Haqiqatda esa hech qanday issiqlik halokati bo‘lishi
m um kin emas,
chunki koinotni chekli yoki berk tizim deb hisoblashga asos yo'q. Shuning
uchun term odinamikaning ikkinchi qonunini koinotga qo llash mumkin
emas. Chunki koinot uzluksiz va monoton ravishda evolutsion rivojlanishda
bo‘lib, hech qachon termodinamik muvozanatga kelmaydi. Shunday savol
tug‘iladi: biosferaga term odinam ikaning ikkinchi qonunini qo'llash
mumkinmi? Biosfera — chekli tizim, unga issiqlik halokati xavfi bormi?
Biosferaning baxti shundan iboratki, u berk tizim emas va unga biz ta ’rifla-
ganday term odinamikaning ikkinchi qonunini q o ila b bolm aydi.
Haqiqatdan ham, agar biosfera berk tizim bo‘lganda edi, uning
entropiyasi uzluksiz oshib borardi, tirik organizmlarga xos barcha murakkab
tartibli strukturalar uzluksiz yemirilib borib biosfera
halokatga yuz tutgan
bo'lardi. Lekin, biosfera ochiq tizim dir va Quyosh energiyasi oqimi
hisobidan uning entropiyasi kamayishi mumkin. Haqiqatdan ham, million
yillar davomida biosferaning entropiyasi kamayib borishi natijasida biosfe
raning tashkiliyligi uzluksiz oshib borgan. Biosfera uchun Quyosh manfiy
entropiya oqimi manbayi bo'lgan, deb aytish mumkin.
Biosferada manfiy
entropiyaning katta zaxiralari fotosintez faoliyati natijasida paydo b o iib ,
ular organik yoqilg'ilarda saqlanadi. Bu yoqilg‘i turg'un b o ‘lmagan
muvozanat holatda bo‘lgan tizimga misol bo‘la oladi, ya’ni unda entropiya
o ‘sishi amalda kuzatilmaydi. Haqiqatda tarixdan shuni ko'rish mumkinki,
odamzod bu yoqilg'ini yoqib entropiyaning keskin oshish mexanizmi
uchun faol katalizator sifatida namoyon bo ‘ldi. Manfiy entropiyaning
zaxiralari millionlab yillar davomida yig‘ilgan b o ‘lsa-da, uni yoqish tez
sur’atlar bilan bormoqda, ayniqsa, so'nggi o‘n yilliklarda.
Chindan ham,
yoqilg‘ini yoqish, bu million yillar davomida tartiblangan tizim larni
yo‘q qilish va biosferada har xil o ‘zga jinsli, keraksiz, zararli yonilg‘i
mahsulotlarining ko'plab sochilib ketganligi natijasida undagi xaos, ya’ni
tartibsizlikning oshib borishidir. Buning oqibatida,
biosfera entropiyasi
o ‘sib bordi va buni biz global inqiroz sifatida kuzatmoqdamiz. Insoniyatning
strategik muammolarini termodinamikaning qonunlarini hisobga olmasdan
turib hal qilish mumkin emas. Paydo b o ig an inqirozdan chiqishning
prinsipial ehtimolligini term odinamikaqonunlari ko‘rsatadi.Awalo, faqat
inson tom onidan yuzaga keltirilgan entropiya o'sishini to ‘xtatish va
biosferani entropiyasi doimiy kamayib boruvchi holatga qaytarish lozim.
Bunda faoliyat kelgusida noosferani rivojlantirishga yo‘naltirilgan bolishi
kerak.
6 9
Noosfera — aqliy sferadir. Bunday vazifani bajarish mumkinmi? Quyosh
energiyasidan foydalanish orqali, mumkin. Haqiqatdan ham,
faqat quyosh
energiyasi oqimi biosfera entropiyasining pasayishini ta ’minlaydi. Quyosh
energiyasidan foydalanishning F.I.K. doimo birdan kichik bo‘lganligi
sababli, inson hech qachon quyosh hisobidan entropiya pasayishidan
moduli bo‘yicha katta bo'lgan entropiya o‘sishining qarama-qarshi oqimini
hosil qila olmaydi. Demak, quyosh energiyasidan foydalanish entropiyaning
pasayishini hamda biosferaning ilg‘or evolutsiyasini kafolatlaydi. Quyosh
energiyasidan foydalanish — bu faqatgina quyosh elektr stansiyalari emas.
Bu — shamol elektr stansiyalari hamdir. Shamol ham Quyosh ta ’sirida
vujudga keladi. G idroelektr stansiyalar ham quyosh energiyasidir. Bular,
tamoman yangi ko‘rinishdagi hali fan ishlab chiqmagan issiqlik mashinalari
bo ‘lishi mumkin.
M asalan, okean tubidagi sovuq suv massalari bilan
Quyosh qizdirgan yuqori qatlamlari orasidagi haroratlar farqlaridan issiqlik
mashinalarida foydalanish mumkin.
Ikki y o 'n a lish d a m aqsadli ish olib borish kerak: energiyadan
foydalanishning samaradorligini oshirish hamda quyosh energiyasi asosida
vujudga keladigan m anbalardan foydalanish.
Respublikamizda keyingi yillarda bu yo'nalishda ancha ishlar qilinyapti.
Issiqlik fizikasi instituti, Fizika-Quyosh, ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi
yaratilgan bo'lib, ularda quyosh qurilmalari,
har xil quyosh batareya-
lari, shamol energetik qurilmalari ishlab chiqarilmoqda va loyihalanmoqda.