kogerentlik, katta intensivlik va nur dastasining nihoyat darajada ingich-
kaligi xos xususiyatdir.
Lazer nuri linza yordam ida fokuslanganda oddiy quyosh nurini
fokuslash natijasida olinadigan energiya oqimidan 1000 marta katta bo'lgan
energiya oqim ini hosil qilish mumkin. Lazer nurining ajoyib xusu-
siyatlaridan biri uning yuqori effektiv haroratidir. Lazer yordamisiz
hosil qilib bo'lmaydigan bunday haroratlar tadqiqotchilar oldida katta
imkoniyatlarni paydo qiladi.