-§. MOLEKULAR FIZIKA VA TERMODINAMIKA




Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/141
Sana20.12.2023
Hajmi3,55 Mb.
#124530
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   141
Bog'liq
‘. T. ‘Sar0v tabiatshunoslik

22-§. MOLEKULAR FIZIKA VA TERMODINAMIKA
M olekular fizika m olekular-kinetik nazariya asosida moddalarning 
tuzilishi va xususiyatlarini o ‘rganadi. Bu nazariyaga asosan, m oddalar 
atom va molekulalardan tuzilgan; molekulalar uzluksiz, tartibsiz (xaotik) 
harakat qiladi; ular bir-biri bilan o ‘zaro ta ’sirdadir.
M o lek u lar-k in etik nazariyaning (M K N ) m aqsadi: jism larn ing
kuzatiladigan xususiyatlarini (bosim, harorat va hokazo) molekulalar 
ta ’sirlarining yig‘indisi deb tushuntirishdir. Buni amalga oshirish uchun
62


MKN statistik metoddan foydalanadi, ya’ni alohida-alohida molekulalaming 
harakati bilan qiziqmasdan, balki juda ko‘p sonli zarralarning harakatini 
tavsiflovchi o ‘rtacha qiymatlardan foydalanadi. Shuning uchun molekular- 
kinetik nazariya ba’zan statistik fizika deb ham yuritiladi.
M oddalar xossalarini o ‘rganishning boshqa yo‘li — term odinam ik 
usuldir. Term odinam ika aynan molekulalar va atom larni o'rganm aydi, 
jarayonlarni mikroskopik nuqtayi nazardan qaramaydi — uning asosini 
term odinam ikaning boshlanishi deb ataluvchi fundam ental qonunlar 
tashkil qiladi.
Term odinam ikaning qonunlari (boshlanishlari) tajribalardan aniq- 
langan, ularga zid keluvchi biron-bir asoslar yo‘q. M oddalarning holati 
o'zgarishini har xil tom onlardan o ‘rganish bo‘yicha term odinam ika va 
molekular-kinetik nazariya bir-birini to'ldirib, yagona birlikni tashkil etadi. 
Statistik fizika va termodinamikaning o ‘iganish predmeti bitta moddalarning 
xususiyatlari va ularda ro‘y beradigan jarayonlar.
Term odinam ika dastlab issiqlik mashinalari yordam ida issiqlikning 
ishga aylanishi qonunlari to ‘g‘risidagi fan sifatida paydo bo'ldi. Energiya 
bir turdan boshqa turga aylanish jarayonida, u ko‘p xil shakllardan 
o ‘tishi mumkin, lekin bu o ‘tishlarning oxirgi natijasi, albatta, issiqlik 
energiyasi bo‘ladi. H aqiqatdan ham, mexanik energiya (ishqalanish 
natijasida), elektrtoki energiyasi, yorug'lik energiyasi, kimyoviy o ‘zgarish 
energiyasi va hatto yadro energiyasi ham issiqlikka o ‘tadi.
Agar tizimning holatini aniqlovchi makroskopik kattaliklar, masalan, 
bosim va harorat o‘zgarmay qolsa, tizim termodinamik muvozanatda deyiladi. 
Tizimning bir holatdan boshqasiga har qanday o'tishi muvozanatning buzilishi 
bilan bog'liq. Biroq, o'tishlar juda sekin bo'lsa tizimning holati vaqtning har 
qanday momenti uchun muvozanatli bo‘ladi. Masalan, porshen ostida gaz 
qisqa vaqt ichida tezlik bilan qisilsa, muvozanat buziladi, agar gaz asta-sekinlik 
bilan qisilsa, gaz vaqtning istalgan paytida ma'lum bosimga ega bo‘ladiki, bu 
bosim har xil nuqtalarda o'zining o‘rtacha qiymatidan kam farq qiladi. Uzluksiz, 
ketma-ket muvozanatli holatlardan tashkil topgan jarayon 

Download 3,55 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   141




Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish