Bozor konyunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/105
Sana24.11.2023
Hajmi1,15 Mb.
#104756
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

7.2. Bozor konyunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari 
hama baholash uslublari
 
Konyunktura tahlili ishlab chiqarish va iste’molning hajmi, tarkibi, bir 
tovar boshqasining o‘rnini egallay olish imkoniyati, tovar zahiralari, narxning 
o‘zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarini o‘rganishni o‘z ichiga 
oladi. Bozor konyunkturasini muntazam o‘rganib borish savdo faoliyatini 
muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor konyunkturasi qaysi 
tovarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qaysi tovarga talabning kamayishi 
haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarish uchun ham 
savdo firmasi uchun ham zarur. Bozor konyunkturasi bozorda muvozanat 
mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko‘ra bozor 
konyunkturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay bo‘lishi mumkin. 
Bozor konyunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va 
sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga bog‘liqdir, narx- navoga, modaning 
o‘zgarishiga qarab har xil bo‘ladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab 
chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qo‘shimcha resurslar, ularni 
qaytarish muddatlari, tovar zahiralari dinamikasi, eksport va import, 


93 
shuningdek narx - navodagi o‘zgarishlar yo‘nalishiga qarab aniqlash mumkin. 
Bu bilan tovar taklifi o‘rganiladi. 
Investitsiya summasi va tuzilishiga, mehnat predmetiga bo‘lgan talab va 
korxona, tashkilotlar pul sarfining yo‘nalishiga qarab, shuningdek, aholi xarid 
qobiliyatining, uning tovarlar bilan ta’minlanish darajasini hisobga olib talab 
o‘rganiladi.
Uzoq muddatli o‘sish imkoniyalarini aniqlash va konyunktura tahlili bir -
biri bilan bog‘liq va u bir-birini to‘ldira boradi.
Sifatli tahlil qilish uchun to‘plangan ma’lumotlarni 3 ta guruhga 
bo‘linadi: 
-o‘tgan davr konyunktura ma’lumotlari; 
-tadqiq qilinayotgan davr konyunktura ma’lumotlari; 
-kelgusidagi konyunkturaga ta’sir etuvchi ma’lumotlar.
Konyunkturani tahlil qilish shakli konyunktura sharhi bo‘lib 
hisoblanadi.
Konyunkturani tahlil qilish savollariga o‘tishdan avval konyunkturaning 
ko‘rsatkichlar tizimini ko‘rib chiqish darkor. 
Ko‘rsatkichlar shartli ravishda makro va mikroko‘rsatkichlarga 
bo‘linadi. 
Makroko‘rsatkichlarga 

umumxo‘jalik konyunkturasini 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar: yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, 
ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, tovar aylanma ko‘rsatkichlari, pul muomalasi 
ko‘rsatkichlari, iste’mol ko‘rsatkichlari kiradi. Mikroko‘rsatkichlarga esa 
alohida tovarlar bozorini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi: ishlab chiqarish 
ko‘rsatkichlari, mahsulot sotilishi va iste’moli, narx dinamikasi va h.k. 
Umumxo‘jalik konyunkturasi tahlilini izlanish maqsadiga ko‘ra ikki yo‘l 
bilan olib borish mumkin:
1. 
Agar ma’lum bir vaqt ichida konyunkturaning rivojlanish tendensiyasi 
va sur’atlarini bilib olish masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda konyunktura 
tahlili shu vaqtning ichida uning dinamikasini o‘rganish yo‘li bilan olib 
boriladi. 
2. 
Agar eng oxirgi sanaga konyunktura holatini aniqlash masalasi 
qo‘yilgan bo‘lsa, u holda iqtisodiy davrning fazasi va faza ichidagi misol 
tariqasidagi joyini aniqlash yo‘li bilan olib boriladi. Shuni e’tiborga olish 
kerakki, konyunktura tahlili va uzoq tendensiyalarning rivojlanishini aniqlash 
o‘zora bog‘liq va bir - birini to‘ldiradi. 
Konyunktura tahlili jamiyatning xo‘jalik hayotining qiyinligini hisobga 
olmagan holda u yoki bu qarashlarni tasdiqlaydigan o‘zboshimchalik bilan 
tanlangan omillar va statistik ma’lumotlarga yondashib emas, balki bir-biriga 
qarama-qarshi hodisalarning yig‘indisiga yondashish kerak. Konyunktura 
tahlilining shakli bu konyunktura sharhi va ma’lumotnomasidir. 


94 
Mahsulot ishlab chiqarish belgilanganligiga qarab, mahsulotning mutlaq 
birligi o‘lchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davri davomiyligi, 
iste’molchilar doirasi tezroq yoki sekinroq konyunktura o‘zgarishini aks 
ettiradi. 
Ba’zi tarmoqlar, masalan qora metallurgiya, havo va suv transporti, 
qurilish belgilangan iste’molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi 
bo‘yicha ishlaydilar. Boshqalar esa, ya’ni avtomobil, radioelektron va shu 
kabilar qisqa muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda noma’lum 
iste’molchilarga sotiladi. Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarish qisqarishi 
yoki o‘z ishi natijasida ishlab chiqarish konyunkturasini yaxshilash yoki 
yomonlash aniq ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanmaydi.

Download 1,15 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Bozor konyunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari

Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish