• II. O ‘ tgan mavzuni so ‘ rash.
  • Foydalaniladigan adabiyotlar




    Download 219.22 Kb.
    bet5/81
    Sana22.07.2021
    Hajmi219.22 Kb.
    #15586
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
    Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.

    I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stiri

    II. Otgan mavzuni sorash.a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)

    III. Yangi mavzu bayoni : Topshiriqlar ustida ishlash:

    • 1-topshiriq. Matnni o’qing. Undagi gaplarni so’z birikmalariga ajrating.

    Do’stlik qanchalar xilma-xil imtiyozlarni o’zida jamlagan! Qayoqqa qaramang, u sizning xizmatingizda. U hamma joyda muhayyo. U hech vaqt joningizga tegmaydi. U hech qachon shunchaki kelmaydi. U muvaffaqiyatlarga yangicha mazmun baxsh etadi. U ko’maklashganda har qanday omadsizliklar barham topadi. (Sitseron)

    5-mashq. Matnni o’qing. Gaplarni so’z birikmalariga ajrating. Tobe so’zning hokim so’zga qanday vosita yordamida bog’lanayotganini va bog’lanish turini aniqlang.

    Oqshomdan boshlangay, odatda, tonglar, Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar Boshing bukma sira, xokisor banda, Erta ruhing topgay oliy ohanglar. (A.Oripov)



    6-mashq. Gaplarni ko’chiring, so’z birikmalarini aniqlab, ularni izohlang.

    1. Yoshlikda zahmat chekib ilm o’rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. (Koshifiy) 2. Bilimsiz kishining ko’ngli xurofotga moyil bo’ladi. (Beruniy) 3. Er kishiga zeb-u ziynat hikmat va donishdir. (Alisher Navoiy) .4. Ilm ibodatdan afzal. (Hadis) 5. Ilm asosiga qurilmagan ulug’likning oxiri xorlikdir. (Yusuf Xos Hojib)



    8-mashq. Matnni o’qing, so’z birikmalarini aniqlab, hokim so’zning tobe so’zga bog’lanish usullariga diqqat qiling.

    Bir kishining bir necha o’g’illari bo’lib, ular tez-tez o’zaro nizo qilib turishardi. Bir kuni ota bir dasta cho’p yig’ib, mahkam qilib bog’ladi va o’g’illariga berib: «Qani, shu cho’plarni sindiringlar-chi!»-dedi. O’g’illar har qancha urunishmasin, uni sindira olmadilar. Shunda ota bog’langan cho’plarni yechdi va bir donadan o’g’illariga berdi hamda sindirishni buyurdi. O’g’illar cho’plarni osonlik bilan sindirib tashladilar. Shunda ota o’g’illariga qarab: «Hozir nimani ko’rgan bo’lsangiz, sizning ahvolingizga misol. Agar ittifoqda bo’lsangiz, sizni hech kim sindira olmaydi»,-dedi. («Hikmatnoma»dan)



    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    V. Uyga vazifa :mashqlar tahlili

    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    O‘TIBDO‘ _____________________________________

    «Ona tili» 9-sinf «____» «_____________» I CHORAK



    Mavzu: 3-dars GAP BO’LAKLARI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH



    Download 219.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




    Download 219.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foydalaniladigan adabiyotlar

    Download 219.22 Kb.