U. Xamdamov ta’limda innavatsion texnologiyalar




Download 3,58 Mb.
bet16/20
Sana29.12.2019
Hajmi3,58 Mb.
#6381
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

Nazorat savollari

1. IV gurux tarkibiga kiruvchi kationlarni va gurux reagentini ayting

2. IV gurux kationlari gidroksidlarining rangini ayting.

3. IV gurux gidroksidlari nimada eriydi va bunda qanday birikmalar hosil bo‘ladi? Reaksiya tenglamalarini yozing.

4. IV guruxdagi qaysi kation ammiak bilan kompleks ion hosil qiladi? Formulasini yozing

5. IV guruxdan oksidlanish-qaytarilish xossasini namoyоn qiluvchi kationlarni ayting. Ularga gurux reagenti qanday ta’sir ko‘rsatadi?

6. Xrom (III) ionini ishqoriy sharoitda vodorod peroksid bilan oksidlanish reaksiyasi tenglamasini yozing.

7. IV gurux kationlarining qaysi biri rangli?

8. Xrom (III) ionini aniqlashda qanday maxsus reaksiyadan foydalaniladi?

9. Xromat va dixromat-ionlarning rangi qanday? Ularning bir biriga o‘tish reaksiyasi tenglamasini yozing.

10. Qaysi kationni aniqlash uchun organik reagent – alizarin qo‘llaniladi?

11. IV guruxdan qaysi kationni aniqlash uchun ditizon ishlatiladi?

12. Nima uchun xrom (III) ionini nadxrom kislotasi hosil bo‘lishi bilan aniqlashda izoamil spirti yoki efir qo‘shiladi?

13. IV gurux kationlari aralashmasiga natriy gidroksidi, vodorod peroksidi qo‘shib isitilgandan so‘ng qanday reaksiya ketadi?Eritmaning rangi o‘zgaradimi?

14. V gurux kationlariga gurux reagentini ayting.

15. IV va V gurux tarkibiga kiruvchi kationlarni ayting.

16. V va VI analitik gurux kationlari tarkibiga kiruvchi qaysi elementlar o‘zgaruvchan oksidlanish darajasini namoyon qiladi?

17. Quyidagi ta’sirlashuv reaksiya tenglamalarini ion xolida yozing:

a) Temir (II) tuzlarining kaliygeksatsianoferrat bilan;

b) Temir (III) tuzlarining kaliya geksatsianoferrit bilan reaksiyalari qanday sharoitda boradi?

18. V gurux kationlarining qaysilari gidrolizga uchraydi?

19. Vismut (III) nitratning qalay (II) xlorid bilan reaksiyasini ion xolda yozing. Reaksiya qanday muxitda boradi?

20. Magniy kationining analitik reaksiyalarini qayd eting. Ulardan qaysi biri xususiy?

21. V gurux ktaionlaridan qaysi biri amfoterlik xossasini keskinroq namoyon qiladi?

22. Temir (III) kationini aniqlash reaksiyalarini ayting. Ularning reaksiya tenglamalarini ion xolida yozing.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)

4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)

5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.

6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.

7. Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari uchun analitik kimyodan o`quv-uslubiy qo`llanma. I qism. 2010

8. Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari uchun analitik kimyodan o`quv-uslubiy qo`llanma. II qism. 2016

4-Amaliy mashg‘ulot: VI guruh: Cu+2,Co+2, Ni+2 kationlarining analitik reaktsiyalari. VI guruh kationlari aralashmasining tahlil chizmasi. Masala echish
Mashg‘ulotning maqsadi: VI gurux kationlarini ochish reaksiyalarini bajarish uchun amaliy ko‘nikmalar xosil qilish.Kislota va asos eritmalarning pH qiymatini xisoblashni o‘rganish

Masalaning qo‘yilishi VI gurux kationlari tuzlari tibbiyotda keng qo‘llaniladi va juda ko‘p dori preparatlarining asosiy qismini tashkil qiladi: simob (II) oksidi surtma dori tarkibiga kiradi, sulema antiseptik sifatida surkash uchun, mis sulfat antiseptik, bog‘lovchi, kuydiruvchi sifatida surkash uchun ayrim xolda qustiruvchi sifatida xam ishlatiladi. Kobalt sianokobalamin (B12 vitamini) tarkibiga kiradi va ineksiya uchun ishlatiladi.

