O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
YANGIYER FILIALI
“UMUMIY FANLAR VA JISMONIY TARBIYA” KAFEDRASI
60411200 - Menejment (sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv) yo‘nalishi
S 1001-23 guruh talabasi Qulmatova Feruzaning
IQTISODIY NAZARIYA FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Bozorning mohiyati uning vazifalari turlari
Bajardi:
|
Qulmatova F
|
Qabul qildi:
|
Qarshiboyeva Sh.
|
Yangiyer-2024
Mundarija
Reja
1.Kirish.
I Bob .Asosiy qism…………………………………………………………………2
1.1.Bozor iqtisodiy kategoriya sifatida nazariy jihatdan asoslanishi………………3
1.2.Bozorning afzalliklari va salbiy tomonlari……………………………………..6
1.3 bozorning afzalliklari va salbiy tomonlari……………………………………..8
II Bob Bozor tushunchasi va uning vazifalari
2.1 Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va uning mohiyati……………………………13
2.2Erkin va monopollashgan bozor……………………………………………….20
2.3 Bozorning turlari va unsurlari……………………………………………...…28
Xulosa…………………………………………………………………………….34
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………..…………………35
Bozor tushunchasi va uning vazifalari
Bozor deganda kishilar ko`z oldida ko`pchilik yig`ilib savdo-sotiq yuz beradigap joy gavdalanadi. "Bozorga boraman" deganda xam o`sha joyga borish tushuniladi, lekin ko`pchilik magazin, birja yoki auktsionni bozor tarzida xayoliga ham keltirmaydi. Bu tabiiy. Chunki, odamlarda shunday ko`nikma hosil bo`lgan. Aslida "Bozor" tushunchaciga boshqacharoq qarash kerak. Bozor iqtisodiyoti va bozor tushunchalari o`zaro bog`liq bo`lsa-da, ular aynan bir narsa emas. Agar bozor iqtisodiyoti yaxlit bir organizm hisoblansa, bozor uning muhim a`zosidir. Bozor faqat savdo sotuvdan iborat faoliyatni bildiradi.
Bozor sotuvchilar bilan haridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o`zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. B Bozorda sotuvchilar va haridorlar bir-birini topadi. Bozor ularni bir-biriga bog`lab turuvchi mexanizm hisoblanadi. Bozor bu barter emas, balki oldi-sotdi qilish, ya`ni tovarlarni pul vositasida ayriboshlashdir. Pulsiz bozor bo`lishi mumkin emas. Bozor bo`lishi uchun oldi-sotdi ham haridorga, ham sotuvchiga manfaatli bo`lishi talab qilinadn. Sotuvchi o`z tovarini yaxshi qo`llasa, haridor esa kerakli tovarni ma`qul narxda topa biladi, shuning uchun ham ular muhim aloqada bo`lishga intiladi. Xo`sh, kim sotuvchi-yu, kim haridor? Bozorning har bir ishtirokchisi, u kim bo`lishidan qati nazar (iste`molchi, fuqaro, firma, davlat), bir bozorda sotuvchi bo`lsa. boshqa bozorda haridor vazifasini o`taydi.
Xaridorda tovarni malum narxda sotib olish ishtiyoqi bor. Sotuvchilar esa tovarlarni bozorga chiqarib ularni ma`lum narxda haridorlarga taklif etuvchilardir.
Xaridorlar va sotuvchilar har doim bir-birlarining hojatini chiqarib, hamkorlik qiladilar, kerakli tovariing narxini kelishib, o`zaro iqtisodiy murosaga keladilar. Bu bozordagi murosa deyiladi. Uy xo`jaliklari, birinchidan, oddiy iste`molchilardan (masalan,oila yoki yakka odamdan), ikkinchidan, resurs egalaridan iborat. Ular haridor sifatida bozordan tovarlar va xizmatlarni olsa, sotuvchi sifatida ish kuchi, er va pul mablag`ini bozorga chiqarib sotadilar. Ish kuchi mehnat bozorida, er ko`chmas mulk bozorida, pul esa moliya bozorida (bank orqali) sotiladi (bular birgalikda resurslar bozori deyiladi). Uy xo`jaliklari resurs bozoriga tovar chiqarib, u erdan pul oladilar. Bu pulni tovarlar bozoriga chiqarib, u erdan ists`mol buyumlari oladilar. Tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer xo`jaliklari yoki yakka tartibda ishlab chiqaruvchilardan iborat. Ishlab chiqaruvchilar ham ikki bozorda ish ko`radilar. Ular resurs bozoridan ish kuchi, xomashyo, er va qarz puli topadilar, ya`ni ularni sotib oladilar. Ayni paytda ular bozorga tovar chiqarib, u erdan pul oladilar.
Davlatga kelsak, u ham uy xo`jaliklaridan va tovar ishlab chiqaruvchilardan tovar olib, ularga pul beradi, ammo ulardan yana pul ham oladi. Bu undirilgan soliqlardir. Davlat tovarlarni maxsus buyurtma orqali oladi. Bunga misol qilib mamlakatimizda amalda bo`lgan paxtakorlarga beriladigan davlat buyurtmasini olish mumkin. Unga binoan belgilangan miqdordagi paxta davlatga etkazib beriladi, paxtaning qolgan qismi erkin narxlarda sotiladi. Bozordan tovarni sotib olish uchun pul kerak, buning uchun esa nimanidir sotish kerak. Demak, haridor, albatta, sotuvchi vazifasini ham o`tashi lozim. Uy bekasi bozor qilganda pul bilan chiqib, uyiga tovar bilan qaytadi. U go`yo hech narsa sotmadi. To`g`ri, u shu damda tovar sotmadi, lekin uning hamyonidagi puli oldin sotilgan tovarning xaqi. Masalan, uning oila a`zolari o`z ish kuchini firmaga yoki davlatga sotib, ish xaqi olgan. Shu pulni beka bozorga olib chiqadi. Mazkur oila bankka pul quygan bo`lsa, unga ham haq oladi, uyini ijaraga bersa, ijara xaqi oladi. Uy bekasi uchun sotish operatsiyasi oldin bo`lib, xarid etish operatsiyasi keyin bo`lgan, xolos. Demak, bozorda oldi-sotdi har xil vaqtda kechishi mumkin.
Bozorda davlatning ishtiroki boshqacharoq. Agar davlatning korxonasi bo`lsa, u ham tovar sotadi. Ammo aksariyat davlat idoralari va mahkamalari bozorda o`z xizmatini sotadi. Bu xizmatning xaqi olinadigan soliqlar hisoblanadi. Tushgan pulga davlat bozordan resurslar va tovarlar sotib oladi. Bozorning afzalligi ham shuki, u oldi-sotdidan iborat iqtisodiyaloqalarni o`rnatadi.
Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va uning mohiyati. Avvalo bozor, bozor munosabatlari, bozor iqtisodiyoti tushunchalarini ko`rib chiqaylik. Bozor nima, bozor deganda nimani tushunamiz? Bozor – eskidan oddiy holda oldi-sotdi joyi, tovarlarni sotuvchi va xaridor o`rtasida begonalash, ularni almashtirish joyi va jarayoni deb tushunilgan. Bunday bozor tushunchasi faqat oddiy chakana savdo jarayoni u chegaralanib, qadimiy «SHarq bozori» mazmunini anglatishi mumkin.
Bozor oddiy va hayotiy yuzaki tushunchani bildirsa, bozor iqtisodiyoti to`la mazmunli va ilmiy tushunchadir. Ma`lumki, bozor rivoji uning tushunchasini ham kengaytirib boradi. SHuning uchun olimlarning bu jarayonga munosabatlari o`zgarib, unga to`laroq tushuncha berishga urinadilar. Aytaylik, eng keyingi bozorga berilgan ta`riflar va uning mohiyatini atroflicha ko`rsatadigan fikrlar albatta eski tushunchalardan farq qiladi. Masalan, «Ekonomiks»da bozorni mexanizm yoki moslashuv deb tushunib, xaridorlar o`rtasidagi aloqa yoki talab va sotuvchilar o`rtasidagi aloqa mexanizmi deyiladi. Kapitalizm bozor tizimining o`zi bo`lib, sotuvchi va xaridor tomonidan qabul qilingan yechimlar bozor tizimi orqali amalga oshadi, deb qaraladi. Rus olimlarini olsak, ulardan V. V. Jeleznov, V. Semenov va boshqalar bozorni tovar muomalasi deb tushuntirishga urinadilar. L. I. Abalkin esa bozor – tovar muomalasi ekanligini tan olgan holda bozorning yalpi mahsulot takror ishlab chiqarilishi va uning tarkibiy qismlari harakatining takrorlanishi elementi ekanligini va bozorning ma`lum xo`jalik aloqalari turi, ma`lum iqtisodiy harakat xili ekanligini ham qayd qiladi.
Bundan tashqari bozor iqtisodiyotiga usul deb baho berish ham mavjud, ya`ni bozor uning qatnashuvchilari o`rtasidagi aloqa usuli, xo`jaliklarni bir-biriga boYOlash usuli, deb aytadilar. Ishlab chiqaruvchi va iste`molchi o`rtasidagi aloqa albatta bozor orqali amalga oshadi. Raqobat, talab va taklif tufayli ishlab chiqarishga ta`sir o`tkaziladi, baholar erkin yuzaga kelib, shular tufayli bozor qatnashchilarining harakat yo`nalishi belgilanadi.
Ishlab chiqarish bozorning asosiy mexanizmlaridan biri bo`lgan taklifga aylanishi tufayligina reallashadi. Moddiy ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) jarayoni qanchalik muhim ahamiyat kasb etmasin, u iste`mol uchun atalgan va bozor sharoitida talabdan kelib chiqadi. CHunki inson iste`moli uning ehtiyoji talabga aylanishi tufayligina yuzaga keladi. Bozor munosabatlari sharoitida bozordagi talab asos bo`lganligi uchun ishlab chiqarish vosita sifatida xizmat qiladi, ishlab chiqarish bozor iqtisodiyoti tarkibida bo`lib, uning moddiy asosini tashkil etadi. Umuman ishlab chiqarish bozor munosabatlari, uning qonun talablari asosida rivojlanadi. Demak, bozor iqtisodiyotida inson talabi, uning iste`moli yuqori bo`lgani holda ishlab chiqarish buning vositasi vazifasini bajaradi va talab uchungina xizmat qiladi.
SHuning uchun ham bozor iqtisodiyotida tovar muomalasi tushunchasi ash u birga iqtisodiy aloqa usuli, umuman xo`jalik yuritish usuli tushunchalari mavjud, bularni aslo inkor etib bo`lmaydi.
Lekin bozor iqtisodiyotining mohiyati muomala va iqgisodiy aloqalarga nisbatan kengdir. Bozor iqtisodiyoti avvalo barcha xo`jalik tarmoqlari, iqtisod turlari, sohalariga ta`sir o`tkazadi. Bunday ta`sir etish mikroiqtisodiyot u chegaralanmay, balki makroiqtisodiyotning asosiy tomonlariga mazmun berib, ularni o`z doirasiga oladi. Ma`lumki, iqtisodiy proportsiya, balanslar bozor ta`sirisiz bo`lishi mumkin emas. Chunki avvalo resurslar bozori mavjud bo`lib, ularning joylashuvi va taqsimlanishi bozor mexanizmlari ta`siri ostida bo`ladi. Ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) sohalari va ularning hosilasi – tovarlar bozorning asosi hisoblangan talab ta`siri tufayligina reallashmog’i mumkin.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti tovar muomalasi, iqtisodiy aloqa usuligina bo`lib qolmay, balki u iqtisodiy tizimdir, ya`ni iqtisodiyot tizimiga xos barcha xususiyatlarii o`zida aks ettiruvchi va iqtisodiyotning barcha tomoilariga ta`sir etib, o`ziga qamrab oluvchi iqtisodiy tizimdir. Bunday fikrni P. Samuelson, R. Makkonell, L. Bryu, F. Kotler, V. Fattsman, A. Livshits, D. CHernikov kabi /arb va rus iqtisodchi olimlar ilgari suradilar.
Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sohalar va tarmoqlarning o`zaro borliqligi asosidagi birlikdir. Demak, bozor iqtisodiyoti deganda shuni tushunishimiz kerakki, bu avvalo bozor usulidagi iqtisodiyot, bozor munosabatlari asosida rivojlanayotgan iqtisodiyotdir. Iqtisodiyotning ayrim qismlari yoki ayrim hudud iqtisodiyotida bozor munosabatlarining ta`sir etishi emas, balki iqtisodiyotning asosiy va ko`pchilik qismida yoki asosan iqtisodiyotning bozor munosabatlari asosida tuda rivojlanishidir. Bunday holda iqtisodiyot bozor mazmuniga ega bo`ladi, chunki bozor munosabatlari tasodifiy, ayrim xollarda uchraydigan voqelik bo`lmay, balki u umumiy va ommaviy iqtisodiy hodisa bo`lib, zaruriy, talab holatiga aylanadi. Bozor iqtisodiyotida bozor munosabatlari tizimi yuzaga keladi va iqtisodiyot shunday tizim asosida rivojlanadi.
