joylarida qolishimi yoki ularning idish bo'yicha
bir tekisda tarqalib
ketishimi? Albatta, ikkinchi holatning ehtimoli katta.
U m um an olganda,
o‘z-o‘ziga qo‘yilgan istalgan tizimda jarayon shunday ro ‘y beradiki, bunda
tizim ehtimoli kichik holatdan ehtimoli katta holatga o ‘tadi.
Bu holatda
entropiya maksimal bo‘ladi. Bundan, entropiya va holatning termodinamik
ehtimoli bir-biri bilan o ‘zaro bog‘liq tushunchalar ekanligi kelib chiqadi.
Termodinamik ehtimol biz ko'pincha foydalanib keladigan ehtimoldan
tubdan farq qiladi.
M asalan, lotereyadan yutish ehtimoli X %,
yuqoriga
otilgan tanganing o ‘ng yoki teskari tom oni bilan yerga tushishi — 50 %,
ya’ni bu hodisalaming ehtimolligi doimo birdan kichik yoki birga teng.
Termodinamik ehtimollik esa doimo birdan katta.
Holatning term odinam ik ehtimolligi (yoki statistik og‘irligi) deb,
shu holatni vujudga keltirishi mumkin bo’lgan usullaming soniga aytiladi.
Statistik fizika va term odinam ikada biz ko‘p
sonli zarrachalar bilan ish
ko‘ramiz, shuning uchun termodinamik ehtimollik ham juda katta sonlardir.
Demak, m uhim xulosaga kelish mumkin: entropiyasi o ‘sib
boruvchi
jarayon tizimning ehtimolligi kichik holatcfen
ehtimolligi katta holatga
o ‘tishini tavsiflaydi. Bu esa entropiyaning fizik m a’nosini beradi.
Entropiyaning o ‘sishi tizimning katta tartibsizlikka o ‘tishini ko‘rsatadi.
Entropiya — tizim tartibsizligi o'lchamidir. Muvozanat holatda tartibsizlik
maksimaldir. Bu narsani quyidagi misolda ko‘rish mumkin.
Biror quti
olib chap tomoniga oq, o ‘ng tomoniga qora sharlami joylashtiraylik. So‘ng
qutini silkita boshlaymiz. M a’lum vaqtdan
keyin sharlar aralashib, xao-
tik joylashadi. Keyingi silkitishlarda ham doimo tartibsizlik saqlanib qoladi.