M etallarni lazer bilan payvandlashda chok juda sifatli chiqadi, elektron-
nurli payvandda ishlatiladigan vakuum
kameralarga ehtiyoj qolmaydi, bu
esa konveyerli ishlab chiqarishda juda muhimdir.
Qudratli lazer texnologiyasi mashinasozlikda, avtomobil sanoatida,
qurilish materiallari sanoatida qoilaniladi. U materiallarga ishlov berish
sifatini oshiribgina qolmay, ishlab chiqarish jarayonining texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini ham yaxshilaydi. Masalan, 14 mkm qalinlikdagi po‘lat
listlarni lazer bilan payvandlash tezligi 100 m /soat.
ga yetadi; bunda 10
kVt soat elektr energiya sarflanadi. Bundan ham quw atliroq lazer texni-
kasi rivojlanishi bilan lazer nurlanish energiyasi an ’anaviy energiya turlari
(elektr tok energiyasi, mexanik energiya, kimyoviy jarayonlar energiyasi)
bilan bir qatorda xalq xo‘jaligida borgan sari keng qo‘llanilmoqda. Oxirgi
o ‘n yilliklarda lazerlar kosmik masshtabdagi masofalarni aniqlash uchun
o ‘lchov texnikalarida, Yerning sun’iy yo'ldoshlarini
boshqarishda, shu-
ningdek, tibbiyotda ham samarali qo'llanm oqda. Ular yordamida har xil
operatsiyalar o ‘tkazilmoqda, ko‘z va teri kasalliklari davolanmoqda.
Lazerlar ixtiro qilingach amaliy golografiya keskin rivojlandi. Lazer
nurlari xususiyatlari murakkab gologram malam i olishda foydalaniladi.