Ishni bajarish uchun namuna

VI gurux kationlarini nitratlari, xloridlari, sulfatlari suvda eruvchan bo‘lib, kobalt (II) tuzlarini eritmasi – pushti, nikel (II) – yashil, mis (II) – ko‘k rangga ega tuzlarini suvli eritmasi rangsiz. VI gurux kationlarini karbo-natli, fosfatli, sulfidli tuzlari suvda kam eriydi.

Ishqor yoki ammiak ta’sirida VI gurux kationlari (simob (II) dan tashqari) gidroksid yoki asosli tuz xolida cho‘kmaga tushadi. Simob (II) ishqorlar ta’sirida HgO, ammiak ta’sirida [OHg2NH2]NO3 tarkibli cho‘kmalar xosil qiladi. Bu cho‘kmalar ortiqcha ishqor ta’sirida erimay-di, konsentrlangan ammiak ta’sirida esa [Me(NH3)4]2+ yoki [Me(NH3)6]2+ tarkibli kompleks bi-rikma xosil qilib, erib ketadi. Kuchli oksidlovchilar (xlor, brom, kaliy permanganat, natriy vis-mutat, vodorod peroksid ishqoriy sharoitda) kobalt (II)ni kobalt (III) gacha oksidlaydi. Boshqa kationlar oksidlovchilar ta’siriga chidamli. Qaytaruvchilar mis (II), simob (II)larni quyi oksidla-nish darajasigacha qaytaradi. Kaliy yodid mis (II)ni mis (I)gacha qaytaradi. Mis metali simob (II)ni metall xoligacha qaytaradi. Bu reaksiyadan boshqa kationlar ishtirokida xam simobni kasrli usulda ochishda foydalaniladi.

Ishqoriy metallarning gidroksidlari va ammiak bilan ta’siri (gurux reagenti ta’siriga qarang).

Tiotsionatlar bilan reaksiyasi va reaksiya maxsulotini organik qavatga o‘tkazish. Kobalt (II) kationi kislotali sharoitda tiotsionat ionining izoamil spirtidagi eritmasi bilan ko‘k rangli kompleks birikma xosil qiladi:

Kompleks suvli eritmada turg‘un emas. Temir (III), mis (II) kationlari kobaltni ochishga xalaqit beradi, ya’ni temir (III) qizil rangli va mis (II) sariq-qo‘ng‘ir rangli birikma xosil qiladi. Temir (III) ni maskirovka (niqoblash) uchun natriy ftoridni quruq tuzidan qo‘shib, rangsiz [FeF6]3- kompleksiga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, temir (III) va mis (II) kationlarini qalay (II) xlorid bilan temir (II) va mis (I)gacha qaytarilishi xam mumkin. Temir (II) va mis (I) kationlari kobaltni ochishga xalaqit bermaydi.

Probirkaga 2-3 tomchi kobalt (II) tuzi eritmasi, 8-10 tomchi to‘yingan ammoniy yoki kaliy tiotsianat eritmasi, 5-6 tomchi izoamil spirtidan qo‘shib chayqatiladi. Yuqori organik qavati tiniq ko‘k rangga bo‘yaladi.

Ishqoriy metallarni gidroksidlari va ammiak bilan ta’siri (gurux reagenti ta’siriga qarang).

Dimetilglioksim bilan tomchi reaksiyasi (Chugayev reaksiyasi).

Nikel (II) dimetilglioksim bilan ammiak eritmasi ishtirokida (pH=9) lola-qizil rangli kompleks birikma xosil qiladi. Bu reaksiya xarakterli va sezgirdir:

Xosil bo‘lgan cho‘kma kuchli kislotada va ishqorlarda eriydi, natriy atsetat va ammiak eritmalarida amalda erimaydi.

Temir (II) ioni shu sharoitda dimetilglioksim bilan qizil rangli suvda eruvchan kompleks birikma xosil qiladi.

Mis (II) va boshqa ammiak bilan rangli birikmalar xosil qiladigan kationlar nikel (II)ni ochishga xalaqit beradi.

Nikel tuzi eritmasidan 1 tomchi kapilyar yordamida filtr qog‘ozga tomiziladi. Ustiga 1 tomchi dimetilglioksim eritmasidan tomizib, quyuq ammiak eritmasiga tutib turiladi va kuzatiladi. Shunda filtr qog‘ozda lola qizil rang xosil bo‘ladi.



