ya’ni molekulalarning massalar markazlari to‘g‘ri (kristallik)
panjarani
hosil qilmaydi, balki fazoda tartibsiz joylashadi va unda erkin harakatlanadi.
A lohida y o 'n alish larn in g yuzaga kelishi ko'rsatilgan shakldagi
molekulalarning o ‘zaro ta ’sirlari bilan bog‘liq b o ‘lib, bunda tortishish
kuchlari ham, itarishish kuchlari ham muhim ahamiyatga ega.
Molekulada
atom lar qancha ko‘p b o ‘lsa, m olekulalar shuncha kuchliroq tortiladi,
shu bilan birga bitta molekula atomlarining yoniga yaqinlashishga intiladi,
buning uchun esa faqat qo'shni molekulalarning uzun o‘qlari yoki tekisliklari
parallel b o ‘lishi lozim. Yaqin masofalarda kvant mexanika qonunlariga
muvofiq molekulalar itarishishadi, ya’ni ular bir-birining ichiga kira olmaydi.
Shuning uchun, masalan, uncha katta bo‘lmagan hajmga kiritilgan molekula-
sterjenlar tasodifiy burilishlarda
bir-biriga xalaqit beradi, ya’ni eritma
steijenlari konsentratsiyasi yuqori bo‘lganida itarishish kuchlari ham bunday
molekulalarning parallel oriyentirlanishini yuzaga keltiradi.
Molekular eritmaning konsentratsiyasi kichik bo‘lganda yuqori haroratda
issiqlik turtkilari yetarlicha kuchli bo ‘ladi, ular molekulalar tizimidagi
oriyentasiya tartibini buzib yuborishi mumkin. Haroratning ko'tarilishi
yoki konsentratsiyaning kamayishida albatta shunday payt keladiki, bunda
tartibsiz issiqlik harakati zo‘rayib ketadi va suyuq kristall oddiy suyuqlikka
aylanadi (eriydi). Harorat pasayganida u qattiq kristallga aylanadi.
Suyuq kristallardagi maxsus yo‘nalishlami, qattiq kristallardagi singari,
optik o'qlar deyiladi, chunki ulam ing mavjudligi bilan bu materiallaming
ajoyib optik xossalari (nurning ikkilamchi sinishi, yorug‘likning qutblanish
tekisligining burilishi va h.k.) bog‘langandir. O ptik o 'q lari q attiq
mahkamlangan qattiq kristallardan farqli o ‘laroq, suyuq kristallarda optik
o‘qlam ing yo‘nalishini turli ta ’sirlar, jumladan, elektr maydon yordamida
oson o ‘zgartirish mumkin. Suyuq kristallaming optik xossalarini boshqarish
uchun juda kichik kuchlanishlar (1 V g a yaqin) yetarlidir.
Buning sababi
shuki, ularning barcha m olekulalari o ‘zaro bog‘langan va birday
oriyentirlangan hamm a molekulalar o ‘z yo'nalishini o'zgartirish uchun
ulardan bittasini burish kifoya. Bunday elektrooptik effektlar tufayli suyuq
kristallar amaliy ahamiyat kasb etadi. Ularning yupqa (mikrom etrning
yuzdan bir ulushiga teng qalinlikdagi)
qatlam lari elektron soatlar,
kalkulyatorlar, televizion priyom niklarning ekranlarini tayyorlashda
ishlatiladi. Ba’zi m oddalar suyuq kristall holatida o ‘zaro aralashish
140
xususiyatiga ega bo'lib, bunday aralashishdan turli tuzilishli va xossali suyuq
kristallar paydo bo‘ladi.
Keyingi yillarda inson organizmi hayotiy faoliyatining b a’zi
mexa-
nizm larida suyuq kristallarning roli aniqlangan. Bu esa ularni tibbiyotda
tashxis qo ‘yishda qo‘llash imkonini beradi.