‘. T. ‘Sar0v tabiatshunoslik




Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/141
Sana20.12.2023
Hajmi3,55 Mb.
#124530
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   141
Bog'liq
‘. T. ‘Sar0v tabiatshunoslik

57-§. GOLOGRAFIYA
Lazerlarning yuqori kogerentli yorug'lik manbalarining yaratilishi 
p red m etlarn in g yuqori sifatli tasvirini o lishning yangi usulini — 
golografiyani rivojlantirishning imkonini berdi. Golografiya deb yorug‘lik 
kogerent dastalarining interferensiya va difraksiya hodisalariga asoslangan, 
yorug‘lik to iq in in i yozib olish va keyin uning tarkibini qayta tiklashga 
aytiladi.
Gologram m a hosil qilishda asosiy narsa m onoxrom atik va kogerent 
lazer nuridir. Fotoplastinka asosiy lazer nuri bilan va ayni vaqtda 
predmetdan qaytgan nur bilan yoritiladi. Plastinka tekisligida interferensiya 
manzarasi paydo bo'ladi (53-rasm).
Bu manzarada qaytgan yorug‘Uk nuri haqida barcha m a’lumot bo'ladi. 
Endi plastinkani ochib, asosiy dastadagi lazer nuri bilan yoritilsa, u 
holda lazer dastasining gologrammadagi difraksiyasi tufayli to ‘lqin fronti 
tiklanadi (54-rasm).
Gologram m alam i olishning turli usullari mavjud. Rossiyalik olim 
Y.N.Denisyuk eng ajoyib usullardan birini taklif qildi. Gologramma shunday 
qalin qatlamli, emulsiyali fotoplastinkaga yoziladiki, qatlamning qalinligi
137


y orug‘lik t o ‘lqini uzun- 
ligidan ancha katta bo'ladi.
Predmetdan qaytgan va aso- 
siy dastalaming interferen- 
siya m anzarasi em ulsiya 
qalinligida sodir b o ‘ladi.
Gologram m alar faqatgina 
pred m etlarn in g obrazini 
yaratish uchungina qo ‘lla- 
nilmaydi. U lar nihoyatda 
katta m iqdordagi m a’lu- 
motlami yozib olishga yor-


• 
53-rasm.
dam beradi, ulami optik ti-
zim larning aberratsiyalarini (tasvirning buzilishlarini) to ‘g ‘rilashda,
m ashinalaming vibrasiyalarini nazorat qilishda ishlatiladi.
Nazariy hisoblashlardan shunday bog‘lanish kelib chiqadi: golog- 
ram m aning birlik yuzida predm et haqida N = 1/X2 ta mustaqil m a’lumot 
qayd qilish mumkin. Shunday qilib, geliy-neon lazer nurlanishi (X =
0,632 Mkm) bilan olingan gologrammaning lsm 2 ga 250 mln. ta mustaqil 
m a’lumot to ‘g‘ri keladi. Gologrammadagi m a’lum otlarning ko‘p sonligi 
tuzilishining murakkabligidir. Inson gologram m aning kuchli katta- 
lashtirilgan sohasini turli darajada qoraygan tartibsiz dog‘lar to ‘plami 
sifatida ko‘radi. Bunday taassurotning sababi, ko‘zimizning gologrammada 
aniq qonuniyatlar asosida berilgan predmet haqidagi m a’lumotlarni ko‘ra 
olishga noqobilligidir. Golo 
grafik tasvirlarni tiklash bu 
m a’lumotlarni bir shakldan 
inson his qilishi uchun qulay 
boshqa shaklga aylantirishdan 
yoki ulami EHM ga kiritishga 
m oslashtirishdan iboratdir.
Gologrammani tiklash vaqti 
jud a qisqa ( 10-10 s gacha).
Binobarin, golografiya ulkan 
m iqdordagi m a’lum otlarni 
yozib olish, saqlash va juda tez
138


o'zgartirish imkonini beradi. Golografiyaning bu xususiyatlaridan ko‘plab 
ilmiy va texnik muammolami hal qilishda foydalaniladi. Masalan, golografik 
interferometriya, interferensiya metodlari bilan yorug‘likni diffiaz sochuvchi 
obyektlarni, m asalan, m etall konstruksiyalarining korroziya bilan 
qoplanishini, beton balkalari, avtomobil shinalari va shunga o ‘xshashlarni 
tekshirishga imkon berdi. Agar bunday obyektning deformatsiyasini o ‘rganish 
lozim bo ‘lsa u holda gologramma yordamida uning uch oicham li tasviri 
hosil qilinadi va bu tasvir obyekt bilan qo ‘shiladi. Bunda obyekt va 
gologrammani yoruglik bilan yoritiladi. Endi tasvirning yorug‘ligi bilan 
predmetdan qaytgan yoruglik interferensiyalanadi, chunki ular kogerentdir. 
Agar obyekt o ‘z shaklini biroz o‘zgartirsa, u holda golografik tasvir bilan 
obyektdan qaytgan nurlar orasida yo‘l farqi yuzaga keladi, natijada, obyekt 
shaklining o‘zgarishini tavsiflovchi interferensiya yo‘llari paydo bo‘ladi. Tovush 
to‘lqinlari yordamida ham gologrammalar olish mumkin. Tovush va optik 
gologrammalar olish prinsiplari birday, faqat tovush gologrammalarida 
olimlarga yoruglik intensivligi o'zgarishlari o‘miga bosim o'zgarishlari bilan 
ish ko‘rishga to ‘g‘ri keladi. Tovush tolqinlari yorug‘lik o ‘ta olmaydigan 
predmetlarga ham osongina kirib boradi. Akustik golografiya kelgusida tibbiyot, 
geofizika, metallurgiyada keng qo‘llanishi mumkin. Bunday gologramma 
yordamida vrach odamning ichki organlarini, geofizik esa Yer boyliklarini 
ko‘ra oladi.

Download 3,55 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   141




Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish