Marketing nazorati va uning turlari




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/105
Sana24.11.2023
Hajmi1,15 Mb.
#104756
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

6.3. Marketing nazorati va uning turlari 
Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat: 
- maqsadga erishish darajasini belgilash; 
- yaxshilanish imkoniyatini aniqlash; 
- korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o‘zgarishlariga
mos kelishini aniqlash va hokazolar. 
Marketing faoliyatining nazorati mahsulotlarni sotilishi ustidan nazorat 
qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini nazorat 
qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat hamda 
marketing taftishini nazarda tutadi. 
Rentabellikni nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini 
rejalashtirilgan ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. 
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida 
tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, hududlari, savdo 
kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo‘yicha amalga 
oshiriladi. 
Marketingni strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish-sotish 
va ilmiy-texnik faoliyatini rivojlantirishning asosiy qiyinchiliklari va 
istiqbolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalarini chamalaydi. 
Marketing taftishi marketing makro- va mikromarketing muhiti, marketing 
xizmatlarini, faoliyat yuritish samaradorligi tahlilini hamda marketing 
siyosati: tovar, narx, sotish va reklama tadbirlarini o‘z ichiga oladi. 
Marketingda nazoratni uch turi farqlanadi: 
1. 
Yillik rejaning bajarilishini nazorat qilish; 
2. 
Foydadorlikni nazorat qilish; 
3. 
Strategik nazorat. 
Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad mo‘ljallangan natijalarga 
erishishga ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, korxonaning 
bozordagi ulushi tahlili, marketing xarajatlari bilan mahsulot sotish 
o‘rtasidagi nisbiy tahlillar, mijozlarning munosabatini kuzatish kabi nazorat 
usullaridan keng foydalaniladi. 


86 
Foydani nazorat qilishning maqsadi firma nima hisobiga daromad 
topayotganligini va qaysi o‘rinlarda uni yo‘qotayotganligini aniqlashdan 
iborat. 
Strategik nazoratning maqsadi esa, haqiqatan ham firma o‘zidagi 
marketing imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayotganligi yoki 
foydalanmayotganligi aniqlanadi. 
Marketing taktikasi strategiyasidan farqli o‘laroq, bosh maqsadda firma 
mahsulotiga bo‘lgan iste’molchilar talabini shakllantirish va qondirish 
tamoyillarini hamda konyunktura sharoitlarini ifodalaydi. Marketing taktikasi 
ma’lum bir muddatdagi aniq tovar nomenklaturasi bo‘yicha hamda aniq 
bozorda firma maqsadlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan 
bog‘liqdir. U konyunktura va haqiqiy bozor holati dinamikasini hisobga olish, 
shuningdek, 
marketing 
strategiyasi 
asosida 
shakllanadi. 
Marketing 
taktikasining vazifasi korxonada marketing faoliyatini tashkil etishni joriy 
vazifalari bilan qisman bog‘liq. Marketing taktikasi firmaning strategik 
maqsadlariga erishishni oqilona ta’minlashda marketingni amalga oshirish 
yo‘llari va vositalari, shakl va usullarini aniqlaydi va tartibga soladi. 
Marketingni operativ rejalashtirishda qisqa davr uchun reja chora-
tadbirlarini belgilash yo‘li bilan taktik dasturlar aniqlashtiradi. 
Marketingni strategik, taktik va operativ rejalarini ishlab chiqish 
jarayonida rejalashtirishning turli xil uslublaridan foydalaniladi. Ular bir-
biridan muddati bo‘yicha farq qiladi va uzoq muddatli, o‘rta muddatli va 
qisqa muddatli bo‘ladi. Uzoq muddatli marketingni rejalashtirish uslubiga 
portfel tahlil, morfologik tahlil, delfi uslublarini kiritish mumkin. 
O‘rta muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga tarmoqli 
rejalashtirish texnikasi, maqsadli daraxt bo‘yicha qaror qabul qilish uslubi
morfologik tahlil, chiziqli dasturlash, moliyaviy-matematik uslublar, evristik 
uslublar kiradi. 
Qisqa muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga esa tarmoqli 
rejalashtirish 
texnikasi, 
chiziqli 
dasturlash, 
transport 
masalalarini 
optimallashtirish uslublari, evristik uslublar kiradi. Amaliyotda tarmoqli 
rejalashtirish, bozor tahlili, moliyaviy-matematik, chiziqli dasturlash 
uslublari keng qo‘llaniladi. 
Marketingni nazorat qilish jarayoni 5 ta asosiy bosqichni o‘z ichiga 
oladi: 
1. Nazorat qilishga mo‘ljallangan reja ko‘rsatkichlarini asoslash 
(masalan, bozor ulushi, aylanma va hokazo). 
2. Faoliyatni haqiqiy ko‘rsatkichlari natijalarini o‘lchash (ma’lumotlarni 
yig‘ish) 
3. Faoliyatni reja va haqiqiy ko‘rsatkichlari natijalarini solishtirish. 


87 
4. Haqiqiy reja ko‘rsatkichlarining imkoniyat farqining tahlili. 
5. Yangi rejalar ishlab chiqish, to‘g‘rilash. 
Marketing sohasida nazorat qilishning asosiy vazifalari quyidagi rasmda 
berilgan. 

Download 1,15 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   105




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish