O’zbekiston Respublikasi




Download 3,09 Mb.
bet27/36
Sana10.04.2017
Hajmi3,09 Mb.
#3630
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
1. Jadidchilar g’oyalari ana shu merosimizning o’zviy qismi sifatida milliy ma’naviyatimiz rivojlanishida muhim manba bo’lib xizmat qilmoqda.
Jadidlarning amaliy harakatlari va tarixiy taqdiri.

Jadidchilik g’oyalarini unig yorqin vakillaridan Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Fitrat, Fayzulla Xo’jaev, Sufizoda, Tavllo, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon Ishoqjon Ibrat kabilar g’oyat og’ir sharoitlarda targ’ib qilishga harakat qilganlar. Ular millatining kamolatini yuksaltirish, unig qadr-qimmatini erga urishga yo’l qo’ymaslik borasida katta ishlar qildilar.

Ma’rifatchi jadidlar moddiy qiyinchiliklar, g’oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay millatning ma’naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishiga harakat qildilar. Tarixning murakkab, mas’uliyatli burilish davrlarida millatning ongini yuksaltirish, milliy iftixor tuyg’usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab etganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o’z zimmalariga oldilar.



Behbudiy, Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvarqori va boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar maktablar ochar, ular o’zlari dars berar, o’quv qo’llanmalari yozar, nashr etar va bu yo’lda jonbozlik ko’rsatar edilar. Bu yo’lda hatto o’z mablag’larini ayamaganlar. Bunday saxovotpeshalik, savobtalablik kabi ezgu ishlar bizning hozirgi mustaqil ravojlanishimiz uchun ham nihoyatda zarur. Biz erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish sari intilmoqdimiz. Bu ulug’vor vazifalarni hal etish, Prezidentimiz Islom Karimovning “Turkiston gazetasi muxbirini savollariga bergan javoblari, ya’ni “O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan ko’rmoqdamiz”da: “Bugun jamiyatimiz oldida turgan bu ulug’vor va murakkab vazifalarni hal qilish, eng avvalo, ta’lim-tarbiya, ma’rifat masalasiga borib taqaladi. Bu masala keng jamoatchilik diqqatini jalb etish kerak. Matbuot orqali, televidenie orqali odamlarda ma’rifatparvarlik g’oyalarini tarbiyalash. Maktab-maorif tarmoqlariga xomiylik, saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu xususiyatlarni kuchaytirish zarur”1.-deb ta’kidlaganlarida yuqorida biz kalamga olgan fidoiy, saxiy, millatparvar insonlar kabi bo’lishga chorlayotgan bo’lsalar, ne ajab!

Fitrat (taxallusi aslism sharifi Abdurauf Abduraxim o’g’li) (1886-1938) – yozuvchi, tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, san’atshunos va siyosatshunos olim, davlat va jamoat arbobi. Birinchi o’zbek professori

Turkiya, Xindiston, Arabiston va Rossiyaning yirik shaharlarida bo’lgan. O’qishni davom ettirish maqsadida Turkiyaga borib 1909-1913 yillarda Istambulda yashagan. Fitrat o’sha vaqtda Turkiyada kuchaygan yosh turklar harakati ta’sirida Turkiyadagi buxorolik yoshlar yordamida “Buxoro ta’limi maorif jamiyati”ni tuzadi. Jamiyat Buxoro va Turkiston maorifining olg’a siljishiga doir muhim ishlarni amalga oshiradi.

Fitrat Turkiyada tahsil olish, ma’ruzalar o’qish bilan birga samarali ijod ham qilgan. 1909 yili Istambulda uning fors tilida yozgan “Munozara”, “Sayha” ( “Na’re”) she’riy majmuasi, 1912 yilda esa “Saliha hindi” (Bayonati sayyohi hindi) asarlari nashr etiladi. Keyinchalik Fitratning millatchi, turkparast va islomparast yozuvchi sifatida qoralanishiga sababchi bo’lgan bu asarlar XX asr boshlarida Turkistondagi milliy uyg’onishi - harkatining norasmiy dasturi bo’lib xizmat qilgan. Ayniqsa, “Munozara” va “Sayyohi hindi” asrarlari yoshlar dunyoqarashining keskin o’zgarishi va ularning jadidlar safiga kelib qushilishiga sababchi bo’lgan.

Fitrat vataniga qaytgach jadidchilik g’oyalarini keng targ’ib etdi. Yosh buxoroliklar harakatining mafkurachisi va g’oyaviy rahbarlaridan biriga aylandi.

