97
Kon’yukturani o‘rganish marketing xizmatining ajralmas qismini tashkil
etadi. Mamlakatimizda konyukturani o‘rganish 20-yillarda tashkil etildi.
«Konyunktura» lotincha so‘z bo‘lib, holat degan ma’noni
anglatadi, keng
ma’noda ularning o‘zaro aloqasidan olingan shartlarning yig‘indisidir.
Konyunktura tahlili ishlab chiqarish va iste’molning hajmi, tarkibi, bir
tovarning boshqasining o‘rnini egallay olish imkoniyati,
tovar zahiralari,
narxning o‘zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarini o‘rganishni o‘z
ichiga oladi. Bozor konyunkturasini muntazam ravishda o‘rganib borish
savdo faoliyatini muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi.
Har davrda bozor
konyunkturasi qaysi tovar chiqarishni ko‘paytirish, qaysi tovarga talabning
kamayishi haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar
ishlab chiqrish
uchun ham savdo firmasi uchun ham zarur.
Bashorat qilish bu - obyektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakning
qanday bo‘lishini ko‘ra bilishdir. Oldindan aytib berish, bashorat qilish faqat
umumiy xossalar va qonuniylikka ega bo‘lgan sabab va xulosalar aniq
bo‘lgan jarayonlarga bog‘liqdir.
Oldindan ko‘ra bilish:
-qisqa muddatli 1-1,5-2 yilgacha;
-o‘rta muddatli 2-5 yilgacha;
-uzoq muddatli 5 yil va undan ortiq turlarga bo‘linadi.
Ekspertlar orqali baholash va g‘oyalar
kurashi uslublari bozor
konyunkturasini bashorat qilishda ko‘p ishlatiladi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Bozor konyunkturasi deganda nimani tushunasiz?
2. Bozor konyunkturasi tahlili qanday amalga oshiriladi?
3. Konyunktura sharhi deganda nimani tushunasiz?
4. Bozor hajmi ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi?
5. Bozor konyunkturasini bashorat qilish deganda nimani tushunasiz?
6. Bashorat qilishning qanday uslublarini bilasiz?
7. Bozor sig‘imi deganda nimani tushunasiz?
8. Ekspert baholashning mazmunini tushuntirib bering.
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini
yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010 -yilda
mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga
mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. – T.: O
‘zbekiston, 2011.– 48 b.
98
2. Qosimova M.S., Yusupov M., Ergashxodjaeva Sh.J. Marketing.
Darslik. – T.: TDIU, 2010. – 224 bet.
3. Соловьев Б.А., Мешков А.А., Мусатов Б.В. Маркетинг: Учебное
пособие. -M.: Инфра-М, 2010. – 336 c.
4. Басовский Л.Е. Маркетинг: Учебное пособие. – M.: Инфра-М,
2010. – 219 c.
5. Герасимов Б.И., Мозгов Н.Н.
Маркетинговые исследования
рынка: Учебное пособие. / Б.И. Герасимов, Н.Н. Мозгов. – M.: Форум,
2009. – 336с.
6. Парамонова Т.Н. Маркетинг: Учебное пособие. – M.: КНОРУС,
2010. – 190 с.
7. Розова Н.К. Маркетинг. –СРб.:Питер, 2008. -176с.