Ishqoriy metallarning gidroksidlari bilan reaksiyasi (gurux reagenti ta’siriga qarang)

Ammiak bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli) (gurux reagenti ta’siriga qarang)

Kaliy geksatsianoferrat (II) bilan reaksiyasi.

Mis ioni kaliy geksatsianoferrat (II) bilan kislotali sharoitda qizg‘ish-jigarrang cho‘kma xosil qiladi, u 25%li ammiak eritmasida eriydi, lekin kuchsiz kislotalarda erimaydi. Reaksiyani filtr qog‘ozga, cho‘ktirish xromatografiyasi usulida bajarish xam mumkin.

Temir (III) ioni bu reaksiyani o‘tkazish uchun xalaqit beradi, temir (III) ishtirokida mis quyidagicha aniqlanadi:

Tekshiriluvchi eritmaga ammoniy gidroksidi qo‘shiladi. Temir Fe(OH)3 xolida cho‘kmaga tushadi, eritma esa to‘g ko‘k rangli bo‘ladi. Eritmaga kaliy geksatsianoferrat (II) qo‘shiladi. Qizil-qo‘ng‘ir rangli cho‘kma xosil bo‘ladi. Misni ushbu reaksiyasi xromatografik usulda xam bajariladi.

Ish tartibi

5% li kaliy geksatsianoferrat (II) eritmasi shimdirilgan qog‘ozga 1 tomchi mis tuzi eritmasidan tomiziladi. Qizg‘ish-jigarrang dog‘ xosil bo‘ladi.



BLITS - O`YIN

VI gurux kationlari aralashmasining tahlil tartibini ko`rsating


Bajariladigan amallar


Talabalar javobi

To`g`ri tartib

Baho-lash

I guruh

II guruh

III guruh

1

VI guruh kationlarini V guruh gidroksidlaridan ajratish
















2

Hg2+ ni aniqlash















3

Cu2S, HgS cho`ktirish va ularni VI guruhning qolgan kation-laridan ajratish
















4

HgS ni eritish
















5

Cu2+ а) Со2+ b)Ni2+

v) Cd2+ larni aniqlashga halaqit bеradi


















6

Cu2S ni eritish
















7

Cu2S va HgS cho`kmalar aj-ratib olingandan so`ng sеn-trafugatning alohida qismlarida

a) Ni2+ b) Со2+ lar aniqlanadi


















8

Сu (II) ni HgS dan ajratish
















9

Cu2+ ni aniqlash

















Nazorat savollari

1. VI gurux kationlarini cho‘ktirishda ammiak eritmasi va ishqorning ta’siridan xosil bo‘lgan birikmalar qanday rangda bo‘ladi?

2. VI gurux kationlarining ammiakli komplekslari qanday rangda bo‘ladi?

3. VI gurux ionlarining quruq tuzlari alanga rangini qanday rangga bo‘yaydi?

4. VI gurux kationlari aralashmasining taxlilida simobni kasrli usulda ochishda qanday reaksiyalardan foydalaniladi? Reaksiya tenglamalarini yozing.

5. Nikel kationining dimetilglioksim bilan ochishda ammiakli sharoitda reaksiyani olib borish sababini tushuntiring va reaksiyasini yozing.

a) Cu+2 kupron bilan reaksiyasi,

b) Co+2 1-nitrozo-2-naftol bilan kompleks birikma xosil bo‘lishi reaksiyalarini yozing.

6. Kobalt (II) kationini ochishda qanday usulidan foydalaniladi? Izoamil spirtli ammoniy tiotsianat ishlatilishini tushuntiring.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)

4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)

5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.

6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.

7. Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari uchun analitik kimyodan o`quv-uslubiy qo`llanma. I qism. 2010

8. Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari uchun analitik kimyodan o`quv-uslubiy qo`llanma. II qism. 2016

5-Amaliy mashg‘ulot: I TEST. I guruh anionlari SO42-, SO32- , CO32- analitik reaktsiyalari. Masala echish.

Ishdan maqsad I gurux anionlarining analitik reaksiyalarini bajarish amaliy ko‘nikmalarini xosil qilish va ularni, nazariy bilimlar bilan birga, vaziyatli masalalarni xal etishda qo‘llash

Mavzuning axamiyati:

Nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar quyidagi mavzularni o‘rganish uchun zarur: Dori moddalarining chinligini aniq-lashda (natriy tartarat, magniy sulfat, kaliy permanganat, natriy tiosulfat va x.k.). Dori moddalari tarkibidagi sul-fatlarni aniqlash.