1915 yildan esa yosh buxoroliklar harakatining so’l qanotiga boshchilik qildi. 1917-1918 yilarda Samarqandda, 1918 yil martidan Toshkentga kelgan. 1919-1920 yillarda Afg’onistonni Toshkentdagi vokolatxonasida tarjimonlik qilgan, “Chig’atoy guruxning” ma’rifay-adabiy uyushmasini, shuningdek, “Tong” jurnalini tashkil etib, yosh ziyolilar avlodini millatparvorlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga kirishgan.

BXSR tashkil topishi bilan Fitrat 1921 yilda maorif, 1922 yilda xorijiya –tashqi ishlar naziri, xalq xo’jaligi kengashi raisi, MIK va Xalq nozirlari sho’rosi raisining o’rinbosari va boshqa lavozimlarda ishladi.

U shu davrda BXSR mablag’i hisobiga 70 nafar turkistonlik istiqbolli yoshlarning Germaniyaga borib o’qishi, Buxoroda Sharq musiqasi matabining tashkil etilishi, fan va madaniyat tarixigadoir xalq qo’lida sochib yotgan noyob qo’lyozmalarni to’plashda tashabbuskor bo’ldi.

Fitrat 1923-1926 yillarda Maskvada Sharshunoslik ilmiy tekshirish institutida ishladi. 1927 yildan 1937 yilgacha Samarqand Oliy pedagogika instituti hamda Toshkentdagi Til va adabiyot institutlar faoliyat olib boradi

Munavvarqori Abdurashidxonov (1878, Toshkent 1831 Maskva) – O’rta Osiyo jadidchilik harakatining yo’lboshchisi. XX asr o’zbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilardi biri, adib va shoir.

Munavvarqori ham boshqa jadidlar kabi Vatan ravnaqi va milliy taraqqiyotining asosiy omili deb xalqini savodli va ma’rifatli qilishni tushunadi. U ana shu fikrdan kelib chiqib Toshkentda 1901 yilda usuli jadid maqtabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus o’quv dasturlari tuzgan, darsliklar yozgan. 1904 yildan boshlab ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotga aralasha boshlagan. 1906 yildan “O’rta Osiyoning umrguzorligi”, “Taraqqiy” gazetalarida adabiy xodim. Shu yili nashr va muxarrir sifatida “Xurshid” gazetasini tashkil etgan. “Shuxrat”, (1907), “Tujjor” (1907), “Osiyo” (1908) gazetalarini g’oyaviy boshqargan va adabiy xodim vazifasini bajargan. Sung “Sadoyi Turkiston” (1914-1915) gazetasida mas’ul muxarrir muovini, “Al-isloh” jurnali. (1915-1917)da maxfiy muxarrir. “Najot” va “Kengash” (1917) gazetalarida mas’ul muxarrir.

Munavvarqori turli jamiyat va uyushmalar tashkilotchisi. U “Jamiyat Imdodiya”(1909), “Turon” (1913), “Turkiston” kutbxonasi (1914), “Umid” (1914), “Maktab” (1914), “Kumak” (1921) jamiyat, tashkilot, shirkat va uyushmalarida muassis, muovin, rais.

Munovvarqori bir qancha darsliklar muallifidir. Uning “Adibi avval” (1907), “Adib us-soniy” (1907), “Usuli hisob”, “Tarixi qavm”, “Tajvid” (1911), “Javoyiji diniya”. “Tarixi anbiyo”, “Tarixi islomiya” (1912), “Er yuzi” (1916-1917), 4 qismdan iborat “O’zbekcha til saboqlari” (Shorasul Zunnun va Qayum Ramazon bilan birga) darsliklari bir necha marta chop etilgan.

Evropa savdo-sanoat, ilm-fanini o’rganishga chaqirgan, ma’naviy qoloqlikni qoralagan. Chor va shuro hukumatlari olib borgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi izchil kurash olib borgan. 1917-1924 yillarda “Shuroyi islom” “Turk sdam markaziyat”, “Ittihod va taraqqiyot”, “Milliy ittihod”, “Nashri maorif” kabi jamiyat, firqa va tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qilgan.

U vijdon erkinligini inkor etmagan dunyoviy demokratik davlat tarafdori bo’lgan. Umr bo’yi o’z vatanini mustaqil ko’rishni istagan.

Maxmudxo’ja Behbudiy (1875-1919) – ma’rifatparvar, Turkiston jadidchilik harakatining rahnamosi. U yangi zamon o’zbek madaniyatining asoschisi: yangi maktab g’oyasining nazoratchisi va amalyotchisi, o’zbek dramachiligini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, naashir, jurnalist.

