me,
ms — sonlariga ham uncha katta boMmagan bog‘liqligi mavjud, chunki
magnit va spin kvant sonlarining qiymatlari orbital
va spin momentlarining
o‘zaro oriyentatsiyalariga bogiiq bo‘ladi.
Atomda elektronlar bir sathdan boshqasiga, masalan,
yuqori ener-
getik sathdan pastkisiga yoki teskari yo‘nalishda o‘tishi mumkin. Lekin,
pastki sathdan yuqoriroq sathga o ‘tish atom energiya yutgandagina ro‘y
beradi. Yuqoriroq sathdan pastki sathga o‘tish o ‘z -o ‘zidan sodir bo‘ladi.
Bunga
spontan nurlanish deyiladi. Spontan
nurlanishning ehtimolligi
atom ning ichki xususiyatlariga bog'liq bo'ladi.
Bulardan tashqari moddaga tushayotgan nurlanishni keltirib chiqa-
radigan
majburiy
yoki
induksiyalangan nurlanish
ham mavjud.
Bu nurlanish quyidagi xususiyatga ega:
1) nurlanishning tarqalish yo'nalishi majbur etuvchi nurlanishning
yo‘nalishi bilan aynan mos keladi.
2) majburiy hamda majbur etuvchi nurlanishlaming chastotasi,
fazasi
va qutblanishi tam om an bir-biri bilan mos keladi.
M ajburiy nurlanish va m ajbur etuvchi nurlanishning kogerent
bo'lganligidan optik kvant generatorlari — lazerlar ishlashida foydalaniladi.