92
bozorlari konyunkturasini keltirib chiqaradi. Tovar bozorlari konyunkturasini
umumxo‘jalik konyunkturasining elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi
tovar konyunkturasini tashkil etuvchilarga mavjud bo‘lmagan yangi sifatni
beradi. Shunday qilib, uning butun qismi va bo‘g‘inlarining belgilari o‘zaro
ta’sirchanligi va o‘zaro aloqadorligi shakllarining fe’l - atvorini,
umumxo‘jalik va tovar konyunkturasi rivojlanishini aniqlaydi.
Bozorni, avvalo butun bozor konyunkturasini
kompleks izlanishlar
ishbilarmonlar doirasining fikriga ko‘ra, ishbilarmonlarga ularning xo‘jalik
qarorlarini qabul qilishda xatoga yo‘l qo‘ymasligi uchun tavakkalchilikni
pasaytirishda qurol hisoblanadi. Iqtisodiy konyunkturani izlash, faqatgina
ayirboshlash sohasi rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining
boshqa bosqichlari bilan o‘zaro aloqadorligining
umumiy qonunchiligini
o‘rganish bilan chegaralanib qolmaydi.
Tovar bozori o‘zida, birinchidan, ma’lum bir tovarni ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida, ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar
guruhi va iste’molchilar guruhi o‘rtasida iqtisodchilar aloqalari tizimini
o‘zida aks ettiradi. Aloqalarning asosiy ko‘rinishi 1-turi
bu oldi-sotdi
jarayoni, 2-si esa raqobatdir. Tovar bozorlari tarmoqlararo raqobatning
mexanizmi orqali o‘zaro ta’sirga ega va u milliy bozorni butunlay
shakllantiradi. Bozor munosabatlarining tarixiy rivojlanishi davomida milliy
chegara doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar bozorlari shakllanadi.