Yoshligidan ilm-fanga qiziqdi, hisob, huquq, din sohasini, shunigdek arab, fors, rus tillaridan chuqur saboq oldi. U Makkaga, Madinaga bordi, haj ziyoratini ado etib, Misr va Turkiya shaharlarida bo’ldi. Pretrburg, Minsk, Qozon, Ufa, Orenburg va Nijniy Novgorod kabi Rossiya shaharlarida yangi davr madaniyati bilan tanishdi.

Yosh Behbudiy dunyo qarashining shakllanishida Rossiya jadidchilik harakatining asoschisi Ismoilbek Gaspirinskiyning ta’siri katta bo’lgan.

Mahmujxo’ja Bephbudiy bolalarga diniy va dunyoviy ilm berish bilan birga, millat farzandlarini zamonaviy ilm olish uchun taraqqiy topgan mamlakatlardagi o’quv yurtlariga yuborish kerak, degan masalani o’rtaga tashladi. U quyidagi uch qoidani olg’a suradi:


  1. Zamon talablaridan kelib chiqib ish ko’rish;

  2. Millat taqdiri va istiqbolini belgilovchi milliy qadrlarni

etishtirish;

  1. Milliy biqiqtikdan chiqib, dunyo miqyosida fikrlay oladigan, chet

ellar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy munosabatlarda jahon andozalari darajasida ish yuritadigan millatga aylanish.

Uning tashabbusi bilan yangi usul maktablari ochildi. Adib bu maktablar uchun 1904-1909 yillarda “Risolai asbobi savod”, “Risolai jug’rofiyan umroniy”, “Risolai jug’rofiyan Rusiy”, “Kitobat ul-atfol”, “Amaliyoti islom”, “Muxtasar tarixi islom” kabi darslik va o’quv qo’llanmalari yozadi.

Behbudiyning ma’rifatni o’stirishi uchun maktabning maorif sohasidagina xizmat qilib qolmasdan, dramaturugiya va matbuotni ham yo’lga qo’yadi. Uning “Padarkush” (1913) asari o’zbek dramasining ilk namunasidir. Muallif “Milliy fojiya” deb atalgan 3 parda, 4 manzarali bu drama hajman ixcham, mazmunan nihoyatda sodda edi. Bu asar o’qimagan bolaning buzuq yo’llarga kirib, o’z otasini o’ldirgani, nodonlik va jaholat pand berganligi haqida hikoya qiladi. “Padarkush” dastlab Samarqandda 1914 yiligi 15 yanvarida sahnaga qo’yiladi. Avloniyning “Turon” teatr truinasi tomonidan Toshkentda 1914 yilning 27 fevralida namoyish qilinadi. Boy rolini Avloniy ijro etadi. O’z maishatiga o’ralib, dunyoni unutgan millatdoshlarga spektakl kuchli ta’sir ko’rsatadi.

Xalqning dunyoqarashi milliy ongning yuksaltirishda matbuotning o’rni nihoyatda muhim ekanligini bilgan Behbudiy 1913 yildan matbuot ishlari bilan shug’ullana boshlaydi.

U “Samarqand” gazetasi va “Oyna” jurnalini nashr etishda bosh-qosh bo’ldi. “Nashriyoti Behbudiya” nomi bilan o’z xususiy nashriyotini ochdi.

Behbudiyning ijtimoiy-siyosiy qarashlarida ma’rifatparvarlik g’oyalari asosiy o’rin tutadi. Behbudiy ilmi ma’rifat xalq ommasi tomonidan o’zlashtirib olingandagina ijtimoiy taraqqiyotda hal qiluvchi kuchga aylanadi, deb fikr yuritadi. U millat ozodligini ma’rifatparvarlik darajasi balan bog’lab, ma’rifatni ozodlikka erishishning yagona omili, deb ishongan. Millat ozod bo’lib, o’zining mustahkam davlatini o’rnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab bo’lmaydi degan xulosaga keladi.

Behbudiy istiqlol haqida fikr yuritar ekan, har qanday zo’rovonlikni rad etadi. Uningcha zurovonlik g’ayriaxloqiy. Behbudiyning istiqlol olishni Ismoil Gaspiriali singari murosa yo’lini tanlab, ruslar yordamida ma’rifatga erishish, ma’rifat masalasida haq-huquqlarni ko’lga kiritishi milliy xususiyatlarni tiklashda deb biladi.

Abdulla Avloniy (1878-1934 Toshkent).

O’zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri, ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi.

XX asr boshlarida Avoloniy jadidchilik harakatiga qo’shilib, faol ishtirokchilaridan biri bo’lib tanildi. U yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi. Maktab maorif ishlariga yordam beruvchi “Jamiyati xayriya” ochib, etim va boquvchisini yo’qotgan bolalarni o’qitdi. Avloniy asos solgan yangi usul maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan, dunyoviy ilm-fanni bolalarga o’rgatishini o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’ygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega bo’lishni ta’minlaydigan haqiqiy xalq maktabi bo’ldi.