Tibbiyotda qo‘llaniluvchi qator dorivor moddalardagi tuzlar tarkibida anionlar bo‘lgani uchun ularni tarkibini aniqlash muxim axamiyatga ega.

Xususan, sulfat, karbonat, tiosulfat, tetraborat, atsetat anionlarini ochish usullari Davlat farmakopeyasiga kiritilgan. Bu anionlar tibbiyotda ishlatiladigan natriy gidrokarbonat, kaliy atsetat, natriy tetraborat , kadmiy va magniy sulfat kabi tuzlar tarkibiga kiradi.

Ishni bajarish uchun namuna

gurux anionlarining analitik reaksiyalarini bajarish

 Anionlarni guruxlar bo‘yicha tasnifi xamda gurux reagentini asosli ravishda tanlash

 O‘zida oltingugurt tutgan I gurux anionlari xossalarini qiyoslash

Anionlar kumush, bariy, kalsiy, stronsiy, rux, simob va boshqa kationlar bilan qiyin eriydigan cho‘kmalar xosil qilishi, oksidlanish-qaytarilishi, kompleks xosil qilishi, anion xosil qilgan kislotalarni uchuvchanligi kabi xossalari bo‘yicha tasniflanadi.

Xar bir tasniflanishda 2 dan 6 gacha guruxlar bor. 1 va 2 jadvallarda anionlarni 1) qiyin eriydigan cho‘kma xosil qilish xossasi bo‘yicha tasnifi (3 ta gurux) va 2) oksidlanish-qaytarilish xossasi bo‘yicha tasnifi (3 ta gurux) berilgan.


Anionlarni cho‘kma xosil qilish xossalari bo‘yicha tasniflanganda 3 guruxga bo‘linadi. I va II guruxni gurux reagenti BaCl2 va AgNO3, III guruxning gurux reagenti yo‘q.

Nazorat savollari

1. Sulfat, tiosulfat, gidrofosfat, karbonat, tetraborat, oksalat anionlarining eruvchan tuzlari.

2. Kislota va asoslarning 2n eritmalari: kaliy yoki natriy gidroksidi, ammoniy gidroksidi, xlorid, azot va sirka kislotalar.

3. Konsentrlangan eritmalar: sulfat, xlorid, nitrat kislotalar, natriy yoki kaliy gidroksidi.

4. Maxsus reaktivlar: difenilamin eritmasi, qizil yoki ko‘k lakmus qog‘oz, universal indikator qog‘oz, bariy nitrat, kumush nitrat.

5. Yangi tayyorlangan oxakli yoki bariyli suv

6. Quruq tuzlar: ammoniy xlorid yoki sulfat, temir (II)sulfat

7. Metallar: rux yokialuminiy

8. Erituvchilar: xloroform, amil va etil spirti

9. CO32-, SO32-, C2O42- anionlaridan ajraladigan gazlarni aniqlaydigan asbob



Foydalanilgan adabiyotlar

1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)

4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)

5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.

6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.

7. Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari uchun analitik kimyodan o`quv-uslubiy qo`llanma. I qism. 2010

8. Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari uchun analitik kimyodan o`quv-uslubiy qo`llanma. II qism. 2016

6-Amaliy mashg‘ulot: 1-oraliq baholash. II va III guruh anionlari Cl-, J-, NO-3, CH3COO- analitik reaktsiyalari

Ishdan maqsad II va III gurux anionlarining sifat reaksiyalarini bajarishda, amaliy ko‘nikmalarni ishlab chiqish va ularni nazariy bilim bilan birgalikda amaliy masalalarni xal etishda qo‘llashni bilish kerak.

Masalaning qo‘yilishi Dorivor preparatlar chinligini aniqlash (kaliy bromid, natriy yodid, kaliy yodid) Dorivor preparatlar tarkibidagi xloridlar va nitratlarni aniqlash Kimyo-toksikologik izlanishlarda ba’zi bir anionlarni aniqlash (nitratlar, yodidlar va bromidlar)Tuzlar tarkibiga kiruvchi II va III gurux anionlari ko‘p dorivor preparatlar tarkibiga kirib, tabobatda keng qo‘llaniladi. Ko‘pchilik II va III gurux anionlarini Cl-, J-, NO3-, CH3COO- ochish reaksiyalari Davlat farmakopeyasiga kiritilgan. Bu anionlar dorivor preparatlar: kaliy yoki natriy xlorid, bromid, yodid, natriy nitrit, kumush nitrat, kaliy atsetat va boshqalar tarkibida bo‘ladi.

Ishni bajarish uchun namuna II va III gurux anionlarini analitik reaksiyalarini bajarish;

I gurux oltingugurt saqlagan va II gurux galogenlaridan iborat, xamda III gurux azot saqlagan anionlar xossalarini taqqoslash

1. Anionlarning xossalari bo‘yicha tasnifi:

a) cho‘kma xosil qilish usuli bo‘yicha

b) oksidlanish-qaytarilish xossasi bo‘yicha

v) uchuvchan kislotalar bo‘yicha

2. II gurux anionlarining umumiy tavsifi va ularga gurux reagentining ta’siri

3. II-III gurux anionlarining analitik reaksiyalari

1. Eritmalar: kaliy yoki natriy xlorid tuzlari, ammoniy yoki kaliy tiotsionat, nitrat, nitrit, atsetat, kaliy permanganat

2. 2 n kislota va ishqor eritmalari: kaliy yoki natriy gidroksidi, ammiak, sulfat, xlorid, nitrat va sirka kislotalar

3. Konsentrlangan eritmalar: sulfat, xlorid, nitrat kislotalar va ishqorlar.

4. Maxsus reaktivlar:defenilamin, kaliy yoddagi yod, antipirin eritmasi, natriy nitroprussid eritmasi, indikator qog‘ozi.

5. Yangi tayyorlangan reaktivlar: xlorli suv, vodorod sulfidli suv, natrit yoki ammoniy sulfid, 0,5%li kraxmal eritmasi

Nazorat savollari

1. Nitrit va permanganat ionlarining kislotali sharoitda o‘zaro ta’sirlashuv reaksiyasi tenglamasini yozing.

2. Quyidagi ionlar orasidagi reaksiya tenglamalarini yozing: J- va MnO4- kislotali sharoitda, S2- va Cr2O72- kislotali sharoit, SO32- va J2; J2 va Cl2 suvli eritmada.

3. a) qaytaruvchi S2-, SO32-, J-, Br- anionlarining, b) oksidlovchi BrO3-, MnO4-, Cr2O72- - anionlarining; v) oksidlovchi-qaytaruvchi NO2- , SO32- anionlarining oksidlovchi-qaytaruvchi xossalarini asoslab bering.



Foydalanilgan adabiyotlar

1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)

4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)

5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.

6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.

7. Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari uchun analitik kimyodan o`quv-uslubiy qo`llanma. I qism. 2010



8. Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari uchun analitik kimyodan o`quv-uslubiy qo`llanma. II qism. 2016

7-Amaliy mashg‘ulot: Sifat tahlilni xromotografik va ekstraksion usullari. Masala echish

Mashg‘ulotning maqsadi: Ekstraksiya va xromatografiya usullаridan foydalanib, eritmadagi ionlarni aniqlash ko‘nikmalarini xosil qilish va kationlar aralashmasini shu usullаrda taxlil qilishda qo‘llashni o‘rganish.

Masalaning qo‘yilishi :

1. Ektsraksiyaning nazariy asoslari. Ekstraksiya asosidagi qonunlar. Taqsimlanish qonuni, massalar ta’siri qonuni va uni geterogen muxitga tadbiqi. Ekstratsiya turlari. Xelat komplekslarini va ion birlashmalarni (assotsiatlarini) ekstraksiyalanish qonunlari. Ekstraksiya – ajratishning samarli usuli

2. Asosiy tushunchalar: ekstragent, ekstraksiyalovchi reagent, ekstrakt, reekstrakt, reekstraksiyalash. Ekstraksiyaning miqdoriy kattaliklari: doimiysi, ajratish omili. Miqdoriy kattaliklar orasidagi bog‘liqlik.

