir. Garchand burch va mas’uliyat qonunlarda qat’iy ko’rsatilgan bo’lmasa ham, aslida bularga rioya qilish talabaning keyinroq etuk shaxs bo’lishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Burch deganda, faqat yuqoridagi sohalar bilan cheklanib qolinmaydi. Jumladan, talabaning yotoqxona, fakultet, yoki akademiya institut miqyosida bo’ladigan jamoat ishlarida qatnashishi, shu joylarni bezatishda ishtirok etishi, shahar va Respublika miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarda (talab etilganda) hozir bo’lishi kabilar ham talabada ijobiy xislatlarning jumladan, milliy istiqlol g’oyasining shakllanishiga yordam beradi.

Fuqaroning shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradigan omillar turlichadir. Bular quyidagilardan iborat:

• fuqarolarga qonuniy hujjat va me’yorlarni “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” doirasida o’rgatish;

• urf-odatlar, qadriyatlar, allomalar fikrlarini tushunarli qilib singdirib borish;

• milliy burch tafakkurining dunyoviy burch tafakkuri bilan bog’liqligini uqdirish;

• o’tiladigan dars va suhbat, muloqotlarda fuqaroning burch hamda mas’uliyatlarini jonli tarzda ko’rgazmali qilib tushuntirish. Bunda “Ma’naviyat” nashriyotidan chiqarilayotgan ko’rgazmali qurollardan foydalanish;

• burch va mas’uliyat haqida referat mavzularini tayyorlash hamda tegishli paytda fuqarolarga tarqatish, ulardan shu sohada referat yozishni talab qilish;

• jamiyat tarixida fuqarolar burchi va mas’uliyatlarini solishtirgan holda, ularni o’zgaruvchanligiga diqqatni tortish;

• burch va mas’uliyatning milliy istiqlol g’oyasini shakllanishi va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini eslata borish;

• shaxsiy manfaat bilan jamoat manfaatlarining mushtarakligi haqida suhbatlar o’tkazish, shu sohada yozilgan asarlar, yaratilgan filmlar tavsiya etish va boshqalar.

Bu omillar umuman shaxs faoliyatida demokratik jarayonni shakllantirishda ummondan bir tomchi xolos. Lekin ushbu omillar bilan qonunlar o’rganilishi, ularning ustuvorligini ta’minlanishi amalga oshirilsa, nur ustiga a’lo nur bo’ladi. Ayni paytda jamiyatimizni demokratlashtirish fuqarolar faoliyatiga ham bog’liqdir. Fuqarolar jamiyatdagi turli sohadagi xodimlardir. Taraqqiyotni esa shu xodimlar harakatga keltiradi. Xodimlarda milliy istiqlol g’oyasining shakllanishi hamda huquqiy madaniyat va burch, mas’uliyat birlashmasi jamiyatning olg’a qarab siljishi murakkab kechadi. Chunki, erkin shaxsni tarbiyalash bozor munosabatlari bilan ham bog’liqdir. O’z navbatida bozor munosabatlari yangi ijtimoiy munosabatlarni paydo qiladi. Shu sababli, fuqaro shaxsini takomillashtirishda olib borilayotgan tarbiyaviy-amaliy, o’quv-metodik ishlarining samaradorligiga har bir rahbar, mutasaddi-o’qituvchi, murabbiy, tarbiyachi, oliygohlar rahbariyati e’tiborini jiddiy tortish lozim. Tarbiya barchaning mas’uliyatidir. Zero, I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, har qaysi fuqaro, har bir talaba “shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi”–deb emas, balki, “men o’zim Vatanimga, el-yurtimga nima berdim?”,-deb o’ylash bilan yashaydigan fuqaro va talabani tarbiyalashimiz buyuk davlat qurishimizdagi muhim jihatdir.
Mualliflar xaqida ma’lumot
Mingnorov Abduholiq Toshmirzayevich 1962-yil 2-iyunda Surxandaryo viloyati Denov tumanida tug’ilgan. 1969-1979 yillarda o’rta maktabda o’qigan. 1986-1991 yillarda Toshkent Davlat Universiteti (O’zMU) ning Tarix fakultetini kunduzgi bo’limini tugatgan. 1991-1993 yillar O’zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasi Tarix ilmiy tekshirish instituti bosh labaranti. 1993-1996 yillar O’zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasi Tarix ilmiy tekshirish aspiranti. 1996-2003 yillar O’zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasi Tarix ilmiy tekshirish institutining ilmiy xodimi. 2003-2006 yillar O’zMU qoshidagi Sobir Rahimov nomli akademik litseyda katta o’qituvchi. 2006-yil noyabr oyidan Toshkent Moliya instituti “O’zbekiston tarixi” kafedrasida katta o’qituvchi, 2008-yildan beri esa dots. v/b. bo’lib ishlab kelmoqda. 2000-yil 07.00.09. “Tarixshunoslik va manbashunoslik ixtisosligi bo’yicha “Turkiston milliy ozodlik masalalari davr milliy matbuotida” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 30 dan ortiq ilmiy maqolalari jurnal to’plamlarda chiqqan. 2002-yil “Sharq nashriyoti”da Turkistonda milliy siyosiy tashkilotlar nomli monografiyasi nashr qilingan. 07.00.09. “Tarixshunoslik va tarixiy tadqiqot usullari” ixtisosligi bo’yicha “Ozbekiston hududidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarning davriy matbuotda yoritilishi” (1917-1941 yillar) mavzusi bo’yicha doktorlik tadqiqotini olib bormoqda.

Adilov Farxod Abduvalievich 1976 yil 25 noyabrda Jizzax viloyati Zomin tumanida tug’ilgan. 1982-1992 yillarda o’rta maktabda ta’lim olgan.1992-1997 yillarda Toshkent Davlat Universiteti (O’zMU)ning tarix fakulteti kundizgi bo’limini imtiyozli diplom bilan yakunlagan. 1996-1997 yillarda Toshkent shaxar A. Ikromov (xozirgi Uchtepa) tumanidagi 295-maktabda tarix o’qituvchisi. 1997-1998 yillar Respublika Xunar texnika bilim yurtlari xodimlarining malakasini oshirish institutida xodimlar bo’limi boshlig’i. 1998 yildan xozirga qadar Toshkent Moliya instituti «O’zbekiston tarixi» kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Xozirgi kunda “O’zbekiston va Ozarbayjon davlatlarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalari:retrospektiva va hozirgi zamon” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.





Katalog: umk

Download 3.09 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 3.09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy istiqlol g’oyasini takomillashtirish

Download 3.09 Mb.