1905 yilgi inqilobiy kutarilishlar behuda ketmadi. Podsho hukumati yon berishga majbur bo’ldi. 17 oktyabr Manifesti e’lon qilindi. Shaxsning daxlsizligi, vijdon, so’z, yig’ilishlar erkinligi ta’minlanishi haqida va’da berildi. Manifest matbuot ishlarining yurishib ketishiga yo’l ochdi. Rusiyaning barcha yirik shaharlaridagi singari Turkiston shaharlarida ham gazeta va jurnallar chop etila boshlandi: 1906 yilda Ismoil Obidiyning “Taraqqiy” gazetasi paydo bo’ldi. Ko’p o’tman “Xurshid”, “Tujjor”, “Osiyo” gazetalari chiqa boshladi. Abdulla Avloniy bularning maydonga kelishida bevosita ishtirok etdi. 1907 yil 4 dekabrda esa uning muxarrirligida “Shuxrat” gazetasining birinchi soni bosmadan chiqdi. A.Avloniy uni o’z uyida Sanyorlar ko’chasida tayyorlab chop etdi.

Umuman, Avloniy ijodiy va amaliy ish bilan qizg’in shug’ullandi. O’z she’rlarini “Hijron”, taxallusi bilan e’lon qildi. Maqolalarini esa “Mulla Abdulla”, “Avloniy”, “Abdulla Avloniy” nomlari bilan bosdirdi. So’ngroq uning ko’p ishlatgan laqablaridan biri “Indamas” bo’lgan edi.

1909 yilda “Jamiyati xayriya” ochdi va mahalliy xalq bolalarining o’qib bilim olishi uchun pul yig’ib, maktablarga tarqatdi. 1913 yilning oxirlarida toshkentlik mashhur jadidlar-taraqqiyparvarlarning tashabbusi bilan “Turon” jamiyati maydonga keldi.Jamiyatning 73 moddalik ushbu nizomida uning maqsad –vazifalari quyidagicha belgilangan.

a) aholi o’rtasida sahna ishlariga, ezgulikka muhabbat uyg’onish, jiddiy munosabat o’stirish;

b) xalq uchun spektakllar qo’yib berish va ular orqali xalqqa sog’lom hordiq bag’ishlash;

v) ma’naviy va moddiy ahvolini yaxshilashga muxtoj bo’lgan. Turkiston o’lkasi doirasidagi musulmon e’tiqodiga mansub kishilarga yordam berish.

Avloniy truppasi sahnalashtirgan birinchi asar Behbudiyning “Padarkush”i bo’ldi.

1914 yil 27 fevral Toshkentning 2000 kishilik muhtasham “Kolizey” teatri tomoshabinlar bilan to’la.

Galereya va yo’laklarda ham odam qaynaydi. Sahna ochiladi. O’rta bo’yli, miqti, evropacha kiyingan kishi paydo bo’ladi.

-Muhtaram jamoati! –gap boshlaydi u.

-Bugun Toshqand xalqi hayotida tarixiy kundir” Notiq teatr va uning jamiyat hayotidagi o’rni haqida so’zlaydi.

“Teatru uyunbozlik emas! Masxarabozlik ham emas, -davom etadi u.

Teatr bamisoli oynavand bir uykim, kirgan har bir kimsa o’z husnu qabihini ko’ra olur...”

Yuziga un surtib masxaraboz shakliga kirgan zotlar tabibi hoziqdirlar...” Notik teatrni har bir xalq, milliy taraqqiyotining muhim belgilaridan deb hisoblaydi, rus, frantsuz, turk, tatar, ozarbayjon turmushidan misollar keltiradi. U mashhur taraqqiychimiz Munavvarqori edi.

Spektakl boshlandi. U mahalliy xalq turmushidan olingan, erli havoskor yoshlar tomonidan qo’yilgan birinchi sahna asari mashhur “Padarkush” edi Spektakl deklamatsiyaga ulanib ketdi.

Taraqqiychilik tug’yon urub turgan “Oila munozarasi” tinglandi. Xalq milliy quylariga solib yozilgan, ijtimoiy dard bilan yoniq qo’shiqlar yangiradi. Nihoyat tomosha tugadi. Kishilar teatrdan olgan tassurotlarini qizg’in muhokama qilgancha tarqaldilar.

