XX asrning buyuk fiziklaridan A.Eynshteyn tomonidan yaratilgan
maxsus nisbiylik nazariyasi asosida ikkita postulat (postulat — isbotsiz
ham qabul qilinaveradigan qoida, faraz) yotadi
(I, II).
I. Nisbiylik qonuni.
Barcha inersial sanoq tizimlarida tabiatning qonunlari bir xil boiadi.
Eynshteyn bir sanoq tizimidan boshqasiga o ‘tganda Galiley almash-
tirishlaridan emas (19-§ ga qarang), balki umumiy bo‘lgan Lorens
almashtirishlaridan foydalanish lozimligini ko‘rsatdi:
x _ x ' + V0t \
y = y '
Z = Z '
t =
t '+ ^ y X ’
( i )
bu yerda,
/3
= vo / c
Shuning uchun Eynshteynning nisbiylik prinsipini boshqacha ta’riflash
mumkin:
Tabiat qonunlarini ifodalovchi tenglamalar Lorens almash-
tirishlariga nisbatan invariantdir.
II. YorugMik tezligining doimiy bo‘lishligi qonuni.
Vakuumdagi yorugMik tezligi yorug'lik manbayining harakatiga bog‘liq
bo‘lmaydi va demak hamma inersial sanoq tizimlarida bir xil bo‘ladi.
Bu
ikkinchi postulatdir.
Shuni qayd etish kerakki, vakuumdagi yorug‘lik tezligi tabiatda o‘zaro
ta’sirlar tarqalishining chegaraviy tezligidir. Bundan muhim xulosa kelib
chiqadi:
Nyuton mexanikasida absolut (cheksiz tezlikda uzatiladi) deb
hisoblangan bir vaqtlilik tushunchasi, haqiqatda esa nisbiydir.
Bu faktni
quyidagi misolda ko‘rib chiqaylik. Faraz qilaylikki, bir tekis harakut-
l l l
y
y
/
2
X'
lanayotgan vagon o'rtasi-
dan ikki yo'nalish b o ‘y-
lab yorug‘lik signali tar-
qalsin (45-rasm). Vagon-
dagi passajir vagonning
ikkala tomoniga (boshi va
o
x
oxiriga) signalning bir
vaqtda yetib borganligini
45-rasm.
kuzatadi. Stansiyada turgan navbatchi o ‘tib borayotgan vagonning oxiriga
( 1-nuqtaga) signalning avval yetib borganligini ko‘radi, chunki 1-nuqta
signalga qarab harakatlanadi, signal esa 2-nuqtaning orqasidan quvib yetishi
kerak. Natijada, har xil sanoq tizimlarida vaqt o'tishining har xil bo'lishi
kelib chiqadi. Lekin, eng asosiysi shuki, fazo va vaqt o ’zaro bog‘liq bo'lib,
yagona fazo — vaqtning to ‘rt o ‘lchamini hosil qiladi. Bu shuni bildiradiki,
nisbiylik nazariyasida istalgan voqea (masalan, atomdagi yadro yemirilishi)
hamm a vaqt to 'rtta kattalik bilan, ya’ni, X, U, Z - koordinata va hodisa
vaqti t bilan belgilanadi. Bu kattaliklaming qiymatlari sanoq tizimiga bog'liq
boiadi.
Voqeaning bir vaqtligi to ‘g‘risida gapirilganda, quyidagilarga alohida
urg‘u berm oq kerak. Agar voqealar orasida sababiy bog‘lanish bo‘lsa,
voqea-sabab hamma sanoq tizimlarida voqea-oqibatdan oldin keladi. Barcha
sanoq tizim larida boshlang‘ich zarraning tug‘ilishi uning yemirilishidan
oldin ro ‘y beradi.
Fazoning bir nuqtasida bir inersial sanoq tizimidan boshqasiga o'tganda
ikkita voqealar orasidagi miqdoriy vaqt intervali quyidagicha o'zgaradi.
Voqealar orasidagi vaqtni (masalan, zarraning tug‘ilishi va yemirilishi)
qo‘zg‘almas sanoq tizimida x0 bilan, birinchi tizimga nisbatan v tezlik
bilan harakatlanayotgan sanoq tizimida esa t bilan belgilasak:
bo‘ladi. Bundan, x> x0 bo‘lganligi uchun harakatlanayotgan sanoq tizimida
vaqtning sekin o ‘tishligi kelib chiqadi. Agar v0 << c bo‘lsa, bunday
relyativistik effektni, ya’ni vaqtning sekinlashganligini hisobga olmasa ham
bo‘ladi. Boshqa relyativistik effektlar ham 5-yorug‘lik tezligiga yaqin
tezliklardagina seziladi.
112
|