lashgan modeliga asosan, yadro «mag‘iz» — turg‘un ichki qism (qobiqni
to ‘liq to ‘ldiradigan nuklonlar) dan va m ag‘iz nuklonlari hosil qilgan
maydonda harakatlanadagan «tashqi» nuklonlardan tashkil topgan. Tashqi
nuklonlar ta’sirida yadro mag‘izi deformatsiyalanishi m umkin,
bunda u
tortilgan yoki aksinchayassilangan ellipsoid shaklini oladi.
Yadro fizikasining muhim tarkibiy qismini neytronlar fizikasi tashkil
etadi. U, neytronlar ta’sirida sodir bo‘ladigan yadro reaksiyalarini o ‘lchash
bilan shug'ullanadi. N eytronlar elektr jihatdan neytral bo‘lganligi uchun
yadroning elektr maydoni uni itarmaydi, shuning uchun hatto sekin
harakatlanayotgan neytronlar ham yadroga to yadro kuchlarining ta ’siri
sezila boshlaydigan masofagacha hech qanday to ‘siqqa uchramay yaqin-
lashadi. Bu tadqiqotlardan olinadigan neytronlarning
sochilishiga oid
m a’lumotlardan atom tuzilishi va ayrim molekulalardagi atomlaming harakati
tavsifini aniqlashda foydalaniladi.
Zamonaviy yadro fizikasi ikkita o ‘zaro uzviy bog‘liq «yo‘nalishga» —
nazariy va eksperimental yadro fizikasiga bo‘linadi. Nazariy fizika atom
yadrosi va yadro reaksiyalari modellarini tadqiqot qiladi, u mikrodunyo
fizikasini o‘rganish jarayonida vujudga kelgan fundamental fizik nazariyalariga
tayanadi. Eksperimental yadro fizikasi hozirgi zamon tadqiqot vositala-
rining boy xazinasidan foydalanadi.
Bu vositalar yadro reaktorini,
zaryadlangan zarralar’tezlatkichlarini, turli-tuman detektorlarini o ‘z ichiga
oladi.
Fanda yuqori tezlikda harakatlanuvchi neytronlarning uran yadrosini
yemirish xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Bunda ko‘p energiya ajralib
chiqib, yangi neytronlar hosil bo ‘ladi. Bu neytronlar o ‘z navbatida uran
yadrosining bo'linish jarayonini davom ettiradi. Taniqli rossiyalik olimlar
G .N .Flerov va K.A.Petrjak, I.V.Kurchatov laboratoriyasida uran atom
yadrolarining neytronlar yordamisiz ham o ‘z -o ‘zidan (spontan) bo ‘-
linishini kashf qilishdi.
I.V.Kurchatov rahbarligida 1944-yilda sobiq Ittifoqda birinchi siklotron
va Yevropada birinchi atom reaktori (1946), atom (1949) va termoyadro
(1953) bombalari yaratildi. Kuchli yadro energiyasi insoniyatga xizmat
qilishi ham, Yer yuzidagi tiriklikni yo‘q qilib yuborishi ham mumkin.
Yadro-fizikaviy tadqiqotlar keng ko'lam da ilmiy m a’noga ega bo ‘lib,
insonning materiyaning tuzilish sirlarini chuqurroq o ‘rganishiga
imkon
yaratadi. Ayni vaqtda bu tadqiqotlar amaliy jihatdan ham (yadro energetikasi,
tibbiyot va boshqa sohalarda qoMlashda) g‘oyat muhimdir. Shu maqsadda
respublikamizda 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi instituti
126
faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu institutda atom va yadro fizikasini amaliyotga
qo‘llash bo'yicha muhim ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.