3. IV-VI gurux kationlari taxlilida qo‘llaniladigan organik reagentlar.

4. Xromatografik taxlil usullаrining mohiyati va tasnifi.

5. Xromatografiyasini sifat taxlilida qo‘llanishi.



Hg2+, Zn2+, Cd2+kationlarini ajratish sxemasi




Hg2+, Zn2+, Cd2+рН=1-2ga keltiriladi, ditizonning CCl4dagi eritmasi bilan ekstraksiyalanadi









Ekstraktda: simob (II) ditizonati zarg‘aldoq rang рН=1-2




Suv fazada: Zn+2, Cd2=. Na2S2O3 qo‘shib, рН=4 га keltiriladi, ditizonning CCl4 dagi eritmasi bilan ekstraksiyalanadi










Ekstraktda: rux ditizonati

Qizil rang рН=4






Suv fazada: Cd2+,, рН=8-10, ditizonning CCl4 dagi eritmasi bilan ekstraksiyalanadi










Ekstrakt: kadmiy ditizonati,

Qizil rangda рН=8-10






Suv fazasi o‘rganilmaydi

Nazorat savollari

1. Ekstraksiyaning moxiyati. Aralashmani ekstraksiya usulida ajratishni boshqa usullariga nisbatan afzalligi.

2. Ekstraksiya usullari qanday qonunlarga asoslanadi?

3. Ekstragent nima? Ruxni ditizon bilan ekstraksiyalashda ishlatiladigan ekstragentni ko‘rsating.

4. Ekstraksiyada ishlatiladigan organik erituvchilarga qanday talablar qo‘yiladi?

5. Ekstraksiya usulida taxlil qilishda ko‘proq ishlatiladigan organik erituvchilarni ko‘rsating.

6. Siz qanday ekstraksion reagentlarni bilasiz? Bular xos reagentlarmi?

7. Reekstraksiya nima? U qanday bajariladi?

8. Taxlilda ko‘p qo‘llaniladigan ekstraksion tizimlarni ko‘rsating.

9. Xelat komplekslarni ekstraksiyalashda qanday qonuniyatlar bor?

10. Taqsimlanish doimiysi va koeffitsienti nima? Qanday xolatlarda bu kattaliklar o‘zaro mos keladi?

11. Ajralish omili va taqsimlanish koeffitsientini bog‘lovchi formulani yozing.

12. Ekstraksiyalash reaksiyasini selektivligini qanday oshirish mumkin?

13. Niqoblash nima? Niqoblashni ekstraksiyada ishlatilishiga misollar keltiring.

14. Nima uchun ekstraksiyalash jarayonida eritma bilan ekstragent qattiq chayqatiladi?

15. Uchuvchan va yonuvchan suyuqliklar bilan ishlash qoidalarini keltiring.



Foydalanilgan adabiyotlar

1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)

4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)

5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.

6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.

7. Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari uchun analitik kimyodan o`quv-uslubiy qo`llanma. I qism. 2010

8. Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari uchun analitik kimyodan o`quv-uslubiy qo`llanma. II qism. 2016

8-Amaliy mashg‘ulot: Noma’lum tarkibli quruq tuzning tahlili

Ishdan maqsad III bo‘lim bo‘yicha talabalar bilimini baxolash Bilish kerak: Noma’lum tarkibli moddaning sifat taxlilining tartibi

Masalaning qo‘yilishi Quruq tuz aralashmasini olgandan keyin, uning raqami laboratoriya jurnaliga yoziladi. Tuzning tashqi ko‘rinishi va rangiga e’tibor beriladi. Agar olingan aralashma ko‘k rangli kristallardan iborat bo‘lsa, Сr3+ borligini ko‘rsatadi, pushti rangli bo‘lsa, Сo2+ yoki Mn2+, yashil rangli bo‘lsa Fe2+, Ni2+, Сu2+, sariq bo‘lsa Fe3+ ionlari bo‘lishi mumkin. So‘ngra taxlil qilinayotgan tuz uch qismga bo‘linadi. Birinchi qismi kationlarni, ikkinchi qismi anionlarni aniqlash uchun ishlatiladi. Uchinchi qismi esa takroriy nazorat uchun olib qo‘yiladi. Taxlil kationlarni aniqlanishdan boshlanadi. Tekshiriluvchi aralashma avval eritib olinishi kerak.