“Turon” o’z faoliyatini shunday boshlagan edi. Truppa ishi qardoshlar ham ishtirok etdilar. Jumladan, A.Avloniy taniqli tatar rejissyori 3 aki Boyazidskiy, mashhur Ozorboyjon san’atkori Sidqiy Ruhillo bilan hamkorlik qildi. Masalan, trupponing spektakllarini Zani Boyazidskiy sahnaga qo’ygan edi.

Truppaning g’oyaviy-badiiy rahbari A.Avloniy edi. 1914 yilning 26 dekabrda truppa “ Turkiston” nomi bilan Farg’ona vodiysi bo’ylab safarga chiqdi, bir qator shaharlarda gastrolda bo’ldi. Agar siz usha yillari chiqib turgan vaqtli matbuot saxifalariga ko’z tashlasangiz, truppaning Qo’qon (1915 yil 7 yanvar), Andijon (9 yanvar), Namangan (21-24 yanvar), O’sh (29 yanvar)da qo’ygan spektakllari va ularda A.Avloniyning faol ishtiroki, xususan ijrochilik mahoratiga oid ehtiros bilan yozilgan maqolalariga duch kelasiz.

“1915 yilda maxalla xalqi, domlamiz” “teatrchi” bo’ldi, “masxaraboz bo’ldi”, -deb meni maktabdan quvib, Mirobod maxallasidagi boshlang’ich maktabni yoidilar”, -deb yozadi A.Avloniy o’z tarjimai holida.

Ikkinchi tomondan hukumat siqardi. Teatrchiligini emas, yangi maktabni ham “usuli jadid”, “usuli savtiya” nomi bilan tarixga kirgan bu maktablar aslida chinakam fidoiylik namunalari edi.

Shunga qaramay A.Avloniy ijtimoiy faoliyatda qizg’in davom etdi. Jumladan, uning shu yillarda “Nashriyot”, “Maktab” kabi shirkatlar tuzishda bosh-qosh bo’lganini eslash kifoya. Adib bularni keyinroq o’z tarjimai holida shunday izohlaydi. “Bu vaqtlarda bizning maqsadimiz zohirda teatru bo’lsa ham botinda Turkiston yoshlari siyosiy jihatdan birlashtiruv va inqilobga hozirlov edi. Darhaqiqat, bu jamiyatning ishtirokchilari xususan Munavvarqori, shoir Tovallo, Nizomiddin Xo’jaev, Ubaydullo Xo’jalar Turkistonning ma’lum va mashhur kishilari edilar.

A.Avloniy 1917 yil Fevral voqealaridan keyin “Yashasin xalq jum huriyat!” shiori ostida “Turon” gazetasini chiqardi. Gazeta o’z maslak-maqsadini “Musulmonlar orasida ko’p yillardan beri –davom o’lkan udumga zurlik, bid’at odatlarni bitirmak, kelajakda bo’ladurg’on jumxuriy idoraga xalqni tayyorlamoq” deb e’lon qildi.

1908 yilda A.Vloniyning Mirobaddagi maktabi yopiladi. Buning sabablari ko’p bo’lishi kerak. A.Avloniy nazarimda, o’z tarjimai holida shulardan bittasini keltiradi:

Maktabimda er, odamlar, tog’-toshlar, daryo, osmon haqida suhbatlar o’tkazilmoqqa harakat qilganimni Mirobod johil kishilari bilishib, meni kofir bo’lding, deb maktabimni yopdilar”1Adib-1909 yildi Degrez mahallasida yana bir maktab ochadi. A.Avloniy dars berish jarayonida ochilayotgan yangi usuldagi maktablar uchun har jihatdan qo’lay bo’lgan ko’plab darsliklar yaratish zaruriyatini his qiladi. Negaki, yangi maktabning afzalligini shunchaki targ’ib qilish, o’z o’quvchilari misolida ko’rsatishi hali kifoya emas edi. Yangi o’quv sestemasining keng yoyilishi uchun uning printsiplaridan kelib chiqib yozilgan darsliklar ham kerak edi.

A.Avloniy yozadi, “Bizim Turkiston maktabi islomiyasinda avvaldan oxira qadar ta’lim o’linajak kitoblar: Chor kitob”, “Sabotul ojizin”, “Fuzuliy”, “Navoiy”, “Xo’ja Hofiz”, “Bedil, “Maslak ul-muttaqin”lar kabi she’r kitoblar o’ldig’i jumlaning ma’lumidir. Bu kitoblarning ba’zilari e’tiqod va amaliyoti islomga talluq mushkul masalalardan iborat o’lg’onlaridin hamda aksarlari varsiy tilda yozilg’onlari uchun yosh bolalarning onlardan istifodalari, bir narsa anglamoqlari imkon xorijinda edi.