Bozor iqtisodiyoti erkin xarakatdagi, o`zini-o`zi boshqaruvchi va tartibga soluvchi ichki qudratga ega. Adam Smit buni «ko`zga ko`rinmas qo`l», deb atagan. Bu «qo`l» jamiyat uchun kerak bo`lgan narsalarni yaratadi. Adam Smitning xulosasiga ko`ra, har bir kimsa faqat o`z foydasi tugrisida o`ylaydiyu, lekin uni yo`naltiruvchi «ko`zga ko`rinmas qo`l» u o`zi o`ylamagan natijaga olib keladi, deydi. Bu qudratli «qo`l» bozor munosabatlari, bozor mexanizmidir.
Bozor iqtisodiyotining erkinlik xususiyati avvalo tadbirkorlar va tanlov erkinligidan iboratdir. Xususiy tadbirkorlar iqtisodiy resurslarni erkin qo`lga kiritish va egalik qilish huquqiga ega bo`lib, resurslardan ixtiyoriy ravishda tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarish, shuningdek, firmalarning istagi bo`yicha ularni sotish imkoniga egadirlar. Tadbirkorlarning ma`lum tarmoqda ish ko`rish yoki tarmoqdan chiqish ixtiyori o`zlarida bo`lib, bunga to`siqlik qiluvchi kuch yuq.
Erkin tanlash imkonini olsak, bozor sharoitida kapital va moddiy resurslar egalarining bularni o`z ixtiyorlari bo`yicha ishlatish yoki ish to`tish huquqi va imkoniga ega bo`lishidan iboratdir. SHu u birga ishlovchilar istagan mehnat turi u shugullana olish imkoniga ham ega bo`ladilar. So`ngra iste`molchilar o`z daromadlari hajmiga qarab, istagan miqdorda, sifatda biror xildagi tovar va tovarlashgan xizmatlarni sotib oladilar. Iste`mol tanlovi eng kuchli erkinlikdir. SHu nuqtai nazardan ishlab chiqaruvchi-sotuvchining erkinligi xaridor erkinligiga bogliq va shundan kelib chiqib pirovardida ishlab chiqaruvchining erkinligi xaridor erkinligi tufayli reallashadi.
Bozor iqtisodiyotining muhim tomoni shuki, u inson manfaatidan kelib chiqadi. Chunki barcha bozor ishtirokchilari go`yo o`zlarining shaxsiy manfaatlari uchun kurashadilaru, amalda esa deyarli barchaning manfaati ta`minlanadi.
Tovarlarni sotish borasidagi iqtisodiy aloqalar va munosabatlarning majmui sifatida bozor mehnat taqsimoti rivojlangan har qanday iqtisodiy tuzumning eng muhim tarkibiy turkumidir. Iqtisodiy ne`matlarning kattagina qismi davlat boshqaruv idoralari tomonidan taqsimlanadigan va lekin, erkin tarzda almashtirilmaydigan buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida bozor \oyat chalakam chatti xolda mavjud bo`ladi. Bozor xo`jaligi esa bozorning juda ko`p xilma-xil turlari mavjud bo`lishini taqozo etadi. Tovar almashuv munosabatlari tuzilishida iste`mol bozori markaziy o`rinni egallaydiki, unda inson ehtiyojlarini bevosita qondiruvchi moddiy buyumlar va xizmatlardan iborat bevosita iqtisodiy ne`matlar sotiladi. Xatto buyruqbozlik iqtisodiyoti ham nisbatan erkin iste`mol bozorisiz ish yurita olmaydi. Uni tugridan markazlashtirilgan tartibda taqsimlash bilan almashtirishga urinishlar har barbod bo`laveradi: rejalashtirish va taqsimlash mahkamalari har bir insonning barcha shaxsiy talablarini hisobga olishga, ularning kelajakdagi o`zgarishini oldindan aniq belgilashga, ular insonning «umum qozoni»ga qo`shgan hissasiga qanchalik muvofiqligini va qay darajada «qondirilishi lozimligini aniqlashga aslo qodir emaslar.
|