Suvda eruvchan moddalarni eritmaga o‘tkazish va taxlil qilish

Probirkaga bir qism aralashmadan solib, 15-20 tomchi distillangan suv bilan eritib ko‘riladi, aks xolda suv xammomida isitib eritiladi. Agar aralashma to‘liq erimasa, uning qisman eruvchanligi buyum oynachasida tekshiriladi. Buning uchun 2-3 tomchi aralashmadan olib, buyum oynachasiga tomiziladi va parlatiladi. Buyum oynachasida quyuq quyqaning xosil bo‘lishi, aralashmaning qisman eruvchanligini ko‘rsatadi.



Galogеnid ionlarning tizimli taxlili

Blits” o`yin





Bajariladigan ishlar

mohiyati


Ish kеtma-

kеtligi


To`g`ri javob


Xatolik

1


I- aniqlangandan so`ng (xloroform qatlamidagi I2 malina rangda) bromid ion-larini aniqlash maqsadida mo`l miqdorda xlorli suvni

qo`shish








2


Kumush yo`dida va bromidi cho`kmalariga natriy tiosulfat to`yingan eritmasini ta'sir ettirish. Cho`kma eriguniga qadar isitish va

aralashtirib turish







3


Ammiakli sеntrifugatga HNO3 yoki KI ta'sir ettirish bilan Cl- ni aniqlash









4


Anonlar aralashmasini

AgNO3 eritmasi bilan cho`k-tirish hamda cho`kmaga

ammiak ta'sir ettirish








5


Kumush galogеnidli cho`kmalarni tiosulfat bilan ishlangandan so`ng I-ionini ta'sir ettirish






Nazorat savollari

1. Kimyoviy taxlilda noma’lum modda tarkibini qanday kuzatish va sinovlar bilan aniqlanadi?

2. Kasrli va tizimli taxlil usulining ma’nosi? Xar bir usulning afzalligi nimada?

3. Kationlar taxlili uchun eritma qanday tayyorlanadi?



Foydalanilgan adabiyotlar

1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)

4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)

5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.

6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.

7. Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari uchun analitik kimyodan o`quv-uslubiy qo`llanma. I qism. 2010



8. Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari uchun analitik kimyodan o`quv-uslubiy qo`llanma. II qism. 2016

9-amaliy mashg‘ulot: 2 TEST. Miqdoriy tahlil. Titrimetrik tahlil olchov idishlari. Kislota-asos titrlash usuli. Boshlang’ich modda H2C2O4 x 2H2O standart eritmasini tayyorlash

Ishdan maqsad: Titrimetrik taxlilda ishlatiladigan o’lchov idishlar bilan tanishtirish, taqribiy yoki aniq o’lchov idishlaridan maqsadga muvofiq foydalanishga o’rgatish. Standart eritma tayyorlash uning konsentratsiyasini turli birliklarda ifodalashni o’rgatish

Masalaning qo’yilishi: Titrant H2SO4 eritmasini tayyorlash va titrini aniqlash, Karbon kislotalar, to’yinmagan polioksikarbon kislotaning lakton guruhiga kirgan dori moddalar tahlili, byuretka qurilmasidan foydalanib miksturalar tayyorlash, konsentrlangan eritmalarni suyultirish, farmakopeya suyuqliklarini suyultirish, kislota yoki ishqor eritmalarini standartlash, nazorat eritmasidagi kislota va asoslar massasini aniqlashda foydalaniladi.

Ishni bajarish uchun namuna

  1. O’lchov kolbasi haqiqiy hajmini undagi suvning massasiga ko’ra hisoblash. O’lchov idishining haqiqiy hajmi ishlatilayotgan sharoitga ko’ra uning nominal hajmidan biroz farq qilishi mumkin. O’lchov idishlarni tekshirishda ularning hajmini unga solinadigan yoki undan to’kiladigan suvning massasi bo’yicha aniqlanadi.

  2. 250,00 sm3 0,1 N H2C2O4·2H2O standart eritmasini tayyorlash. Namunani taqribiy massasini xisoblash. Alkalimetriya uchun boshlang’ich (standart) modda ikki negizli shovul kislotasining digidrati ishlatiladi. Uning ekvivalent massasi

Э H2C2 O4·2H2O = M/2 = 63

1 - formula asosida taqribiy massa xisoblanadi

a= 0,1·250,00 ·63 /1000 =1,6g

Тexnik elektron tarozida avval quruq stakancha tortiladi, keyin unga 1,6g boshlang’ich modda H2C2O4·2H2O tortib solinadi va yana tortiladi. So’ng stakancha tortim bilan analitik tarozida tortiladi (m1). Stakanchadagi shovul kislota tortimi voronka orqali 250,00 sm3 o’lchov kolbasiga o’tkaziladi.