Shuning uchun ham adibning 1909-1917 yillar davomida maxsus maqtab bolalari uchun yozilgan undan ortiq kitobi maydonga keldi. Uning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy Guliston yoxud axloq”, “Maktab gulistoni” singari darsliklari; “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”-to’plami inqilobga qadar bir necha bor qayta bosilib chiqdi va Turkistonning juda ko’p usul maktablari uchun qo’llanma bo’lib xizmat qildi.

Muallim afandilar va adabiyot muhiblari banim bu asari nochizonalarimni iltifotsiz qoldurmadilar. Turkistonning eng mashhur muallimlari dars jadvalini kiritub, maydoni ta’lima quydilar”, -deb yozgan edi Avloniy mamnuniyat bilan.1

Mukammal insonni o’ylab.

1913 yilda Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bosilib chiqdi. 1917 yilda ikkinchi marta nashr qilindi. Kitob maktablarning yuqori sinf o’quvchilariga darslik sifatida yozilgan. Lekin asrimiz boshlaridagi o’zbek jadid ma’rifatchiligining noyob hodisalaridan bo’lgan bu asarning ahamiyati faqat maktab doirasi bilan cheklanmadi. U adabiyot va axloq havoskorlari uchun ham qo’llanma bo’lib xizmat qildi. Asarda insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilm –axloq haqida fikr yuritiladi.

Axloq, bu- xulqlar majmui. Xulq esa, ezgulik yoxud razillikning muayyan bir insonda namoyon bo’lish shakli. Binobarin, har bir xulq ezgulik va oliyjanoblikning yoki razilik va badbinlikning timsoli. Shu jihatdan ular yaxshi va yomonga bo’linadilar. Lekin bular kishida o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi.

Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak. Kishilar to’g’ilishidan yomon bo’lib tug’ilmaydilar. Ularni muayyan sharoit yomon qiladi. Demak hamma narsa tarbiyaga bog’liq. Tarbiya “yo hayot yo, mamot, yo najot-yo halokat, yo sadoqt yo falokat” masalasidur.

Tarbiya tug’ilgan kundan boshlanadi va umrning oxiriga qadar davom etadi. U ikki bosqichdan-uy va maktab tarbiyasidan iborat.

Avloniy tarbiyaning doirasini keng tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo’ymaydi. “Sog’ tanda sog’ aql” degan hikmatning bejiz emasligini yaxshi biladi. Gapni, birinchi navbatda, bolaning sog’ligi haqida qayg’urish lozimligidan boshlaydi.

“Badanning salomat, quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o’qumoq, o’rganmoq, o’rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdir”.

Avloniy masalaning falsafiy asosiga ko’chdi. Jism bilan ruhning uzviy birligi haqida gap ochadi: badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham ta’siri bordir. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, maqsadga erishib bo’lmaydi.

Jism bilan ruh, shakl bilan mazmunning uzviy birligi va ularning o’zaro bir-biriga ta’siri masalasi juda muhim va murakkab bo’lib, Avloniy uni asosan to’g’ri tushunadi va to’g’ri talqin qiladi. XIX asrning mashhur munaqqidlaridan biri yozadi: “Nimaiki mazmunda bo’lsa, shaklda o’z ifodasini topadi. Mana – bu odamning mudroq, tund ko’zlariga, bo’kib to’yib olganidan harsillab qolgan, bah-baqaloq, davang turqiga nazar tashlang. Naqadar hayvoniy qiyofa! Endi, mana bunisiga razm soling. Bu ozg’in, rangiar kishining ko’zlaridan qanday o’t chaqnaydi. U naqadar harakatchan, uning ovozida qanchalar ehtiros bor! Birinchisi-o’lik, ikkinchisida hayot yashaydi-to’g’ri emasmi!” Sinchiklab qarang, kishi jims bilan ruhning, ma’naviy olam bilan jismoniy hayotning o’zaro munosabatini ikki muhit, ikki davrda yashagan har ikki adibning deyarli bir xil tushunayotganligini his qilmay iloji yo’q.

Bolalarda fikrlash iqtidorini hosil qilish, fikr tarbiyasi benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning “diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan” bo’lib, ularnnig yordamiga muhtoj. Negaki, “fikrning quvvati, ziynati, kengligi” muallimga ko’p jihatdan bog’liq. Bolalarning fikrlashi tarbiyachining o’zini fikrlash va intilish doirasi, saviyasi bilan ham aloqador.

Bu xususda adibning keskin mulohazalari bor. Avloniy fikrini o’stirish masalasiga alohida e’tibor bilan qaraydi.