Shundan so’ng stakancha moddaning qoldig’i bilan analitik tarozida tortiladi (m2).

Shunda m1 - m2 o’lchov kolbaga tushgan moddaning aniq tortim qiymatiga teng bo’ladi.

Tortish natijalari jadvalga kiritiladi.




Belgilash

Massa, g

Stakancha massasi (texnik tarozida)







Tortim massasi

(texnik tarozida)









Stakancha va tortim massasi

(analitik tarozida)



m1




Stakancha va qoldiq massasi

(analitik tarozida)



m2




Tortimning aniq massasi

m1 – m2




O’lchov kolbasiga tushgan standart moddaning aniq tortimi avval oz miqdordagi distillangan suvda chayqatib eritiladi. Tortim to’liq erimasa yana suv qo’shib aralashtiriladi, so’ngra eritma o’lchov kolbaning belgisigacha suyultiriladi va albatta (kolba og’zini kaftingiz bilan berkitgan holda) ag’darma xarakat bilan 10-15 marta aralashtiriladi. Tayyor eritmani tayyorlangan idishga quyishdan avval idish standart eritmaning 5-10 sm3 bilan 3 marta chayiladi.


  1. Eritmaning aniq konsentratsiyasini hisoblash.

Tayyor eritmaning konsentratsiyasi va titri aniq tortim bo’yicha xisoblanadi.

NH2C2 O4·2H2O = (m1-m2) 1000 / W ∙ Э H2C2O4 (g·ekv/dm3)

TH2C2O4 = (m1-m 2) / W ( g/sm3)

yoki


TH2C2 O4 = N H2C2 O4·2H2O ∙ Э H2C2 O4 / 1000 ( g/sm3)
Metodni amalga oshirish bosqichlari:

  • Taqribiy va aniq o’lchov idishlarini farqlay bilish. O’lchov idishlari haqiqiy hajmini hisoblash.

  • O’lchov kolbasidagi eritmani belgi chizig’igacha suyultirish.

  • Standart eritma tayyorlash uchun tortim massasini xisoblash.

  • Apteka va analitik tarozi yordamida aniq tortimni tortish.

  • Tortimni o’lchov kolbasida eritish va kolbani belgi chizig’igacha suyultirish.

  • Aniq tortim bo’yicha standart eritmaning aniq konsentratsiyasi va titrini xisoblash.

Nazorat savollari

  1. Titrimetrik usullar ta'rifi.

  2. Kislota-asosli titrlash turlari.

  3. Boshlang’ich moddaga qo’yilgan talablar

  4. Standart va titrant eritmalarining ta'rifi

Standart eritma tayyorlashda bajariladigan ishlarning ketma-ketligini ko‘rsating «Blits» o‘yin



Ish mazmuni

Tartibi

To‘g‘ri javob

Xato

1.

Stakancha texnik tarozida tortiladi










2.

Standart modda o‘lchov kolbasiga voronka orqali solinadi










3.

Tortim hisob qilinadi










4.

Modda texnik tarozida tortiladi










5.

Eritmaning normal konsen-tratsiyasi hisob qilinadi










6.

Stakanchaning modda bilan massasi analitik tarozida tortiladi










7.

Modda avval ozroq suvda eritilib, sung kolba belgisigacha etkaziladi










8.

Stankacha va modda qoldig‘ining massasi analitik tarozida tortiladi











Foydalanilgan adabiyotlar

1. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

2. Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004

3. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)

4. Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)

5. Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.

6. Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O‘zbekiston, Toshkent. 2001.

7. Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari uchun analitik kimyodan o`quv-uslubiy qo`llanma. I qism. 2010



8. Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari uchun analitik kimyodan o`quv-uslubiy qo`llanma. II qism. 2016
10-amaliy mashg‘ulot: Yozma ish. Ishchi eritmalar NaOH va H2SO4 ishchi eritmalarni tayyorlash
Ishdan maqsad: Alkali- va atsidimetrik titrlash uchun titrant (ishchi) eritmalar tayyorlash va standartlash. Mavzuga doir masalalar ishlash

Download 3,58 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 3,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



U. Xamdamov ta’limda innavatsion texnologiyalar

Download 3,58 Mb.