XVIII asr frantsuz ma’rifatchilari aql va ongning roliga juda yuksak baho bergan edilar. Jahon adabiyotidagi ma’rifatchilik bosqichi bilan shug’ullangan tadqiqotchilar bu davr Evropa madaniyating umuman hamma jabhalarida uning ma’lum darajada ilohiylashtirilganligini e’tirof etadilar. Bu, tabiiyki, Evropa mamlakatlarida kapitalizmning rivoji, feodal -patriarxal munosabatlarning taraqqiyotiga to’g’anoq bo’lib qolishi, jamiyat hayotida ilm-fan rolining birdan kuchayib ketishi kabi qator omillarga bog’liq edi.

XX asr boshlaridagi Turkistonda ham shunga yaqin sharoit maydonga keldi. O’lkamizda 1905 yildan keyin yaqqol ko’zga tashlangan fiqriy uyg’onish va madaniy ko’tarilish o’z mohiyati bilan XVIII asr frantsuz ma’rifatparvarchiligi ko’p jihatdan uxshash edi. Avloniy ma’rifatchiligining ildizi hama shunga borib taqaladi. “Turkiy guliston”.. da aql va ilmning, ma’naviy-axloqiy olamning favqulodda ehtiros bilan ulug’lanishi adib ma’rifatchiligining bevosita mazmunidan kelib chiqadi. Mana u nima deb yozadi:

“Aql insonlarnnig piri komili, murshidi yagonasidur. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir..” muallif o’z fikrini yanada aniqroq va ravshanroq anglashi uchun shunday muqoyasa keltiradi: “Xayvonlar o’zlariga bo’laklar tarafidan keladurg’on zulm va jabrlarni shox, tish, tumshuq va tirnoqlar ila qaytarurlar. Lekin inson aql va idroki ssoviyasida o’ziga keladurgan zarar va zulmlardan saqlanur. Er yuzidagi hayvonlarni asir qilub, buynidan boylab, iplarining uchini qullariga bergan insonlarning aqlidur”. Hukamolardan biri. “Har narsa ko’paysa, arzon bo’lur, aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko’paysa, shuncha qimmatbaho bo’lur”-demish.

Adibning qarashlarida Navoiyning inson haqidagi mashhur “inson-hilqat toji” nuqtai nazarining ta’siri yaqqol sezilib turadi. Uning fikricha ham aql faqat insongagina nasib etgan sifatdir jahonning ziynati oqil insonlardir. Yuqorida Avloniy aqlning ilm va tajriba soyasida kamol topishiga ishora qilgan edi. Darhaqiqat bular uzviy tushunchalardir. Ilm ham “insonlarning madori hayoti, rahbari najoti”, boringki, “dunyoning izzati”. U-“inson uchun g’oyat oliy va muqaddas bir fazilat”. Muallif bu fazilatlarni shunchaki qayd etmaydi, uning konkret hayotiy, amaliy ahamiyati ustida ham to’xtab o’tadi. Uning insonni kamolotga etkazishda bosh omil ekanligini atroflicha dalillashga harakat qiladi.

Ilm egallash esa o’z-o’zidan bo’lmaydi, albatta. U har bir kishidan muayyan layoqat va qobiliyatni talab qiladi. Chunonchi, sinchkovlik har bir narsaga ibrat nazari bilan qaray olish, sa’y-g’ayrat, shijoat kabilar shunday sifatlar jumlasiga kiradi.

“Inson ibrat nazari ila boqib, dunyo kitobidan o’z qadr-hissasini bilib olmog’i lozimdir”, deb yozadi, Avloniy. Ma’rifat sohibi bo’lmak uchun ahvoli olomdan xabardor bo’lmak kerak. Shunig uchun aql sohiblari, fatonat egalari o’zlariga foydasi bo’lsa-bo’lmasa sinchiklab qaragan narsalaridan bir hissa olmay qo’ymaslar!.

Ziyraklik, ochiq fikrli bo’lishga intilishning ham ahamiyati katta. Bular hammasi yoshlikdan boshlanadi. Umr-g’animat, uni behuda ishlar bilan o’tkazib yuborish jinoyatdir. Adib zehn va idrokni quvvatlashtirish uchun o’qish –yozishni o’rganishga ulgurgan har bir bolani har xil kitoblar gazeta va jurnallar o’qishga va shu orqali dunyoning bordi-kueldisini anglash, u haqda fikr yurita olish darajasiga erishishga chorlaydi.

Ilm olish riyozat chekishni, sa’y- g’ayratni talab etadi. Adibning obrazli ifodasiga ko’ra, ilm bamisoli badomning ichidagi mag’iz. Uni qo’lga kiritishi uchun mehnat qilish, chaqib po’chog’idan ajratib olish kerak.

Avloniyninng vijdon haqidagi fikr-mulohazalari ham diqqatga sazovor. Uningcha, vijdon aql va tafakkur mezoni. Umuman olganda, bunday yondashish vijdonning ahamiyatini va mohiyatini to’g’ri tushinishga yordam beradi. Vijdon tarozisining “aql va hikmatga muvofiq” ishlariga muxabbat qo’ydirib, “qabohat va yomon” ishlardan “Nafrat” ettirishni aslida to’g’ri tushuntirish. Biroq uning to’g’rilik darajasi yaxshi yoki yomon deb nomlanadigan muayyan hodisaga nisbatan qo’llanilgandagina konkretlashadi.

Adibning “yaxshi” va “yomon” tushunchalarini anglashida esa ma’lum mavhumlik yo’q emas. U bulari talqin qilganda, ko’pincha, aqlga muvofiq keladigan, muvofiq kelmaydigan degan printsipdan kelib chiqadi.

“Agar ahmoq odam bo’lsa, o’z tug’ishgan birodarini ham sevmasligi mumkin, lekin Vatani, u qanday bo’lmasin, sevmaslik mumkin emas. Ammo bu muhabbat uning mavjud ahvoldan bir umr mamnunlik bo’lib qolmasligi, balki uni mukammallashtirishga chanqoq intilishdan iborat bo’lmog’i lozim”, -degan edi donishmandlardan biri.

Vatan tuyg’usi eng insoniy, eng mo’’tabar tuyg’ulardan biri. Vatanni shunchaki sevish mumkin emas. Uning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Avloniy Vatan Onadek muqaddas. Uni qadrlash, e’zozlash, uning shodlik va quvonchiga sherik bo’lish, g’am- hasratini baham ko’rish farzandning bo’rchi. Vatan va uning oldidagi burchni shunday tushunadi.

Farzandlar ham har xil bo’ladi. Onaning baxtiga sherik bo’lib, baxtsizligida yolg’iz tashlab ketuvchi farzandlar ham topiladi. Vatanning ham fusunkor tabiatini, bog’-rog’larini xush ko’radigan, lekin tashvish va g’amlarini uylamaydigan farzandlar yo’q emas. Vatanni, u qanday bo’lmasin, sevish kerak.

“Biz turkistonliklar o’z vatanimizni jonimizdan ortiq suydig’imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumliq, issiq cho’llarini, eskimo’llar Shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik erlarini boshqa erlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasilar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson erlarga o’z vatanlarini tashlab, hijrat qilurlar edi. Bobolarimiz “kishi yurtida sulton bo’lguncha, o’z yurtingda cho’pon bo’l”, -demishlar.

Muallif o’z fikrini xilma-xil misollar bilan asoslashga harakat qiladi. Masalan, u shunday tamsilni keltiradi. Ayrim kishilar o’z havli-joylarini, mol-mulklarini sotib, Makkaga ziyoratga borishadi. Hatto shularning ham aksari yana o’z vatanlariga qaytib keladilar. “Buning sababi, ya’ni bularni tortib keturgon quvvat o’z vatanlari tuproqlarining mehru muhabbatidur” deydi.

Jadidlarning qismati chor hukumati, Vaqtli hokimiyat va ayniqsa, sobiq Sho’rolar tuzumi davrida nihoyatda fojiyali bo’ldi. Ularning ko’pchiligiga yuqorida bayon qilingan talablari uchun millatchi “panto’rkist”, “panislomist”, degan tamg’a bosilib, qatag’on qilindi. Jadidlar g’oyalariga va harakatlariga qora chiziq tortildi. Jadidchilikning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jahon miqyosida tanilishini yana bir asarga orqaga surdi. Jadidchilik bir asr davomida avval kommunistik g’oyaning taziyqida keyinchalik esa iskanjasida bo’lib, to’la ravishda namayon bo’la olmadi. Uning zaminlari shakllanishi tarzini o’rganishga intilganlar ham taziyq ostiga olindi. Mustaqillik sharofati bilan Turkiston xalqlarining erki, mustaqilligi, milliy davlatchilik g’oyalari, ma’rifati uchun kurashgan vatanparvarlarning muborak nomlari tiklandi, asarlari chop etildi.

Jadidchilar umummiliy ma’rifatni ko’tarish, milliy ongni rivojlantirish, miliy birlikka erishish, jahon madaniyatini egillash kabi g’oyalar bilan milliy ma’naviyatimiz rivojiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.

Bugun hayotimizga tatbiq qilinayotgan milliy istiqlol mafkurasi –“Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug’ bobokolonlarimizning o’lmas merosidan oziqlanadi”


Download 3,09 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Download 3,09 Mb.